4
Kirish
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari fanining ishchi-o‘quv
dasturi iqtisodiyotda zamonaviy axborot kommunikatsiya va raqamli texnologiyalardan
samarali foydalanishga tegishli mavzularni qamrab oladi.
Mazkur dastur bakalavriat
yo‘nalishlariga mo’ljallangan bo’lib bo’lg’usi mutaxasis kasb-korining qanday
bo’lishidan qat’iy nazar, u o’z faoliyatining iqtisodiy natijalarini bilishida raqamli va
zamonaviy komminikatsion
texnologiyalarini, muammoga yo’naltirilgan dasturiy
ta’minoti mohiyatini tushunib yetishi, iqtisodiyotning turli sohalarida ulardan samarali
foydalana olish talab qilinadi.
Dasturda talabalar mustaqil ishlab qo’shimcha bilim olishlari,
loyiha va yozma
ishlar tayyorlashlarini hisobga olib bir qator nazariy mazvu va masalalar kengroq
berildi.
Talabalarning iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda iqtisodiyotda
axborot
komplekslari va texologiyalari fani iqtisodiy sohalarni o’rganish jarayonida
zamonaviy
axborot komplekslari va texnologiyalari, axborot komplekslarida tarmoq axborot
texnologiyalari asosi, iqtisodiyotning kasbiy faoliyatida qo‘llaniladigan axborot
komplekslari rivojlanish prinsiplarini o`rganuvchi umum-iqtisodiy fanlar turkumiga
kiruvchi nazariy fandir.
«Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari» fanining mazkur ishchi
o’quv dasturi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017 yil 27
iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini
oshirishda iqtisodiyot
sohalari
va
tarmoqlarining
ishtirokini
yanada
kengaytirish
chora-tadbirlari
to'g'risida” PQ-3151-son Qarori hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlar to'g'risida”gi
PQ-3775-
sonli Qarorlarining asosiy
qoidalariga muvofiq ishlab
chiqilgan va unda « Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari » fanini
o`qitishda zarur bo`lgan asosiy jihatlar yoritilgan.