Iqtisodiyot’’kafedrasi ‘‘iqtisodiyot nazariyasi’’ fanidan kurs ishi


Download 158.57 Kb.
bet1/6
Sana07.04.2023
Hajmi158.57 Kb.
#1339176
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS ISHI2023


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

‘‘IQTISODIYOT’’KAFEDRASI

‘‘IQTISODIYOT NAZARIYASI’’ FANIDAN

KURS ISHI
Mavzu: Iqtisodiy o‘sish, uning turlari va hisoblash
usullari
Bajardi:Habibullayev Botirxon Ismoilxon og‘li
Sirtqi Soliqlar va Soliqqa Tortish, 1-kurs,71-guruh talabasi

Ilmiy rahbar



Kirish
Yangi O‘zbekiston iqtisodiy farovon davlat, keng iqtisodiy imkoniyatlar mamlakatidir.Bu-har bir fuqaro boy bo‘lsa- davlat boy bo‘ladi, har bir oila farovon bo‘lsa-mamlakat farovon bo‘ladi, demakdir.
Yangi O‘zbekistonni halol mehnat qilib, muvaffaqiyatga erishishni orzu qiladigan, tadbirkorlik orqali o‘z va oilasi farovonligini ta’minlashga intiladigan, Vatani va xalqiga sidqidildan xizmat qilishni istaydigan barcha fuqarolar uchun keng imkoniyatlar mamlakatiga aylantirishimiz shart va zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev

Aytishlaricha, qadimgi Xitoyda insonlar o‘z dushmanlariga qarata “Senga ajabtovur davrda yashashni tilayman” deb, yomon tilak bildirishgan ekan. Bu iboraning kelib chiqishi borasida olimlar turli fikr va qarashlarni ilgari sursalarda, uning mohiyatiga e’tibor qaratsak, mazkur ibora bizning hayotimizga mavhumlik qanchalik salbiy ta’sir ko‘rsatishini anglaymiz. Shubhasiz,”ajabtovur” vaqtlar – inqiroz, notinchlik va noaniqlik davri – tarixchilarning e’tiborini ko‘proq o‘ziga tortadi, iqtisodchilar ongi-shuuriga ozuqa beradi, siyosat borasida tezkor martabaga erishish va tez boyish uchun yangi imkoniyatlar taqdim qiladi. Biroq, hamma ham o‘zining tinch, sokin va to‘kin hayotini yuqori xatarlarga to‘la bo‘lgan “AJABTOVUR” davrlarga almashishga rozi bo‘lavermaydi. O‘z-o‘zidan ayonki, bunday “ajabtovur” davrlar iqtisodiy o‘sish uchun noqulay hisoblanadi. Inqirozlar, urushlar jiddiy ofatlar bo‘lmagan paytlarda ham, noaniqlikning o‘sishi iqtisodiyot uchun katta xatarlarni yuzaga keltiradi. Iqtisodiyotda noaniqlik darajasini aniqlashtirishda Skott Beyker, Nikolas Blum va Stiven Devis tomonidan taklif


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
etilgan Economic Policy Uncertainty (EPU) – iqtisodiy siyosatning noaniqlik indeksi muhim o‘rin tutadi. Ushbu indeks iqtisodiy siyosatning noaniqlik darajasini o‘lchashga xizmat qiladi va AQShning eng yirik 10 ta nashrlarida iqtisodiy siyosatni muhokama qilish asnosida “iqtisodiyot” va “noaniqlik” so‘zlarining tez- tez takrorlanishi asosida hisoblanadi. Iqtisodiy tadqiqotlar makroiqtisodiy noaniqlikning iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday salbiy ta’sirlar uch yo‘nalishda, xususan investitsion faollikning pasayishi, jamg‘arishga bo‘lgan moyillikning o‘sishi, moliya bozorlarining faoliyatida uzilishlarning vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Odatda, iqtisodiy inqirozlar davrida makroiqtisodiy noaniqlik keskin oshadi. Iqtisodiy noaniqlik kamdan-kam hollarda inqirozlarga sabab bo‘lsa-da, tilga olib o‘tilgan ta’sirlar inqiroz hodisalarini sezilarli darajada kuchaytirishi va barqarorlashtiruvchi makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish jarayonlarini jiddiy ravishda murakkab-lashtirishi mumkin.

Shu narsa kundek ravshanki, iqtisodiy o‘sish favqulodda murakkab hodisa


hisoblanadi. Barchani birdek qanoatlantiruvchi iqtisodiy o‘sish nazariyasi tabiiy resurslar, siyosiy institutlar, qonunchilik, shuningdek, bir qator ijtimoiy va psixologik omillarni inobatga olishi lozim. Bu xil keng qamrovli iqtisodiy o‘sish nazariyasini ishlab chiqishning amalda deyarli imkoni yo‘q.
Ben B. Silegmen

Reja:

  1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni

  2. Iqtisodiy o‘sishning turlari

  3. Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari va omillari

  4. Iqtisodiy o‘sishni hosoblash usullari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 158.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling