Iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammolari


Download 66 Kb.
bet1/4
Sana03.10.2022
Hajmi66 Kb.
#829887
  1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammolari
Ibragimova Hilola, шартнамага тусиндирме-узб 050921163316, Tarix - 5-11 Dastur - 2021 190821052035, 5-testlar, Angeom, 3-Mavzu, Aмалиёт кундалиги Университет 2022, ing-10 The Adjective adverb-full, kurs ishi sket ibs (2) , Sirtqilar uchun Metrologiyadan amaliyot va tajribalar, 2-MUSTAQIL CHIZMA GRAFIK ISHI, коммерческое предложение, 13141, bbb, bbb

IQTISODIYOTNI BARQARORLASHTIRISH MUAMMOLARI

Reja:



1. Makroiqtisodiy barqarorlik
2. Iqtisodiy barqarorlikda biznesning o`rni
3. Biznes mahalliy resurslarni chuqur qayta ishlash choralari
Makroiqtisodiy barqarorlik
Respublikada iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda islohotlarni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash, iqtisodiyot hamda uning etakchi tarmoq va sektorlarida 2001 yili muntazam o`sish tendentsiyasi kuzatildi. YAlpi ichki mahsulot hajmi 1991 yil darajasiga nisbatan 103 foizni tashkil etdi va 4868,4 mlrd. so`mga etdi. YAlpi ichki mahsulotning o`sishi sanoat mahsuloti (108,1 foiz), qishloq xo`jalik ishlab chiqarish (104,5 foiz), qurilish ishlari (103,3 foiz), ichki savdo hajmining (109,5 foiz) va tashqi savdo hajmi (103,1 foiz) yanada ortishi hisobidan ta`minlandi.
Respublika tashqi savdo balansi ijobiy shakllandi, eksport importdan 128 mln. AQSh dollariga ortdi.
Respublikada o`tkazilgan moliyaviy va pul-kredit siyosati natijasida makroiqtisodiy barqarorlik ta`minlandi, iqtisodiyotning umuman davlat miqyosida, shuningdek, mintaqalar va tarmoqlar miqyosida moliyaviy mutanosibligi mustahkamlandi, xo`jalik ish yurituvchi sub`ektlarda to`lov intizomi sezilarli darajada mustahkamlandi. Investitsiya dasturi doirasida respublika iqtisodiyotda tarkibiy qayta tuzishlarni yanada chuqurlashtirish hamda investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarni keng ko`lamda jalb etish siyosati izchillik bilan amalga oshirildi. Masalan, mablag` bilan ta`minlanishning barcha manbalari asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi (1194,2 mlrd. so`m) 2000 yilga nisbatan 3,7 foizga ortdi, bu esa, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,5 foizni tashkil etdi. 2001 yilda kapital qo`yilmalarni mablag` bilan ta`minlashda ma`lum qismi chet el investitsiyalari va kreditlari hisobiga ortdi. Ularning ulushi 2000 yilga nisbatan 7,6 foizga ortdi va asosiy kapitalga kiritilgan jami investitsiyalarning 29,3 foizini tashkil etdi. Kapital qo`yilmalar tarkibida, shuningdek, korxonalarning o`z mablag`lari ulushi 1,1 foizga ortib, 27,5 foizni tashkil etdi.
Jalb qilingan investitsiyalarning ancha qismi ishlab chiqarish ob`ektlarini qurish, kengaytirish, qayta qurish va qayta jihozlashga yo`naltirildi. Ularning hajmi 744,6 mlrd. so`mni yoki o`zlashtirilgan jami investitsiyalarning 62,4 foizini tashkil etdi.
Masalan 2001 yilda energiya ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, neft-gaz majmui, ko`mir, metallurgiya, kimyo, paxtani qayta ishlash, engil sanoat, ipak, charm-poyabzal, mebel va iqtisodiyotning boshqa etakchi tarmoqlari korxonalarni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash dasturlari izchil amalga oshirildi va texnik ishlab chiqarish hajmi 2884,5 mlrd so`mni tshkil qildi va 2000 yilga nisbatan foiz hisobida 108,1 tashkil etdi.
Bunda temir yo`l va avtomobil transporti komunikatsiyalarining modernizatsiyasi va yangi qurilishlari faol olib borildi va kichik va o`rta biznes faol ishtirok etdi.
Eksportga mo`ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida o`tgan yili 200 dan ortiq qo`shma korxona, shu jumladan, respublikaning barcha mintaqalarida chet ellik sheriklar bilan qo`shma korxonalar tashkil etish dasturini amalga oshirish doirasida 90 ta qo`shma korxona barpo etildi. Chet el investitsiyasi kiritilgan korxonalar mahsulot va xizmat hajmi 2001 yilda 2000 yilga nisbatan foiz hisobida respublikada 158,2 ga oshgan bo`lsa, Andijon viloyatida 2,1 marta, Buxoro viloyatida 5,1 marta oshdi.
Respublikada chet el investitsiyalari kiritilgan 2001 yilning 1 yanvar holatiga 33001 ta korxona ro`yxatga olindi. Ko`plab qo`shma korxonalar AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Koreya, Хitoy, Turkiya, Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakatlar investorlari ishtirokida barpo etildi. Respublikaga kiritilgan chet el investitsiyalarini 23,4 % Qashqadaryo viloyatida va 30,3% Toshkent shahrida o`zlashtirildi. O`zlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlar hajmi 349,7 mlrd so`mni tashkil etdi.
Kichik va o`rta biznesning qonunchilik, me`yoriy-huquqiy negizini mustahkamlash, «bir yo`la» kichik va o`rta biznes sub`ektlar ro`yxatga olingan kichik, o`rta korxona, mikrofirmalar soni 201,9 mingtaga etdi va xo`jalik yurituvchi sub`ektlar sonidan 90,5 foizni tashkil etdi.
Makroiqtisodiyotning kichik sektorining mahsulot ishlab chiqarishi, ishlar bajarilishi va xizmat ko`rsatishi 2001 yilda yuqori sur`atlar bilan o`sdi. Kichik va o`rta tadbirkorlikning xo`jalik yurituvchi sub`ektlari(dexqon xo`jaliklarisiz) tomonidan yalpi ichki mahsulotning 24,4 foizi ishlab chiqarildi. Kichik va o`rta biznes, xususiy tadbirkorlikni jadallashtirilgan rejalanishning davlat dasturini amalda bajarish natijasida mazkur sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yilga nisbatan 2,8 foizga ortdi. Aholini ish bilan taminlashda kichik va o`rta biznes muhim omil bo`lmoqda. 2001 yilda iqtisodiyotning bu sektorida 4842,5 ming kishi band bo`lgan yoki iqtisodiyotda barcha band bo`lgan aholining 53 foizini tashkil etdi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo`yicha chora-tadbirlar izchil o`tkazildi. O`tgan yilda respublikamizda jami 1449 ta korxonalar xususiylashtirilib, ular negizida 775 ta xususiy korxona, 240 ta ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari va 674 ta turli tashkiliy-huquqiy shakldagi nodavlat korxonalari tuzildi. Хususiylashtirish natijasida davlat byudjetiga tushgan pul mablag`lari hajmi 23,2 mlrd. so`mni tashkil etdi.
Makroiqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar natijasida 2002 yil 1 yanvar holatiga nodavlat sektorda mamlakat barcha korxona va tashkilotlarning 87,1 foizi faoliyat ko`rsatdi. O`tgan yilda nodavlat sektorida yalpi ichki mahsulot hajmining 74,1 foizi, sanoat mahsulotlarining 70,8 foizi ishlab chiqarildi, qishloq xo`jalik mahsulotining 99 foizi etishtirildi, qurilish ishlarining 83,9 foizi bajarildi. Chakana tovar aylanmasining 97,1 foizi, aholiga pullik xizmat ko`rsatishning 59,4 foizi nodavlat sektorda shakllandi. Jami iqtisodiyot sohasida band bo`lganlarning 76 foizi nodavlat sektoriga to`g`ri keldi va makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi.



Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling