Ish haqi mehnatga pul shaklida toʻlanadigan haq; qiymatning oʻzgargan


Download 47.94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi47.94 Kb.
#1585469
Bog'liq
Ish haqi - Vikipediya



Ish haqi
Ish haqi — mehnatga pul shaklida
toʻlanadigan haq; qiymatning oʻzgargan
shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat
xizmati)ning bahosi.
[1]
 Ish kuchi qiymati va
narxi bevosita ish haqida ifodalanadi. Ish
haqi darajasi mehnat bozorida kelishiladi.
Xodim mehnat bozorida mehnatni emas,
oʻz ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning
pul shaklidagi bahosi boʻlib, uni ishga
yollovchilar (korxona, muassasa,


tadbirkor) mehnat qiluvchilarga maʼlum
vaqt mobaynida maʼlum miqdordagi va
muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun
toʻlaydilar. Yollanma xodim uchun ish haqi
asosiy daromadi manbai hisoblanadi.
Ish haqi — yollanma xodim daromadining
asosiy manbai, unga tegishli ish
qobiliyatiga boʻlgan mulkchilik huquqini
iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqarish shakli.
Shu bilan birga ish beruvchi uchun
yollanma xodimlar mehnatiga toʻlanadigan
haq ishlab chiqarish harajatlarining
unsurlaridan biri. Ish beruvchi mehnat
resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan


biri sifatida foydalanish uchun uni xarid
qiladi.
Ish haqi miqdorining eng qadimiy vaqt
birligi kundir. Soat ixtiro qilinishi bilan ishni
boʻlimlarga boʻlish keng tarqaldi. Ish
miqdorini oʻlchashda ish soati eng koʻp
qoʻllanila boshlandi.
[2][3]
 Qadimgi Misr Oʻrta
Qirolligi, Qadimgi Yunoniston
[4]
 va Qadimgi
Rim ish haqi toʻlangan eng qadimiy
davlatlarga kiradi.
Tarixi


Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnatning
miqdori va sifatiga qarab mehnatga haq
toʻlashning, asosan, 
vaqtbay va ishbay
tizimlari qoʻllaniladi. Vaqtbay ish haqi
shaklida xodim oladigan ish haqi miqdori
ishlagan vaqt bilan bogʻliq boʻladi, yaʼni ish
haqi miqdori mehnat unumdorligi va
intensivlik darajasiga bogʻliq emas. Ishbay
ish haqi xodimning maʼlum vaqt
mobaynida tayyorlangan mahsuloti
miqdori bilan oʻlchanadi. Ishbay ish
haqining koʻrinishlaridan biri — akkord ish
haqi. Bunda jamoa yoki ayrim xodimga ish
hajmi oldindan belgilab beriladi, umumiy
Vaqtbay va ishbay ish haqi


haq summasi kelishib olinadi. Ish butunlay
yakunlanganidan keyin ish haqi oxirigacha
toʻlanadi. Ish haqining bunday shaklidan
koʻpincha qurilishda foydalaniladi.
Bulardan tashqari aksar mamlakatlarda
ish haqidan tashqari mehnatda erishgan
yutuqlari uchun mukofotlash ham mavjud.
Bular vaqtbay mukofot, ishbay mukofot
tizimlari hamda korxonada olingan foyda
hisobidan ajratiladigan moddiy
ragʻbatlantirish fondidan mukofotlash
tizimidir.
Ish haqi miqdori yollanma xodimlarning
turmush darajasini ifodalovchi
Nominal va real ish haqi


koʻrsatkichdir. Nominal va real ish haqi
koʻrsatkichlari mavjud. Nominal ish haqi
yollanma xodimning oʻz mehnati evaziga
olgan pul daromadalari. Real ish haqi
xodimning olgan ish haqiga qancha va
qanday isteʼmol buyumlari sotib olishi va
madaniy-maishiy xizmatlardan foydalanish
mumkinligini koʻrsatadi. Boshqacha
aytganda real ish haqi — bu nominal ish
haqining „xarid etish“ qobiliyati. Real ish
haqi boshqa sharoitlar bir xil boʻlganda,
nominal ish haqiga toʻgʻri mutanosibdir va
isteʼmol buyumlari va xizmatlar narxining
darajasiga teskari mutanosibdir.


Odatda, mehnat bozorida ish kuchiga
muvozanatli narx shakllanadi. Bu narx ish
haqi yoki ish haqi stavkasi deb ataladi.
Mehnat birligining bozor narxi ish haqi
miqdori (stavkasi) boʻlib, lavozim okladi
tarzida yoki shartnomaga muvofiq belgilab
qoʻyiladi, lekin mamlakatda qonun bilan
belgilangan eng kam ish haqi darajasidan
oz boʻlishi mumkin emas. Shuningdek, ish
haqi miqdori muayyan vaqt birligi (soat,
kun, hafta, oy) ichida bajariladigan va
muayyan kasb-malaka xususiyatlariga ega
boʻlgan mehnatga toʻlanadigan haq
darajasini belgilaydi.
Ish haqi stavkasi


Ish haqining asosiy vazifasi ishlab
chiqarishning bevosita qatnashchisi
boʻlgan xodim hamda uning oila
aʼzolarining hayot va mehnat faoliyati
sharoitlarini taʼminlashidan iborat.
Qiymatning mehnat nazariyasi ish kuchini
alohida, oʻziga xos tovar deb hisoblaydi.
Shu sababli, bu nazariya ish haqini tovar
boʻlgan ish kuchi qiymatining oʻzgargan
shakli, yaʼni uning puldagi ifodasi deb
hisoblaydi va uni ish kuchini takror ishlab
chiqarishi uchun zarur boʻlgan tirikchilik
vositalari qiymati tarzida taʼriflaydi. Ish
haqiga ish kuchi qiymatining puldagi
Ish haqining vazifasi


ifodasi sifatida qarash aniq mehnat
bozorida ish haqi darajasiga talab va taklif
omillarining taʼsirini hisobga olmaydi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar mehnat
bozorida real ish haqining oʻrtacha darajasi
yashash uchun zarur tirikchilik vositalari
minimumiga qaraganda ancha yuqori
darajada turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi
xajmiga bir qator bozor omillari (tovarlar
va xizmatlar bozorida talab va taklif
oʻzgarishlari, mehnatga boʻlgan talab
narxining oʻzgaruvchanligi, isteʼmol
Ish haqiga taʼsir koʻrsatuvchi
omillar


tovarlari va xizmatlar narxi oʻzgarishi va
boshqalar) va bozordan tashqari omillar
taʼsir koʻrsatadi, buning natijasida
mehnatga haq toʻlashning muayyan
darajasi vujudga keladi.
Rivojlangan mamlakatlarda ish haqini
tashkil etish (ish haqi miqdori, mehnat
miqdori va sifati bilan unga toʻlanadigan
haq miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni
taʼminlash, mehnatni meʼyorlash, tarif
tizimi va boshqalar) va tartibga solishda
davlat muhim rol oʻynaydi. Ularda tarixan
ish haqini tashkil etish va tartibga
solishning markazlashgan davlat tizimi va
Ish haqini tartibga solish


markazlashmagan tizimi qaror topgan. Ish
haqini tartibga solishning
markazlashmagan tizimi xususiy mulk
egalari yoki jamoa mulkdorlar hamda
kasaba uyushmalari, aksiyadorlik
jamiyatlari, kooperativlar va boshqalar
tomonidan amalga oshiriladi.
Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha
korxonalar va tashkilotlar uchun umumiy
va majburiydir.
Ish haqini davlat tomonidan tartibga solish
va tashkil etishning muhim unsuri tarif
tizimi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti


sharoitlarida mamlakat boʻyicha hukumat
belgilagan, asosan ishchi va xizmatchilar
ish haqini tashkil qilishda foydalanishi
uchun tavsiya etiladigan yagona tarif tizimi
(setkasi) amal qiladi, korxona
(tashkilotlar)lar yagona tarif setkasi
asosida oʻz tarif setkasini ishlab chiqish va
razryadlar sonini belgilash huquqiga ega.
Oʻzbekistonda dastlab 1993-yil 1-
yanvardan 28 ish haqi razryadlariga
boʻlingan va 0—28 razryadlar oʻrtasida tarif
koeffitsiyentlari farqi 14,28 boʻlgan yagona
tarif stavkalari joriy qilindi. 1996-yil 1-
sentabrda esa ish haqi razryadlari 22 ta va
0—22 ish haqi razryadlari oʻrtasida tarif


koeffitsiyentlari farqi 5,998 boʻlgan yangi
yagona tarif setkasi qabul qilindi. Yagona
tarif stavkasi xodimlarning barcha kasb-
malaka guruhlari boʻyicha tarif stavkalari
va maoshlari nisbatini belgilashda mehnat
tafovutlariga baho berishga yagona
yondoshuvni taʼminlaydi.
Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi
3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi: 1)
davlat tomonidan ish haqi minimumi (eng
kam ish haqi miqdori) belgilanadi.
Inflyatsiya jarayonida eng kam ish haqini
indeksatsiyalash hukumatning maxsus
qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi; 2)
korxonalarda ishlovchi xodimlarning


barcha toifalari uchun oʻrtacha ish haqining
ortib borishi maʼlum darajada cheklanadi.
Davlat bu usuldan tanglik holatlarida
inflyatsiya surʼatlarini pasaytirishda
foydalanadi; 3) ish haqining oʻrtacha ortib
borishiga qarab ortib boruvchi soliq
stavkalari belgilanadi. Bu eng yuqori ish
haqi darajasining oʻsishiga taʼsir koʻrsatish
va uni iqtisodiy usullar bilan cheklash
imkonini beradi.
Yollanma xodimlar ish haqini davlat yoʻli
bilan tartibga solish aholining eng kam
taʼminlangan qatlamlari — yoshlar,
malakasiz xodimlar, mehnat qobiliyati
cheklanganlar va boshqalarni ijtimoiy


himoya qilishda, inflyatsiya, real ish
haqining pasayishini cheklashda muhim
ahamiyatga ega.
1. 
Musayeva, Zamira; Yusupov, Qodirjon
(2000-2005). "Ish haqi". Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston
milliy ensiklopediyasi.
2. 
Thompson, E. P. (1967). „Time, Work-
Discipline, and Industrial Capitalism“. Past
and Present. № 38. 56–97-bet.
JSTOR 649749 (https://www.jstor.org/stabl
e/649749) .
3. 
Dohrn-van Rossum, Gerhard,,. History of the
hour: Clocks and modern temporal orders
(https://archive.org/details/historyofhourcl
Manbalar


o0000dohr) , Thomas Dunlap (trans.),
Chicago: University of Chicago Press, 1996.
ISBN 9780226155104.
4. 
Ezzamel, Mahmoud (2004-07). „Work
Organization in the Middle Kingdom,
Ancient Egypt“ (http://org.sagepub.com/co
ntent/11/4/497.short) . Organization. 11-
jild, № 4. 497–537-bet. ISSN 1350-5084 (ht
tps://www.worldcat.org/issn/1350-5084) .
Qaraldi: 2014-02-13.
{{
cite 
magazine
}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan
parametrga berilgan qiymatni tekshirish
lozim: 
|date=
(
yordam
)
AQSH mehnat statistikasi byurosi (htt
p://www.bls.gov/home.htm)
(ingl.)
Havolalar


Nominal va real ish haqi tushunchalari (h
ttp://ozarplate.su/nominalnaya-realnay
a.html)
(rus.)
Oʻzbekcha Vikipediyadan „Ish haqi“ni har
doim oʻz vaqtida olish mumkin (http://w
ww.ozodlik.org/content/article/2535314
8.html) , 
Ozodlik radiosi, 17-aprel, 2014
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 4-May 2022, 21:41 da tahrir
qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?title=Ish_haqi&oldid=2523886" 
dan olindi

Download 47.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling