Ish haqi to'g'risidagi turli xil nazariyalar


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.06.2020
Hajmi0.76 Mb.
#114416
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ish-haqi-to'g'risidagi-turli-xil-nazariyalar


 

Ish haqi to'g'risidagi turli xil nazariyalar 

Reja: 

Kirish………………………………………………………………………...   



1. Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati……………………………..   

2. Ish haqini tashkil etish shakllari va ularni tavsiflash……………………..   

3. Ish haqini to’lash tartibi. Rag’batlantiruvchi to’lovlar…………………...   

4. Ish haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlar………………….   

5. O’zbekistonda mehnatni tashkil etish bilan bog’liq munosabatlar tahlili...   

Xulosa……………………………………………………………………….   

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….   

 

 



 

 

Kirish 



Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.  

Jamiyatda  yoki  alohida  olingan  mamlakatda  yaratilgan  mahsulotning 

taqsimlanish  tamoyillari,  shakllari,  usullari  muhim  muammo  bo’lib,  iqtisodchilar 

e’tiborini  jalb  etib  hamda  ular  o’rtasida  turli  tortishuvlarga  sabab  bo’lib  keladi.  

Shunga ko’ra, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi 

daromadlarning  asosiy  turi  bo’lgan  ish  haqini  tahlil  qilish  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi. 

O’zbekiston  Respublikasi bozor  munosabatlariga o’tgan  davrdan to  hozirga 



qadar xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida muhim o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. 

Korxonalarda,  tashkilotlar  va  idoralarda  mehnatni  tashkil  etish  va  uning 

samaradorligini oshirish yo’llari muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Xalq 

turmush  farovonligini  oshirish  Respublikamiz  Prezidenti  tomonidan  belgilab 

berilgan  iqtisodiy  islohotlarning  bosh  maqsadidir.  Bu  vazifani  muvaffaqiyatli  hal 

etish  juda  keng  ko’lamli  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolar  yechimini  topishni  taqazo 

qiladi.  Ma’lumki,  xalq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishida,  turli  sohalar  va  jamiyat 

qatlamlarida,  ish  joylarida  korxonalar  ishini  to’g’ri  yo’lga  qo’yish,  tashkil  etish, 

moddiy  texnika  bazasini  mustahkamlash,  xodimlarga  ijtimoiy  adolat  prinsiplari 

asosida  ish  haqi  to’lashni  tashkillashtirish  taraqqiyotni  ta’minlashda  muhim  rol 

o’ynaydi. 

Ish haqi  -   tashkilot xodimlarining asosiy daromad  manbai, uning yordami 

bilan  mehnat  va  iste'mol  o'lchovi  nazorat  qilinadi.  Ish  haqi  iqtisodiyotni 

boshqarishning eng muhim vositasidir, shuning uchun davlat mehnatni tashkil qilish 

va ish haqining huquqiy asoslariga alohida e'tibor beradi.  

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  islohotlarning  bosh 

maqsadi  ham  aholining  daromadlarini,  jumladan  ish  haqlari  miqdorini  oshirish 

hisoblanadi. Bu to’g’risida prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ham quyidagi fikrlarni 

bildirganlar:  “Aholi  daromadlarini  oshirish,  qo’shimcha  ish  o’rinlari  yaratish, 

mahsulot  ishlab  chiqarishni  ko’paytirish  uchun  bizga  yangi-yangi  bozorlar  kerak. 

Buning uchun bozor iqtisodiyoti va davr talablariga mos ko’plab qonun va qarorlarni 


 

qabul qilayapmiz. Lekin, afsuski, ularni ijro qiladigan ko’pgina amaldorlar hali ham 



eskicha ish uslubi, rasmiyatchilik va befarqlikdan qutulgani yo’q”

1



Mazkur  bildirilgan  fikrlar  mazkur  kurs  ishining  naqadar  dolzarb  ahamiyat 

kasb etishini asoslab beradi. 



Kurs  ishining  maqsadi  ish-haqi  bo’yicha  tashkil  etiladigan  jarayonlarda 

yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf etish  bo’yicha 

ilmiy-amaliy  tavsiya  va  takliflar  ishlab  chiqishdan  iborat.  Mazkur  maqsadga 

erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: 

-  ish-haqi  tushunchasining  mazmun-mohiyatini,  ularning  shakllarini  ochib 

berish;  

- ish-haqini to’lash tartibini va rag’batlantiruvchi to’lovlarni tadqiq etish; 

- ish-haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlarni o’rganish;  

- O’zbekistonda mehnatni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni 

tahlil qilish;  

Kurs ishining obyekti mehnat jarayonlarini tashkil etish va ish-haqini to’lash 

bilan bog’liq bo’lgan turlicha qarashlar va nazariyalar hisoblanadi. 



Kurs  ishining  predmeti  mamlakatimizda  ish-haqini  to’lash,  aholi 

daromadlarini  oshirish  hamda  mehnat  jarayonlarini  optimallashtirish  bo’yicha 

bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’z ichiga oladi. 

Kurs  ishining  nazariy  va  uslubiy  asoslarini  xorijlik  yetakchi  olimlarning 

ish-haqi  to’lashni  tartibga  solinishi,  mehnatni  tashkil  etish  jarayonlari  bo’yicha 

amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi. 

Kurs  ishining  tuzilishi.  Ushbu  Kurs  ishi  kirish,  besh  bo’lim,  xulosa  va 

takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib.  



 

 

 

                                                           

1

 Shavkat Mirziyoyev: Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va inflyatsiyani jilovlash – iqtisodiy islohotlar 



jarayonidagi bosh vazifamizdir nomli maruzasi. 2020 yil 24 yanvar. https://president.uz/oz/lists/view/3317 

 

1. Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati 

Ish  haqi  korxona,  muassasa,  tashkilotlarning  o’z  xodimlariga  ularning 

mehnati uchun to’lashi shart bo’lgan haq shaklidir. Ish haqi asosiy va qo’shimcha 

qismlardan  iborat.  Asosiy  qism  ish  haqining  nisbatan  doimiy  qismi  hisoblanadi. 

Unga tarif bo’yicha belgilangan maosh, ustama va qo’shimcha haqlar kiradi. Ustama 

va  qo’shimcha  haqlar  muayyan  muddatga  belgilangadi,  hamda  ish  yomonlashgan 

taqdirda  (mehnat  sharoiti  uchun  to’lanadigan  haqda  tashqari)  bekor  qilinadi. 

Qo’shimcha  qismga  yil  yakunlariga  ko’ra,  mehnatning  umumiy  natijalari  uchun 

beriladigan mukofot va rag’batlantirishlar kiradi.  

Ish haqini huquqiy jihatdan tartibga solib turishning davlat va mahalliy turlari 

mavjud.  Davlat  yo’li  bilan  normalash-davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari 

tomonidan  mehnatga  haq  to’lashning  umumiy  shartlari  belgilanishidan  iborat. 

Mahalliy  yo’l  bilan  tartibga  solish-huquq  qoidalarida  mehnatga  haq  to’lash 

shartlarini belgilashdan iborat bo’lib, ular ma’muriyat tomonidan kasaba uyushmasi 

qo’mitasi bilan birgalikda o’zlariga berilgan huquqlari doirasida ishlab chiqishadi.  

Ish  haqining  mohiyati,  uning  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  bosqichlari  bo’lgan 

mahsulot  ishlab  chiqarish,  uni  taqsimlash,  ayirboshlash  va  iste’mol  qilishda 

bajaradigan funksiya (vazifa)larida namoyon bo’ladi (1-rasm):  

1.  Takror  hosil  qilish  funksiyasi.  Mazkur  funksiya  ish  haqining  davlat 

tomonidan  tartibga  solishning  xususiyatlari,  ish  haqining  ish  kuchini  takror  hosil 

qilishni ta’min etadigan miqdorini qonuniy darajada belgilash bilan uzviy bog’liqdir.  

2.  Rag’batlantiruvchi  funksiya.  Xodimni  o’z  mehnati,  natijalarini  doimiy 

ravishda yaxshilab borishga qiziqtirishi lozim.  

3. O’lchov-taqsimlash  funksiyasi. Bu  funksiya iste’mol fondlarini yollanma 

xodim  bilan  ishlab  chiqarish  vositalari  egasi  o’rtasida  taqsimlash  vaqtida  jonli 

mehnat o’lchovini aks ettirish uchun mo’ljallangan. 

4. Joylashtirish funksiyasi. Mazkur funksiyaning hozirgi vaqtdagi ahamiyati 

jiddiy  ravishda  oshib  bormoqda.  Uning  mohiyati  mehnat  resurslarini  mintaqalar, 

iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalar bo’yicha qulay ravishda joylashtirishdan iborat.  



 

5.  Aholining  to’lovga  qodir  talabini  shakllantirish  funksiyasi.  Bu 



funksiyaning  vazifasi  to’lovga  qodir  talabni  muvofiqlashtirishdir,  bunday  talab 

deganda, xaridorlarning pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojlarini namoyon 

bo’lish  shakli  tushuniladi,  shuningdek,  iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqarish  ham 

nazarda tutiladi. To’lovga qodir talab ikkita asosiy omil-jamiyatning ehtiyojlari va 

daromadlari  ta’sirida  shakllanishi  sababli,  bozor  sharoitida  ish  haqi  yordamida 

tovarni taklif qilish bilan talab o’rtasida zarur mutanosiblik o’rnatiladi.  

 

1-rasm. Ish haqining asosiy funksiyalari

2

 

Yuqorida  aytib  o’tilgan  funksiyalarni  amalga  oshirish  uchun  quyidagi  eng 

muhim tamoyillarga rioya qilinishi zarur:  

1. Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi ortib borgan sari real ish haqining 

ortib borishi. Bu tamoyil ehtiyojlarning ortishi obyektiv iqtisodiy qonunning amal 

                                                           

2

 Muallif tomonidan ishlab chiqildi 



Takror hosil qilish 

funksiyasi

Rag’batlantiruvchi 

funksiya


O’lchov-taqsimlash 

funksiyasi

Joylashtirish 

funksiyasi

Aholining to’lovga 

qodir talabini 

shakllantirish funksiyasi


 

qilishi bilan bog’liq bo’lib, mazkur qonunga muvofiq, ehtiyojlarning yanada to’laroq 



qondirilishi  faqat  o’z  mehnati  uchun  ko’proq  miqdorda  moddiy  ne’matlar  va 

xizmatlarga ega bo’lish imkoniyatlari kengaygan sharoitdagina real bo’ladi. Biroq 

imkoniyat  ishlab  chiqarish  faoliyati  natijalari  bilan,  mehnat  samaradorligi  bilan 

bog’lanishi lozim.  

2. Mehnat unumdorligi o’sishining o’rtacha ish haqining o’sish sur’atlaridan 

ilgarilovchi  sur’atlarini  ta’minlash.  Bu  tamoyilning  mohiyati-ishlab  chiqarishni 

rivojlantirish  va  uning  samaradorligini  oshirish  asosida  mehnat  darajalarini 

maksimal  (eng  ko’p)  darajaga  yetkazishdan  iborat.  Bu  matoyilga  rioya  qilinishi 

jamg’arish  jarayonining, kengaytirilgan  ishlab  chiqarishning  uzluksizligini  taqozo 

etadi,  va  korxonaning  rivojlanishi,  hamda  ravnaq  topishining  zarur  sharti 

hisoblanadi. Mazkur tamoyilning buzilishi tovarlar bilan ta’min etilmagan pulning 

to’lanishiga, uning qadrsizlanishiga, mamlakat avj olishiga olib keladi.  

3.  Xodimning  korxona  faoliyati  natijalariga  qo’shgan  mehnat  hissasiga, 

mehnat  mazmuni  va  sharoitlariga,  korxona  joylashgan  mintaqaga,  uning  qaysi 

tarmoqqa  mansubligiga  qarab,  ish  haqini  tabaqalashtirish.  Mazkur  tamoyil 

xodimning  o’z  mehnat  malakasidan,  mahsulotning  yuqori  sifatli  bo’lishini 

ta’minlashdan moddiy manfaatdorligini kuchaytirish zarurligiga asoslangan.  

4. Teng mehnatga teng ish haqi. Bozor sharoitida bu tamoyilni ishlovchining 

jinsi, yoshi milliy mansubligi va hokazolarga qarab, uning mehnatga haq to’lashda 

kamsitishga  yo’l  qo’ymaslikdir,  korxona  yoki  firma  ichidagi  taqsimotda  adolat 

tamoyiliga rioya etilishi, deb tushunish kerak. U bir xildagi mehnati unga haq to’lash 

orqali bir xil baholashni nazarda tutadi.  

5.  Mehnatga  haq  to’lashni  davlat  yo’li  bila  boshqarish  (tartibga  solish). 

(Mazkur tamoyil quyiroqda qarab chiqiladi).   

6. Mehnat bozorining ta’sirini hisobga olish. Mehnat bozori-bu shunday bir 

sohaki,  u  yerda  pirovard  natijada  mehnatning  har  xil  turlarida  baho  berish  tarkib 

topadi. Har bir xodimning mehnatiga toplanadigan ish haqi uning mehnat bozoridagi 

mavqyei  bilan  mustahkam  bog’liq  bo’lib,  mazkur  bozordagi  vaziyat,  bundan 

tashqari, bandlik imkoniyatini ham belgilab beradi.  


 

7. Mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlarining oddiyligi, mantiqiyligi va 



qulayligi  mehnatga  haq  to’lash  tizimlarining  mohiyati  haqida  keng  xabardor 

bo’lishni  ta’minlaydi.  Xodimda  ish  haqi  haqida  tushunarli  va  batafsil  axborot 

mavjud  bo’lgandagina,  u  jon-dili  bilan  berilib  mehat  qiladi.  Xodimlar  qanday 

holatda ish haqining miqdori, ya’ni o’z moddiy farovonliklari darajasi oshishini aniq 

tasavvur qilishlari lozim.  

Yaratilgan  yalpi  ichki  mahsulotning  uning  ishlab  chiqaruvchilari  o’rtasida 

mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi 

deb  yuritiladi.  Ish  haqi  hozirgi  davrda  barcha  mamlakatlar  iqtisodiyotida  muhim 

o’rin tutadi. Shuning uchun ham iqtisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta 

e’tibor  beradilar.  Ish  haqining  mazmunini  aniqlashda  turli  iqtisodchilar  turli 

tomondan yondashib, unga har xil ta’rif beradilar. 

Masalan, D.Rikardo va T.Maltuslarning «Yashash uchun vosita minimumi» 

konste’stiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi 

bilan  bir  xil  deb  hisoblanadi.  Lekin  ish  haqini  yashash  uchun  zarur  vositalarning 

fiziologik minimumi bilan bir xil deb qarash to’g’ri emas. Bu minimum o’z ichiga 

ishchi  kuchi  shakllanadigan  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  shart-sharoitlar 

tug’dirgan  ehtiyojlarni  ham  oladi.  Shu  bilan  birga  ishchi  kuchi  narxining  quyi 

chegarasini  yashash  uchun  zarur  vositalar  miqdorining  minimumi  bilan  aniqlash, 

ishga yollovchilar ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib 

kelishi  mumkin.  Iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  mamlakatlarning  xo’jalik 

amaliyotidagi  ish  haqining  darajasini  kuzatish  shuni  ko’rsatadiki,  ishchi  kuchi 

bozorida real ish haqining o’rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar 

minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada o’rnatilgan. 

Qiymatning  mehnat  nazariyasi  (ingliz  klassik  siyosiy  iqtisod  maktabi, 

marksistik yo’nalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, o’ziga xos tovar deb 

hisoblaydi.  Shu  sababli  bu  nazariya  ish  haqiga  tovar  bo’lgan  ishchi  kuchi 

qiymatining  o’zgargan  shakli,  ya’ni  puldagi  ifodasi  sifatida  qaraydi  va  uni  ishchi 

kuchini  takror  ishlab  chiqarish  uchun  zarur  bo’lgan  tirikchilik  vositalari  qiymati 

sifatida  aniqlaydi.  Mazkur  g’oya  tarafdorlari  ishchi  kuchi  qiymatiga  bir  qator 


 

omillar,  avvalo  tabiiy  shart-sharoitlar,  aholining  madaniy  rivojlanishi,  ularning 



malakasi  va  ishchi  oilasini  saqlash  hamda  ularning  tabiiy  takror  ishlab  chiqarish 

sharoitlari ta’sir qilishini ko’rsatadi. Shu bilan birga bu g’oyada hayotiy ehtiyojlar 

hamda  ularning  qondirilish  usullari  mamlakatning  ilmiy-texnikaviy,  ijtimoiy-

iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog’liqligi ta’kidlanadi. 

Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko’pgina ko’zga ko’ringan iqtisodchi olimlar 

tomonidan  ma’qullanib  takrorlanmoqda.  Masalan:  A.F.Shishkin,  E.F.Borisovlar 

o’zlarining  «Iqtisodiyot  nazariyasi»  darsliklarida  ish  haqini  ishchi  kuchi  tovar 

qiymatining puldagi ifodasi deb ta’riflamoqdalar

1



Bu mualliflar o’z fikrlarini asoslashda ko’pgina olimlar mehnat jarayoni bilan 



ishchi kuchining farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb 

fikr yuritishini tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida 

sotilishini,  bu  jarayon  yuzaki  qaralganda  mehnatga  haq  to’lashga  o’xshab 

ko’rinishini isbotlashga harakat qilganlar. 

Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi» sifatida qarash, 

aniq  ishchi  kuchi  bozorida  ish  haqi  darajasiga  uning  unumdorligi,  mehnat 

intensivligi, talab va taklif kabi omillarning ta’sirini etarli hisobga olmaydi. 

Hozirgi  zamon  iqtisodiyot  nazariyasida  ayrim  mualliflar    (jumladan, 

«Ekonomiks»  darsliklarida,  V.D.Kamaev  rahbarligida  nashr  etilgan  «Iqtisodiyot 

nazariyasi» darsligi va boshqalarda)

3

 ish haqini mehnat narxi sifatida, ayrimlari esa



4

 

mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi sifatida talqin etadilar. Bunda 



ular  asosan  bozorda  mehnat  sotiladi  degan  bizningcha  noto’g’ri  tushunchaga 

asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funkstiya qilishi, uning ma’lum maqsadga 

qaratilgan faoliyat jarayoni bo’lib, uning na qiymati, na narxi yo’qligi, bu jarayonni 

bozorga  olib  chiqib  sotib  bo’lmasligi  fanda  ham,  real  hayotda  ham,  iqtisodiy 

                                                           

1

 Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. -  М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005. 



– 544 с. 

3

 Қаралсин: Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. Т.2. – М.: Республика, 



1992, 156-б.;  

4

 Қаралсин: Курс экономической теории. Учеб. пособ. под ред. Чепурина М.Н., Киселевой Е.А. Киров, изд-во 



«АСА», 1995, 233-б.; 

 

amaliyotda  ham  hammaga  ayon  bo’lgan  va  allaqachon  isbotlangan  masaladir. 



Shuning uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham bo’ladi. 

Lekin bu g’oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish 

zarur. Bu ham bo’lsa ular mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan 

bog’lashga harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni to’g’risidagi turli nazariyalarni, 

(turli  mamlakatlardagi  va  o’z  mamlakatimizdagi  amaliyotni)  umumlashtirib, 

quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin. 

Ish haqi to’g’risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish xususiyati 

mavjud  bo’lib,  uning  murakkab  va  ko’’  qirrali  iqtisodiy  jarayon  ekanligi  ozgina 

e’tibordan chetda qolgan.    Lekin bu nazariyalarning har birida ish haqining u yoki 

bu tomoniga to’g’ri baho berilgan bo’lib, ularda foydalanish mumkin bo’lgan ijobiy 

mazmun mavjuddir. 

Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning 

erishgan  darajasiga,  ya’ni  umumiy  mehnat  unumdorligi,  milliy  mahsulot  hajmi, 

uning  aholi  jon  boshiga  to’g’ri  keladigan  miqdoriga  bog’liq  bo’ladi.  Chunki  shu 

mahsulotlarning  bir  qismi  mehnatning  miqdori  va  sifatiga  qarab  taqsimlanadi. 

Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo’ladi. 

Ish  haqining  miqdori  ishchi  kuchini  takror  ishlab  chiqarishga,  ishchining 

o’zini, oila a’zolarini boqishga etadigan darajada bo’lishi lozim. 

Ish  haqining  miqdori  va  darajasi  ishchi  kuchining  malakasi,  uning  mehnati 

unumdorligi bilan bog’liq bo’ladi. 

Ish  haqining  darajasi  har  bir  firma  yoki  korxonada  ishlab  chiqarishning 

erishgan darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir 

ishchiga to’g’ri kelgan miqdori bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham u mehnat 

miqdori,  malakasi  bir  xil  bo’lsada,  turli  korxonalarda  turlicha  miqdorda  bo’lishi 

mumkin. 

Ushbu  xulosalardan  keyin  ish  haqining  mazmuniga  ta’rif  berib  aytish 

mumkinki,  ish  haqi  –  ishchi  va  xizmatchilarning  mehnatining  miqdori,  sifati  va 

unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir. 



10 

 

Ish  haqi  ishlab  chiqarish  jarayonida  yaratilgan  zaruriy  mahsulot  bilan 



chambarchas bog’liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.  

Ish  haqining  asosiy  vazifasi  ishchi  va  xizmatchilarning  turmush  va  mehnat 

sharoitini  yaxshilash,  boshqacha  qilib  aytganda,  mehnat  me’yori  bilan  iste’mol 

me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir. 

Albatta  ishchi  kuchini  takror  hosil  qilishda  ish  haqidan  tashqari  foiz,  renta, 

foyda,  dividend,  turli  imtiyozlar  va  nafaqalarning  ham  roli  bor.  Ish  haqining 

mazmunini to’laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish 

zarurdir. 

Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki 

unga  qancha  miqdorda  tovarlar  va  xizmatlar  sotib  olishi  mumkinligi  muhim.  Shu 

sababli  nominal  va  real  ish  haqi  farqlanadi.  Nominal  ish  haqi  bu  ma’lum  vaqt 

davomida  olingan  pul  summasi  yoki  pul  shaklidagi  ish  haqi.  Real  ish  haqi  –  bu 

nominal  ish  haqiga  sotib  olish  mumkin  bo’lgan  tovarlar  va  xizmatlar  miqdori. 

Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati. 

O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar 

(va xizmatlar) narxiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil 

bo’lganda,  nominal  ish  haqiga  to’g’ri  mutanosibdir  va  iste’mol  buyumlari  va 

xizmatlar  narxining  darajasiga  teskari  mutanosibdir.  Bu  miqdorlar  nisbatini 

formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: 

Р

V

V

н

p



bu erda: V

p

 - real ish haqi ; V



H

 - nominal ish haqi; R - iste’mol buyumlari va 

xizmatlarning narx darajasi. 

Nominal  ish  haqi  ishlab  topilgan  pul  daromadi  darajasini,  real  ish  haqi  esa 

xodimlarning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi. 

 

2. Ish haqini tashkil etish shakllari va ularni tavsiflash 

Ishlab chiqarishning texnik asoslaridagi, ishchilar mehnatining mazmunidagi, 

ularga  bilim  berish  va  kasb-korlikka  o’rgatish  borasidagi  o’zgarishlar  munosabati 


11 

 

bilan ish haqi shakli va tizimlari ham o’zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning 



ikkita  asosiy  shakli:  vaqtbay  va  ishbay  shakllari  farqlanadi.  Vaqtbay  ish  haqi 

xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish 

haqidir.  U  odatda  mehnatning  natijalarini  aniq  hisoblab  bo’lmaydigan,  balki  ular 

aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik 

xodimlar  va  xizmatchilar,  sozlovchilar,  elektromontyorlar  va  shu  kabilarga  haq 

to’lashda)  yoki  mahsulot  ishlab  chiqarish  texnologik  jarayonining  borishi  bilan 

belgilanadigan  va  bevosita  ishchiga  bog’liq  bo’lmagan  ‘aytlarda  (masalan 

konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo’llaniladi. 

Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki 

bajargan  ishining  hajmiga  qarab  beriladigan  ish  haqidir.  Mahsulot  birligi  uchun 

to’lanadigan ish haqi miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga 

taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini 

hisobga  oladigan  turlari  ish  haqining  tizimini  tashkil  qiladi.  Chunonchi, 

ishchilarning bir qismiga to’g’ri ishbay tizimi bo’yicha haq to’lanadi. Bunda ishlab 

chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot 

birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha to’lanadi. 

Ishbay-mukofot  tizimi  bir  qancha  ko’rsatkichlar  uchun  mukofot  berishni 

nazarda tutadi. Ishbay-’rogressiv haq to’lashda ishchining belgilab qo’yilgan me’yor 

doirasida  ishlab  chiqargan  mahsulotiga  uning  birligi  uchun  belgilangan  tarif 

bo’yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha 

‘ul  to’lanadi.  Ishbay  ish  haqi  tizimida  yakka  tartibdagi,  jamoa  va  ijara  ‘udratida 

qo’llaniladigan  mehnatga  haq  to’lash  farqlanadi.  Bunda  olingan  tayyor  mahsulot 

uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to’lanadi. Haq 

to’lashning jamoa shaklida ish haqi brigada, stex va boshqa bo’linmaning ‘irovard 

mehnat  natijalariga  bog’liq  qilib  qo’yiladi.  Bunda  har  bir  xodim  faqat  o’ziga 

berilgan shaxsiy to’shiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo’linmaning butun 

ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo’ladi. 

Ishchilarning  ish  haqini  tabaqalashtirish  eng  avvalo  davlat  tarif  tizimi 

yordamida  amalga  oshiriladi.  Tarif  tizimi  yordamida  tarmoqlar  va  mamlakat 


12 

 

mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar 



malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi 

tartibga solib turiladi. 

Tarif  tizimi  tarif-malaka  ma’lumotnomalarini  va  ish  haqiga  har  xil 

koeffistientlarini o’z ichiga oladi. 

1-jadval 


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling