Ish haqidan daromad soliği va boshqa ushlanmalar hisobi


Download 31.03 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi31.03 Kb.
#1568702
  1   2
Bog'liq
Ishchi va xizmatchilardan daromad solig’ini ushlash hisobi. Reja


Ish haqidan daromad soliği va boshqa ushlanmalar hisobi
Men bu mavzu haqida ayta olamanki ,
jamiyatda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat ham o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining iste’molini qondiradigan mahsulot vujudga keltiriladi.
Хo’jalik yuritishning bozor tizimiga o’tish sharoitida mehnatga haq to’lash, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning ko’plab vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to’lashning shakllari, tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag’batlantirishni korxonalar mustaqil o’zlari belgilaydi. «Ish haqi» degan tushuncha hozir qonunchilik asosida ishlamagan vaqtlari uchun ham pul va natura shaklida hisoblangan ish haqining barcha turlarini o’z ichiga oladi.
Bozor munosabatlariga o’tish xodimlarga yana aksiya va obligatsiyalar bo’yicha dividend va foizlar tarzida boshqa manbalardan daromad olish imkoniyatini berdi.
Har Bir xodimning mehnat daromadlari, korxona faoliyatining pirovard natijasini hisobga olgan holda, uning qo’shgan hissasi bilan aniqlanadi, soliq bilan tartibga solinadi va maksimal miqdori cheklanmaydi. Lekin xodimlarning minimal ish haqi miqdori bor va u qonunchilik bilan belgilanadi.
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to’lashni yuridik asosini mehnat to’g’risidagi qonuniy hujjatlar, korxonalarning jamoat shartnomalari va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Daromadlarni indeksatsiya qilish va pulning qadrsizlanishi bilan bog’liq bo’lgan aholi zararlarini qoplash ijtimoiy kafolatdagi yangilik bo’lib hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoyalash va qo’llab - quvvatlashda ijtimoiy sug’urta, pensiya fondi, bandlik fondi va boshqa davlat budjetidan tashqari fondlari alohida o’rin egallaydi. Ularning tashkil etilishi tegishli qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Barcha budjetdan tashqari fondlar maxsus maqsadli ajratmalar va boshqa manbalar hisobidan tashkil etilib, davlat budjetidan ajralgan holda faoliyat ko’rsatadi va muhim ijtimoiy tadbirlar va rejalarni moliyalashtirishda foydalaniladi.
Mehnatga haq to’lash bo’yicha hisoblashishlar buxgalteriya hisobi schyotlarining 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» passiv schyotida yuritiladi. Mehnat va unga haq to’lash hisobi korxonaning hisob tizimida asosiy o’rinlardan birini egallaydi va u mehnatning son hamda sifati, iste’molga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlashga qaratilgan.
Хo’jalik yuritishning yangi sharoitida mehnat va unga haq to’lash hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • soliqlar va ish haqidan ushlanmalar ham qo’shilgan holda korxona xodimlari bilan mehnatga haq to’lashga doir hisob-kitoblarni o’z vaqtida olib borish;

  • hisoblangan ish haqi va sug’urtaga ajratmalar summasini xarajatlar schyotlariga o’z vaqtida hamda to’g’ri o’tkazib borishni ta’minlash;

  • boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish uchun mehnat va ish haqi bo’yicha ko’rsatkichlarni operativ yig’ish va guruhlash;

  • ishchi-xodimlar soni, ularning mehnat unumdorligi va ish vaqtidan foydalanishini doimiy nazorat qilishdan iborat. Mehnatga haq to’lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash zarur. Demak, korxonada mehnatga haq to’lashni tashkil etish biri-biriga bog’liq bo’lgan uchta elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va mehnatga haq to’lash shakllari. Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi, sarflangan mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, ish haqi hisoblash tartibi esa mehnatga haq to’lash shakllari bilan aniqlanadi.

Ishchilar mehnatiga haq to’lashda tarif setkasi asos bo’lib hisoblanadi. Тarif setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to’lash shakli va mazkur sohaning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Тarif tizimiga quydagilar kiritiladi:
- bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilovchi tarif stavkasi;
- haq to’lashda ish va ishchilarning (malakasi) turli razradlari orasidagi munosabatlarini ko’rsatuvchi tarif setkasi;
- tarif-malakaviy ma’lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish va ishchining razradi aniqlanadi.
Oddiy ishlar 1-razradli ishchining tarif stavkasi bilan to’lanadi. Mehnat malakasi darajasiga, ya’ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsiyentiga, qarab qolgan razradlarning tarif stavkalari bu razraddan ortiq bo’ladi. Тarif razradi har bir ishlab chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun ish bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif stavkasidan foydalaniladi.
Mehnatga haq to’lash shakli, mukofotlar, qo’shimcha haqlar, rag’batlantirish to’lovlari, kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan jamoa shartnomasi bilan belgilanadi. Davlatning tarif stavkalari va okladlari korxonada ishchilarning malakasiga, kasbiga, ular tomonidan bajariladigan ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida foydalanilishi mumkin.
O’zR Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-iyuldagi 280-sonli qarori bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setkasi qabul qilingan bo’lib, unda mehnatga haq to’lash bo’yicha razradlar va 0-razradga nisbatan tarif koeffitsiyentlari belgilangan. Тarif stavka va okladlar tizimi tuzilishini asosi bo’lib 0-razradga belgilangan minimal oylik summasi hisoblanadi.
Quyida 2000-yili Vazirlar Mahkamasining 20 iyuldagi 280-sonli qarori bilan qabul qilingan yagona tarif setkasi mavjud .Ishchining ish haqi yoki oklad summasini aniqlash uchun nolinchi razryadning mehnatiga to’lanadigan summani mazkur ishchiga belgilangan razradning koeffitsiyentiga ko’paytirish kerak. Yuqorida keltirilgan yagona tarif setkasini budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilot va korxonalar qo’llashga majbur.
O’zining moliyaviy faoliyatini xo’jalik hisobi asosida yurituvchi barcha davlat, davlat-aksioner korxonalari va tashkilotlari mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy razradlarini belgilashlari zarur. Boshqa mulk shaklidagi korxona, tashkilot va muassasalarga yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi.
Тarif stavkalar va okladlar tizimini asosi bo’lgan nolinchi razryadning minimal ish haqi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Хususan nolinchi razryadning minimal ish haqisiga va qonunchilik bilan belgilangan o’rtacha oy ish kunlarining uzunligiga (ish vaqtining o’rtacha oy fondi) qarab 1-razryadning soatlar tarif stavkalarining minimal o’lchami aniqlanadi. Chunonchi, nolinchi razradning minimal ish haqisi 12420 so’m va (40 soatlik ish haftasida) ish vaqtining o’rtacha oylik fondi 169,2 soat bo’lgan taqdirda soatlik tarif stavkasining o’lchami 73,40 so’m bo’ladi (12420 : 169,2).
1-razrad stavkalarini mehnatga haq to’lash shakllari (ishbay ishchilar va vaqtbay ishchilar), shuningdek kasb guruhlari va ish turlari (uch guruh stavkalar) bo’yicha tabaqalashtirib korxona mehnatga haq to’lash bo’yicha tarif setkasini ishlab chiqishi mumkin. Har Bir korxona moliyaviy imkoniyatlari va boshqa ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga qarab o’zining tarif koeffitsiyentlarini ishlab chiqadi.
Mehnatga haq to’lashni tashkil etishning asosiy elementi bo’lib, mahsulot birligini ishlab chiqarishga yoki ma’lum tashkiliy-texnik sharoitlarida berilgan ish hajmini bajarishga sarflanadigan mehnat o’lchamini belgilovchi, mehnatni normalashtirish hisoblanadi.
Mehnatni normalash, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning asosiy tarkibiy qismi sifatida, ishlab chiqarish normasini va vaqt normasini o’z ichiga oladi. Normal ish sharoitida belgilangan vaqt (soat, smena, oy) birligida ishlab chiqarsa bo’ladigan normalashtiriluvchi mahsulot birligi (dona, metr, tonna)ning miqdori ishlab chiqarish normasi bilan belgilanadi. Vaqt normasi esa ma’lum tashkiliy-texnikaviy sharoitlarda ish bajarish uchun zarur bo’ladigan vaqtni (min., soat) nazarda tutadi.
Korxonalarga mehnatga haq to’lash shakl va tizimlarini mustaqil belgilash huquqi berilgan. Mehnatga haq to’lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnatga ishbay shaklida haq to’langanda ish haqi, mahsulotning sifati, murakkabligi va ish sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoriga bog’liq. Vaqtbay shaklida ish haqi, xodimlar malakasi va ish sharoitini hisobga olgan holda, sarflangan (haqiqiy ishlagan) vaqtning miqdoriga bog’liq.
Ishbay ish haqi shakli ishchilarni, ilg’or tajribalardan foydalangan holda, mehnat unumdorligini oshirishga moddiy jihatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq to’lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini qat’iy tekshirish zarur. Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to’lash tizimlariga bo’linadi:

Download 31.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling