Ish topshirig`i


Download 19.23 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2022
Hajmi19.23 Kb.
#775993
  1   2
Bog'liq
Qiziqarli fizika va olimpiada savollari
маъруза № 19, Зиёда-АННОТАЦИЯ, ElyorLab3, 54858, talim-jarayonida-zamonaviy-texnologiyalardan-foydalanish, 3802102435 (1), 1. Мантик тест ЧДПИ 2021 лотин, amaliy ish2, Simpleks usuli, 10 лекция по ПА узб, Kontrakt Hisob Raqami

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Fizika- matematika fakulteti Fizika va astronomiya bakalavriat ta`lim yo`nalishi 102-guruh talabasi Madraimov Xudaybergan Atabek o`g`lining “Qiziqarli fizika va olimpiada masalalari” fanidan yozgan mustaqil
ish topshirig`i

Mavzu: Butun olam tortishish qonuni mavzusiga oid qiziqarli fizika va olimpiada masalalari



REJA

  1. Butun olam tortishish qonunining kashf etilish tarixi.

  2. Gravitatsion doimiylikni aniqlash.

  3. Birinchi kosmik tezlik.

  4. Mavzuga oid masalalar yechish

  5. Xulosa

Jismlarning yerga tushishiga sabab yer sharining tortish kuchi ekanligi haqidagi fikr yangilik bo‘lmagan: buni qadimgilar ham, masalan Platon bilgan. Lekin bu tortishishning kuchini qanday o‘lchash kerak? Yer sharining hamma joyida u kuch bir xilmi? - ushbu savollar, Butun olam tortishish qonuni muallifi Nyutongacha bo‘lgan olim va faylasuflarni birdek ajablantirib, o‘ylantirib va shubhaga solib kelgan.


Kepler o‘zining uchinchi qonunini ochganida shunday ahvolga tushdiki, u o‘zining to‘g‘ri fikrlayotganidan shubhalanib qoldi. 1619-yilda Kepler e'lon qilgan o‘zining mashhur "Olam tuzilishi garmoniyasi" asarida mazkur savollarga javobni qisman bergan va muhim qonunni ochishga juda yaqin kelgan edi. Lekin u o‘zi qilgan mulohazalardan to‘liq ratsional xulosa chiqara olmadi. Bundan tashqari Kepler sayyoralar harakatini qandaydir o‘zaro tortishish kuchlariga bog‘ladi, va "kvadrat proporsiyalar" (ya'ni, ta'sir, masofalar kvadratiga teskari proporsionalligi) qonunini qabul qilishga ham tayyor edi. Lekin u ko‘p o‘tmay, bu qonundan voz kechdi va uning o‘rniga tortishish kuchi sayyoralar orasidagi masofa kvadratiga emas, balki masofaning o‘ziga teskari proporsional degan xulosaga keldi. Keplerga sayyorlar harakatining mexanik asoslariga taalluqli, o‘zi ochgan qonuniyatlarni ilmiy asoslash nasib etmadi.
Nyutonning bu boradagi bevosita o‘tmishdoshi uning hamyurtlari - Jilbert va ayniqsa Guk bo‘lishgan. 1660-yilda Jilbert "Magnit haqida" nomli kitobini nashr ettirdi. Unda Jilbert magnitning xossalarini Oy va Yer o‘rtasidagi tortishish hodisalariga o‘xshatishlar bilan ifodalaydi. Jilbertning vafotidan so‘ng chop etilgan boshqa bir asarida Oy va Yer bir biriga xuddi ikkita magnit singari ta'sir o‘tkazishini hamda bu ta'sir ularning massalariga proporsional ekanligini qayd etadi. Lekin, ilmiy haqiqatga hammadan ham yaqin kelgan Nyutonning zamondoshi va ilmiy faoliyatdagi raqibi - Robert Guk bo‘ldi. 1666-yilning 21- martida, ya'ni, Nyuton birinchi marta osmon mexanikasi sirlariga chuqur sho‘ng‘ishidan bir oz avval, Robert Guk o‘zining "Qulayotgan jism og‘irlik kuchining yer markaziga nisbatan masofaga bog‘liq holda o‘zgarishi" haqidagi o‘z tadqiqotlari haqida Londondagi qirollik jamiyati yig‘ilishida ma'ruza qildi. o‘zining dastlabki tadqiqotlari natijalarining qoniqarsiz ekanligini anglagan holda Guk, o‘g‘irlik kuchini mayatnik tebranishi vositasida aniqlashga qaror qildi. Bu g‘oya yuqori darajadagi zakovat bilan qilingan zehnli fikr mahsuli bo‘lib, ilmiy samarasi ham shu miqyosda edi. Ikki oydan so‘ng Guk o‘sha majlisidagi boshqa bir nutqida, sayyoralarning o‘z orbitasida ushlab turuvchi kuch, mayatnikning aylanma harakatini keltirib chiqaruvchi kuchga o‘xshash bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildiradi. Ancha keyinroq, Nyuton o‘zining buyuk ilmiy ishini nashrga tayyorlayotgan vaqtida Guk undan mustaqil ravishda "Sayyorlar harakatini boshqarib turuvchi kuch, masofaga qandaydir bog‘liq holda o‘lchanishi kerakligi haqidagi fikrga keladi hamda, "Butun olam harakat qonuni"ning yaxlit manzarasini tasvirlab beradi. Lekin shu yerda iste'dod va daho o‘rtasidagi farq ko‘zga tashlanadi. Gukning xulosalari kurtak ochgan holicha qolib ketdi va unga o‘z g‘oya va gipotezalari bilan oxirigacha ishlash nasib etmadi. Buyuk ochilish muallifligi Nyutonga nasib qildi.
Tajriba va kuzatishlardan malumki, yerning tortishi ta`sirida Jismlar yerga tushadi. Yerga tushishga qarshilik ko`rsatayotgan taglikni bosadi yoki osmani cho`zadi. Ko`zga ko`rinmaydigan juda kichik mayda zarrachalar ham ko`zga ko`rinadigan narsalar singari yerga tortiladi. Qisqasi hamma jismlar, katta-kichikligidan qat`i nazar, yerga tortiladi. Bunday tortishish kuchi
Download 19.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling