Ish vuritishning


Download 26.09 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi26.09 Kb.
#1070226
  1   2   3   4
Bog'liq
Ish yuritish-5-си




KIRISH

Muassasalar, tashkilotlar, korxonalar va firmalarda hujjatlarni lozim darajada rasmiylashtirish, ular bilan ishlashni to‘g‘ri tashkil etish, arxiv hujjatlarining saqlanishini ta'minlash - jamiyatda qonuniylik, huquqiy tartibot va barqarorlikni, jamiyat manfaatlari, fuqarolarning huquq va erkinliklari himoya qilinishini hamda davlatning normal faoliyatini ta’minlovchi muqarrar shartlardir. Davlat tegishli me'yoriy-huquqiy hamda uslubiy hujjatlar (ko‘rsatmalar, tavsiyalar) qabul qilish yo'li bilan faoliyatning mazkur tarmog‘ini tartibga soladi, chunki boshqaruv mehnatining tezkorligi, ishonchliligi va tejamliligi, ish madaniyati, hujjatlarda qayd etilgan axborotdan kelgusida foydalanish imkoniyati ish yuritish qanday tashkil etilganligi bilan belgilanadi.


Ish vuritishning me'yoriy-uslubiy bazasini hujjatlarni tuzish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va ulardan muassasaning joriy faoliyatida foydalanish texnologiyasini, shuningdek, ish yuritish xizmatining ishini, uning tarkibi, vazifalari, shtatlari, texnika ta’minoti masalalarini tartibga soluvchi qonunlar, me’yoriy huquqiy hujjatlar va uslubiy hujjatlar majmui tashkil etadi.
Ish yuritishning me’yoriy bazasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— 0‘zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi qonun hujjatlari va hujjatlar;
— hujjatlar bilan ta’minlash masalalarini respublika darajasida tartibga soluvchi 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, 0‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlari;
— respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari (vazirliklar, qo‘- mitalar, xizmatlar, agentliklar va b.)ning umumtarmoq va mah- kamaviy xususiyatga ega bo'lgan huquqiy hujjatlari;
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shuningdek., ularning hududiy tuzilmalari ijro
ish yuritish masalalarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlari;
— muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning ish yuritishga doir me'yoriy va yo'riqnoma xususiyatiga ega bo'lgan huquqiy hujjatlari hamda uslubiy hujjatlari;
— hujjatlarning davlat standartlari;
— hujjatlarning bir xillashtirilgan tizimlari;
— boshqaruv mehnatini tashkil etish va muhofaza qilishga doir me'yoriy hujjatlar;
— hujjatlarni joriy hamda arxivda saqlashni tashkil etishga doir me'yoriy hujjatlar.
„Ish yuritish“ fani o'quv rejasining kasbga doir fanlar majmuiga kiradi, mehnat huquqi,fuqarolik huquqi, ijtimoiy ta'minot huquqi kabi fanlarni o‘rganish uchun asos bo‘ladi.
So'nggi yillarda boshqaruv faoliyatini hujjatlar bilan ta’minlashni oqilona tashkil etish, tashkiliy texnika va hisoblash texni- kasining zamonaviy vositalaridan foydalanishga qiziqish ancha kuchaydi.


Download 26.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling