Ishdan maqsad: Didaktika va unin tarixi haqida ma’lumot berish


Download 35.5 Kb.
Sana24.11.2020
Hajmi35.5 Kb.
#151457
Bog'liq
1-amaliy mashgulot


1-amaliy mashg’ulot

Mavzu: Didaktika o‘qitishning pedagogik nazariyasidir
  1. Ishdan maqsad: Didaktika va unin tarixi haqida ma’lumot berish.


  2. Vazifalar: Kasb ta’limi didaktikasi fani va predmeti, uning asosiy tushunchalarini tahlil qilish.

  3. Kutilayotgan natija: Talabalar umumiy didaktikaning rivojlanishi tarixi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishlari kerak.

Qisqacha nazariy ma’lumotlar

Didaktikaning paydo bo‘ishi va rivojlanishi.

Sobiq; ittifoq davridagi adabiyotlarda umumiy didaktikaning fan sifatida shakllanishi buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy 1632 yilda yozilgan va 1833-38 yillarda qayta ishlanib lotin tilida chop ettirilgan «Buyuk didaktika» asari bilan bog’lanadi. Albatta, o’qitishning didaktik prinsiplarini, sinf dars tizimini asoslashda, bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishda mashqlarning ahamiyatini ochib berishda Y.A. Komenskiyning xizmatlari. U o’quvchilarning tafakkuri, mexnat qobiliyati va nutqini rivojlantirish o’qitishning asosiy vazifasi ekanligini alohida ta’kidlab o’tadi. «Ko’rgazmalilik o’qituvchining oltin qoidasi» degan ibora ham uning nomi bilan bog’liq.

Umumiy didaktikani rivojlaiishiga nazar tanishlar ekanmiz, u Y. A. Komenskiy tomonidan «O’qitish nazariyasi» sifatida yaratilgan bo’lsa, Y. A Komenskiydan keyin didaktikaning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan nemis filosofi, pedagog va psixologi I. F Gerbard (1776 - 1841) bu tushunchaga tarbiya nazariyasini ham kiritish zarurligini e’tirof etadi. Uning bu fikrini polyak didaktlar B. Navrochinskiy, K. Sosnitskiy va boshqalar qo’llab quvvatlaydilar. B. Nivrochinskiyning fikriga, «Ta’lim va tarbiya nazariyasi. ya’ni didaktika yaxlit bir butunlikni tashkil qiladi va uni biz pedagogika deb ataymiz»

Didaktika pedagogik fanlar majmuasi bo’limlaridan biri» bo’lib, - deydi K. Soskitskiy, u insonning intellektual qobiliyalarini qayta shakllantirish nazariyaei bo’lib hisoblanadi.

Rossiya didaktlaridan B, P Yesipov ham ishiga o’xshash fikrni aytadi va u didaktika aloxida fan bo’lib hisoblanmaydi, balki u pedagogikaning tarbiya nazariyasi qismini tashkil qiladi deb yozadi. M. A Damilov esa bunga qo’shimcha qilib didaktikani mustaqil fan sifatida shakllanayotganligini ta’kidlaydi va uni o’qitish va ta’lim berish nazariyasi deb ataydi. L.Klinberg - didaktika o’qitish nazariyasi sifatida «pedagogikaning ilmiy fani» deb hisoblaydi,

Shuni ta’kidlash lozimki, didaktia yevropaning ko’pchilik mamlakatlarida, jumladan Rossiyada ham mustaqil fan sifatida tan olingan va o’hshatish va o’qitish nazariyasi sifatida keng rivojlangan. Buning natijasida umumiy didaktikadan uning shaxobchalari - hususiy aniq didaktikalar ya’ni muayyan fan (mutaxassislik) didaktikasi fanlari ajralib chiqib, ular ham mustaqil ravishda rivojlanmoqda. Kasb hunar ta’limi didaktikasi ham hususiy didaktika sifatida ana shu tarzda vujudga kelgan.

Nazorat uchun savollar:

  1. Didaktika nima?

  2. Didaktikaning ta’limda tutgan o‘rni

  3. Didaktikaning fan sifatida nechinchi asrlarda shakllana boshlandi?

  4. Umumiy didaktikaning rivojlanishi

  5. Kasb ta’limi didaktikasi fani va predmeti haqida ma’lumot bering?

  6. Didaktikaning asosiy tushunchalarini ayting.

Topshiriq: O’zbekistonda didaktikaning rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar hayoti va ijodini tahlil qiling.
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling