Ishlab chiqarish amaliyoti


Download 65.09 Kb.
bet1/13
Sana14.08.2022
Hajmi65.09 Kb.
#793307
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ishlab chiqarish amaliyot hisoboti
Документ Microsoft Word, Anorganik birikmalarning eng muhim sniflari, mustaqil ish, Amaliy mashgulot, 1-amaliy, 8-AMALIY., OQ QUSH, amaliy topshiriq, Ish joyini to‘g‘ri tashkil, Texnika xavfsizligi qoidalari, Qaymaqlar, yuklama, yong\'in xavfsizligi, Yongin xavfsizligi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
«KONCHILIK ISHI »FAKULTETI
«NOYOB VA RADIAKTIV METALLAR QAYTA ISHLASH TEXNIKASI VA TEXNOLOGIYASI» KAFEDRASI


"ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI”
HISOBOTI
Amaliyot utish joyi OTMK AJ “Qizil olma”


Mudat 13.06.2022 dan 09.07.2022 gacha


Bajardi: 51-SB-21 NRM guruh talabasi Tilavov O


Qabul qildi: katta o‟qituvchi: Ganiev.S.T.


NAVOIY -2022

Kirish


Texnika va texnologiyalar jamiyat hayotining barcha sohalarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan hozirgi zamonda davlatlarning rivojlanish istiqbollari ko’p jihatdan foydali qazilmalar bilan nechog’lik boyligiga bog’liq. Hozirgi paytda dunyoda 150 dan ortiq mineral xomashyo qazib olinmoqda. Sanoat yoki qishloq xo‘jaligida biron-bir mahsulotni olish uchun katta miqdorda mineral xomashyoni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Misol uchun: 1 t cho‘yan olish uchun 2 t temir ma’dani va 0,6 t koks kerak, 1 t mis uchun 100 t mis ma’dani, 1 t nikel uchun 200 t nikel ma’dani, 1 t tantal uchun 8000 t ma’dan kerak bo‘ladi. Oxirgi 25 yilda mineral xomashyo ishlatish hajmi ancha o‘sdi. Dunyo bo’yicha neft va gazga bo’lgan talab 5 barobar, temirga bo’lgan talab esa 3 barobar oshdi.
O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Unda Mendeleyev davriy jadvalining deyarli barcha elementlari topilgan. O‘zbekistonda yuzga yaqin foydali qazilmalarning ikki ming yetti yuzga yaqin koni mavjud. Mamlakatimizning mineral xomashyo salohiyati 3,3 trilion AQSH dollari miqdorida baholanadi. Har yili 5,5 mldr. AQSH dollari hisobida foydali qazilmalar qazib olinmoqda. Topilgan gaz zaxiralari respublikamiz ehtiyojini 35 yilga, neft esa 30 yilgacha qoplaydi. Oltin zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston jahonda 4-o‘rinda, mis bo‘yicha 10–11-o‘rinda turadi. Oltin ishlab chiqarish umumiy hajmi bo‘yicha dunyoda sakkizinchi o‘rinda va aholi jon boshiga ishlab chiqarishda beshinchi o‘rinda turadi. Mamlakatimizda topilgan 30 ta oltin konining jami zaxirasi 4000 tonnadan oshadi. Katta zaxiralarga ega bo‘lgan 30 ta uran koni bor. Har yili 80 ming tonna mis qazib olinmoqda.
Ko’pchilik mineral xom-ashyolarning tayyorlangan zahiralari mavjud konchilik sanoati komplekslarining uzoq muddat davomida ishlab turishini ta`minlabgina qolmay, bir qator strategic ahamiyatga ega bo’lgan foydali qazilmalarni qazib olish quvvatlarini oshirishga ham imkon beradi. Hozirda qidirib topilgan zahiralar negizida 400 ga yaqin kon, shaxta, karyer, neft-gaz konlari ishlab turibdi.
Respublikamizda konchilik sanoati rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar mavjud. Foydali qazilmalarning ko’pgina turlari tarkibidagi foydali komponentlar yuqori darajada bo’libgina qolmay, katta miqdordagi tabiiy va mineral xom-ashyo zahiralari yirik konlarda to’plangan. Ularni qazib olingan joining o’zidayoq kompleks qayta ishlash imkoniyati bor. Konlarning ko’pchiligini ochiq usulda qazib olish mumkin, rudalarni boyitish texnologiyasi ham nisbatan soda. Bundan tashqari mamlakatimizda ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura, malakali kadrlar, konchilik sohasi mutaxassislarini tayyorlovchi oily va o’rta-maxsus o’quv yurtlari tizimi mavjud.

Download 65.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling