Ishlab chiqarish iqtisodiyoti II
Download 0.58 Mb.
|
ishlab chiqarish2 Maxkamova
1, Қайнона(1), Қайнона(1), Қайнона(1), Internet, Internet, Umumiy infor, 11 TEST 1, 1 TOPSHIRIQ, Laboratoriya ko'rsatma, Excelll, ариза кобилова, python, Malumotlar tuzilmasi uz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ZAHIRALARNI BOSHQARISH
F.Azimova Ishlab chiqarish iqtisodiyoti - II (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha mutaxassislar uchun) TOSHKENT, 2006 Mirzo Ulugbek informatika kasb-hunar kolleji Pedagogik Kengashi tomonidan tasdiqlangan Mazkur material “AXBOROT VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA KASBIY TA’LIMGA KO‘MAKLASHUV - KOOPERATSION LOYIHA” nomli
Taqrizchilar: 1. V.N.Skandakova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, MUIKHK 2. prof. M.A.Maxkamova, Iqtisod va boshkaruv fakulteti dekani, Toshkent Axborot Technologiyalari Universiteti. Ishlab chiqarish iqtisodiyoti - II. T., "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2006. 130 s. Kitobda ishlab chiqarishning turli jabhalari: zahiralar, sifatni, texnologiyalarni boshqarish, mahsulot sotishni tashkil etish va xarajatlarni hisobga olish masalalari ko'rib chiqiladi. Kitob kollejlarning o'qituvchilari va o'quvchilari uchun mo'ljallangan. © " Fan va texnologiya" nashriyoti, 2006. I-BOB. ZAHIRALARNI BOSHQARISH Korxonaning faoliyati uchun zahiralarning turli tiplari xarakterlidir. Bu xom ashyo va materiallar zahirasi, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim fabrikatlar, va nihoyat ombordagi tayyor mahsulot zahiralari bo'lishi mumkin. Xom ashyo - qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun mehnat sarflangan mehnat predmetlari (ruda, paxta). Materiallar - sanoatda ishlov berishdan o‘tib bo'lgan mehnat predmetlari (metall prokati). Asosiy materiallardan mahsulotlar tayyorlanadi, ular uning asosiy moddiy mazmunini hosil qiladi. Yordamchi materiallar mahsulot ishlab chiqarishda yordamchi rol o'ynaydi, lekin ularning ishtirokisiz ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirib bo'lmaydi. Ular yoki mehnat vositalarini talab etiladigan qolatda saqlab turish uchun zarur, yoki mahsulotga ishlov berishda ba'zi bir texnologik jarayonlarda ulardan foydalaniladi. Yarimfabrikatlar - bir yoki bir nechta ishlab chiqarish bosqichdan o'tgan, lekin hali yana ishlov berish yoki yiqishni talab etadigan mehnat maqsuli. Tugallanmagan ishlab chiqarish -ishlov berilayotgan yoki yanada ishlov berishni kutayotgan va tayyor mahsulot qatoriga kirmaydigan mehnat predmetlari. Ularning birinchilari ishlab chiqarish uzluksizligini, keyingilari - sotish uzluksizligini ta'minlaydi. Zahiralar korxonaning operativ moslashuvchanligini ta'minlaydi va eng yaxshi moliyaviy ko'rsatkichlarga erishishga ko‘maklashadi. Mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha rejalarni bajarishning zarur shartlari - uning tannarxini pasaytirish, foydani ko'paytirish, korxonani zarur assortiment va sifatdagi xom ashyo va materiallar bilan to'la va o'z vaqtida ta'minlash rentabelligidir. Korxonaning moddiy resurslarga bo'lgan ehtiyojini quyidagi yo'llar bilan qondirish mumkin: - ekstensiv yo'l bilan (katta miqdordagi materiallarni sotib olish yoki tayyorlash yo'li bilan); - intensiv yo'l bilan (mahsulot ishlab chiqarish jarayonida mavjud zahiralardan ancha tejab foydalanish yo'li bilan). Мuomala sohasi (bozor) Аholi
Ishlab chiqarish vositalarni ishlab chiqaruvchilar IChV MQ IChV
MQ IChV MQ
IP iste’mol predmetlari ishlab chiqaruvchilar IP MQ MQ MQ IP
Mana’viy qadriyatlarni ishlab chiqaruvchilar
MQ MQ MQ IChV 1-rasm
Birinchi yo'l mahsulot birligiga moddiy xarajatlar salmog’i oshishiga olib keladi, ammo uning tannarxi bunda ishlab chiqarish hajmini oshirish va doimiy xarajatlar ulushini kamaytirish hisobiga pasayishi ham mumkin.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling