Ishlab chiqarish miqiyosining ijobiy samarasi


Download 184.43 Kb.
bet1/8
Sana28.03.2022
Hajmi184.43 Kb.
#616354
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PRAKTIKUM77
JAXON.AXROROV

ISHLAB CHIQARISH MIQIYOSINING IJOBIY SAMARASI

REJ A:


KIRISH


  1. Ishlab chiqarish samaradorligi va uni ta’minlashning hozirgi zamon muammolari.

  2. Ishlab chiqarish samaradorligining natural korsatkichlari

  3. “Sut” AJ agroxoldingi misolida iqtisodiy samaradorlikni tahlil qilish.

XULOSA
FOYDALANILGAN MA’LUMOTLAR TOYXATI
KIRISH

Kishilarning bilim saviyasini, malakasi va kasbiy mahoratini oshirish, etuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash. Bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta'sir qiladigan asosiy va iqtisodiyotning barcha sohalari uchun umumiy bo'lgan omillardir. Hozirgi davrdagi fan-texnika taraqqiyoti afzalligi shundaki, ilg'or mamlakatlarda fan yangiliklari tezlik bilan ishlab chiqarishga joriy qilinadi, binobarin fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanib boradi. Hozirgi davrdagi ishlab chiqarishning texnik bazasini mustahkamlash elektronika, radioelektronika, telemexanika, atom energiyasi, ximiya va boshqa fanlarning erishgan yutuqlari bilan bevosita bog'liqdir. Xullas, fanning erishgan yutuqlari ishlab chiqarishning taraqqiyoti va uning iqtisodiy samaradorligi uchun cheksiz imkoniyatlar ochib beradi. Shuning uchun ham O'zbekistonda fan-texnika taraqqiyotiga katta e'tibor berib, uni keskin jadallashtirishni, texnikaning eng yuqori unumdor va samaradorlikni ta'minlovchi yangi turlarni, prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarni keng joriy etish vazifasi qo'yilmoqda. Fan taraqqiyotining natijasi va uning ishlab chiqarish bilan yaqinlashishining muhim belgisi takomillashgan, chidamli va unumli mehnat qurollari va predmetlarini vujudga keltirish va ishlab chiqarishga joriy qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarishga yangi unumli mehnat qurollari va mehnat predmetlari qancha ko'p kirib kelsa jonli mehnat shuncha ko'p mehnat vositalarini harakatga keltiradi va ko'proq naflilikni yaratadi. Davlatning investisiya siyosati resurslarni fan-texnika taraqqiyotining ilg'or sohalari bo'lgan mashinasozlik sanoati, informatika, elektronika, ishlab chiqarish sohalarini kompleks mexanizasiyalash, avtomatlashtirish, yangi materiallarni yaratish va ularga ishlov berish texnologiyasi singari muhim yo'nalishlariga jalb qilishga qaratilgandir. Shuning uchun ham fan-texnika taraqqiyotining evolyusion va revolyusion shakllarini farqlamoq lozim. Fan-texnika taraqqiyotining evolyusion shaklda rivojlanishi deganda, uning mavjud texnologiyalar asosida rivojlanishi tushuniladi. Revolyusion shaklda rivojlanishda esa texnikaning eng so'nggi avlodlarini qo'llash, prinsipial yangi texnologik tizimga o'tish tushuniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi natijaviy ko'rsatkich foyda miqdoriga to'g'ri mutanosiblikda iqtisodiy resurs sarf-xarajatlariga teskari mutanosiblikda o'zgaradi. Shu sababli samaradorlikni oshirishga boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini ko'paytirish va unga sarflanadigan harajatlarni kamaytirish, ya'ni tejamkorlik tamoyillariga amal qilish orqali erishiladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning shunday omillari ham mavjudki, ular bir vaqtda ham natijaviy ko'rsatkichlar miqdoran ortishiga va ham iqtisodiy resurs xarajatlari kamayishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.




  1. Download 184.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling