Ishlab chiqarish uchun umumiy sanitariya-texnik talablar


Download 17.95 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi17.95 Kb.
#201818
Bog'liq
mustaqil xafsizlik amaliyot


Ishlab chiqarish uchun umumiy sanitariya-texnik talablar оmillari va ish joylari haqida ..

Mehnat gigiyenasi - ishlab chiqarish muhitini va mehnat jarayonini kishi organizmiga

ta’sirini o’rganadi va ularning sanitariya-gigiyena holatlarini yaxshilash bo’yicha

tavsiyanomalarni

ishlab chiqadi, bularning hammasi ishchilarning sog’lig’ini va ish qobiliyatini saqlab qolishga

yordam beradi.

Ishlab chiqarish sanitariyasi - ishlab chiqarish korxonalari hududlarining tozalik holatini

yaxshi saqlash, obodonlashtirish, ishlab chiqarish binolarini va xonalarini, sanitariya-texnik

qurilmalari (ventilyatsiya, isitish, yoritish), sanitariya-maishiy xonalar qurilmalari, shaxsiy

himoya


vositalaridan

foydalanish,

mehnat

sharoitlarini

yaxshilash,

ishlab


chiqarishdagi

zaharlanishlarni

hamda kasb kasalliklarini oldini olish, xizmatchilar sog’lig’ini muhofaza qilish, shuningdek

mehnatni ilmiy tashkil qilish va ishlab chiqarish estetikasi bilan bog’liq bo’lgan gigiyena

choratadbirlarini

ishlab chiqish masalalarini hal qiladi.

Vujudga kelishi mumkin bo’lgan kasalliklarni oldini olish va ulardan himoyalashda

avvalambor ish joyidagi shaxsiy gigiyena masalalari asosiy rol o’ynaydi. Shaxsiy gigiyena

tushunchasiga kiradigan masalalar doirasi juda keng. Bu badanni toza tutish, ishlaganda,

ovqatlanganda shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, ya’ni yashaydigan joyni ozoda tutish va

boshqalar.

Shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish faqat individual emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ham

molik

bo’ladi. Agar bir kishi shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmasa, u o’z oilasida va ishlaydigan

jamoada yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sababchi bo’lishi mumkin.

Sog’lom ish sharoitlarini yaratilishining negizida sanitariya me’yorlari va qoidalari yotadi,

ya’ni kishilar organizmini turli sharoit va muhitlarda qobiliyati va chidamlilik chegarasi

aniqlanilib

ishlab chiqrish joylarida muhitning MRK (me’yoriy ruxsat etilgan kontsentratsiya), MRM

(me’yoriy ruxsat etilgan miqdor), MRD (me’yoriy ruxsat etilgan daraja)lari ishlab chiqilgan va

joriy qilingan. Bularning me’yoriy darajasini ta’minlab turish sog’lom mehnat sharoitlariga

kafolat

beradi. Amaldagi sanitariya me’yorlaridan SM 245-71 korxonalarni joylashishiga hamda

ularning



hududini rejalashtirish, ishlab chiqarish maqsadida qurilgan binolarga umumiy talablarni

belgilaydi.
Download 17.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling