Ishlab chiqarish xonalarining zararli changlar bilan ifloslanganlik darajasini aniqlash
Download 430.41 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Loboratoriya
1-laboratoriya, 1649913326, Kopjursinova Maftuna 1-A2, Elektromagnit to’lqinlarining tarqalishi tezligi elektromagnit to’lqini, KORXONANING AXBOROT RESURSLAR, 1-амалий, 3-амалий, Xitoy Xalq Respublikasi 091218234301, Mustaqil ish7, 1-kurs dars ishlanmasi, 1, Psixologiya mustaqil ish, EWB ido doc, Embedded sytem security
2- laboratoriya ishi ISHLAB CHIQARISH XONALARINING ZARARLI CHANGLAR BILAN IFLOSLANGANLIK DARAJASINI ANIQLASH Ishning maqsadi: zararli changlarning inson organizmiga ta’siri, zararli changlar darajasini aniqlash uslubi va asboblari bilan tanishish, ish joylari havosi tarkibidagi zararli changlar miqdorini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish. Mashg‘ulot rejasi: 1. Umumiy ma’lumotlar. 2. Chang miqdorini aniqlash qurilmasining tuzilishi. 3. Ishni bajarish tartibi. 4. Hisobot tarkibi. Tayanch iboralar:chang, chang turlari, chashlanish darajasi,ruxsat etilgan miqdor, aspirator, chang filtri. Topshiriqlar: 1.Xalq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yuzaga keladigan changlar va ularning inson organizmiga tasirini o‘rganing. 2.Chang mikdorini aniqlash qurilmasining tuzilishi va ishlash tarkibini o‘rganing. 3.Belgilangan ish joyi havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlang, ruxsat etilgan miqdor ("PDK") bilan taqqoslab xulosalang. 4.Quyida ko‘rsatilgan tarkibda hisobot tayyorlab topshiring. Mashg‘ulot uchun kerakli jihozlar: Aspirator. filtr AFA-V-18. filtr uchun allonj, 0,1 mg aniqlikkacha o‘lchovchi tarozi, barometr-aneroid, termometr. 2.1. Umumiy ma’lumotlar. Sof toza havo bir qancha gazlar aralashmasidan iborat bo‘lib, uning tarkibida 77 foiz azot, 21 foiz kislorod. 1 foiz is gazi boshqa faol gazlar, 1 foiz inert gazlar mavjud bo‘ladi. Lekin ishlab chiqarish sharoitida ish joyining havosi ishlab chiqarish texnologiyasi va ish sharoitiga bog‘liq holda turli xil zararli changlar va gazlar bilan ifloslanadi. Xalk xo‘jaligi ishlab chiqarishning barcha sohalarida havo tarkibida hamisha ma’lum miqdorda, ya’ni 1m.kub havo tarkibida 0.25 mg.dan 0,5 mg gacha changlar bo‘ladi. Changlarning inson organizmiga tasiri ularning kimyoviy tarkibi va chang zarralarining o‘lchami bilan baholanadi. Changlar kimyoviy tarkibiga bog‘liq holda organik, noorganik (mineral), metall va aralash changlarga bo‘linadi. Yirik changlar odatda burun bo‘shlig‘ida ushlanib qoladi. Mayda changlar esa (asosan o‘lchami 0.001 mm dan kichik bo‘lgan Changlar (masalan: mayda tuproq, ohak, sement, don changlari va b.) nafas olganda burun bo‘shlig‘idan o‘tib o‘pkaga o‘rnashadi va ular tashqariga chiqib ketmaydi. Ishlab chiqarishda paydo bo‘ladigan ayrim kichik o‘lchamli changlar esa burun bo‘shlig‘ida va o‘pka to‘qimalariga o‘rnashib olib sekin-asta turli xil kasalliklar kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Bundan tashqari changlar inson terisiga, burun to‘qimalariga ham katta tasir etadi. Natijada ular har xil kasalliklar, jumladan allergenik. sil. bronxial astma kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli changlarning zararli ta’siridan himoyalanish talab etiladi. Ish joylari havosi tarkibini meyorlashtirish tadbirlaridan biri zararli moddalar miqdori ruxsat yetilgan miqdor (PDK) darajasiga olib kelishdir. Ish joylardagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori (PDK) meyoriy ish vaqti hisobida ishchining butun ish staji davrida uning sog‘lig‘iga tasir etmaydigan va kasb kasalliklarini keltirib chiqarmaydigan miqdorga aytiladi. Zararli moddalar inson organizimiga ta’sir etish darajasiga qarab 4 sinfga bo‘linadi: 1. Favqulodda xavflilikdagi moddalar (PDK≤0,1 mg/m 3 ) 2. Yuqori xavflilikdagi moddalar (PDK≤ 0,1... 1.0 mg/m 3 ) 3. O‘rta xavflilikdagi moddalar (PDK≤ 1,1 ...10,0 mg/m 3 ) 4. Kam xaiflilikdagi moddalar (PDK≥10 mg/m 3 ) 2.1-jadval Ayrim zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori. № Moddalarning PDK Xavflilik Agregat Nomi M G / M 3 sinfi Holati 1. Ammiak 20 4 B 2. Atseton 200 4 B 3. Bezin 100 4 B 4. Geksaxloron 0,1 1 B-A S Smob 0.01 1 B 6. Qurgoshin va uning noorganik. Birikmalar 0,01 1 A 7. Tamaki 3,0 1 A 8. Xlor 1,0 2 B 9. Don changlari 4,0 4 A 10 О‘simlik yoki hayvon changlari 4.0 4 A Izoh: B - bug‘ yoki gaz, A-aerozol, B-A-bug‘ (gaz) va aerozol aralashmasi. Download 430.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling