«ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti


Download 276 Kb.
bet1/13
Sana03.08.2022
Hajmi276 Kb.
#790426
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bozor va tavakkalchilik
biokimyo6, 9ANS2SQdEUTjCpDnrrthFwr86Q6aEyNa (1), navroz, hozirgi ozbek tili- ozb.fil. 1,2,3 -kurslar, СОВРЕМЕННЫЕ МОДЕЛИ НАЛОГОВОЙ ПОЛИТИКИ, СОВРЕМЕННЫЕ МОДЕЛИ НАЛОГОВОЙ ПОЛИТИКИ, JAVOBLAR VARAQASI (, Ishqqa oid qirq qoida, МАЪРУЗА-1, Nazirova Sevaraxon 101-ped fak 3, Mustaqil ish (1), Mustaqil ish (1), Mustaqil ish (1), qadimgi xitoy, prezedent vakolatlari refirat

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIYVA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



«ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV» FAKULTETI
Mikroiqtisodiyot fanidan kurs ishi





Bajardi: _____ guruh talabasi
_____________________
Qabul qildi: ______________________
Farg’ona – 202__
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV fakulteti
“IQTISODIYOT” kafedrasi

«TASDIQLAYMAN»
“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri
_______________ E.Muminova «____» ___________________2022 y
KURS ISHINI BAJARISH BO’YICHA TOPSHIRIQ
Fanning nomi: Mikroiqtisodiyot
Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi guruhi
Talabaning ismi sharifi:
1.Kurs ishi mavzu: Bozor va tavakkalchilik
2. Ishni bajarish uchun boshlang’ich asoslar: O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenting qaror, farmon va ma`ruzalari, tanlangan mavzu bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlar, davriy ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqola va tezislar, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va uning xududiy xududiy bo’linmalari ma’lumotlari, O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi statistik to’plamlari, rasmiy internet saytlari mahlumotlari.
3.Tushuntirish qismi tarkibi
Kirish
1. Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish
2. Tavakkalchilikni baholash usullari
3. Tavakkalchilikni kamaytirish yo‘llari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

4.Kurs ishni bajarish grafigi




Ishningnomi

Ishnibajarishmuddati

Bajaranligi
To’risidagi
Belgi

Boshlanishi

Tugashi

1

Al- Farg’oniy nomli va FarPI axborot resurs markazlarida (ARM) mavzu bo’yicha adabiyotlar yig’ish.










2

Ishning rejasini tuzish










3

Birinchi “Bozor iqtisodiyoti sharoitida tavakkalchilik va uning turlari” rejasini tayyorlash va yozish.










4

Ikkinchi “Tavakkalchilikni va unga bo’lgan munosabatni baholash”rejasini tayyorlash va yozish.










5

Uchinchi “Tavakkalchilikni pasaytirish yo’nalishlari” rejasini tayyorlash va yozish.










6

Xulosa qismini tayyorlash va yozish.










7

Adabiyotlarni rasmiyashtirish










8

Ilovalarni rasmiylashtirish










9

Tugallangan kurs ishini ilmiy rahbarga taqdim etish.








Topshiriq berilgan sana:


Tugallangan kurs ishni topshirish sanasi:
Kurs ishi rahbari: _____________ _____________
Topshiriqni oldim : ____________
Kafedra mudiri ____________ Muminova E.
Reja:

Kirish
1. Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish
2. Tavakkalchilikni baholash usullari
3. Tavakkalchilikni kamaytirish yo‘llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan buyon o’tgan davrda mamlakatimiz barcha sohalarida yuqori o’sish sur’atlariga erishilmoqda. Jamiyatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy barqarorlik, uning ma’naviy-ma’rifiy negizlari mustahkamlanmoqda. Hayotimizda amalga oshirilgan ulkan yangilanish va o’zgarishlar, mamlakatni modernizatsiya qilish yo’lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatligi, nufuzli xalqaro mamlakatlar tomonidan yuqori boholanmoqda.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning asosiy maqsadlaridan biri iqtisodiyotning real sohalarida ishlab chiqarishni qayta jixozlash madernizatsiya qilish yani texnika texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish orqali maxsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini oshirishdan iborat. Respublikada faoliyat yuritayotgan korxonalarning uzoq mudatli yashovchanligi va raqobatbardoshligini taminlash ularning ishlab chiqarish saloxiyatini tubdan qayta qurish eksportbop maxsulotlar ishlab chiqarish milliy iqtisodiyni kuchayishini taminlash hamda respublikadagi ishlab chiqaruvchilarning jaxon bozorlarida munosib o’rin egallashlari ushbu masalaning muvaffaqiyatli xal qilinishiga bog’liq.
Bugungi kunda korxonalar mahsulot ishlab chiqarish xajmini ko’paytirishga va uni bozorga taklif qilish orqali ko’proq foyda olishga intiladi. Bunday sharoitda mahsulot xajmini ishlab chiqarish omillaridan foydalanish darajasini oshirish xisobiga ko’paytirish korxona uchun ko’proq samarali xisoblanadi. Ishlab chiqarish omillaridan, xususan, asosiy vositalar va mahsulot saloxiyatidan foydalanishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar mahsulot tannarxini asossiz ravishda o’sib ketishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish omillaridan foydalanishni yaxshilash, mavjud jihozlardan vaqt va quvvat bo’yicha foydalanishni yaxshilash, fond qaytimini oshirish, mavjud xom ashyo va materiallar sarf me’yorlarini takomillashtirish, tejamkorlikni ta’minlashda namoyon bo’ladi. Shuningdek tadbirkorlik omilini yanada to’liqroq ishga solish, ushbu omilning ahamiyatini yanada oshirib borishga ham e’tiborni kuchaytirish zarur. Chunki tadbirkorlik omili ishlab chiqarishning moddiy omillarinig o’zaro samarali bog’lanishni ta’minlaydi, ya’ni faoliyat turlari, mahsulot nomenklaturalarining kengayishi uchun sharoitlar yaratadi. Shu sababdan zamonaviy sharoitlarda ishlab chiqarish omillaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash va ularni ishga solish asosida korxonalarda ishlab chiqarishni rivojlantirish dolzarb masala xisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo’lib resurslarga xususiy mulkchilik iqtisodiy faoliyatda tadbirkorlikda erkinlik iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg’unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilma xil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining, chunonchi xususiy individual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi.Tavakkal tushunchasi esa tavakkaliga, tavakkal bilan ish qiluvchi ma’nosini beradi. Amerikacha ta’rifga ko’ra, tavakkalchilik - bu biron ish bilan shug’ullanish oqibatida zarar ko’rib qolishdan qutulib qolish imkoniyati. Albatga, ba’zi xavflarni sug’urta kompaniyalari bilan shartnoma tuzish orqali oldini olish mumkin. Biroq, xavfning asosiy og’irligi, ya’ni menejerning xatosi narx o’zgarishi talabning susayishi noto’g’ri tanlangan loyiha ishchilarning noroziliklari va boshqalar ishbilarmonning yelkasiga tushadi. Ammo, umuman, xorij tajribasi ishbilarmonlik tavakkalchiliksiz mumkin emasligidan guvohlik beradi. Kimki xech bir tavakkal qilmasa, oxir-oqibatda xonavayron bo’ladi. Ishbilarmon o’n ming yoki millionlarni hali chiqarmagan mahsulotining bozori yurishipsh kafolatiga ega bo’lmasdan, ular ustida tadqiqotlar olib borishga, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangilarini qurishga tavakkal qilib sarflaydi. Uning har bir harakatida omadsizlik xavfi yashiringan. Xavflilik omili mablag’ va quvvatlarni tejashning kuchli rag’batlantiruvchisi hisoblanadi. U korxona (firma)ning loyihalar rentabelligini ming bora tahlil etishga xarajatlar bo’yicha hisob-kitobni puxta bilishga quvvatlarni sotib olish va kadrlarni yollashga o’ta jiddiy yondoshishga majbur etadi. Shunday qilib, tavakkalchilik har qanday ishlab chiqaruvchi yoki har qanday bank faoliyatining vaziyatga bog’liq bo’lgan tomoni bo’lib, shu faoliyatning oxiri nima bilan tugashi noaniqligini va omad yurishmasa, oqibatda zarar ko’rishi mumkinligini aks ettiradi. Tavakkalchilik foydadan maxrum bo’lish va boshqa sababalarga ko’ra zarar ko’rish singari yomon oqibatlar ro’y berish ehtimoli bilan ifodalanadi. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun tadbirkorlar samarali boshqaruv uslublarini bilishlari, tavakkalchilik chegaralarini aniqday olishlari, mavjud variantlardan eng maqbulini tanlay olishlari kerak. Shu jixatdan tanlangan mavzu dolzarb hisoblanadi.

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling