Ishlab chiqarishda boshqaruv


Download 0.56 Mb.
bet1/2
Sana28.05.2020
Hajmi0.56 Mb.
#110974
  1   2
Bog'liq
кр


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV”



fakulteti

«IQTISODIYOT» kafedrasi



«Makroiqtisodiy tahlil» fanidan



Mavzu: : Investitsiya funksiyasi va omillari.

Bajardi: 44-16 I gurux talabasi

Abdulhaqov Asfandiyor

Ilmiy rahbar: Mo’minova E

Mundarija

  1. Kirish………………………………………………………………..………………..………….3

  2. Asosiy qism.

  1. Investitsiya tushunchsi va uning mazmun mohiyati ………...……. 5

  2. Qisqa va uzoq muddatli investitsiyalarni tahlili…………….. 8

  3. Investitsiyalarni samaradorligini oshirishda makroiqtisodiy tahlilning ahamiyati…….…..… 24

  1. Xulosa……………………………………………….………….………………………………..26

  2. Foydalanilgan adabiyotlar……………………….……………………………………30

“Barchamiz bir oddiy haqqatni yaxshi anglab olishimiz darkor-investitsiylarsiz modernizatsiya ham, yangilanish ham bo’lmaydi”

( I. Karimov )

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy tushunchalari sifatida investitsiyalar tushunchasining bugungi hayotimizga keng va tez kirib kelishining o‘zi uning mohiyati va ahamiyatini, zarurligini ko‘rsatib, uni ochib berishga bo‘lgan zaruriyatni keltirib chiqaradi. Bu tushuncha o‘zi bilan bir qatorda investitsiya siyosati, investitsiya loyihasi, investitsiya dasturi tushunchalari, investitsiya siyosatini olib borish, ular bilan bog’liq bo’lgan risklar, investitsiyalarni moliyalashtirish ularning samaradorligi kabi tushuncha va bilimlarni kashf etilishi ularning bugungi iqtisodiy hayotimizda naqadar muximligini anglab olishimizga sabab bo‘lmoqda. Bugungi investitsiyalar ertangi turmush tarzini belgilab beradi. Ahamiyat bergan bo’lsangiz ayni kunlarda yurtimizning ommaviy axborot vositalarida investitsiya, investor kabi so’zlar ko’p tilga olinmoqda. Ko’plab chet el investorlari davlatimizga o’z investitsiyalari bilan kirishga shoshilishyapti.

Xorijiy investitsiyalarning milliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etishi investitsion siyosatni naqadar to’g’ri yo’lga qo’yilganligiga bog’liqdir. Bunda kiritilayotgan investitsiyalar muddatini e’tiborga olish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Korxonalar xorijiy investitsiyalarni qabul qilishda uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar o’rtasida tanlovni amalga oshirishlariga to’g’ri keladi. Uzoq muddatli investitsiyalar qisqa muddatli investitsiyalarga nisbatan afzalliklari birmuncha ko’pligi tajribada sinalganligi sababli, aksariyat korxonalar ushbu turdagi investitsiyalarni jalb etishga harakat qiladilar.

Global iqtisodiy inqiroz tufayli uzoq muddatli investitsiyalarga yangicha qarash vujudga keldi. Bu pensiya jamg’armalari, mustaqil sog’liqni saqlash fondlari, sug’urtalanuvchilar va uy xo’jaliklari kabi investorlarning moliya bozorlarini stabillashtirishga yordam berish, infratuzilma va inqiroz ta’siridagi iqtisodiyotni rivojlantirish uchun uzoq muddatli jamg’arma loyihalarini taklif etishlarida namoyon bo’ladi.

Kelajakda daromad olish maqsadida, turli loyihalarga mablag’ qo’yuvchilar investorlar deb ataladi. Investor rolini davlatlar, kompaniyalar, korxonalar, mahalliy va chet el fuqarolari ijro etishi mumkin. Ko’pgina mamlakatlarda ichki investitsiya manbalarining cheklanganligi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni talab qiladi. O’z navbatida, investorlar biror mamlakatga investitsiya kiritishda kutilayotgan daromad miqdoriga ko’ra ish yuritadilar. Investorlar e’tiborini jalb etishda mamlakatning geografik o’rni, siyosiy ahvoli, iqtisodiy potentsiali kabi muhim omillar birlamchi ahamiyat kasb etadi. Afrika, O’rta Sharq va Xitoy mamlakatlarining bevosita xorijiy investitsiyalar kiritilishida eng yuqori pog’onalarda joylashganligi fikrimizning yaqqol dalili bo’lib xizmat qiladi.

Odatda, investitsiya qabul qiluvchi mamlakatlarni uzoq muddatli investitsiyalar qiziqtirsa, investorlar esa qisqa muddatli investitsiyalar taklif qilishni xohlaydilar.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilinishi va mazkur dastur doirasida jami 112 trln 251 mlrd so‘mlik kapital kiritilishi, xususan shundan ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga 4 trln 43 mlrd so‘m, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga 1 trln 101 mlrd so‘m, avtomobil yo‘llari uchun 1 trln 961 mlrd so‘m, yerlarning meliorativ ahvolini yaxshilashga 353 mlrd so‘m va Orolbo‘yi hududini rivojlanishiga 243 mlrd so‘m kapital kiritilishi hamda 34 trln 213 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri va 22 trln 278 mlrd so‘mlik davlat kafolati asosidagi xorijiy investitsiya va kreditlar ajratilishi belgilangan. Shuningdek, qaror bilan alohida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, 2019-yilda ob’yektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi hamda markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan 14 va markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan 2 ta manzilli dasturlar ham tasdiqlandi. Shu bilan birga, qarorga asosan quyidagi ro‘yxatlar ma’qullandi:

2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni jadallashtirish talab etiladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati;

2019-yilda ko‘rib chiqiladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma tarmoq loyihalari ro‘yxati;

2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi 2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ijtimoiy soha ob’yektlari ro‘yxati.




  1. Investitsiyalarni zarurligi va axamiyati tahlili.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida qulay investitsion faoliyatni shakllantirish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. U kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ilmiy-texnika taraqqiyotining osish suratlari va kolamiga faol tasir korsatadi, aholi salmoqli qismining bandligini ta‘minlashga sharoit yaratadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy ozgarishlar, mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarining oqilona joylashtirilishi va rivojlanishi kop hollarda investitsiya faoliyatining darajasiga bogliq boladi.

Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini va asosiy kapitallarni yaratish hamda amalda faoliyat yurituvchilarini qollash uchun yonaltirilgan kapital qoyilmalarining ancha qismi investitsiya sohasi orqali otishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ozbekiston Respublikasining Investitsiya faoliyati togrisida”gi qonuni (yangi tahriri)ning 3-moddasida investitsiyaning asosiy tushunchalari sifatida quyidagilar qollaniladi2:

investitsiyalar qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga bolgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bolgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar;

investor investitsiya faoliyati obektlariga oz mablaglarini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subekti;

investitsiya majburiyati investitsiya loyihasida nazarda tutilgan

muayyan maqsadlarga erishish uchun investorning ozi qabul qiladigan majburiyatlari;

investitsiya faoliyati investitsiya faoliyati subektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bogliq harakatlari majmui;

investitsiya faoliyati ishtirokchisi investorning buyurtmalari

bajarilishini taminlovchi investitsiya faoliyati subekti;

reinvestitsiyalar investitsiyalardan olingan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqi, texnik yordam, texnik xizmat korsatish uchun tolovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar.

Ozbekiston Respublikasining Investitsiya togrisidagi qonunida korsatilishicha, investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablaglari, banklarga qoyilgan omonatlar, paylar, qimmatli qogozlar (aksiya, obligatsiyalar),texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.

Investitsiya siyosati har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida eng muhim yonalishlardan biri hisoblanadi. Chunki shu siyosat orqali mamlakat ishlab chiqarish quvvatining yuqori darajada osishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va sifatining ortishi, moddiy va manaviy ehtiyoj qondirilishi, butun davlat infratuzilmasining rivojlanishini ta‘minlash mumkin. Hozirgi zamon investitsiya siyosati iqtisodiy tuzilmani ozgartirishni amalga oshiruvchi asosiy dastak bolib, qishloq xojaligini zamonaviylashtirish, tabiiy resurs va hududlarni ozlashtirish, aholini ish bilan taminlash, fan-texnikani rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etish kabilarni hal etishga qaratilishi kerak.

Ishlab chiqarish korxonalarida investitsion faoliyatni boshqarishning iqtisodiy usullari samaradorligi muammolari ko’plab iqtisodchi olimlar ilmiy tadqiqotining diqqat markazini egallab kelgan. Bu muammolar A.Smit, J.M.Keyns, I.Fisher, Dj.Evans, S.Archer, kabi olimlar tomonidan chuqur tadqiq etilgan Birinchilardan bo’lib shotlandiyalik olim Adam Smit “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari tadqiqi” asarida kapitalni tog’ri yo’naltirish haqida fikr yuritgan. Uning fikriga ko’ra, kapital to’rt xil yo’llar bilan: ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xom ashyoni yetishtirish, bu xom ashyoni qayta ishlash, xom ashyo yoki tayyor mahsulotni ortiqcha bo’lgan joydan ular yetishmaydigan joyga tashish va, nihoyat, iste’molchilar ehtiyojiga ko’ra, mahsulotlarni kichik portsiyalarga bo’lish maqsadlarida sarflanishi mumkin. Ushbu jarayonlarning ketma-ket amalga oshishida iqtisodiyotning turli sub’ektlari ishtirok etadilar. Jarayonlar ketmaketligining birinchisi bevosita yer omiliga kapitallarini sarflovchi iqtisodiyot sub’ektlari, ikkinchisi ishlab chiqarish korxonalari, uchinchisi ulgurji savdogarlar va to’rtinchisi chakana savdogarlar zimmasiga tushadi. Adam Smit kapitalni bu to’rt xil yo’ldan boshqacha sarflashni tasavvur qilish mumkin emas deb ta’kidlaydi. Hozirgi iqtisodiy jarayonlarni kuzatadigan bo’lsak, bu fikrning zamonaviy iqtisodiyotga mos kelmasligiga amin bo’lamiz. Chunki fan va texnikaning rivojlanishi iqtisodiyotning xom ashyoga bog’liq bo’lmagan tarmoqlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Bunga birgina kompyuter dasturlarini ishlab chiqarish sohasida kapitalni sarflanishini misol qilib olish kifoya. Ingliz iqtisodchisi J.M.Keynsning investitsiyalarning tabiati yuzasidan olib borgan izlanishlari zamonaviy iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. U o’zining “Protsent va pul bandligining umumiy nazariyasi” asarida kapitalning yakuniy samaradorligi, uzoq muddatli takliflar, protsent me’yorlari va kapitalning tabiati haqida fikr yuritgan. Uning kapitalning yakuniy samaradorligi tushunchasi bilan yakuniy unumdorlik, daromad va qadrlilik tushunchalari orasidagi farqni ilmiy asoslab bergani, ayniqsa, ahamiyatga molikdir.

Investitsiyalarning mohiyati, ulardan samarali foydalanish masalalari Respublikamiz olimlaridan Sharifxo’jaev M.Sh., Chjen V.A., G’ulomov S.S., Abdullaev Y.A., O’lmasov A.U., Rasulov M.R., G’ozibekov D., Dodoboev Yu., Abduhamidov A., Vaxobov A., Ishbo’taeva X., Abdukarimov B.A., Pardaev M.K, Shavqiev E.Sh., Urazov K.B. va boshqa bir qator olimlar tadqiqot olib borganlar. Ushbu olimlarning tadqiqotlarida investitsiyalar, ulardan foydalanish masalalarining nazariy va metodologik tomonlari keng o’rin olgan.

Har yili dunyo xo’jaligiga 2.0-2.5 trln. AQSH dollari miqdorida investitsiya sarf ettiriladi. Asosiy investorlar bo’lib yettita o’ta rivojlangan davlatlar yoki Rambuys klubiga a`zo bo’lgan davlatlar hisoblanadi. Bular AQSh, Fransiya, Germaniya, Angliya, Italiya, Yaponiya va Kanadadir.

Makroiqtisodiy nazariyada investitsiyalar-I, uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari-C, hukumat xarajatlari-G, hamda sof eksport xarajatlari-Xn bilan birga jami xarajatlarni (jami talabning) tashkil etadi, ya’ni uning bir qismi deb qaraladi.

YMM=C+I+G+Xn

Investitsiya mablag’larining asosiy manbai bo’lib yopiq iqtisodiyot sharoitida mamlakatdagi uy xo’jaliklari jamg’armalari-Sp, hamda hukumat jamg’armalari-Sg hisoblanadi.

S=Sp+Sg


Ochiq iqtisodiyot sharoitida bunga xorijga chiqariladigan mamlakat ichki jamg’armalari bilan xorijdan investitsiyalar va kreditlar ko’rinishida kirib keladigan jamg’armalar o’rtasidagi farq -Sxn ham qo’shiladi:

S=Sp+ Sg+Sxn

Investitsiyalar hajmidagi u yoki bu manbaa ulushi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, mamlakatdagi daromadlar darajasiga, ijtimoiy tuzulmaga, amalga oshirilayotgan iqtisodiy vazifalarga, iqtisodiy siyosat strategiyasiga bog’liq. Bizga ma’lumki milliy iqtisodiyotda yaratilgan yalpi daromad (YMM) ning bir qismi turli shakllarda iste’mol qilinadi, bir qismi esa yuqorida ko’rsatilgan shakllarda jamg’ariladi. Milliy iqtisodiyotga qilingan jami investitsiya xarajatlari bilan yalpi jamg’armalar o’rtasida tenglikka erishish, Ya’ni I=S ayniyatning ta’minlanishi makroiqtisodiy muvozanatga erishishning muhim shartlaridan biridir. u ayniyatga o’z-o’zidan erishilmaydi, chunki uy xo’jaliklari nafaqat sarmoya sifatida foydalanish maqsadida, balki kutilmagan xarajatlar, qimmatroq buyumlar xarid qilish uchun ham mablag’ jamg’aradilar. Ya’ni jamg’armalarning bir qismi investitsiyalarga kelib qo’shilmaydi. Bunday vaziyatda hukumat investitsiya xarajatlarining bir qismini o’z zimmasiga olishi yoki xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali yuqoridagi ayniyatni ta’minlashi, bu uchun esa mamlakatda qulay investitsiya muhitini yaratishi lozim. Samarali byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta va tashqi savdo siyosati, investorlarga yaratilgan kafolatlar va imtiyozlar hamda makroiqtisodiy barqarorlik bu muhitni belgilovchi shartlardir. Ayniqsa inflyatsiya sur’atlarining yuqori bo’lishi jamiyatda inflyatsion psixoz holatini yuzaga keltirib, iste’molga cheklangan moyillikning ortishiga, jamg’armalar va oxir-oqibat investitsiyalar hajmining pasayishiga olib keladi.

Investitsiyalar hajmini belgilovchi asosiy omillar bo’lib foiz stavkasi va kutilayotgan o’rtacha foyda me’yori hisoblanadi. Kapital egalari foiz stavkasidan yuqori, yoki hech bo’lmaganda unga teng bo’lgan sof foyda me’yorini ta’minlagan loyihalargagina sarmoya qo’yadilar. Bundan xulosa shuki, hukumat foiz stavkalarini tushirishga erishsa iqisodiyotga qilingan investitsiyalar miqdori orta boradi. O’tish davrini boshidan kechirayotgan, milliy iqtisodiyotda tuzulma o’zgarishlarini, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish jarayonlarini amalga oshirayotgan mamlakatlar uchun moliyaviy resurslar taqchilligi doimo sezilib turadi. Arzon ishchi kuchi, boy tabiiy resurslarga ega bo’lgan bizning respublikamiz uchun ham bu muammo hayotiy ahamiyatga ega. Shu sababli o’zimizning cheklangan resurslarimizni, xorijiy mamlakatlardan ma’lum imtiyozlar berish hisobiga jalb etilayotgan investitsiya mablag’larini milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan eng samarali sohalarga, loyihalarga sarf etish zarur. Buning uchun esa yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari, investitsiya loyihalarini tahlil qilishning eng zamonaviy uslublarini, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning uslublari, shakllarini ham puxta o’rganishimiz lozim.

Xorijiy investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud: kapital, innovatsiya va

ijtimoiy investitsiya. Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab chiqarishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. Innovatsiya investitsiyalar jumlasiga texnika va texnologiyalarning Yangi avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.

Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.

Xorijiy investitsiyalar ko’lamiga qarab xalqaro doiradagi, ya’ni xalqaro investitsiyalar ko’rinishiga ham ega bo’ladi. Xalqaro investitsiyalar–jahon mamlakatlari o’rtasida harakatda bo’lgan investitsiyalardir. Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o’rtasidagi faol harakati zamonaviy jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib turuvchi xususiyatlariga aylandi. Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon xo’jaligidagi tovarlarni chetga chiqarish monopoliyasini tugatdi. Hozirgi vaqtda xalqaro investitsiyalarning o’rtacha yillik o’sish sur’ati 30%dan oshadi. Bu ko’rsatkich jahon savdosi o’sishi sur’atlaridan deyarli 5 marotaba ortiqdir. Xalqaro investitsiyalar o’zida moddiy boylik barpo etish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish, pul va tovar shakllarida jamg’arilgan zaxiralarni mujassamlashtiradi. Ushbu investitsiyalar doimiy ravishda mamlakat ichida bir tarmoqdan boshqasiga, hamda davlatlararo harakatda bo’ladi.

Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi.
2.Qisqa va uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni tahlili.

«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi “Invest” so’zidan kelib chiqqan bo’lib «qo’yish», «mablag’ni safarbar etish» ma’nosini bildiradi. Keng ma’noda investitsiyalar ko’paytirib qaytarib olish maqsadlarida kapitalni bog’lashni bildiradi. Ko’pgina hollarda «investitsiyalar» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi.

Moliyaviy investitsiyalar-daromad olish (xuddi foizlar, dividendlar va ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko’paytirish maqsadida uning tasarrufida bo’lgan korxona aktivlaridir.

Intellektual investitsiyalar-bu korxonaning intellektual boyliklarini xarid qilishga sarflangan mablag’laridir.

Moliyaviy investitsiyalar muddatiga ko’ra qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi.

Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar-bu uzoq muomala muddatiga ega (12 oydan ortiq) aktivlarning sotib olinishiga oid investitsiyalardir.

Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar-o’zida muomala muddati 12 oydan oshmaydigan, yengil sotiladigan moliyaviy aktivlarning xarid qilinishiga oid investitsiyalardir. Moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida hisobga olishni yengillashtirish uchun quyidagi guruhlarga ajratiladi:

Qimmatli qog’ozlar;

Sho’ba korxonalariga investitsiyalar;

Qaram birlashmalarga investitsiyalar;

Qo’shma korxonalarga investitsiyalar;

Boshqa moliyaviy investitsiyalar.

Qimmatli qog’ozlar uzoq muddatli investitsiyalarning asosiy qismini tashkil etadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qimmatli qog’ozlar investitsiyalar yo’naltirishning asosiy vositasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Qimmatli qog’ozlar va fond birjalari to’g’risida»gi qonuniga muvofiq qimmatli qog’ozlar-bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foiz ko’rinishida daromad to’lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir». Yuqorida qayd etilgan qonunga ko’ra, qimmatli qog’ozlarga:

aksiyalar;

obligatsiyalar;

xazina majburiyatlari;

depozit va xazina sertifikatlari;

veksellar;



hosilaviy qimmatli qog’ozlar kiradi.


Aksiya (gollandcha actie so’zidan olingan bo’lib, qimmatli qog’oz degan ma’noni anglatadi)-bu aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga muayyan hissa qo’shganlikdan guvohlik beruvchi, uning egasiga foydaning bir qismini olish va, odatda, ushbu jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi qimmatli qog’ozdir.

Aksiya amal qilish muddati cheklanmagan qimmatli qog’oz bo’lib, u uni chiqargan aksiyadorlik jamiyati amal qilib turgan vaqt mobaynida muomalada bo’lishi mumkin.

Aksiyalar bo’yicha olingan daromad dividend (lotincha dividendus so’zidan olingan bo’lib, bo’lishga tegishli degan ma’noni anglatadi) deb nomlanadi. Dividend, odatda, aksiyadorlik jamiyatining foydasiga bog’liq bo’ladi. Agar kompaniya hisobot yili natijalariga ko’ra foydaga ega bo’lsa, katta dividend to’lash imkoniyati bo’ladi va aksincha.

Aksiyalar ikki turga bo’linadi:

imtiyozli aksiyalar.

oddiy aksiyalar;

Oddiy aksiya aksiyadorlar yig’ilishida ovoz berish huquqini beradi, olinadigan dividend miqdori aksiyadorlik jamiyatining olgan sof foydasiga bog’liq va boshqa hech narsa bilan kafolatlanmagan.

Imtiyozli aksiyalar aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ovoz berish huquqini va bu bilan korxonani boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi. Ularning imtiyozliligi shundaki, xo’jalik faoliyati natijalaridan qat’iy nazar kafolatlangan daromadni olish imkoniyatini, ikkinchi tomondan, aksiyadorlik jamiyati tugatilgan vaqtda aksiyalar qiymatini birinchi navbatda olish huquqiga ega.

Obligatsiya (lotincha obligatio so’zidan olingan bo’lib, majburiyat ma’nosini anglatadi)-bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi, unga ushbu qimmatli qog’ozning nominal qiymatini unda ko’rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz to’langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir. Obligatsiya-bu bir shaxsning (investorning) boshqa bir shaxsga(emitentga) mablag’larni vaqtinchalik foydalanish uchun berganligi haqidagi guvohnomadir. Obligatsiyalardan olinadigan daromad foiz ko’rinishida bo’ladi.

Xazina majburiyatlari-bu ularning egalari tomonidan byudjetga pul mablag’larini berganliklarini tasdiqlovchi hamda ushbu qimmatli qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida belgilangan daromadni olish huquqini beruvchi davlat qimmatli qog’ozlaridir. Ular jismoniy shaxslar uchun chiqariladigan qimmatli qog’ozlardir.

Depozit sertifikatlari (inglizcha certificate of deposit)-bu pul mablag’larini omonatga qo’yilganligi to’g’risida, omonatchiga belgilangan muddat tugagandan so’ng depozit summasi va unga tegishli foizlarni olish huquqini beruvchi kredit muassasasining guvohnomasidir. 1994 yildan boshlab deposit sertifikatlari yuridik shaxslar uchun 1 yilgacha muddatga, jismoniy shaxlar uchun 3 yilgacha bo’lgan muddatga chiqarila boshlandi.

Veksel (nemischa Wechsel so’zidan)-bu veksel beruvchining yoki vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda ko’zda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga ma’lum miqdordagi summani to’lash haqidagi so’zsiz majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir. Amaldagi qonunchilikka ko’ra, veksellar korxona va tashkilotlar tomonidan aniq savdo bitimi asosida yozilishi mumkin.

Hosilaviy qimmatli qog’ozlar-bu shartnomalar bo’lib, ular bo’yicha bir tomon qimmatli qog’ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoxud sotish huquqi yoki majburiyatini oladi.

Ularning quyidagi turlari mavjud:

optsion;


varrant;

fyuchers.

Optsion (lotincha optio so’zidan olingan bo’lib, tanlov degan ma’noni anglatadi)-bu bitimda ishtirok etayotgan tomonlarning biriga qimmatli qog’ozlar ma’lum bir miqdorini muayyan vaqt mobaynida belgilangan narxda sotib olish yoki kontragentga sotish huquqini beruvchi shartnomadir. Kontragent esa, mukofot evaziga ushbu huquqni amalga oshirish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

Varrant (nemischa warrant so’zidan)-bu uning egasi ma’lum muddat davomida yoki ma’lum bir kunda varrantlar emitenti tomonidan dastlabki chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni xarid qilish huquqini olganligi tasdiqlovchi hujjat.

Fyuchers (inglizcha future so’zidan olingan bo’lib, kelajak ma’nosini anglatadi) kelishilgan miqdordagi qimmatliklarni ma’lum vaqt mobaynida bitim tuzish vaqtida belgilangan narxda etkazib berish to’g’risidagi shartnomalarni o’zida namoyon qiladi. Respublikamiz amaliyotida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni yo’naltirishning asosiy vositasi aktsiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog’ozlarini xarid qilish hisoblanmoqda. Korxonaning sho’ba korxonalar, qo’shma korxonalar va qaram birlashmalarga investitsiyalari mavjudligi ularning buxgalteriya hisobida alohida turkumlarga ajratilishini taqozo etadi. Investor investitsiya ob’ektlari va natijalariga, jumladan, reinvestitsiyalar va savdo ishlariga egalik qilish va ularni o’z ixtiyoridan kiritishi huquqiga egadirlir. Investitsion faoliyat ob’ektlarining o’zaro munosabatlari, shartnomalar bilan tartibga solinadi. Bugungi kunda ichki investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha:

-tijorat tuzilmalarini kafolatga bo’lgan talabini ta’minlash maqsadida kafolat-garov jamg’armalari tizimini shakllantirish;

-aholi bo’sh pul mablag’larini investitsion jarayonlarga jalb qilish maqsadida qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish, turli qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish (uy-joy sertifikatlari va uy-joy obligatsiyalari);

-ishlab chiqarishni tuzilmaviy-texnologik qayta qurishni jadallashtirish maqsadida markazlashgan kredit resurslarning bir qismini tez qoplaydigan investitsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratish, shu jumladan kichik biznes ob’ektlariga yo’naltirish;

-investitsion loyihalarni moliyalashtirishning nokredit usullaridan bo’lgan lizing, franchayzing, faktoring kabilardan foydalanishni kengaytirish;

-investitsion loyihalarni sifatini oshirish, loyihalarni kapital qo’yilmalar samaradorligi talablariga mos kelishi maqsadida tijorat asosida doimiy ravishda faoliyat yuritadigan investitsion loyihalar ko’rgazmasini tashkil qilish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bugungi kunda investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish va investitsion faoliyatni boshqarish o’zgacha yondoshishlarni talab etmoqda. Chunki xo’jalik yuritishning zamonaviy yo’lini tanlash investitsion siyosatni ham tubdan o’zgartirishni talab qiladi. Investitsion siyosatni amalga oshirishda bozor munosabatlariga mos dastaklardan foydalanish, ya’ni investitsion jarayoni qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini belgilab berish; mamlakatda investorlar uchun to’laqonli raqobatni ta’minlash; moliyaviy moddiy va aqliy boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish va shunga tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.

Mazkur investitsion siyosatni amalga oshirishdagi tadbirlarni to’g’ri yuritilishini ta’minlashda buxgalteriya hisobini zamon talabi darajasida va buxgalteriya hisobining milliy hamda xalqaro standartlari asosida yuritilishini tashkil qilish zarurdir. Bizga ma’lumki, investitsiyalar-ma’lum davr davomida iqtisodiy foyda ko’rish maqsadida qo’yilgan kapitalni bildiradi. Investitsiyalarning tarkibiy qismi bo’lgan moliyaviy investitsiyalar bu daromad olish va asosiy kapital qiymatini ko’paytirish maqsadida uning tasarrufida qisqa va uzoq muddatli investitsiyalarga ajratilgandir.

Investitsiyalar hisobini zamon talablari va makon amaliyoti talablari darajasida tashkil qilish uchun, avvalo ularni hisobga olishning vazifalari quyidagilardir:

-uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni hamda ular bo’yicha olingan daromadlarni o’z vaqtida to’g’ri aniqlash;

-uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun ajratilgan mablag’larni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;

-moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda BHMA va BXXAlarni keng qo’llash;

-uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlarning korxona moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash;

-moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlardan byudjetga tegishli qismini amaldagi me’yoriy hujjatlarga, soliq kodeksining talabiga muvofiq to’g’ri hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qismini o’z vaqtida o’tkazishni ta’minlash;

-uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobiga kelib tushgan mablag’lardan korxonani kengaytirish, rivojlantirish va korxona jamoasi ehtiyojiuchun ishlatishni ta’minlash.

Korxonalarda ko’pgina muammolar tug’ilmoqda. quyida ushbu muammolarning ba’zilariga to’xtalib o’tamiz:

Qimmatli qog’ozlarni xarid qilishda ishlatiladigan qarz mablag’lari bo’yicha foizlar hisobi. Schyotlar rejasini qo’llash bo’yicha instruksiyada xarid qilib olingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga «xarid qilingan qimmatli qog’ozlarni buxgalteriya hisobiga qabul qilgungacha ularni xarid qilishda ishlatiladigan qarz mablag’lari bo’yicha to’langan foizlar» ham xarid qilingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga (tannarxiga) qo’shilishi ko`zda tutilgan. Bunda yuqorida keltirilgan tartibdan quyidagi xulosaga kelish mumkinki, qarz mablag’lari bo’yicha foizlarni xarid qilingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga qo’shish uchun, qarz mablag’lari qimmatli qog’ozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirgungacha ishlatilishi lozim. Bu yerda qarz mablag’larining ishlatilishi deyilganda, qimmatli qog’ozlar qiymatining to’lanilishi tushuniladi. Ammo, yuqorida keltirilgan tartibga asosan, agar xarid qilinayotgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha huquqlar ularning to’lovigacha olingan bo’lsa u holda qarz mablag’larining ishlatilishi qimmatli qog’ozlar qiymatiga qo’yilmaydi. Bu xarajatlarning korxona foyda va zararlar schotiga olib borilishi to’g’riroq bo’ladi.

Qimmatli qog’ozlarni xarid qilish uchun olingan qarz mablag’lari bo’yicha foizlar hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni xarid qilish uchun olingan qarz mablag’lari bo’yicha foizlar hisobi kabi bir xil tartib joriy qilingan.

Yuqorida keltirilganlarga asosan, «Kapital qo’yilmalar» schyotining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga qilingan qo’yilmalariga shu maqsadlar uchun korxonalarning bank krediti bo’yicha to’lanadigan foizlari va boshqa qarz majburiyatlari bo’yicha xarajatlari kiradi. Bunda asosiy vositalar ob’yektlarini foydalanishga topshirilishi va hisobga olingandan keyin to’langan (hisoblangan) foizlar 9910 «Yakuniy moliyaviy natijalar» schyotiga olib borilishi yoki boshqa shunga o’xshash manbalardan foydalanish mumkinligi ko’zda tutilgan. Qimmatli qog’ozlarni xarid qilishda ishlatiladigan qarz mablag’lari bo’yicha foizlar hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni xarid qilishdagi qarz mablag’lari bo’yicha foizlar hisobi kabi bir xil tartibda amalga oshirilishi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar uchun to’liq asoslidir, chunki ular tomonidan qimmatli qog’ozlarni xarid qilish doimiy uchrab turadigan operatsiyalar turiga kirmaydi.

Qonunchilikda ya’ni me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda aynan mana shunga urg’u berilgan. Biroq qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilarining qimmatli qog’ozlar bo’yicha operatsiyalari aksariyat hollarda ularning asosiy faoliyat turlariga kiradi. Shuni hisobga olgan holda qonunchilikda qimmatli qog’ozlar jarayoni va ularning tannarxini to’g’ri shakllantirish masalalarida ularning, faoliyat turi xususiyatlarini hisobga oluvchi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Bugungi kunda qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilari oldida turgan yana bir muhim masalalardan biri, bu qimmatli qog’ozlarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq xarajatlarni soliqqa tortilishining buxgalteriya hisobi hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-oktyabr № 444-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi» Nizomda boshqa turdagi mulk va sotishdan tashqari olingan daromadlar va ushbu operatsiyalar bo’yicha yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) soliqqa tortilishida, moliyaviy natijadan sotilgan maxsulot tannarxi, asosiy vositalar va korxonaning boshqa mulklari va sotishdan tashqari olingan daromadlar va ushbu operatsiyalar bo’yicha xarajatlar chiqarilishi ko’zda tutilgan.

Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomda boshqa turdagi mulk realizatsiyasi moliyaviy natijasi tushunchasiga aniqlik kiritilmagan. Yuqorida qayd etilganidek buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini qo’llash bo’yicha instruksiyada keltirilishicha, boshqa turdagi mulk realizatsiyasi bo’yicha moliyaviy natijalar tarkibiga uning realizatsiyasi bilan bog’liq xarajatlar ham kiradi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasining «Korxona va tashkilotlarning byudjetga daromad (foyda) solig’ini hisoblashi va to’lashi tartibi» to’g’risidagi yo`riqnomasida boshqa turdagi realizatsiyasidan (ushbu turga qimmatli qog’ozlar ham taalluqli) olingan foydani (zarar), soliqqa tortishda mulkning boshlang’ich qiymati va sotilgan bahosi o’rtasidagi farq soliq bazasiga qo’shilishi nazarda tutilgan.

Demak, shunday nuqtai nazar ham mavjudki, unga ko’ra yuqorida qayd etilgan instruktsiyaga muvofiq qimmatli qog’ozlarning realizatsiyasi bilan bog’liq xarajatlar soliqqa tortilmaydi. Biroq yo`riqnomaga to’liq amal qilinishiga to’g’ridan-to’g’ri olib borilmaydigan qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdisi amalga oshirilishida yuzaga keladigan umumxo’jalik xarajatlarining miqdoriga korxona daromad solig’i bazasi kamaytirilmaydi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, yuqorida sanab o’tilgan holatlarning kelib chiqishiga asosiy sabab qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini soliqqa tortish bo’yicha tartibning yo’qligidir. Amaldagi qonunchilikda professional ishtirokchilarning statusi belgilanmagan, ya’ni qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilari soliq qonunchiligi va buxgalteriya hisobining mustaqil sub’yektlari hisoblanmaydi. Ular tomonidan amalga oshirilayotgan asosiy faoliyat (qimmmatli qog’ozlar oldi-sotdisi) qonunchilikda ba’zi hollarda boshqa faoliyat turiga olib borilgan.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling