Ishlab chiqarishda boshqaruv


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana11.06.2020
Hajmi0.59 Mb.
#117168
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mehnat unumdorligining korxona samaradoligiga tasiri masalalari


 

O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



 

OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 

 

FARG‟ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 

 

“ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” FAKULTETI 

 

“IQTISODIYOT” KAFEDRASI 

 

 

 

5340100 “IQTISODIYOT” YO‟NALISHI BO‟YICHA 



 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

 

Mavzu: Mehnat unumdorligining korxona samaradorligiga ta‟siri 

masalalari. (“Yodgorlik” mas‟uliyati cheklangan jamiyati 

misolida) 

 

 

Talaba : 

47-10 guruh talabasi  

Anvarov Shohruh 

Saminjon o‟g‟li 

Bitiruv malakaviy ish rahbari : 

 

assistent  

              A.Ilyosov 

 

 

 

Farg‟ona – 2014 

 

 



 

MUNDARIJA 

KIRISH...............................................................................................................3 

1-BOB.  MEHNAT  UNUMDORLIGI-KORXONA  SAMARADORLIGINI 

IFODALOVCHI KO„RSATKICH SIFATIDA. 

1.1. Samaradorlik korxona ishlab chiqarish faoliyatini muhim o„lchov birligidir ...6 

1.2. Mehnat unumdorligi tushunchasi va uni o‟lchash uslublari...............................11 

1.3. Mehnat unumdorligi o‟zgarishining omillari.....................................................18 

1.4. Mehnat unumdorligini oshirishning imkoniyatlari............................................21 

2- BOB. “YODGORLIK”  KORXONASIDA MEHNAT UNUMDORLIGI VA 

UNGA TA‟SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI 

2.1. Mehnat unumdorligi darajasi tahlili...................................................................25 

2.2. Mehnat unumdorligi darajasiga ta‟sir ko‟rsatuvchi omillar tahlili................27 

2.3.  Ishchilarning  ish  vaqtidan  foydalanish  tahlili  va  uning  o‟zgarish  sabablarini 

aniqlash.............................................................................................................................31 

2.4. Korxonaning mehnat resurslari bilan ta‟minlanish darajasi...........................33 

2.5. 

Mehnat  omillarini  mahsulot  ishlab  chiqarish  xajmiga  ta‟sirini 



umumlashtirish..................................................................................................................37 

3-BOB.  MEHNAT  UNUMDORLIGINI  OSHIRISH  OSHIRISH  ASOSIDA 

KORXONA 

SAMARADORLIGINI 

TA‟MINLASHGA 

QARATILGAN 

TADBIRLARNI ISHLAB CHIQISH 

3.1. Korxona faoliyati samaradorligini oshirish yo‟llari...........................................42 

  HULOSA................................................................................................................48 

  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI.......................................50. 

 

 


 

KIRISH. 



Mavzuning  dolzarbligi.    Hozirgi  murakkab  iqtisodiy  munosabatlar  sharoitida, 

mamlakatimizda chuqur iqtisodiy islohotlarni amalga  oshirishni  talab  qiladi.  Samarali 

tashkil  etilgan  iqtisodiyotga  o„tish  har  tomonlama  rivojlangan  ishlab  chiqarish 

kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bilan ta‟minlangan bo„lishi lozim. 

Mamlakatimizda  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlar    miqdor  va  sifat 

ko‟rsatkichlaridagi  o‟zgarishlarga  sabab  bo‟ldi.  O‟tgan  yilga  nisbatan  yalpi  ichki 

mahsulotning    o‟sish  foizi  8  foizni  tashkil  etib,  sanoat  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish 

hajmi 8,8 foizga, qishloq mahsulotlarini yetishtirish 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi 

14,8  foizga,  pullik  xizmat  ko‟rsatish    13,5  foizga  o‟sdi.  Yalpi  ichki  mahsulot(YaIM)ni 

shakllantirishda  sanoat  ishlab  chiqarishning  umumiy  ulushi  24,2  foizga  yetdi.  Sanoat 

mahsuloti umumiy o‟sishining qariyb 72 foizini yuqori qo‟shimcha qiymatga ega bo‟lgan 

tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo‟naltirilgan sohalar tashkil etadi. Har bir tarmoqqa 

qaratilgan  e‟tibor  eksport  hajmini,  uning  tarkibiga,  sifatiga  ijobiy  ta‟sir  ko‟rsatdi. 

YaIMda kichik biznesning ulushi 55,8 foizga yetdi. O‟tgan yillar davomida sanoatda ham 

o‟ziga  yarasha  o‟zgarishlar  bo‟ldi.    Investitsiya  dasturi  doirasida  umumiy  qiymati  2,7 

milliard AQSH dollariga yaqin bo‟lgan 150 ta ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. 

Soliq  to‟lovi  stavkasining  kamaytirilishi  korxonalarni  texnik  va  texnologik  qayta 

yangilash  imkonini  berdi.  Bugungi  kunda  keng  ma‟noda  qo‟llanilayotgan 

modernizatsiyalash 

jarayoni 

jamiyat 

hayotining 

turli 

jabhalarini 



tubdan 

o‟zgartirish,yangilash,taraqqiyotning 

ilg‟or 

andozalarini 



tatbiq 

etish 


va 

takomillashtirishning bosh majmui sifatida talqin etilmoqda

1



   Umuman olganda, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash jarayonida amalga 



oshirilayotgan  ishlar  ijtimoiy  hayotimizning  deyarli  barcha  jabhalariga  tadbiq 

etilayotganligi,  qamrab  olinish  ko‟lamlari  esa  muntazam  va  bosqichma-bosqich 

kengaytirib  borilayotganligi,  ayniqsa,  iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilishda  muhim 

ahamiyat  kasb  etmoqda. Zero, milliy  iqtisodiyotning barqaror  va  samarali  rivojlanishini 

ta‟minlash,  uni  jahonning  rivojlangan  mamlakatlari  darajasiga  ko‟tarish,  siyosiy  va 

                                                           

1

 O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 



yakunlari va 2014-yilga mo„ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bag„ishlangan Vazirlar 

Mahkamasining majlisidagi ma‟ruzasidan 



 

iqtisodiy  o‟zgarishlar,  jahon  bozori  konyunkturasidagi  tebranishlar,  inqiroz  holatlariga 



nisbatan  “chidamliligi”,  mustaqil  rivojlana  olish  imkoniyat  va  salohiyatlari  aynan 

iqtisodiyotdagi  tub  islohotlar  natijalariga  bog‟liqdir.  Shuning  bilan  birga,  iqtisodiyotni 

modernizatsiyalash  ijtimoiy  hayotning  boshqa  sohalardagi  o‟zgarishlarga  ham 

chambarchas  bog‟liq.Yahni,barcha  soha  va  jabhalar  o‟rtasida  jadal  olib  borilayotgan 

modernizatsiyalash  jarayonlarini  amalga  oshirish  davomida  izchillik  va  mantiqiy 

muvozanatni ta‟minlash zarur.Shundagina ko‟zlangan maqsad kutilgan samarani beradi. 

  Mustaqillik  yillarida  Prezidentimiz  rahnamoligida  yurtimiz  iqtisodiyotini 

barqarorlashtirishga  yo‟naltirilgan  izchil  islohotlar  deyarli  har  bir  tarmoqda 

muvaffaqqiyatli amalga oshirilib, o‟sish, yuksalish tendensiyalari kuzatildi. 

  Yuqori o‟sish suratlarini ta‟minlashda korxonalar faoliyatiga alohida  urg‟u berish 

joizdir.Chunki  ular  ishlab  chiqarishning  asosiy  bo‟g‟ini  bo‟lishi  bilan  birga 

iste‟molchilarningtalablarini ham qondiradilar. Bu maqsadni oqilona amalga oshirish esa 

materiallar va xom ashyoni tejab-tergab sarflashni, dastgohlar va uskunalardan yaxshiroq 

foydalanishni,  hodimlarning  ish  unumdorligini  oshirishni,  mahsulot  birligiga  to‟g‟ri 

keladigan xarajatlarni pasaytirishni, pirovardida, korxona rentabelliligini va foydaliligini 

oshirishni ko‟zda tutadi. 

Ayniqsa hodimlar ish unumdorligini, ya‟ni mehnat unumdorligini oshirish mamlakat 

miqyosidagi katta iqtisodiy samarani ta‟minlaydi. Bu ko‟rsatkich davlat iqtisodiyotining 

qudrati, kishilar turmush farovonligi omillarining me‟zoni bo‟lib xizmat qiladi. Iqtisodiy 

samaradorlikni  ifodalovchi  ko‟rsatkichlardan  biri  hisoblangan    mehnat  unumdorligiga 

korxonaning mehnat resurslari bilan ta‟minlanganligi, ish vaqtidan foydalanish darajasi, 

ish  haqining  o‟sish  darajasi  kabi  ko‟rsatkichlar  ta‟sir  ko‟rsatadi.  Ushbu  ko‟rsatkichlar  

borasida  to‟liq e‟tiborga olinmagan sabablar yoki holatlar imkoniyatlar hisoblanadi.Bu 

imkoniyatlarni o‟z vaqtida aniqlagan holda ularni ishga solish bo‟yicha chora tadbirlarni 

ishlab  chiqish  korxonani  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  rejasining  asosiy  vazifalaridan 

biridir. Chunki ularni ishga solish ortiqcha mablag‟larning sarflanishini talab etmaydi. Bu 

esa  mehnat  unumdorligini    oshirishning  intensiv  yo‟llaridan  biri  bo‟lib  hisoblanadi. 

Shunday ekan tanlangan bitiruv malakaviy ishi dolzarb bo‟lib, uni ishlab chiqish amaliy 

ahamiyat  kasb  etadi.  Ishning  asosiy  maqsadini  mehnat  unumdorligini  oshirishga 


 

qaratilgan  chora tadbirlarni ishlab chiqish tashkil etadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish 



uchun quyidagi vazifalarni hal qilish belgilanadi: 

-mehnat  unumdorligining  iqtisodiy  mohiyatini  va  uning  o‟lchash  uslublarini,  uni 

ifodalovchi ko‟rsatkichlarni nazariy jihatdan asoslash; 

-mehnat unumdorligi ko‟rsatkichini hamda unga ta‟sir etuvchi omillarni tahlil qilish; 

-mehnat unumdorligini oshirish yo‟nalishlarini va chora tadbirlarini belgilash. 

Bitiruv  malakaviy  ish  tarkibi    “Kirish”,  3ta  bob,  “Xulosa”  qismlaridan  hamda 

foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxatidan iborat. 

 

 



 

I-BOB MEHNAT UNUMDORLIGI-KORXONA  SAMARADORLIGINI 



IFODALOVCHI KO„RSATKICH SIFATIDA. 

1.1. 

Samaradorlik korxona ishlab chiqarish faoliyatini 

muhim o„lchov birligidir 

Ishlab  chiqarish  samaradorligi  har  bir  korxona  faoliyatining  eng  asosiy  vazifasi 

hisoblanadi.  U  xo„jalik  yuritishning  sifat  va  miqdor  ko„rsatkichlarini,  shuningdek, 

buyumlashgan  va  jonli  mehnat  xarajatlari  hamda  olingan  natijalar  o„rtasidagi 

munosabatni ifodalaydi. 

“Samara”, “samaradorlik”, “ ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik” kabi tushunchalarning 

orasidagi farqni anglab olish zarur. 



Samara  –  bu,  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  (ish,  xizmat),  foyda  va  daromad 

hajmini  oshirish,  mahsulot  tannarxini  kamaytirish,  sifatsiz  mahsulot  ishlab  chiqarishni 

kamaytirish yoki umuman, yo„q qilish bilan bog„liq bo„lgan korxona faoliyatining ijobiy 

natijalaridir.  Bu  yutuqlar  natural  shaklda  ishlab  chiqarish  samarasini,  pul  shaklida  esa 

iqtisodiy samarani tavsiflaydi. 

Samaradorlik,  avvalo,  korxona  faoliyatining  sifat  jihatlarini  tavsiflovchi 

tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va 

kompleks tavsifga ega. 

Samaradorlik chora sifatida ko„plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo„jalik qarorlarini 

avvaldan  belgilab  beradi.  Korxona  o„zining  xo„jalik,  ilmiy-texnik  va  investitsion 

siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. 



Iqtisodiy  samaradorlik  samaradorlikka  qaraganda  bir  muncha  tor  ma‟noni 

anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning  xo„jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini 

tavsiflaydi  hamda  barcha  hollarda  samaraning  unga  erishish  uchun  ketgan 

xarajatlar(ishlab  chiqarish  resurslari)ga  nisbati  sifatida  aniqlanadi.  Xarajatlar  qanchalik 

kam bo„lsa (mahsulot sifatiga ta‟sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, 

iqtisodiy samaradorlik ham ortadi. 



Ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorlik  ishlab  chiqarish  samaradorligini  mehnat 

sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy  mehnat o„rtasidagi 

farqni  yo„qotishni  inobatga  olgan  holda  tavsiflaydi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorlik  bir 


 

vaqtning  o„zida,  ishlab  chiqarish  samaradorligini  kuchaytirish,  korxonaning 



muvaffaqiyatli  faoliyat  yuritishi,  shaxsning  har  tomonlama  rivojlanishi  va  uning  barcha 

qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, 

xodimlarning  bilim  va  malakasi,  tajriba  va  madaniyatining  o„sishi,  aholi  sog„lig„ining 

yaxshilanishi va umr ko„rishining uzayishida aks ettiriladi. 

Ishlab  chiqarish  samaradorligi  ijtimoiy  samaradorlikka  nisbatan  birlamchi 

hisoblanadi:  iqtisodiy  yutuqlar  korxonaning  ijtimoiy  muammolarini  hal  qilishga 

yordamlashadi. Masalan, foydaning o„sishi, jamg„armalarning ortishi korxonaga ijtimoiy 

vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi. 

Biroq  samaradorlik  va  uning  asosiy  ko„rsatkichi  -  foyda  (daromad)  o„z-o„zidan, 

avtomatik  ravishda  yuzaga  kelmaydi. Turli  korxonalarda  samaradorlikka  erishish uchun 

mavjud  ishlab  chiqarish  quvvatlari  va  boshqa  xususiyatlardan  kelib  chiqqan  holda, turli 

vosita  va  yo„llardan  foydalaniladi.  Bunda  vaqt  omili,  ya‟ni  samaradorlikka  qisqa  yoki 

uzoq  muddatlarda  erishishni  mo„ljallash,  asosiy  rollardan  birini  o„ynaydi.  Masalan, 

korxona  olayotgan  foydasini  qisqa  vaqt  mobaynida  mahsulot  sifatini  yaxshilashni 

mablag„ bilan ta‟minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, 

xodimlar  malakasini  oshirishga  ajratilayotgan  mablag„larni  kamaytirish  yo„li  bilan 

ko„paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki 

korxonaning  bozordagi  o„rnini  yo„qotishi  natijasida  bankrotga  uchrashiga  olib  kelishi 

mumkin. 

Yuqorida  aytilganlardan  kelib  chiqadiki,  samara  va  samaradorlik  qotib  qolgan 

kategoriyalar  qatoriga  kirmaydi  hamda  faqatgina  pul  ko„rinishida  o„lchanmaydi. 

Samaradorlik  va  sifatli  mehnat  tufayli  korxona  birinchidan,  o„zining  iqtisodiy 

barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta‟minlaydi, ikkinchidan, o„z 

imidjini  yaxshilaydi  va  hamkorlar  bilan  aloqalarini  mustahkamlaydi,  uchinchidan, 

xodimlarning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  ahvolini  yaxshilaydi.  Demak,  ishlab  chiqarish 

samaradorligini  oshirish  yo„llarini  qidirish,  xarajat  va  natijalarni  to„g„ri  solishtirish, 

mulkchilik  shakli,  qaysi  tarmoqqa  tegishliligi,  hududiy  joylashishi  va  faoliyat  turidan 

qat‟i nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi. 



 

Ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  –  korxona  rahbariyatining  doimiy 



vazifasidir. Bu vazifani echish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog„liq bo„ladi: 

-bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda eng kam 

xarajatlar  bilan  ishlab  chiqarishning  maksimal  hajmini  ta‟minlovchi,  optimal  ishlab 

chiqarish jarayonini tanlash; 

 

-iste‟molchilar talabini qondirishga yo„naltirilgan mahsulotni    sotish va yuqori 



daromad (foyda) olish; 

   -aylanma  vositalarni  tejash  imkoniyatini  yaratuvchi  optimal  ishlab  chiqarish 

zahiralarini yaratish. 

Xo„jalik  samaradorligini  oshirish  omillarining  yuqorida  sanab  o„tilgan  har  biri, 

faoliyat yuritishning turli shakl va ko„rinishlari yordamida, ishlab chiqarish samaradorligi 

asosida yotuvchi xarajatlar va resurslarning o„zaro aloqasini inobatga olgan holda amalga 

oshiriladi  

Xo„jalik  samaradorligini  baholash,  korxonada  foydalaniladigan  resurs  turlari 

bo„yicha  amalga  oshirilishi  va  miqdor  jihatidan  o„lchanishi  mumkin.  Masalan,    ishchi 

kuchidan  foydalanish  samaradorligini  mehnat  unumdorligi  va  mahsulotnig  mehnat 

sig„imi ko„rsatkichlari yordamida quyidagi formula asosida baholash mumkin: 

PT=


 

Bu erda: 

PT - mehnat unumdorligi; 

Q - mahsulot hajmi qiymat ko„rinishida; 

CH - ishlovchilar (ishchilar) soni. 

Mahsulotning  mehnat  sig„imi  mehnat  unumdorligiga  teskari  kattalik  bo„lib, 

sarflangan  mehnat  miqdorining  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  hajmiga  nisbati  sifatida 

aniqlanadi: 

T=

 

Mehnat  qurollari  (asosiy  fondlar)dan  foydalanish  samaradorligi  mahsulotning  fond 



sig„imi  va  fond  qaytimi  ko„rsatkichlari  yordamida  aniqlanadi.  Bunda  fond  qaytimi 

korxona  asosiy  fondlarining  bir  birligiga  to„g„ri  keluvchi  ishlab  chiqarilgan  mahsulotni 



 

anglatsa, fond sig„imi esa fond qaytimiga teskari kattalik bo„lib, yangi asosiy fondlarni 



tashkil qilish uchun zarur bo„lgan kapital qo„yilmalarni aniqlash vazifasini bajaradi.  

Fond qaytimi (F

o

) va fond sig„imini (F



e

) aniqlash formulasi quyidagicha: 

F

o

=  



Bu erda: 

Q -  mahsulot hajmi, qiymat pul ko„rinishida; 

F – asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati. 

F

o



=  

Fond  qaytimi  qanchalik  yuqori  va  fond  sig„imi  qanchalik  past  bo„lsa,  ishlab 

chiqarish va mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo„ladi va 

aksincha. 

Mashina 

va 


uskunalardan 

unumli 


foydalanish, 

ishlab 


chiqarish 

texnologiyalarini  takomillashtirish  hamda  hodimlar  malakasini  oshirish,  fond  qaytimini 

ko„paytirishning muhim zahirasi hisoblanadi. 

Mehnat  qurollaridan  foydalanish  samaradorligi,  mahsulotlarning  material  sig„imi 

yordamida sarflangan xom ashyo, material, yoqilg„i, energiya va mehnat predmetlarining 

umumiy  qiymatini  ishlab  chiqarilgan  mahsulot hajmiga  nisbati  orqali  aniqlanadi.  Uning 

formulasi quyidagicha:  

m=  


Bu erda: 

m - mahsulotlarning material sig„imi; 

M - mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan moddiy xarajatlarning umumiy miqdori 

pul ko„rinishida; 

Q - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, qiymat ko„rinishida. 

Mahsulotning material sig„imi qanchalik past bo„lsa, ishlab chiqarish samaradorligi 

shunchalik yuqori bo„ladi. Biroq mahsulot material sig„imini kamaytirish, uning sifatini 

pasaytirish yoki texnologiya norma va qoidalarini buzish hisobiga amalga oshirilmasligi 

lozim.  Material  sig„imining  bu  tarzda  kamaytirilishi  iqtisodiy  jinoyat  hisoblanadi  va 

qonunga asosan jazoga tortiladi. 



10 

 

Bozor sharoitlarida korxona xo„jalik faoliyati  samaradorligining  umumlashtiruvchi 



yoki mezon ko„rsatkichi sifatida rentabellik yoki kapitalning daromadliligini qabul qilish 

mumkin. Bu ko„rsatkich quyidagi formula asosida hisoblanadi: 

R=

 

 



Bu erda: 

R  -  rentabellik,  xo„jalik  faoliyatining  natijasini  foyda  shaklida  ko„rsatadi  va 

foizlarda o„lchanadi; 

P - korxonaning balans foydasi; 

A - avanslangan kapital(asosiy va aylanma). 

Nisbatning  kattalashishi  mehnat,  moliya,  texnologiya  va  moddiy  resurslaridan 

unumliroq  foydalanishni  anglatadi.  Chunki  aynan  ular  ishlab  chiqarish  hajmi  va 

xarajatlari, mahsulot bahosiga ta‟sir o„tkazadi. Xo„jalik faoliyati minimal xarajatlar bilan 

yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo„lga qo„yilgan joylarda samaraliroq bo„ladi. 

Korxona rentabelligini aniqlashda ba‟zida korxona olgan umumiy foyda emas, balki 

mahsulot  tannarxini  pasaytirish  hisobiga  olinuvchi  foyda  ulushidan  foydalaniladi. 

Bunday yondashuv korxonani ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish 

quvvatlaridan tejamkorlik bilan ratsional tarzda foydalanish, natijada esa mahsulot ishlab 

chiqarishga sarflanuvchi barcha xarajatlarni kamaytirishga yo„naltirilgan chora-tadbirlar 

sari chorlaydi. 

Korxona  samaradorligini  ifodalovchi    ko„rsatkichlar  tarkibida  mehnat  unumdorligi 

ko„rsatkichi  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  boshqa  samaradorlik  ko„rsatkichlari 

aynan ana shu ko„rsatkich darajasiga bog„liq. 

Mehnat  unumdorligining  yuqori  darajasini  ta‟minlash    xarajatlargni  kamaytirish 

imkoniyatlarini vujudga keltiradi . Shunday ekan, keyingi bo„limlarda mehnat unumdorli 

tushunchasi,  unga  ta‟sir  etuvchi  omillar  va  uni  lshirish  imkoniyatlari  haqida  fikr 

yuritiladi. 

 

1.2. Mehnat unumdorligi tushunchasi va uni o‟lchash uslublari. 


11 

 

Mehnat  faoliyatining  maqsadi  biror  natijaga  erishish,  masalan,  mahsulot  ishlab 



chiqarish yoki xizmat k‟rsatishdan iborat. Har qanday hodim yoki ularning guruhi uchun 

natija  samaradorligi,  ya‟ni  vaqt  birligi  –  soat,  kun,  yil  mobaynida  ishlab  chiqarilgan 

mahsulot,  ko‟rsatilgan  xizmat  miqdori  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  natija  qanchalik 

yuqori  bo‟lsa,  uning  birligiga  sarflangan  xarajat  shu  jumladan,  xona,  bino  uchun  ijara 

haqi  elektr  quvvatidan  foydalanish  haqi  va  shu  kabilar  shunhcalik  kamroq  bo‟ladi. 

Mehnat samaradorligi mahsuldorligi mehnat ko‟rsatkichi bilan o‟lchanadi.  Mehnat 

unumdorligi  –  hodimlar  mehnat  faoliyatining  iqtisodiy  samaradorligi  ko‟rsatkichidir.  U 

ishlab chiqarilgan yoki ko‟rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, 

ya‟ni  mehnat  xarajatlari  birligi    hisobiga  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  bilan  belgilanadi. 

Jamiyatning  rivojlanishi  va  uning  barcha  a‟zolari  farovonligi  darajasi  mehnat 

unumdorligi darajasi va uning o‟sishiga bog‟liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi 

darajasi  ishlab  chiqarish  usulini  ham,  hatto  ijtimoiy-siyosiy  tuzumning  o‟zini  belgilab 

beradi. 

 

Mehnat 



unumdorligi 

ko‟rsatkich 

imehnat 

samaradorligi 

va 

natijadorligining 



barcha 

jihatlarini 

aksettirmaydi, 

masalan, 

umehnat 

sifatinihisobgaolmaydi,  bundan  tashqari,  mehnat  resurslaridan  oqilonafoydalanish 

zarurligini ifodalamaydi. 

“Mehnat  unumdorligi”  tushunchasiga  o‟z  ahamiyati  jihatidan  yaqin,  lekin 

mazmunan 

yanada 


kengroq 

bo‟lgan 


tushuncha 

“mehnat 


samaradorligi” 

tushunchasidir.Mehnat  samaradorligi  eng  kam  mehnat  harajatlari  bilan  yuqori  mehnat 

natijadorligiga 

erishish 

darajasini 

ifodalaydi. 

Mehnat 

samaradorligi 



mehnat 

unumdorligidan farqli o‟laroq faqat mehnatning miqdor ko‟rsatkichlarini emas, shu bilan 

birga  sifat  natijalarini  ham  ifodalaydi.  Mehnat  samaradorligi  ko‟rsatkichining  yana  bir 

muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashningaks etishidir.  

 

 

Mehnat 



unumdorligi  va  intensivligi  mahsulot  qiymati  o‟lchamiga  turlicha  ta‟sir  ko‟rsatadi. 

Mehnat  unumdorligi  ortishi  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  miqdorini  oshiradi  va  shunga 

muvofiq  bitta  mahsulotning  qiymatini  pasaytiradi,  lekin  ularning  yangi  umumiy  yangi 

yaratilgan  qiymatini  o‟zgartirmaydi,  mehnat intensivligini  ortishi  esa ishlab  chiqarilgan 

mahsulotlar  va  umumiy  yangi  yaratilgan  qiymatni  oshiradi,  lekin  mahsulot  birligining 

qiymatini o‟zgarirmaydi.  

Mehnatunumdorligiqanchalikyuqoribo‟lsa, 


12 

 

ishsifatizarurdarajadabo‟lganiholdamehnatharajatlariqanchalikkambo‟lsa, 



mehnatsamaradorligishunchalikyuqoribo‟ladi.Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi 

ichida  qanday  ishlab  chiqarish  darajasiga  erishilgani  emas,  shu  bilan  birga  u  qanday 

mehnat harajatlari bilan ta‟min etilgani ham muhimdir. Mehnat harajatlar hodimlar soni 

va mehnatga to‟langan haq harajatlari bilan o‟lchanadi. Unisi ham bunisi ham ish vaqti 

bilan  o‟lchanishi  mumkin.Shuning  uchun  ham  mehnat  samaradorligini  tahlil  qilganda 

vaqt  birligi  ichida  sarflangan  mehnat  xarajatlari  ham,  shu  bilan  birga  uning  tuzilishi 

hisobga olgan holda ham qarab chiqiladi. 

 

 



Mehnat 

unumdorligini 

hisoblashda  quyidagilarni  ta‟minlash  imkonini  beradigan  uslubiyot  ideal  hisoblanishi 

mumkin: 


 

 

 



 

 



 korxona ishining ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‟liqligi; 

     hodimgarag‟batlantiruvchita‟sirko‟rsatish; 

    mehnat  unumdorligining  umumiy  va  hususiy  ko‟rsatkichlari  bir  o‟lchov      bilan 

o‟lchanishi mumkinligi;   

 

 

 



 

 

 



 

 



mehnatmiqdoribilansifato‟rtasidagibog‟liqlik; 

 

 



 

 

Harqandaymahsulot,  buyum,  xizmatda  jonli  va  buyumlashgan  mehnat  jamlangan 



bo‟ladi. Bunday jami mehnat tufayli moddiy boyliklar yaratiladi. 

 

Jamiyat 



ishlab  chiqaruvchi  kuchlari  rivojlanib  borgani  sari  jonli  mehnat  moddiylashgan 

mehnatning  tobora  ko‟proq  massasini  qamrab  oladi.Natijada  jami  mehnatda 

moddiylashgan mehnatning ulushi ko‟payib brogan sari jonli mehnatning ulushi kamayib 

boradi.  Bu    mehnat  unumdorligi  oshganligining  asosiy  belgisidir.  Ishlab  chiqarishning 

takomillashib  borishi  va  fan  tehnika  taraqqiyoti  mehnat  unumdorligi  oshishining  asosiy 

shartlaridir.  Yangi  tehnologik  jarayonlar,  materiallar  va  avtomatlashtirish  vositalarining 

joriy  etilishi  mehnatni  mexaniztsiyalash  darajasining  ortishiga  olib  keladi.  Bu 

ko‟rsatkichni quyidagi ko‟rsatkich bilan ifodalash mumkin: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

M

d



=

 

 



 

 

 



 

Bu yerda:   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

M

d



 – mehnatning mexanizatsiyalsh darajasi, % 

 

 



 

 

 



Mehnat  unumdorligini  o‟lchash  darajasi  bo‟yicha  bir 

13 

 

xildagi  mahsulaotni  ishlab  chiqaradigan  alohida  ish  o‟rinlari  (brigada,  uchastkalar)ni 



ko‟rsatib  o‟tish  mumkin.  Bu  o‟rinda  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  hajmini  va  ishlab 

chiqarish  normalarini  (dona,  tonna,  kub  yoki  kvadrat  metr  va  hokazo)  aniqlashning 

natural (tabiiy) usulini qo‟llash maqsadga muvofiqdir. Bu usul oddiy, qulay va ishonchli 

bo‟lsada, u faqat bir hil mahsulot ishlab chiqariladigan ish joylarida qo‟llaniladi, shuning 

uchun ham amalda undan kamroq foydalaniladi. Korxonaning brigade va uchastkalarida 

butunlay bir xil mahsulot ishlab chiqarilsa, bunday holatdagina natural  usul qo‟llanilishi 

mumkin:  

 

 



 

 

 



 

 

 



Natural 

usulning 

bir 

ko‟rinishi shartli natural usul bo‟lib bunda ish hajmi bir xil mahsulotning shartli birligida 



hisobga  olinadi.  Masalan,  turli  hajmdagi  vagonlarga,  turli  hajmdagi  konserva  bankalari 

shartli  bankalarga,  turli  poyabzallar  shartli  juftga  aylantiriladi.Shartli  o‟lchovlarga 

aylantirish, odatda, o‟tqazish birliklari koeffitsentlari yordamida amalga oshiriladi. 

 

 



 

 

 



 

Shartli  natural  usul  qo‟llanilishi  uchun  qulaydir, 

chunki  ko‟pgina  xixma-xil  tovarlarning,  xizmatlarning  aylantrish  koeffitsentlari 

yordamida  ishlab  chiqarishni  qiyoslaydigan  turga  kirish  mumkin.  Masalan,  un,  non  va 

makaron  mahsulotlari  sotish  xarajatlarini  non-bulka  mahsulotlarini  shartli  kilogramiga 

aylantirish orqali ifodalash mumkin.   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Mehnat  unumdorligini  o‟lchashning  yana  bir  keng  tarqalgan  usuli 

mehnat usulidir.    

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Mehnat  unumdorligini  mehnat  usuli  bilan  o‟lchashda  mahsulot    birligini  ishlab 



chiqarish yoki tovar birligini sotishga doir normative vaqtdan foydalaniladi:  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

U

m



 = 

 

 



 

 

 



 

Bu yerda:  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

U



m

  –  mehnat  usuli 

bilan o‟lchangan mehnat unumdorligi. 

 

 



 

Mehnat  usulining  afzal 

tomoni  uning  barcha  ish  turlari  va  xizmatlarga  tadbiq  etish  mumkinligidir.  Biroq  bu 

usuldan  keng  foydalanishda  har  bir  ish  turi  uchun  vaqt  normativlari  zarurdir,  ular 

hamisha  ham  mavjud  bo‟lavermaydi.Bu  usulda  ishbay  ishlovchi  hodimlar  mehnat 

unumdorligini  hisoblash  uchun  foydalanib  bo‟lmaydi.Chunki  ular  uchun  vaqt 



14 

 

normativlari tadbiq etilmaydi.   



 

 

Unumdorlik  o‟lchashning    mehnat 



usuli bir qator kamchiliklarga ham ega (normalar yetarli darajada asoslab berilmagan bir 

xil darajada jiddiy emas, ular tez-tez qayta ko‟rib chiqiladi va hokazo), bu hatto esa ayrim 

ish joyidagi va brigadalardagi mehnat unumdorligini darajasi va o‟sishiga holisona baho 

berilishiga imkon tug‟dirmaydi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Mehnat unumdorligigga ishlarning sermehnatligi ta‟sir ko‟rsatadi.  Sermehnatlik – 

bu, jonli mehnat sarflarini aks ettiruvchi ko‟rsatkich bo‟lib, u ish vaqtida, mahsulot ishlab 

chiqarish  (xizmatlar)da  ifodalangan.  Sermehnatlik,  odatda,  norma-soatlarda  (haqiqiy 

soatlarda) o‟lchanadi, bu vaqt ish birligini bajarishga sarflangan bo‟ladi. Bu ko‟rsatkich 

mehnat  unumdorligi  ko‟rsatkichiga  qarama-qarshi  bo‟lib,  quyidagi  formula  bo‟yicha 

aniqlanadi:   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

S =   


 

 

 



 

 

 



 

Bu yerda:    

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

S –sermehnatlik;   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 I

v

 – ish vaqti; 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 I

m



 – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori. 

Korxonalar va ularning yirik bo‟linmalari darajasida, xuddi iqtisodiyot tarmoqlarida 

bo‟lgani kabi, ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi hajmlarini o‟lchash uchun asosan 

qiymat usuli tatbiq etiladi. Qiymat usul bo‟lib, u mahsulotning barcha turlari va hajmlari, 

ishlar  va  hizmatlar  yagona  pul  ko‟rsatkichlari  bo‟lgan  so‟mda  hisoblanadi,  u  hajm 

ko‟rsatkichlarini tegishli ulgurji narxlarga ko‟paytirish bilan aniqlanadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Mehnat  unumdorligini  o‟lchashning 

qiymat  usuli  turli  kasb  va  malakaga  ega  bo‟lgan  hodimlarning  mehnat  unumdorligi 

masalan, qandolatchi va novvoyning, chilangar va haydovchining mehnat unumdorligini 

taqqoslash  imkonini  beradi.  Biroq  bu  usul  ko‟rinishdan  universal  usul  bo‟lishiga 

qaramay,  bir  qancha  kamchiliklarga  ham  ega.  Xususan  unga  narx  omili,  ya‟ni  bozor 

konyukturasi vainflyatsiya ko‟proq ta‟sir ko‟rsatadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Mehnat unumdorligiтш o‟lchash usullarining har uchalasi 



ham o‟z afzalliklari bilan bir qatorda turli kamchiliklarga ega. Ularni quyidagi jadvalda 

ko‟rish mumkin: 



15 

 

                       1.2.1-jadval  



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling