Ishlab chiqarishda boshqaruv


-rasm. Mulkchilik tizimining namunaviy tuzilmaviy funksional modeli3


Download 0.68 Mb.
bet3/4
Sana09.10.2020
Hajmi0.68 Mb.
1   2   3   4

1-rasm. Mulkchilik tizimining namunaviy tuzilmaviy funksional modeli3


Mulkchilik tizimining namunaviy funksional tuzilmasini 1- rasmda

ko‘rsatilganidek tasvirlash mumkin. Unga ko‘ra, o‘zaro uzviy bog‘langan

M - mulk bozorlari (mulk turlari bo‘yicha tasniflanuvchi),

V - mulk turlari bilan bog‘liq professional xizmatlar (qiymatini baholash, riyeltorlik, kadastr, ekspertiza, brokerlik, dilerlik va shular kabi boshqa ifratuzilmaviy xizmatlar) bozorlari,

S - mulkiy huquq subyektlari, ulaming barchasi faoliyatini tartibga solib turuvchi,

R - regulyator kabi ushbu tuzilma tarkibiy qismlari fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlami amalga oshiradi.

Bu modelda M, V, S, R elementlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish chiziqlari ulami mulkiy munosabatlarda bo‘lishini ko‘rsatadi. Bunda mulkchilik tizimi undagi barcha

M, V, S, R elementlaming FHO bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsionhuquqiy munosabatlami amalga oshirish faoliyati bilan harakatga keltiriladi.

Zero, falsafiy nuqtayi nazardan, yorug‘ dunyoda maqsadli orzuhavassiz, nafli ne‘mat xohish-istagisiz mulkdor insonning o‘zi bo‘lmagan! Chunki, bu dunyoning jonli va jonsiz materiyasi benafs yaratilmagan, ularning nafsi bir-biriga bog‘liq yaratilgan! Inson nafsi nazariga vaqtinchalik tushmagan yoki undan yiroq ne‘mat mulkdor nafi uchun mazmunga ega bo‘lmagan hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan materiyaligicha qoladi. Bunday materiya faqat inson nafsiga asoslangan nafli (qiymat, narx, qimmat kategoriyalariga asoslangandgina) mulkiy munosabatlar mavjud bo‘lganidagina ma‘noga ega bo‘ladi. Demak, mulkdor o‘zining nafsiga va manfaatiga mos qiymatli va narxli ne‘matga ega (mulkdor) bo‘ladi degan prinsip (tamoyil) o‘rinli. Bu tamoyil negizida o‘z-o‘zidan mulkdorning manfaatli nafsi va unga mos manfaat beruvchi boylik sifatidagi ne‘mat(mulkiy huquq)ni o‘zaro ekvivalent kategoriyalar deb qabul qilishimiz mumkin bo‘ladi. Zero, bunda boylikning qimmati, qiymati va narxisiz manfaatni o‘lchab bo‘lmaydi. Ushbu hayotiy-falsaliy aksiomaga ko‘ra, ne‘mat (qimmat, qiymat va narxga ega mulkiy huquqlar sifatidagi boylik), huquqiy va iqtisodiy ta‘minoti vujudga kelishining umumiy manbayi NM bo‘lsada, lekin bulaming barchasini umumiy sababchisi nafs va unga mos manfaatlami hajmini ifodalovchi qiymat, narx va qimmat kategoriyalaridir. Shu munosabat bilan, zamonaviy mulk fuqarolik huquqlar obyektlari (FHO) sifatida mulkiy munosabatlarni ta‘minlovchi mulkchilik tizimining mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori (MQBXB) va mulk bozori (MB) obyektlari bo‘ladi

Bizga ma‘lumki, jamiyatda istalgan tizimni faoliyat mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasi mavjuddir. Huddi shunday mulkchilik tizimining ham faoliyat muxanizmini belgilovchi va tartibga solib turuvchi me‘yoriy-huquqiy bazasi mavjud bo‘lib, ya‘ni 1990 yil 31 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖gi qonun asosiysi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Fuqorolik

Kodeksi, Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunlarning ham tegishli moddalari orqali mulkchilik mexanizni barqaror amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ko‘rsatilishicha:

―Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston qtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste‘molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.‖4

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida ko‘rsatilishicha:

―Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.‖5

O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖ gi Qonunning 1-moddasida ta‘kidlanganidek:


  1. O‘zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.

  2. Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xattiharakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.

  1. Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin.

  1. Mulkdor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan shartlar va doira chegarasida o‘ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir.

Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo‘lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta‘minlanadi.

  1. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar etkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.6

O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖gi qonunning 5-moddasida ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarga bo‘linadi:

-fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;

-jamoa mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan korxona mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi jamoasining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki, turli xo‘jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;

-davlat mulki; -aralash mulk; -qo‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasida mulkning hamma shakllari teng huquqlidir.

Shaxsiy mulk - individual o‘zlashtirishni bildiradi, ammo xususiy mulkdan farqliroq daromad topishga xizmat qilmaydi, balki shaxsiy extiyojni qondirishga qaratiladi.

Xususiy va shaxsiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deyiladi.

Jamoa mulki- boylikning muayyan maqsad yo‘lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilishidir.

Jamoa mulkining avfzalligi shuki, bu mulk ishlab chiqaruvchining o‘zini mulkdor qiladi. Bu yerda mulk egalari va ishlovchilar aynan bir kishilardir, shu sababli ishlab chiqarish omillari tog‘ridan- to‘g‘ri birikadi.

Davlat mulkining paydo bo‘lishini rivojlanishi quyidagilar hisobidan bo‘ladi:



  • mulkni davlat mulkiga aylantirilishi;

  • davlat mablag‘i hisobidan korxonalar qurilishi;

  • jamiyatda yaratilgan, ammo boshqa mulklarga taalluqli daromadlarning bir qismining soliq undirishi orqali davlat byudjetiga olinishi.

Aralash mulk muayyan bir ob‘ektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirishini bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik tizimi va undagi munosabatlar, bozor infratuzilmasi, baholash va rieltorlik faoliyatlari rivojiga ham katta ahamiyat berilgan. Masalan ―O‘zbekiston Respublikasi 2009-2015-yillar davrida baholash faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari‖ nomli dastur choralari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24 apreldagi ―Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini va ularning mas‘uliyatini oshirish to‘g‘risida‖gi № 843-sonli Qarori talablariga mos ravishda ishlab chiqilib amalga oshiriliyotgani fikrimizning yaqqol isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o‘zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko‘rsatilganidek, hal qiluvchi ro‘lni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya‘ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u ―huquqiy‖ kategoriya sifatida qoladi.

Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi.

Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo‘ysunuvchi rol o‘ynamaydi. Bu shunda ko‘rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma‘lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari egalik qilish, tasarruf etish, foydalanish huquqi iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi.

Huquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog‘liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bu rol shunda ko‘rinadiki, tovar xo‘jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Mamlakatda mulkdorlik huquqini, xususiy tadbirkorlar manfaatlarini kafolatlovchi qonunlar, huquqiy me‘yorlar, davlat va norasmiy tashkilotlar hamda muassasalar tizimlari vujudga keltirilganligi va ularning samarali faoliyat kursatayotganligi natijasida, 1997 yili nodavlat sektorining ulushi sanoatda 51 foizga, qishloq xo‘jaligida 98 foizga yetdi, ishlovchsilarning 70 foizi xususiylashtirilgan iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri keldi. Ishlab chiqarish, savdotijorat, vositachilik, hunarmandchilik, moliya-bank, turizmda, erkin ijodiy faoliyatda mashg‘ul xususiy soxibkorlar va tadbirkorlar mustakil O‘zbekistonda shakllanayotgan mulkdorlar sinfining ildam o‘sayotgan ichki sinfiy qadamlaridir.

Mulkdorlar sinfi tushunchasi eng keng tushunchalardan biridir. Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonida bu sinfning ichidan tabaqalanib, farqlanib, tafovutlanib borishi muqarrardir. Hozirgi vazifa mulkdorlar sinfining shakllanishiga keng yo‘l ochib berishdir. Bu vazifani bajarishO‘zbekistonni ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqishda hal kiluvchi omildir.

Mulkdor boshqalarning emas, balki o‘zining istagi, roziligi, moyilligi, xohishiga ko‘ra o‘z mol-mulkiga egalik kiladi. Mulkiy huquqning asosiy yuridik mazmuni unga egalik qilishdan, foydalanishdan, uni tasarruf qilish bilan bog‘liq huquqiy vakolatlardan iborat. O‘z huquqiy vakolati doirasida mulkdor boshqa mulkdor shaxslarning talabi yoki topshirig‘iga binoan emas, balki o‘zining xohishiga ko‘ra o‘z mulkiga egalik qiladi, xohlasa o‘zining mazkur huquqiy vakolatini boshqarishga o‘tkazishi mumkin. Mulkdor o‘z xohishi bilan mulkidan foydalanadi, shuningdek, undan o‘ziga zarur bo‘lgan foydali daromadlarni undirish uchun ishlatadi.

Mulkdor o‘z mulkiga tegishli huquqiy vakolatlarini boshqalarga berishi mumkin. Masalan, mulk egasi sifatida o‘ziga tegishli bo‘lgan barcha huquqiy vakolatlarni davlat korxonalariga, muassasalariga, jamoat tashkilotlariga yoki ayrim jismoniy shaxslarga o‘tkazishi mumkin. Fuqarolar mehnatidan foydalanish uchun qonunda barcha mulk egalariga, jumladan fuqarolarga ham, teng huquq berilgan.



3.Davlat mulkini xususiylashtirish — davlatning oʻz ixtiyoridagi ishlab chiqarish vositalari, mol-mulk obʼyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va b.ni davlat tasarrufidan chiqarishi va fuqarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotilishi; davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qoʻshma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga keltirish. D.m.x. davlat mulkini kelgusida shu mulk negizida xoʻjalik faoliyati yurituvchi va uning natijalari boʻyicha toʻliq mulkiy masʼuliyatni zimmasiga oluvchi iqtisodiy subʼyektlarga turli shartlarda berish yoki sotish orqali amalga oshiriladi va mulk egasini oʻzgartirishni nazarda tutadi.

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkni bepul berish, korxonani imtiyozli shartlarda sotish, aksiyalarni sotish, korxonalarni ijaraga berish, mayda korxonalarni kim-oshdi savdosida sotish va b. usullarda amalga oshiriladi.

Tarixan D.m.x.ning oʻz tabiatiga koʻra tamomila farq qiladigan ikki turi shakllandi. Birinchi tur takror i.ch. mexanizmidagi oʻzgarishlar va 20-asrning 70-y.lari 2-yarmida sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat mulki va davlat tadbirkorligining oʻrni va ahamiyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq holda yuzaga keldi.

Sanoati rivojlangan mamlakatlardagi xoʻjalikni boshqarish va iqtisodiyotda D.m.x. koʻrinishlari gʻoyaviy taʼsir, baʼzida esa rivojlangan mamlakatlarning yordam koʻrsatish shartlari bilan bogʻliqholda, toʻgʻridan-toʻgʻri iqtisodiy bosimlar tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarga ham tarqaldi. 80— 90-y.larda 80 dan ortiq rivojlanayotgan mamlakatlarda D.m.x.ning turli dasturlari ishlab chiqildi. Bu mamlakatlarda xususiylashtirish jarayoni bozor raqobati muhiti amal qilgan xususiy sektor va xoʻjalik tizimida amalga oshirildi.

Xususiylashtirishning ikkinchi turi jahon sotsialistik tizimi mamlakatlari (Markaziy va Sharqiy Yevropa, Xitoy, sobiq Ittifoq respublikalari)da 1989 y.dan boshlab amalga oshirila boshladi.

Xoʻjalik yuritishning maʼmuriybuyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga asoslangan xoʻjalik yuritish tizimiga oʻtishda xususiylashtirish alohida oʻrin tutadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasi aynan xususiy mulk iqtisodiy usishni ijtimoiy larzalarga yoʻl qoʻymay taʼminlashini tasdiqlaydi.

U yoki bu mamlakatdagi xususiylashtirish miqyosi ilgari xususiy sektorni milliylashtirish qay darajada qoʻllanilganiga bogʻliq. Milliylashtirish usuli qisman oʻtkazilgan mamlakatlarda (AQSH, Germaniya, Yaponiya) xususiylashtirish koʻrinishlari kam uchraydi. Milliylashtirish jarayoni uzok, vaqt davom etgan mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, Fransiya) esa D.m.x. keng koʻlamda amalga oshirilmoqda.

Xususiylashtirishning peshqadami boʻlgan Buyuk Britaniyada D.m.x.ning aksiyalarni tekin taqsimlash va sotish; xizmat koʻrsatish uchun pudratlar; davlat uy-joylarini kvartirani ijaraga oluvchilarga sotish; raqobatni rivojlantirish maqsadida davlat monopoliyalaridan voz kechish kabi usullari qoʻllanildi. Jahon tajribasi davlat mulkini va uning vazifalarini toʻliq yoki qisman xususiy sektorga oʻtkazishning 22 usuli borligini koʻrsatadi. Xususiylashtirish — uzok, muddatli jarayon. U Yaponiyada 10 yil, Gʻarbiy Yevropada 10—15 yil davom etadi.

Bozor islohotlariga oʻtishning Oʻzbekiston modeliga koʻra mamlakat va xalqning iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy, madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda koʻp ukladli iqtisodiyotni yaratish va xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilgan hamda amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shunga koʻra Oʻzbekistonda, birinchidan, davlat mulki mulkning yangi egasiga faqat sotish nuli bilan berilishi mumkin. Bu mulk obʼyektlarining toʻgʻri taqsimlanishi va ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi. Ikkinchidan, D.m.x.ning maxsus dasturi ishlab chiqilgan va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususiylashtirish boʻyicha barcha ishlar izchil, bir tizimda olib boriladi. Mulkka munosabatdagi uzgarishlar jarayoni har yili OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirishning davlat dasturi va tarmoq, mintaqa dasturlari asosida amalga oshiriladi. Uchinchidan, xususiylashtirish muammolari yirik boshqaruv va i.ch. tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish, ularning tarkibidan savdo obʼyektlari va xizmat koʻrsatish sohalarini ajratib olish, shuningdek, muqobil raqobatchi i.ch. korxonalarini yaratish yoʻli bilan birga hal etiladi.

Oʻzbekistonda xususiylashtirish bir necha bosqichda oʻtkazilmoqda. Birinchi bosqichda (1992—93) "kichik xususiylashtirish" amalga oshirildi. Bu davrda uy-joy, savdo va umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiylashtirildi (xususiy, oilaviy, jamoa, aksiyali). Kichik xususiylashtirish natijasida 21800 aksiyadorlik, 633 jamoa, 18184 xususiy, 661 ijara korxonalari va b.dan iborat 53902 turli mulk obʼyektlari vujudga keldi. Shuningdek, tayyorlov va kayta ishlash tarmoqlarida 25 ming obʼyekt yoki ular jami miqdorining 96,7% xususiylashtirildi. 1993 y.dan yengil, oziq-ovqat sanoatlari, transport va qurilish majmualarining oʻrta hamda yirik korxonalarini xususiylashtirish boshlandi. Q.x.dagi islohotlar natijasida dastlab 715 davlat xoʻjaligi davlat tasarrufidan chiqarildi, ular negizida 325 jamoa, 296 kooperativ, 90 ijara xoʻjaliklari vujudga keldi. Mavjud chorvachilik obʼyektlari, ayniqsa past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan fermalar asosida 735 yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish ishlari olib borildi (680 ming ga dan koʻproq maydon yoki sugʻoriladigan yerlarning 15% shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklari ixtiyoriga berilgan). Shunday qilib, respublika iqtisodiyotida nodavlat sektori salmokli oʻringa ega boʻla bordi va 1993 y.da milliy daromadning 35% nodavlat sektori hissasiga toʻgʻri keldi. 1994 y. 1 yanvargacha respublikada 1069414 kvartira xususiylashtirildi. Bu xususiylashtirilishi lozim boʻlgan kvartiralarning 98,98% ni tashkil etadi. Shu bilan "kichik xususiylashtirish" bosqichi tugallandi.

1994—95 y.larda xususiylashtirishning 2-bosqichi amalga oshirildi. Bu davrda xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlaridagi qonun yoʻli bilan cheklashlar qoʻyilmagan korxonalar — xalq xoʻjaligining bazaviy tarmoqlari boʻlgan mashinasozlik, yoqilgʻi-energetik korxonalari, sanoat, qurilish, transport, kommunal uy-joy xoʻjaligi, agrosanoat majmuining tayyorlov va qayta ishlash korxonalari va h.k. xususiylashtirildi. Xususan, "Oʻzbek-neftgaz" korporatsiyasi, energetika vazirligi, "Oʻzmashsanoat" assotsiatsiyalarining koʻplab obʼyektlari, shuningdek, transport korxonalari (avtobus va taksomotor parklari) davlat tasarrufidan chiqarildi. Bu bosqichda 5 ming korxona, jumladan xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida 900 dan koʻproq oʻrta va yirik korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi.

Oʻzbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha Davlat dasturiga muvofiq tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni xususiylashtirilgandan keyingi davrda katʼiy ishlashini taʼminlash choratadbirlari ishlab chiqilgan. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarni xususiylashtirishdan keyingi davrda qatʼiy ishlashi uchun maxsus investitsiya fondlari va banklar tashkil etilgan, xususiylashtirishdan kelgan mablagʻlar jamgʻarilib, ularxususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish uchun sarflanmoqda. Davlatga tegishli aksiyalarga olingan dividendlar asosiy fondlarni yangilash va ularni texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilmoqda.

Oʻzbekistonda aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va tadbirkorlarni qoʻllabquvvatlash, korxonalarni eksportbop va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaradigan qilib texnik jihozlashni taʼminlaydigan aniq yoʻnalishli xususiylashtirish amalga oshirilmoqda. Shu yoʻl bilan mamlakatning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy barqarorligini oshirish hamda davlat uchun tayanch boʻladigan mulkdorlar sinfini shakllantirish asosiy maqsad qilib qoʻyilgan.

Oʻzbekistonda D.m.x.da Yevropa Ittifoqi komissiyasi, "TASIS", Jahon banki, YUN IDO, Germaniya texnika markazi, AQShning Xalqaro rivojlanish boʻyicha Agentligi va b.ning maslahat xizmatlaridan foydalaniladi.

Abdulla Abduqodirov, Erkin Shodmonov.

Obyektlarni xususiylashtirish shartlari ham ular faoliyatining ko‘lami va xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Asosan savdo, umumiy ovqatlanish, kommunal va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga kiruvchi obyektlar, qoidaga ko‘ra, kimoshdi savdosida yoki tanlov asosida sotiladi. Bu boshqa tarmoqlarning mayda va ba’zi o‘rtacha obyektlariga, hajmidan qat’i nazar, tugallanmagan qurilish obyektlariga (agar balans egasida qurilishni tugallash uchun mablag‘ yo‘q yoki yetarli bo‘lmasa) ham taalluqlidir.

Xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini sotish.

Davlat o‘z ulushini saqlab qoladigan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining ustav sarmoyasini shakllantirishda asosan aksiyalarning quyidagi to‘rtta paketi nazarda tutiladi:

davlatga tegishli;

mehnat jamoalariga tegishli;

xorijiy sherikka tegishli;

fond birjalarida va qimmatli qog‘ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet ellarda erkin sotishga mo‘ljallangan aksiyalar.

Xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlari hokimliklar tomonidan har yili Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda ishlab chiqilishi va quyidagilarga qaratilgan bo‘lishi kerak:

bozor infrastrukturasining yangi subyektlarini yaratish va yangi turdagi tadbirkorlarni tarbiyalash;

mahalliy bozorni tovarlar va xizmatlar bilan boyitish;

mintaqaning hayotini ta’minlash va hudud manfaatlariga aloqador muammolarni hal qilish.

Xususiylashtirishning mahalliy dasturlari mazkur mintaqaning respublika xalq xo‘jaligidagi ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatini hisobga olishi va davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonining o‘zini amalga oshirishda shu mintaqada yashovchi aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashi kerak.

Xususiylashtirishning mahalliy dasturi muhokamasi ommaviy bo‘lishi, uning loyihasi mahalliy matbuot organlarida e’lon qilinishi, mahalliy radio va televideniye orqali eshittirilishi, ko‘rsatilishi lozim.

Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlari qayta o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan aniq obyektlar ro‘yxatini, ularni xususiylashtirishdan kutilayotgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.

Tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilar nazarda tutilishi zarur:

mavjud ahvolni sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilish, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlaridagi strategiya hamda taktikani belgilash;

davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalar ro‘yxati;

ishlab turgan yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

boshqaruvning iqtisodiy va shartnomaviy usullariga o‘tish masalalarini nazarda tutgan holda aksionerlik jamiyatlarining namunaviy ustavidan foydalanish;

mintaqaning va umuman respublikaning manfaatlarini hisobga olgan holda davlat mulkini xorijiy sheriklar va investorlarga sotish imkoniyatlariga alohida e’tibor berish.

Xususiylashtirish jarayonida korxonalarni birlashmalar tarkibidan, tarkibiy bo‘linmalarning korxonalar tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi qaror respublika Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomga muvofiq qabul qilinadi.

Tarkibiy bo‘linmalarning korxonalar tarkibidan ajralib chiqishi to‘g‘risidagi qaror texnologik majmua birligini buzmasligi kerak.

Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, uning yangi bosqichiga o‘tishiga bo‘lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir.



Xususiylashtirishning rivojlanishini ta‘minlaydigan muhim omillardan biri – bu ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligldir. Davlat mulkini xususiylaslitirish natijasida hokimiyat va ishlab Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo‘lib, aholining daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan, biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo‘lib, aksiua sotib olish va korxona mulkida o‘z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar. Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng ko‘lami dasturini ishlab chiqarish zarur.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling