Ishqalanish kuchi


Download 55 Kb.
Sana28.07.2020
Hajmi55 Kb.
#125044
Bog'liq
fizika ishqalanish kuchi


Ishqalanish kuchi.
Mexanikada o’rganiladigan yana bir kuch – bu ishqalanish kuchidir.Tepalikdan sirpanib tushayotgan chana gorizontal yo’nalishda o’tganda uning tezligi kamayib boradi va to’xtaydi.Demak, chana harakataing to’nalishiga qarshi kuch mavjud.Yerda turgan yukni tortib sudrash uchun ham qandaydir kuch ta’sir qiladi.

Bir jismning boshqa jism sirtida harakatlanishida paydo bo’ladigan va harakatga qarshi yo’nalgan kuch ishqalanish kuchi deb ataladi.
Stol ustida tahlanib turgan kitoblarni surish uchun kuch bilan ta’sir etishimiz kerak.Muz ustida harakatlanayotgan shayba,matori o’chirilgan avtomobil sekinlashib boradi va to’xtaydi.Avtomobilga tormoz berilsa u tezda to’xtaydi.Bu keltirilgan misollarda kitob bilan stol sirti , shayba bilanmuz sirti, avtomobil g’ildiragi bilan aylanish o’qi , shina va asvalt orasida ishqalaninsh kuchi vujudga keladi.Tasmali uzatma ham ishqalanish tufayli shkirlarni aylantiradi.
Ishqalaninsh kuchi hosil bo’lishining birinchi sababi – bir-biriga tegib turadigan jismlarning g’adir-budirligidandir.
Hatto , juda silliq ko’rinadigan jismlarning sirtlarida ham g’adir – budirliklar va tirnalganjoylar bo’ladi.

Bir jism ikkinchi jismning sirtida sirpanganda yoki dumalaganda, bu g’adir – budirliklar bir-biriga ilashib harakatlanishga to’sqinlik qiluvchi kuchni vujudga keltiradi.


Ishqalanish kuchi hosil bo’lishining ikkinchu sababi – bir – biriga tegib turadigan moleykulalarining o’zaro tortishidir.
Agar jismlarning sirti yahshilab silliqlangan bo’lsa , jismlar bir- biriga tekkanda ular sirtidagi moleykulalar bir-biriga juda yaqin bo’ladi.Bunda bir- biriga tegib turgan jism moleykulalar orasida tortish kuchlari sezilarli bo’ladi. Jismlarning bir - biriga ishqalaninsh hodisalarini uch turga bo’lish mumkin:tinshlikdagi (tinch holatdagi)ishqalanosh,sirpanish ishqalanishi va dumalash ishqalanishi.
Tinchlikdagi ishqalanish.

Jism nisbiy tinchlikda turganda ishqalanish kuchi uni bir joyda ushlab turadi va u jismlarning joyidan qo’zg’alishiga to’sqinlik qiladi.Bu kuch tinchlikdagi ishqalanish kuchidir.

Transportyor yordamida yuklarni qiyalik bo’yicha yuqoriga olib chiqish mumkin.Bunda yuk sirti bilan transportyor tasmasi sirti orasidagi tinshlikdagi ishqalanish kuchi yukni ushlab turadi.

Pol ustida turgan yukni gorizontal yo’nalishda harakatga keltirish , ya’ni qo’zg’atish uchununga tinchlikdagi ishqalanish kuchiga teng va qarama-qarshi yo’nalgan kuch bilan ta’sir etishimiz kerak.

Yurganimizda oyoq kiyimning tag sirti bilan yer sirti o’rtasida tinchlikdagi ishqalaninsh kuchi hosil boladi.Biz yerni orqaga F kuch bilan itaramiz.Ishqalanish kuchi Fi esa harakatimizyo’nalishida bo’lib ,miqdor jihatidan F kuchga teng.

Yurganimizda yerni orqaga itarishimizni tassavur qilish uchun sportchilar mashq qiladigan rolikni yo’lkachani misol qilib kentirishimiz mumkin.Bunda sportchi oldinga yugirmoqchi bo’lsa,yo’lka orqaga harakat qiladi.

Avtomobil shinasi ham yerni orqaga itaradi.Shina sirti bilan yer sirti orasida tinchlikdagi ishqalanish hosil bo’lishi tufayli g’ildirak avtomobili oldinga harakatlantiradi.

Tinchlikdagi ishqalanish kuchini gorizontal sirtga qo’yib , dinamometr bilan tortsak , jism joyidan qo’zg’almasada , dinamomertning ko’rsatkichi orta boradi va ma’lum maksimal F = Fi qiymatga yetganda jism joyidan qo’zg’aladi.

Jismning tinch holatdan harakatga kelishi paytidagi ishqalanish kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchi deyiladi.


Sirpanish ishqalanishi.
Bir jism ustida boshqa jism sirpanganda ishqalanish vujudga keladi.Bunday ishqalanish sirpanish ishqalanishi deyiladi.
Masalan , chana qor ustida sirpanganda , stol ustidagi kitobni surganda sirpanish ishqalanishi hosil bo’ladi.

Og’irroq bir jismni dinamometrning quyruqchasiga taqib qo’yamiz va dinamometr yordamida tortib joyidan qo’zg’atamiz.Jism joyidan qo’zg’alish paytida dinamometrning ko’rsatkichi keskin kamayadi.Dinamometrni tortish orqali jismni tekis harakatlantirsak , dinamometrning to’rsatishi o’zgarmay qoladi.Dinamometr ko’rsatishning ana shu o’zgarmas qiymati sirpanish ishqalanishi kuchuga teng bo’ladi.



Sirpanish ishqalanishi kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchidan kichik bo’ladi.
Tajriba ko’rsatishicha , sirpanish ishqalanishi kuchi jismning og’irlik kuchiga proportsional bo’ladi.Nyutonning uchinchi qonuniga kora og’irlik kuchi Fog’ kattaligi jihatidan tayanchning reaksiya kuchi N ga teng.Demak,sirpanish ishqalanish kuchi Fi(s) Reaksiya kuchi N ga proporsional bo’ladi.



Fi(s) = µ N,

Bunda µ - sirpanish ishqalanish koeffitsienti bo’lib , uning qiymati bir- biriga ishqalanuvchi jismlarning materialiga , sirtlarning silliqligiga va koeffitsientining taxminiy qiymatlari quyidagi jadlavlda keltirilgan.








Materiallar

µ




Materiallar

µ

1.

Mis bilan muz

0,02

5.

Bronza bilan cho’yan

0,2

2.

Po’lat bilan muz

0,04

6.

Yog’och bilan yog’och

0,4

3.

Po’lat bilan po’lat

0,12

7.

Charm bilan cho’yan

0,6

4.

Po’lat bilan bronza

0,15

8.

Rezina bilan beton

0,75


Dumalash ishqalanishi.
Agar bir jism ikkinchi jism ustida sirpanmasdan dumalasa,bunda hosil bo’lgan ishqalanish dumalash ishqalanishi deyiladi.

Masalan,velosiped yoki avtomobil g’ildiraklari g’ildiraganda , bochka yoki g’o’lalar dumalatilganda dumalash ishqalanishi namoyon bo’ladi.

Dumalash ishqalanishi hosil bo’lishining asosiy sababi g’ildirak tegib turgan sirtda og’irlik kuchining ta’sirida hosil bo’lgan deformatsiyasidir.Dumalash natijasida g’ildirakda va u g’ildirayotgan sirtda chuqurlik paydo bo’ladi.Chuqurlik g’ildirakning aynishiga to’sqinlik qiladi.G’ildirak sirti va u dumalayotgan sirt qanchalik qattiq bo’lsa , g’ildirak dumalayotganda shuncha kam deformatsiyalanadi va dumalash ishqalanish kuchi Fi(d) shuncha kichik bo’ladi.

Dumalash ishqalanishi kuchini o’lchash mumkin.G’o’lachalar ustiga qo’yilgan taxtacha dinamometr bilan tortiladi.Bunda dumalash ishqalanishi kuchi Fi(d) ning qiymati dinamometr ko’rsatgan F kuchning qiymatiga teng bo’ladi.

Dumalash ishqalanish kuchi sirpanish ishqalanish kuchidan ko’p marta kichik bo’ladi.Shuning uchun ham qadimdan odamalr og’ir yuklarni bir joydan boshqa joyga ko’chirishda g’o’lalardan foydalanganlar.



Tajribalar shuni ko’rsatadiki,dumalash ishqalanish kuchi Fi(d) jismga ta’sir etuvchi reaksiya kuchi N ga to’g’ri proportsional,dumalayotgan jism radiusi R ga teskari proportsional bo’ladi ,ya’ni:
Fi(d)= µd F/R.
Bunda µd – dumalanish ishqalanish koeffitsienti.Uning qiymati bir-biriga ishqalanuvchi jismlarning materialiga,sirtlarining silliqligiga bog’liq. µd ning taqribiy qiymati po’lat uchun 0,2 mm ga, avtomobil g’ildiragi rezinasi bilan asvalt uchun 2 mm ga teng.


Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling