Islamic legal system


Download 248.1 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi248.1 Kb.
#1510618
  1   2   3
Bog'liq
Jalilov Shaxzod Falsafa

Islomdagi mazhablar

  • Jalilov Shaxzod
  • MMR-15

Reja :

  • 1.Mazhab o’zi nima?
  • 2. Sunniylik oqimining vujudga kеlishi va uning asosiy mazhablari.
  • 3. Shialik oqimi va uning mazhablari

Mazhab haqida

  • Mazhab (arab. — yoʻnalish, oqim, yoʻl, taʼlimot), shariat mazhablari — islomda diniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari. VIII—IX asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida xuquqshunoslik — fiqx. sohasida juda koʻp mazhablar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda sunniy toʻrtta mazhab — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliilik (Mazhablar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi Aʼzam), Molik ibn Anas, Shofiʼiy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir Mazhab — jafariylik (asoschisi — Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat Mazhablari diniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʻrttala Mazhab ham teng hisoblanadi, yirik musulmon un-tlarida toʻrt mazqab boʻyicha alohida dars oʻqitiladi. Mazhablar umuman anʼanaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani xolda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofiʼiylik (Misr, Indoneziya va boshqa mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) Mazhablari, shuningdek, shialik tarkalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlar)ning huquqiy hayotida jaʼfariylik Mazhabi oʻz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xanafiylik Mazhabi keng yoyilgan

Sunniylik
Sunniylik islom dinidagi ikki asosiy yoʻnalishdan biri. Sunniylik VII asrning ikkinchi yarmida Arabistonda vujudga kelgan. VIII-XII aslarda arab halifaligidagi diniy siyosiy kurashlar jarayonida islomda eng yirik yoʻnalish sifatida shakllangan. Sunniylar Qur’on bilan birga Sunnaga ham eʼtiqod qiladilar. Sunniylik islomdagi diniy yoʻnalish sifatida yagona markazga ega emas. VIII asr oxiri IX asr boshlarida sunniylik doirasida mistik oqim sufiylik vujudga kelgan.
Hanafiya (Imomi Aʼzam maktabi.) Bu maktabga Abu Hanifa an-Nu’mon (696-767) taxallusi Imomi Aʼzam asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardan biri boʻlib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tatbiq etgan, istihson tartib usulini ishlab chiqqan, mahalliy huquq qoidalarini odatni shariat bilan kelishtirib qoʻllanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan. Abu Hanifa fiqhning asoschisi, ilohiyot mutaxassisi boʻlgan. Hanafiya mazhabi sunniylik yoʻnalishiga mansub boʻlgan musulmonlarning uchdan bir qismini oʻz ichiga oladi.

Download 248.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling