Talabalar o‘rtasida
“Islohotlar – talabalar nigohida”
insholar tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida
Ta'lim muassasalarida talabalar o'rtasida tanlovlar o'tkazish to'g'risida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-apreldagi 143-sonli buyrug‘iga asosan talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish bo‘yicha universitetda “Islohotlar – talabalar nigohida” (“Islohotlar mening taqdirimda”) shiori ostida o‘tkaziladigan insholar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish maqsadida
BUYURAMAN:
Universitetda talabalar o'rtasida tanlovlar o'tkazish to'g'risida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-apreldagi 143-sonli buyrug‘iga asosan talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish bo‘yicha universitetda “Islohotlar – talabalar nigohida” (“Islohotlar mening taqdirimda”) shiori ostida o‘tkaziladigan insholar tanlovi Nizomi 1-ilovaga va tanlovni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha universitet tashkiliy ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, tashkiliy ishchi guruhi rahbari P.Otaqulovga:
talaba-yoshlar o‘rtasida tanlovning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish;
universitetda tahsil olayotgan ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan talaba-yoshlarning tanlov doirasida o‘z iqtidorini namoyon qilishiga sharoitlar yaratish;
tanlov Nizomini fakultetlarga yetkazish;
tanlovning fakultet va universitet bosqichi bo‘yicha soha olimlari, mutaxassislari, taniqli ijodkorlar, shoir-yozuvchilar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda hakamlar Hay’atini tuzish;
tanlovning barcha bosqichlarini nizom talablariga muvofiq shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash;
tanlovning fakultet bosqichini 2022-yil 21-26-may kunlari o‘tkazish;
tanlovning yakuniy universitet bosqichini 2022-yil 27-may va 1-iyun kunlari o‘tkazish va g‘olib talabalarni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Fakultet dekanlariga:
fakultet bosqichini o‘tkazish bo‘yicha soha olimlari, mutaxassislari, taniqli ijodkorlar, shoir-yozuvchilar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda hakamlar Hay’ati tarkibini shakllantirish;
tanlovning fakultet bosqichini 2022-yil 21-26-may kunlari yuqori saviyada o‘tkazish;
tanlovning fakultet bosqichi g‘oliblarini 1-,2-,3-darajali diplom bilan taqdirlash, g‘olib talabalarning ota-onalariga “Tashakkurnoma” yuborish;
Universitet bosh hisobchisi Z.Mamatqulov tanlovning universitet yakuniy bosqichi g‘oliblarini moddiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshirsin.
Universitet matbuot kotibi K.Isroilova tanlovni o‘tkazilishi bilan bog‘liq jarayonlarni universitetning veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa OAVlarda keng yoritib borishni ta’minlasin.
8. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor P.Otaqulov zimmasiga yuklatilsin.
Asos:. Ta'lim muassasalarida talabalar o'rtasida tanlovlar o'tkazish to'g'risida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-apreldagi 143-sonli buyrug‘i
Do'stlaringiz bilan baham: |