Islom iqtisodiyotida zakot masalasi
Download 135.52 Kb.
|
ISLOM IQTISODIYOTIDA ZAKOT MASALASI
ISLOM IQTISODIYOTIDA ZAKOT MASALASIZakot islomning 5 ruknlaridan biri bo’lib, shariat farz qilgan muhim amallardan biri hisoblanadi.Zakot so’zi lug’atda “o’sish”,”poklik” ma’nolarini ifodalaydiLug’atshunos olimlar ushbu so’zning poklamoq, sadaqa bermoq, maqtov, solih, taqvodor bo’lish, munosib bo’lish kabi bir qator lug’aviy ma’nolarini keltirishadiZakot so’zi istilohiy ma’noda “ Zakot – maxsus moldan maxsus juzni maxsus shaxsga Allohning roziligi uchun shariyatda tayin qilingandek mulk qilib berish hisoblanadiZakotning farz ekanligiga dalillar
“Va namozni qoim qilinglar va zakotni beringlar va Rasulga itoat qilinglar, shoyadki, rahm qilinsangiz ” (“Nur” surasi, 56-oyat)“Namozni barkamol o’qingiz, zakot beringiz” (“Baqara”, 43-oyat) “Mollaridan sadaqa ol . Bu bilan ularni poklaysan , tozalaysan Ularning haqqiga duo qil . Albatta , duoing ular uchun taskindir . Alloh eshituvchidir , biluvchidir” ( Tavba surasi , 103 - oyat ) . Zakotning yana bir nomi sadaqadirZakotning farz ekanligiga dalillarHadisi Sharifda:Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi « Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : « Islom besh narsaga bino qilingan : « Allohdan o'zga iloh yo'q , Muhammad Allohning Rasulidir » , deb guvohlik berish , namozni toʻkis ado etish , zakot berish , haj qilish va Ramazon roʻzasini tutish » , dedilar » . Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : « Nabiy sollallohu alayhi vasallam : « Molingning zakotini ado qilgan boʻlsang , zimmangdagi ( burch ) ni bajaribsan » , dedilar » . Termiziy rivoyat qilgan.Zakotning farz ekanligiga dalillarHadisi SharifdaAbu Hurayra va Abu Sa'id roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi : « Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga xutba qilib , « Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki » , deb uch marta aytdilar . Keyin boshlarini quyi solib turdilar . Hammamiz yig'lab , boshimizni quyi solib turdik . U zotning nima uchun qasam ichganlarini bilmas edik . Oxiri boshlarini ko'tardilar . Yuzlarida sevinch alomati bor edi . Bu biz uchun qizil tuyalardan ham sevimliroq edi . So'ngra : « Qaysi bir banda besh vaqt namozini oʻqisa , Ramazon ( roʻzasi ) ni tutsa , zakotini chiqarsa va yetti katta gunohdan chetda boʻlsa , albatta , uning uchun jannatning eshiklari ochiladi va unga « Salom bilan kir ! » deyiladi » , dedilar » . Nasoiy rivoyat qilgan .Zakotning fiqhiy hukmlariZakot beruvchida bo’lishi kerak bo’lgan shartlar:
Zakotning fiqhiy hukmlariZakot berish farz bo’lishi uchun molda bo’lishi lozim shartlar:-Nisobga yetgan bo’lishi;-To’liq mulk bo’lishi;-Fe’lan yoki taqdiran o’suvchi mol bo’lishi;-Hojati asliyadan holi bo’lishi;-Qarzdan holi bo’lishi;-Bir yil to’lgan bo’lishiZakot to’g’ri bo’lishi uchun lozim bo’lgan shartlarZakot to’g’ri bo’lishi uchun lozim bo’lgan shartlar
Zakotni vojib bo’lishini to’suvchi omillar
Quyidagi mollarning zakotini berish farzdir:Quyidagi mollarning zakotini berish farzdir: 1.Yilning aksariyat qismini dalalarda o‘tlab o‘tkazadigan qo‘y, sigir va tuyaga o‘xshash to‘rt oyoqli hayvonlar. 2. Oltin va kumush. 3. Tijorat mollari. 4. Dehqonchilik mahsulotlari va mevalar. 5. Ma’dan va yer osti boyliklari.Zakot berilishi halol bo’lgan kishilar toifasi1. Faqirlar2. Miskin3. Zakot omili(xodimi)ga amali miqdoricha.4. Mukotabga bo’ynini ozod qilishi uchun.5. Qarzidan ortib qolgan moli nisobga yetmaydigan qarzdorga.6. Allohning yo’lida.7. Ibn sabiylga.8. Qalblari ulfat qilinganlar sinfi.Foydalanilgan adabiyotlar:“Mo’minning najoti – mufassal zakot kitobi” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf“Islomning 5 ustuni- zakot” I.AbdurahmonovIslom.ziyouz.comIslom.uzSavollar.islom.uzE’tiboringiz uchun rahmat!Download 135.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling