Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi»fakuteti «konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi


Download 2.29 Mb.
bet1/7
Sana18.08.2023
Hajmi2.29 Mb.
#1667965
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
abduqayumov kursavoy tayyor







O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
«KONCHILIK ISHI»FAKUTETI
«KONCHILIK ELEKTR MEXANIKASI» KAFEDRASI


«TURG‘UN MASHINALARI» FANIDAN

KURS ISHI



Bajaradi: _________________________________
Tekshirdi:_______________________________
Baho:___________________________________
Olmaliq 2022y
MUNDARIJA
1.KIRISH…………………………………………………………………..…3-7
2.ASOSIY QISM……………………………………………………………8-14
2.1.LOYIHALASH UCHUN BERILGAN MA’LUMOTLAR…………15-18
2.2.Shamollatish qurilmasi uchun ventilyator turini tanlash va asoslash..18-20
2.3.Shаmоllаtish tаrmоg‘ining ekvivаlеnt tuynugi vа хаrаktеristikаsi…20-24
2.4.Vеntlyatоr qurilmа ish rеjimining ko’rsаtkichlаri……………………24
2.5.Vеntilyatоrning ishlаsh muddаti (T)…………………………………..24-25
2.6.Qurilmаning unumdоrlik bo‘yichа zаhirа koeffitsienti……………….25
2.7.Kоn lаhimlаridаgi hаvо оqimi yo‘nаlishini o’zgаrtirish……………25
2.8. Elеktr yuritgich turini tаnlаsh…………………………………………25-26
2.9.Qurilmаning iqtisоdiy ko‘rsаtkichlаri…………………........................26-27
XULOSA………………………………………………………………..……..29
. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….…27


Kirish
Turg’un mashinalar kon ishlab chiqarish mashinalarining asosiy turlaridan biri bo’lib, kon korxonalarida ishlatiladigan ventilyator qurilmalari suv chiqarish qurilmalari, kompressor qurilmalari va yuk ko’tarish qurilmalari kiradi. Zamonaviy ruda konlari va shaxtalarda turg’un mashinalar keng qo’llanilib, ularning iqtisodiy samarali ishlashi kon korxonalarining samarali ishlashiga ta’sir qiladi. Zamonaviy kon korxonalarida elektr energiya sarfining 75-80% turg’un mashinalar tashkil etadi. CHuqur shaxtalarda jami elektr energiya sarfining 50-60% yuk ko’tarish qurilmalariga to’g’ri keladi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, shaxtada ventilyator qurilmasining ma’lum qisqa vaqtga ishlamay qolishi konchilar hayotini xavf ostiga qo’yadi, yoki suv chiqarish qurilmalarini ishdan chiqishi shaxtani suv bosishiga olib keladi. Turg’un mashinalarning uzluksiz va iqtisodiy samarali ishlashi ularni ish jarayonida ish rejimlarini to’g’ri o’zgartirish kon korxonalarining iqtisodiy samarali ishlashi va foydali qazilmalarning tannarxini pasayishiga olbib keladi. Ushbu mashinalar uzoq muddat davomida uzluksiz va samarali ishlashi shart. CHunki ularning qiymati yuqori bo’lib korxonalar uchun ko’p kapital mablag’ talab qiladi. Turg’un mashinalarning ishlash davri maalan yuk ko’tarish qurilmalari va kompressorlar 15-20 yilni tashkil etadi. Bu mashinalarning uzoq muddat samarali ishlashini ta’minlash uchun ularni o’z vaqtida texnik qarab va ta’mirlash ishlarini olib borish hamda to’g’ri ishlatish kerak bo’ladi. Turg’un mashinalarning turlari ko’p bo’lib ularni hisoblab to’g’ri tanlay bilish, o’rnatish, rejimlarini o’zgartirishni bilish bo’lajak mutaxasislarga qo’yiladigan talablardan biridir. Turg’un mashinalarning kon sanoatida qo’llanilishi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Yuk ko’tarishva suv chiqarish qurilmalarining ishlatilishi konchilik ishlari boshlangan davrga to’g’ri keladi. Qo’l kuchi bilan ishlaydigan porshenli nasoslar bundan 300 yil oldin Gretsiyada ishlatilgan. XVIII-asrga kelib Rossiyada shaxtalarda porshenli nasoslar 100 metr chuqurlikdan suv chiqargan, bunda nasos yer ostida joylashgan bo’lib uni suv chig’irig’i harakatga keltirgan va uzun shtanga yordamida harakat chig’irig’idan nasosga uzatilgan. M.V.Lomonosov “Metallurgiya va kon ishlarining birinchi asoslari” asarida ruda konlarida ishlab turgan ventilyator, suv chiqarish qurilmalarini tariflab undan tashqari ushbu mashinalarning yangi turlarini taklif qilgan. Peterburg akademiyasining a’zosi taniqli matematik Leonard Eyler 1754 yili markazdan qochma turbomashinalar nazariyasini ishlab chiqqandan so’ng, ushbu mashinalar kon sanoatida keng ko’lamda yoyila boshladi. 1832 yili rus kon injeneri general leytenant A.A.Soblukov markazdan qochma ventilyatorning original tuzilishini taklif qildi.va 1835 yili birinchi markazdan qochma nasos ixtiro qildi. 7 Rus olimlari professorlar P.A.Time o’z ilmiy tadqiqotlari bilan kon mexanikasiga asos solishgan. I.A.Timening “Kon injenerlari va texniklarining spravochnigi”, “Kon zavod mexanikasi” va boshqa asarlari ko’plab injenerlar yetishib chiqishiga dastur bo’lib xizmat qildi. Akademiklar M.M.Feodorov, AP.German, A.S.Ilьichev, V.S.Pak, professorlar V.B.Umanskiy, G.M.Eelanchik, V.G.Beyer va boshqalar turg’un mashinalarning hozirgi zamonaviy darajaga yetishiga katta hissa qo’shdilar.
1.Nasos — suyuqlikni bosim ostida soʻrish va haydash, gazlarni siqish yoki siyraklantirish, sochiluvchi jismlarni soʻrish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik yoki pnevmatik mashina, apparat yoki asbob). Suyukdiklarni bosimsiz harakatlantirish uchun moʻljallangan qurilmalar suv koʻtarish mashinalari deb ataladi. Nasosning asosiy parametri — maʼlum vaqt ichida (vaqt birligida) haydaladigan suv, gaz yoki havo miqdori. Baʼzan nasoslar uchun bosim (R va Ya), isteʼmol quvvati N va f. i. k. ham muhim.
Qadimda ham nasos yaratishga urinilgan. Masalan, qadimgi Oʻrta Osiyo hududida charxpalaklar yordamida suv chiqarishgan. Yunon mexanigi Ktesibiy oʻt oʻchirish uchun moʻljallangan birinchi nasosni ixtiro qilgan. 18-asr boshlariga qadar, asosan, suv koʻtarish mashinalari ishlatilgan. Bugʻ mashinasi yaratilgandan soʻng ularning oʻrnini asta-sekin N. egallay boshladi. 18-asr oxirlarida porshenli N. tarraqiyoti jadallashdi. 19-asr oʻrtalarida porshenli bug N.lari keng ishlatila boshladi. Shu davrda parrakli N. ham paydo boʻddi. 20-asr 20—30-yillaridan boshlab, baʼzi sohalarda porshenli N. oʻrniga markazdan qochma, rotorli N.lar ishlatila boshladi.
N. taraqqiyotining ikkinchi yoʻnalishi aylanuvchi (rotorli) N. yaratilishidan boshlanadi. 17-asr boshida yaratilgan ikki rotorli N. hozirgi tishli gʻildirakli N.ga oʻxshaydi. Key-inchalik rotorli N.ning boshqa xillari paydo boʻldi. Nemis muhandisi S. Xins 1920-yil markazdan qochma quril-ma deb atalgan birinchi soʻruvchi uyur-ma N.ni taklif qildi.
Suyuklikni haydashda markazdan qochma kuchdan foydalanish gʻoyasini 15-asrda Leonardo da Vinchi ilgari surgan. 17-asr boshida fransuz muhandisi Blankano suv chiqaradigan oddiy markazdan qochma nasosni yasagan. Issiqlik dvigateli va elektr dvigateli paydo boʻlgandan soʻng markazdan qochma nasos kengroq qoʻllanila boshladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida parrakli va burilma kurakli nasoslar yaratildi.
Suyuklikni bosim ostida haydashning uchinchi yoʻialishi — nasos-apparatlar yaratishdan iborat boʻladi. Yunonistonda qizdirilgan havo yoki suv bugʻi yordamida idishdagi suvni siqib chiqaradigan qurilma yaratilgan. Suvni haydashda siqilgan xavodan foydalanish gʻoyasi 20-asrda amalga oshirilgan. Nasos-apparatlarning xillaridan biri — suv oqimli nasos; uni ingliz olimi D. Tompson 1852-yilda taklif qilgan. U suv va havoni soʻrish uchun ishlatilgan. Keyinchalik suvli ejektor, bug-suvli ejektor va boshqa tarzidagi nasoslar yaratildi, quduqlardan suv chiqaradigan gidropnevmatik suv chiqargich taklif kilindi. 20-asr boshlarida magnitgidrodinamik nasoslarning yaratilishi nasos-appratlarni takomillashtirish yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Atom energetikasining taraqqi-yoti munosabati bilan 20-asr 50—60-yillaridagina bunday nasoslar keng qoʻllanila boshladi. Nasos, asosan, parrakli, uyurma va hajmiy xillarga, bular esa yana bir necha turlarga boʻlinadi. Parrakli nasos dvigateli gʻildirakni aylantirganda parraklari suyuqlik oqimiga taʼsir qiladi va uni harakatlantiradi. Parrakli nasosning markazdan qochma, diagonal va oʻqaviy(oʻq boʻylab haydaydigan) xillari bor. Bular suyuklikni soʻrish xususiyatiga ega boʻlmagani uchun ularni yurgizib yuborishda soʻrish trubasi va gʻildirakka suyuqlik quyiladi. Parrakli nasos 1 – 2500 m suv ustuniga tent bosim kerak boʻlgan joylarda ishlatiladi. Nasos k. — 90 — 92%. Uyurma nasosda dvigatel energiyasi uyurma hosil qiladi; uyurma suyuklikni ilashtirib, harakatla-nishga majbur qiladi. Uyurma N. qovushoqligi kam suyuqliklarni haydash uchun quvvati bir necha kilovatdan oshmaydigan statsionar va koʻchma qurilmalarda ishlatiladi. Bosimi parrakli nasosga qaraganda 2—10-marta ortiq, f.i.k. - 25 - 50% Hajmiy nasosda suyuqlik nasosning berk boʻshligʻidan quvurlarga porshen (plunjer), shesternya, vint, kulachok va boshqa taʼsirida oʻtkaziladi. Nasosga kirayotgan va undan chiqayotgan suyuqlikning solishtirma energiyalari farqi bosim deyiladi. Hajmiy nasosning porshenli (plunjerli), membranalirotorli va boshqa xillari bor. Proshenli nasosda suyuqlik ish kameralari hajmining oʻzgarishi hisobiga harakatlanadi. Rotorli nasos shesternyali, plastinkali va boshqa xillarga boʻlinadi. Nasoslar suv taʼminoti tizimlarida, neft chiqarish, neft mahsulotlari va gazlarni haydashda, kema va gidropress qurilmalarida, avtomobillarda, binolarni shamollatishda hamda texnikaning boshqa sohalarida keng qoʻllaniladi. Nasos stansiyasi - suyukliklarni yuqoriga koʻtarish uchun moʻljallangan bino; nasos agregati va quvurlardan iborat inshoot. Nasosga boshkarish apparatlari, elektr nasos yeda esa taqsimlash qurilmalari, pasaytirish podstansiyalari, yigʻish-soʻrish va bosim kollektorlari, qoʻshimcha jihozlar (asosiy nasoslarni ishga tushiradigan vakuumnasoslar, yongʻinga qarshi ji-hozlar, moy xoʻjaligi va boshqalar) kiradi. Nasos agregati soʻrish quvuri, nasos, dvigatel, uzatish mexanizmi, teskari klapanli bosim truboprovodi va zulfindan iborat boʻladi. Me-liorativ (sugʻorish) Nasosning qoʻzgʻalmas va suzuvchi xillari bor. Suzuvchi nasos yeda nasos va kuch qurilmalari ponton yoki barjalarga oʻrnatiladi. Kema qatnaydigan yirik kanallarni suv bilan taʼminlash, suv omborlarini suv bilan toʻldirish, sugʻorish inshootlari va boshqa uchun yirik Nasos qoʻllaniladi. Vodoprovod Nasos suvni manbadan suv taʼminoti joyiga koʻtaruvchi va undan vodoprovod inshootlariga yoki rezervuarga hamda tozalangan suvni vodoprovod tarmogʻiga uzatuvchi koʻtarish st-yalaridan iborat. Kanalizatsiya Nasos panjarali va maydalagichli rezervuar, mashina zali (nasosxona) va boshqalardan iborat. Bunday Nasos yer ustiga va yer ostiga oʻrnatiladi. Xalq xoʻjaligida Nasosning ahamiyati katta.

Download 2.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling