Islom Karimov Nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali “ Konchilik Ishi ” fakulteti “ Umumkasbiy va Iqtisodiy “ fanlar kafedrasi “ Soha Iqtisodiyoti va Menejmenti “ fanidan Mustaqil Ish taqdimoti


Download 53.14 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi53.14 Kb.
#1199447
Bog'liq
sunnat

Islom Karimov Nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali “ Konchilik Ishi ” fakulteti “ Umumkasbiy va Iqtisodiy “ fanlar kafedrasi “ Soha Iqtisodiyoti va Menejmenti “ fanidan Mustaqil Ish taqdimoti

Bajardi: Abjalov Sunnatilla Tekshirdi: Xasanova Xamida Mavzu: Sanoat ishlab chiqarishining iqtisodiy va

ijtimoiy samaradorligi

MAVZU:Sanoat ishlab chiqarishining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi. Sanoatda fan-texnika taraqqiyoti Reja: 1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati va mezoni. 2. Iqtisodiy samaradorlikni tavsiflovchi ko’rsatkichlar. 3. Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar

Iqtisodiyot - cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog’liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi iqtisodiy tizim. Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mezoni haqida ham bir qancha fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to’rtinchilari esa qo’shimcha mahsulot deb ko’rsatadilar.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi: 1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishda qo’llash. 2. Ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperasiyalash. 3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo’g’inlarini o’zgartirish. 4. Ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish. 5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish.

Samaradorlikni baxolashda Yangi texnika va texnologiyani joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligni aniqlash kerak bo’ladi. Shu sababli yangi texnika va texnologiyani joriy etish asosida xalq xo’jaligida, jumladan, sanoat ishlab chiqarishida yuqori ko’rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur.FTT tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi grasmiy hujjatlar, ya’ni metodik qo’llanmalarda izohlabberilgan

Bular: • Kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo’yicha Namunali (Tipovaya) metodika; • xalq xo’jaligida yangi texnika, ixtirochilik va rasionalizatorlik tavsiflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi; • korxonalar va ishalb chiqarish birlashmalari boshqaruvining avtomatlashtirilgan sistemasining iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodikasi; • boshqaruvning kompyuterlashtirilgan tizimining samaradorligini aniqlash metodikasi; • mehnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni MIT bo’yicha tadbir-choralarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi; • atrof-muhitni muhofaza etish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash uchun vaqtinchalik metodika.

Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: MU = M/V . Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga, ya’ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi degan ko’rsatkichdan ham foydalaniladi va unda ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. Agar kapital unumdorligini - KU deb, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini - K, mahsulot ni - M, yalpi daromadni -YaD bilan, foydani - F bilan belgilasak, quyidagi formulalar hosil bo’ladi:KU = M/K ; KU = YaD/K ; KU = F/K .Samaradorlikni aniqlashda bu ko’rsatkichlardan tashqari mahsulot ning mehnat sig’imi, material sig’imi, energiya sig’imi, degan ko’rsatkichlar ham qo’llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulot ning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.-T.:Sano Standart,2014 2.Maxmudov E.H. Korxona iqtisodiyoti. T: “O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi. Adabiyot jamg`armasi “ T. 2004. 3.N.X. Gulyamova. Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti. O`quv uslubiy qo`llanma. T.:


Download 53.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling