Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Download 1.1 Mb.
bet1/2
Sana10.06.2020
Hajmi1.1 Mb.
#117006
  1   2
Bog'liq
Algoritm va uning turlari

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI


Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanidan

R E F E R A T

Mavzu: Algoritm va uning turlari

Bajardi: 1C – 19 MET guruh talabasi, O’rinkulova B

Mavzu: Algoritm va uning turlari

Reja:


  1. Algoritm haqida umumiy tushunchalar.

  2. Algoritm turlari.

    1. Chiziqli algoritmlar

    2. Tarmoqlanuvchi algoritmlar

    3. Takrorlanuvchi algoritmlar



  1. Algoritm haqida umumiy tushunchalar.

Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.

Algoritm — maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. 

Algoritm so’zi Al – Xorazmiy nomining lotincha talaffuzidan kelib chiqqan bo’lib. Muxammad Muso Al-Xorazmiyning X asrda yaratilgan qo’llanmasida keltirilgan o’nlik sanoq sistemasida arifmetik amallarni bajarish qoidalari soddaligi tufayli yevropada ham o’nlik sanoq sistemasi qo’llanishiga turtki bo’ldi. Bu qoidalar tarjimasida xar bir qoida “Al-Xorazmiy aytadiki” deb boshlangan va bora-bora talaffuz tufayli algoritm tarzida ifodalanib kelgan. 

Hozirgi paytda algoritm sifatida biror masalani ishlash yoki biror ishni bajarish uchun qilinishi kerak bo’lgan tartiblangan chekli sondagi aniq bir qiymatli ko’rsatmalar ketma-ketligi tushiniladi. Algoritm tushunchasi keng ma’noda tahlil qilish mumkin.

Masalan, biror manzildan boshqa manzilga borish uchun shahar transportidan foydalanib qanday borish mumkin, degan savolga biz ma’lum algoritm tavsiya qilishimiz mumkin. Pazandalik kitobida, masalan, palovni pishirish qoidasi keltiriladi. Bu ham o’ziga xos algoritm hisoblashlar ishlanadigan masala algoritmini biz hisoblash algoritmi deymiz.

Biz asosan hisoblash algoritmlari haqida so’z yuritamiz. Algoritmlarga xos bo’lgan belgi va talablarni sanab o’tamiz. Har qanday algoritm quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo’lishi kerak: 

Determinantlik sifati

Berilgan boshlangich qiymatlarda bir qiymatli javob olinishi; 



Ommaviylik sifati

Ma’lum turdagi masalalar uchun turli boshlangich qiymatlarda yechim olish mumkin bo’lishi; 



Diskretlilik sifati

Algoritmni EHM(Elektron Hisoblash Mashinalari) yoki inson tomonidan bajarilishi mumkinligi shubxasiz bo’lgan ayrim-ayrim sodda bosqichlarga bo’lish mumkinligi. 



Natijaviylik sifati

Har qanday boshlangich qiymatlarda ham javobning mavjudligi, bunda «bu holda yechim yo’q» singari axborot ham algoritmning ishlash natijasi deb qabul qilinadi;



Aniqlilik Ijrochiga bеrilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda bo’lishi zarur.

Keltirilgan sifatlardan kelib chiqqan xolda algoritmni ifodalash va bajarish qoidalari xaqida so’z yuritish mumkin. Amaliyotda algoritmni ifodalashning uchta asosiy usullari fodalaniladi. Bular matnli ko’rinishi, sxematik(grafik) ko’rinishi, biror algoritmik tildagi (dasturiy) ifodasi.

Algoritmlarni so’zlar, formulalar, jadvallar, grafik shakllar va algoritmik tilda ifodalash mumkun.

Algoritm nima uchun zarur?

Dasturlash nuqtai nazaridan olib qaraganda, biror-bir real jarayonni avtomatlashtirish yoki muammoli vazifani xal etish uchun zarur bo’lgan dasturiy maxsulotni yaratish uchun ish dastur kodini yaratishdan boshlanmay, dasturning puxta algoritmini yaratib olishdan boshlanadi. Tegishli talablarni o’rganib chiqqan dasturchi o’zining yoki guruhiga oid boshqa dasturchilar bilan birga dasturni yaratilish algoritmini yaratish ustida ishlarni olib boradi. Bunda asosiy jixat algoritmni tayyorlayotgan dasturchilar va boshqa mutaxassislarning dunyoqarashi va bilim darajasi xisoblanadi. Algoritmni yaratish jarayoni xuddi bir manzildan ikkinchi manzilga qanday qilib ishonchli, kam quvvat sarflab ham tez yetib olishga erishish uchun yo’l xaritasini tuzib chiqishga o’zshaydi. Bunda yo’lda yuz berishi mumkun bo’lgan xar qanday vaziyat e’tiborga olinishi va zaruriy choralar ko’rish uchun imkoniyatlar yaratilishi zarur.

So’zli – formulalar orqali ifodalash.

Bunda algoritmning yaratilishi so’zlar va formulalar orqali ifodalanadi.

Masalan:


«Xonaning maydonini qanday xisoblash mumkun?» algoritmi.

  1. Xonaning eni o’lchanadi(a)

  2. Xonaning uzunligi o’lchanadi (b)

  3. Xonaning eni uning bo’yiga ko’paytiriladi (a * b)

  4. Javob: xonaning maydoni (S)

Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishi.

Dasturlashni endigina boshlagan yosh dasturchilar avvalo dastur algoritmlarini berilgan shartlar asosida blok-sxemalar ko’rinishida ifodalashdan boshlashadi. Bu o’z navbatida dasturchilarga dasturning butun hayotiy siklini tasavvur etish, taxlil qilish, maqbul takliflar yaratish va eng qulay yo’l orqali natijaga erishishga ko’maklashadi.

Blok – sxema elementlari.






Belgilanishi

Tafsifi

1



Algoritmning boshlanishi yoki tugallanishini bеlgilaydi

2



Argument uchun ma’lumotlarni kiritish yoki natijalarni ekranga chiqarishni bеlgilaydi.

3



Jarayon. Bir yoki bir nеchta amallarni bajarilishi natijasida ma’lumоtlarning o’zgarishi

4



Shartni tekshirish. tarmoqlar bo’yicha biri «ha», ikkinchisi «yo’q» yo’nalishlarni bеradi.

5




Blоklar оrasidagi bоg’lanishlarni tasvirlash


  1. Algoritm turlari.

    1. Chiziqli algoritmlar

Algoritmlarni turlarga ajratishda ularning belgilangan vazifalarni qay tartibda bajarish ketma-ketligi asosida ifoda etishiga e’tibor qaratiladi. Bu mantiqni turlarning nomlanishidan yaqqol anglash mumkun.

Chiziqli algoritmlar – bir marotaba, tartibli o’zaro ketma-ketlikda bajariluvchi buyruqlar to’plami.

Masala: To’g’ri to’rtburchakning ikki tomoni (a,b) berilgan. To’g’ri to’rtburchakning perimetrini toping?



  1. Berilganlar: To’g’ri to’rtburchakning balandligi a, eni esa b

Toppish kerak : To’g’ri to’rtburchakning perimatri P ni

  1. Matematik modeli: P=a+b+a+b

To’g’ri to’rtburchakning ikkita yonida balandligi va ikki tomonida eninig uzunligi mavjud.









2.1-rasm. Chiziqli algoritmni blok-sxemada ifodalash



    1. Download 1.1 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling