Ismoilov G'anisher Turobjon o'g'li 1995-yil Andijon viloyati Baliqchi tumanida o'qituvchi oilasida tug'ilgan. Millati o'zbek. Ma'lumoti tugallanmagan oliy


Download 16.42 Kb.
Sana16.02.2023
Hajmi16.42 Kb.
#1203588
Bog'liq
tavsifnoma


Namangan davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat yo'nalishi 3-bosqich talabasi Ismoilov G'anisher Turobjon o'g'liga
TAVSIFNOMA
Ismoilov G'anisher Turobjon o'g'li 1995-yil Andijon viloyati Baliqchi tumanida o'qituvchi oilasida tug'ilgan. Millati o'zbek. Ma'lumoti tugallanmagan oliy.
G'. Ismoilov 2014-yilda NamDU qoshidagi 1-akademik litseyni tamomlagan. 2015-yil Namangan davlat universiteti Jismoniy madaniyat yo'nalishiga to'lov shartnomasi asosida o'qishga tavsiya etilgan.
G'. Ismoilov o'zining a'lo o'qishi, tirishqoqligi, mehnatsevarligi, barcha bilan tez til topisha olishi, berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida sidqidildan bajarishi va universitetda tashkil etiladigan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtiroki bilan fakultet professor o'qituvchilari hamda talabalarining hurmati va e'tiboriga sazovor bo'ldi.
Ismoilov G'anisher Turobjon o'g'li universitetda tahsil olishni boshlagan dastlabki kunlaridan, Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, Yengil atletika va Ingliz tili fanlarini chuqur o'rgana boshladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, Yengil atletika va Ingliz tili fanlaridan tashqari Falsafa, Iqtisodiyot nazariyasi. O'zbekiston tarixi. Ekologiya, Sport mahoratini oshirish kabi fan soxalarini ham mukammal egallashga xarakat qilib kelmoqda. Egallagan bu bilimlar natijasi o'laroq, talaba Xalqaro va Respublika miqyosida bir qator nashrlarda 20 dan ortiq maqolalari, Xalqaro va Respublika miqyosida bir qator fan olimpiadalarida qatnashib kelmoqda.
G'. Ismoilov o'zining intilishlari bilan O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi va hamkor tashkilotlar tomonidan o'tkazib kelinayotgan turli xil ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, 2017-yil «Yil talabasi 2017» tanlovida universitet bosqichida, «Yosh kitobxon» respublika ko'rik tanlovi viloyat bosqichida , 2018-yil talabalar fan olimpiadasining respublika bosqichifa hamda universitetimizda o'tkazib kelinayotgan bir qator tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Yuqoridagilarga asoslanib, Ismoilov G'anisher Turobjon o'g'li bilimi, tirishqoqligi, intilishlari bilan bildirilayotgan ishonchni to'la oqlaydi. Mustaqil davlatimiz ilmiy salohiyatiga o'zining munosib xissasini qo'shadigan mutahassis bo'lib yetishadi – deb ishonch bildiraman va uning nomzodini Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etishi uchun tavsiya etaman.

Namangan davlat Universiteti


Jimoniy madaniyat fakulteti dekani: p.f.n doktor G'. Abdullayev
Download 16.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling