Isoqjonov temur i-83 guruh talabasi


Download 16.65 Kb.
Sana13.05.2022
Hajmi16.65 Kb.
#668221
Bog'liq
ISOQJONOV TEMUR
Гидрогеология ва муханўдислик геологимяси фанидан тест, 1-мавзу, Oraliq nazorat 3-kurs NAvoiyshunoslik, Columbus University, Beauty is in th-WPS Office, 4.-Иситма-патофизиологияси, мустақил таълим мавзулари, Scholarship Offer Letter, Loyiha tahlili mohiyati 111

ISOQJONOV TEMUR I-83 GURUH TALABASI
25-VARYAND
1. Institutlar qanday ishlayotganligini, nima uchun ular asrlar mobaynida mavjud bo‘lishi va rivojlanishini, ularning “hayotiyligi” yoki barqarorligini tushunish uchun institutsional o‘zgarishlarga olib keluvchi sabablarni o‘rganib chiqish lozim. Jamiyatning rivojlanish jarayonida institutlar shaklining o‘zgarishi ro‘y beradi. Agar rasmiy qoidalarni u yoki bu qonun, farmonni qabul qilib o‘zgartirish mumkin bo‘lsa, an’analar va urf-odatlarda ifodalanadigan norasmiy cheklovlarni bir kunda o‘zgartirib yoki tugatib bo‘lmaydi. Ular yana uzoq vaqt amal qilishda va jamiyat rivojiga ta’sir ko‘rsatishda davom etadi. Biroq, institutsional tizimning o‘zida doimiy ravishda o‘zgarishlarga ehtiyoj sezilib bo‘lib turadi. T.Veblenning ta’kidlashicha, institutsional o‘zgarishlarning asosiy sababi shakllangan institutlar bilan o‘zgargan sharoitlar, tashqi muhit o‘rtasidagi o‘zaro nomuvofiqlik hisoblanadi. Nort institutsional o‘zgarishlar subyekti sifatida yakka tartibdagi tadbirkorni, institutsional o‘zgarishlar manbai sifatida esa narxlar nisbatidagi fundamental siljishlarni ajratadi. O‘zgarishlar mexanizmi quyidagicha: nisbiy narxlar tarkibidagi siljishlar ishlab chiqarish omillarining narxlari o‘rtasidagi narx ulushiga, axborot qiymatiga va texnologiyalardagi o‘zgarishlarga ta’sirni nazarda tutadi. Ushbu o‘zgarishlardan ayrimlari ekzogen xususiyatga ega (inqiroz, epidimiya va h.k.), biroq aksariyat o‘zgarishlar endogen xususiyatga ega bo‘lib, insonlarning joriy faoliyati kengayishi natijalarini aks ettiradi. Narxlar nisbatidagi fundamental o‘zgarishlar vaqt o‘tishi bilan xatti-harakat eski odatlarining o‘zgarishiga va insonlar tomonidan xatti-harakat standartlarini hosil qiladigan omillarning anglab yetilishiga olib keladi. Biroq, narxlar o‘zgarishining g‘oyalarga ta’siri darajasi to‘g‘risidagi masala hozircha kam o‘rganilganligicha qolmoqda.

2. Tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash mezonlari sifatida quyidagi yondashuvlar qo‘llaniladi:


1. Mulkiy huquqlarning tafsirlanish (aniq va bir xil ma’noda belgilanish) darajasi.
2. Egalik qilish va qoldiq qiymatni olish huquqlarining iqtisodiy subyektlararo taqsimlanishi.
3. Huquqlar to‘plami doirasini o‘zgartirishga nisbatan cheklovlar mavjudligi.
4. Mulkiy huquq triadasining turli iqtisodiy subyektlarga («Prinsipal» va «agent») tegishliligi.
5. Xatarlarni bo‘lish va o‘tkazish darajasi.
6. Kapitalni jamg‘arish darajasi.


3. Mikrodarajada transaksiya xarajatlarini tahlil qilishga nisbatan Kouz-Uilyamson yondashuvi transaksion yondashuv, deb yuritilsa, makrodarajada Nort yondashuvi transformatsion yondashuv, deb yuritiladi Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, dastlab transformatsiya xarajatlarini o‘rganish ishlab chiqarish nazariyasi doirasida olib borilgan va xarajatlarning ushbu turi ko‘pincha ishlab chiqarish xarajatlari – materialni jismoniy o‘zgartirish, buning natijasida muayyan qiymatga ega bo‘lgan mahsulot olinadigan jarayonidagi xarajatlarga tenglashtirilgan. Ushbu xarajatlarga nafaqat materialga ishlov berish xarajatlari, balki ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq xarajatlar ham kiritilgan. Shunday qilib, bunday talqin etishda transformatsiya xarajatlari tushunchasi keng ma’no kasb etadi, chunki ushbu ishlab chiqarish xarajatlariga ularni faqatgina shartli ravishda ishlab chiqarish xarajatlari, deb atash mumkin bo‘lgan transformatsiya xarajatlari ham kiradi. Mazkur holatda transformatsiya xarajatlari muayyan mahsulotni ishlab chiqarish bilan emas, balki institutsional tizimni o‘zgartirish bilan bog‘liq. Shunday qilib, transformatsiya xarajatlariga quyidagi umumiy ta’rifni berish mumkin: transformatsiya xarajatlari – bu eski institutlarni tugatish, iqtisodiy tizimda yangi institutlarni shakllantirish (yoki import qilish) va moslashtirish bilan bog‘liq xarajatlar. Bular tarkibiga nafaqat yuqorida sanab o‘tilgan xarajat turlari, balki yangi institutlar, shu jumladan yangi tadbirkorlikni tashkil etish va bu faoliyatni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ham kiritish mumkin.
Download 16.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling