Ispring dasturi


Download 3.28 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi3.28 Kb.
#1766817
Bog'liq
Ispring dasturi-fayllar.org


Ispring dasturi

ISPRING DASTURI




Ispring free qanday dastur?
Dastur orqali foydalanuvchilar Flash - roliklar, YouTube - videoresurs-larni Power Point taqdimot slaydlariga joylashtirishi mumkin. Dasturning asosiy afzalligi shundaki, Power Point dasturida yaratilgan taqdimot fayli hajmini 97 foizgacha siqish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, bu dastur o‘quv kursini offlayn tarzda istalgan kompyuterda, android telefonlarida foydalanish uchun ilova dasturi ko‘rinishida saqlab beradi.
iSpring Free dasturini istalgan soha vakili internetdan tekin yuklab olish imkoniyatiga ega. Mazkur dasturdan tashqari imkoniyati ko‘proq bo‘lgan iSpring Suite dasturi ham mavjud. Uning yordamida yuqori darajada sifatli elektron o‘quv qo‘llanmasi yaratish mumkin. Ya’ni, QuizMaker orqali elektron nazorat testlari, so‘rovnomalar, iSpring Dialog Trainerda tarmoqlangan dialogli elektron kurslar, iSpring Visuals orqali esa 3D formatdagi kitoblar yaratish imkoni bor.
iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud: • tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati; • taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati; • taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»; • video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi); • masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish; • taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API; • videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish; • YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.

EAT resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin. iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud: • birоr-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy, ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish; • vaqt shkalasini yaratish; • 3 o‘lchovli kitob yaratish; • FAQ yaratish mumkin.



iSpring Kinetics dastur imkoniyatlari

EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin. iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud: • tаrmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati; • ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari; • bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari; • ochiq test topshiriqlari; • o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar;


http://fayllar.org
Download 3.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling