Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 410.82 Kb.
bet1/2
Sana04.03.2020
Hajmi410.82 Kb.
  1   2

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Nashr etilgan: 12/09/2019

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–4126-son qarorini samarali amalga oshirish maqsadida:



  1. Vazirlar Mahkamasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi hisoblanuvchi O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligini (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash;

iste’molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash;

aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish;

iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish;

tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

iste’mol bozorini, davlat tomonidan narx-navosi tartibga solinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) narxlarning dinamikasi va narx shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.



  1. Quyidagilar:

Agentlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 38 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

2019-2020 yillarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda – Qo‘mita) hududiy boshqarmalariga ularning tashkiliy tuzilmasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalarini tashkil etish uchun qo‘shimcha 142 nafar shtat birligi ajratilsin.

Belgilansinki, Agentlik va Qo‘mita hududiy boshqarmalarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari shtat birliklari 2019 yilda tegishli vazirlik va idoralar, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini maqbullashtirish hisobidan jamlanadi.

  1. Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin:

  2. a) chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini o‘tkazish, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) o‘tkazilishini tashkil qilish;

  3. b) iste’molchilardan ariza va shikoyatlar tushgan hollarda iste’molchilar huquqlariga rioya qilinishini o‘rganish;

  4. v) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari mavjud bo‘lganda, tadbirkorlik sub’ektlarida (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) tekshirishlar o‘tkazish;

  5. g) iste’molchilarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yaroqlilik muddati, saqlash va xizmat ko‘rsatish muddatini buzgan holda realizatsiya qilish holati aniqlanganda:

o‘z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish

va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, tashkilot, muassasa va korxonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi alomatlari aniqlanganda materiallarni vakolatli organlarga, shuningdek, tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning (ruxsat beruvchi hujjatlarning) amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish (bekor qilish) to‘g‘risidagi masalasini hal etish uchun tegishli organlar va tashkilotlarga yuborish;

iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash uchun sudlarga arizalar bilan murojaat qilish;



  1. d) davriy bosma nashrlar, kitob mahsulotlari nazorat nusxalari, tele va radiodasturlar efirlarida joylashtirilgan hujjatli materiallar, reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatishga oid materiallarni bepul olish.

Agentlik va Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.

  1. Belgilansinki:

Agentlik ta’minoti O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish haqida Agentlik vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar hamda mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ijro etish uchun majburiydir;

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mansabdor shaxslar, shuningdek, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Agentlikning talabiga binoan unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart;

Agentlik tugatilgan O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish yo‘nalishidagi barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Agentlikka Qo‘mita raisining taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan

va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;

Agentlik direktorining o‘rinbosari Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Agentlik direktori mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmatlaridan foydalanish sharoitlariga ko‘ra vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;

Agentlik xodimlariga nisbatan Qo‘mita xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari va tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi qo‘llaniladi.


  1. Agentlik direktoriga Qo‘mita raisi bilan kelishilgan holda:

zarur hollarda, Agentlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga Agentlik boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;

Agentlik boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan soni bo‘yicha takliflar kiritish;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qo‘mitaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ish haqi miqdori hamda boshqa to‘lovlarni belgilash orqali malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodim va maslahatchi sifatida jalb qilish;

Agentlik xodimlari uchun, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’iy nazar, Qo‘mitaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, ular egallagan asosiy lavozimi bo‘yicha lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar belgilash.



  1. O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

va Agentlik:

  1. a) O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O’zstandart” agentligi bilan birgalikda 2020 yil 1 fevralga qadar “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda nodavlat notijorat tashkilotlari huquqlarini, iste’molchilar huquqlarining buzilishi holatlari aniqlanganda Agentlikning ushbu tashkilotlar bilan hamkorligini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) mustaqil ekspertizasini o‘tkazish mexanizmini nazarda tutsin;

  2. b) O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu Farmonga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.



  1. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.G’ulomov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh.MIRZIYoYeV

Toshkent shahri,                                                                     2019 yil 11 sentabr



O’zA

U Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzurida faoliyat koʻrsatadi va reklama bozorini tartibga solish bilan ham shugʻullanadi. Davlat rahbarining tegishli Farmoni 11 sentyabrda imzolandi.

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda – Qoʻmita) hududiy boshqarmalarida esa iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari tashkil etiladi. Buning uchun ularga 142 nafar boshqaruv хodimlari ajratildi. Agentlik va boshqarmalar shtati 2019 yilda tegishli vazirlik va idoralar, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari хodimlarini maqbullashtirish hisobidan jamlanadi.



 

Agentlik – tugatilgan Davlat raqobat qoʻmitasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish yoʻnalishidagi barcha huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:



  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash;

  • iste’molchilarning tovarlar (ishlar, хizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi toʻgʻrisidagi haqqoniy va toʻliq ma’lumotlarni, shu jumladan, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash;

  • aholining iste’molchilik bilimi va savodхonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam koʻrsatish;

  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, хizmatlar) хavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish;

  • iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish;

  • tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga va notoʻgʻri reklamaning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish;

  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

  • iste’mol bozorini, davlat tomonidan narх-navosi tartibga solinadigan tovarlarga (ishlarga, хizmatlarga) narхlarning dinamikasi va narх shakllanishi meхanizmlarini oʻrganish;

  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari boʻyicha хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

 

Muassasa chakana savdo va хizmat koʻrsatish shoхobchalarida tovarlar va хizmatlarning nazorat хaridini oʻtkazadi, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) oʻtkazadi. Iste’molchilardan tushgan ariza va shikoyatlar oʻrganiladi. Shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari mavjud boʻlganda, tadbirkorlik sub’yektlarida (moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda) tekshirishlar oʻtkazish ham uning vakolatlariga kiradi.

 

Iste’molchilarga tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yaroqlilik muddati, saqlash va хizmat koʻrsatish muddatini buzgan holda realizatsiya qilish holati aniqlanganda, Agentlik:



  • oʻz vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, tashkilot, muassasa va korхonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;

  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi alomatlari aniqlanganda materiallarni vakolatli organlarga, shuningdek, tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning (ruхsat beruvchi hujjatlarning) amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish (bekor qilish) toʻgʻrisidagi masalasini hal etish uchun vakolatli organlarga yuboradi;

  • iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini buzgan shaхslarga nisbatan huquqiy ta’sir koʻrsatish choralarini qoʻllash uchun sudlarga arizalar bilan murojaat qiladi. Bunda Agentlik va Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari davlat boji toʻlashdan ozod qilingan.

 

Agentlik rahbari – direktor - Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi undan ozod etiladi. Mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmatlaridan foydalanish sharoitlariga koʻra vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi. Direktor oʻrinbosarini Qoʻmita raisi lavozimga tayinlaydi va undan ozod etadi. Agentlik хodimlariga nisbatan Qoʻmita хodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari va tibbiy хizmat koʻrsatish tartibi qoʻllaniladi.

 

Oleg Zamanov

Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/istemolchilar_huquqlarini_himoya_qilish_agentligi_tashkil_etilmoqda




1-yanvar – Jahon savdo tashkiloti tuzilgan kun. Bu tashkilot O‘zbekistonga nima berishi mumkin?

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston iqtisodiy va demokratik islohotlarni yanada tezlashtirish yo‘lidan borib, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi haqida gapirdi. Bu haqda o‘zbek matbuoti yoza boshladi, ammo kutilmaganda bu tashkilotni yaxshi biladigan tahlilchilar yo‘qligi ko‘rinib qoldi – matbuot xabarlar bilan cheklandi, tahliliy materiallar va prognozlar taqdim etilmadi. Bu kamchilikni qisman to‘ldirish maqsadida “Daryo” kolumnisti Jahongir Ergashev Jahon savdo tashkiloti haqida katta material tayyorladi. 1-yanvar – tashkilot tuzilgan kun. Material shu kunga bag‘ishlab tayyorlandi.

1995-yilning 1-yanvarida tashkil etilgan Jahon savdo tashkiloti Ikkinchi jahon urushidan keyin tuzilgan Savdo va soliqlar to‘g‘risidagi bosh bitimning davomchisi bo‘ldi.



Foto: AP


1998-yilda Jenevada bosh bitimning oltin yubileyi nishonlandi. Bosh bitim 50 yil mobaynida xalqaro mahsulot ayriboshlashning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qildi. Tashkilot o‘zini oqladi. Ikkinchi jahon urushi yakunlangach, dunyo savdosi misli ko‘rilmagan tarzda oshdi. Mahsulot eksporti yiliga 6 foizga o‘sdi. Natijada xalqaro jamoatchilik turli darajadagi moliyaviy tashkilotlarning sa’y-harakati natijasida 1986–1994-yillar davomida olib borilgan Urugvay muzokaralari natijasida Butunjahon savdo tashkiloti tashkil topdi.

Jahon savdo tashkilotining tarkibiy tuzilishi

Tashkilot ham iqtisodiy, ham turli ko‘rinishdagi savdo bitimlarini aks ettirgan huquqiy hujjatdir. 1994-yildagi mahsulotlar savdosi haqidagi bitim, xizmatlar savdosi haqidagi bosh bitim, aqliy mulk haqidagi bitim Butunjahon savdo tashkilotining tarkibiy qismlari sanaladi.

Savdo tashkilotining barcha bitimlari a’zo mamlakatlarning parlamentlari tomonidan tasdiqlangan.

Tashkilotning asosiy vazifalari xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini ta’minlash, iqtisodiy o‘sish va insonlar farovonligini oshirishdir. Tashkilot ishtirokchi davlatlar ko‘p tomonlama qabul qilingan bitimlarga amal qilishini nazorat qilish, savdo muzokaralari o‘tkazish, savdo nizolarini tashkilot tamoyillariga asoslangan holda hal etish, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish va davlatlarnng milliy iqtisodiyotini tavsiflash orqali yuqorida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshiradi.



Tashkilot tarkibi

Tashkilotda qarorlar ishtirokchi mamlakatlar yordamida konsensus – umumiy ovoz berish orqali qabul qilinadi. Nizomda qaror ko‘pchilik ovozlar evaziga qabul qilinishi belgilab berilgan bo‘lsa-da, hozirda bunday voqea tashkilot tarixida yuz bermadi. Qarorlar qoidaga binoan ikki yilda bir marta chaqiriladigan Vazirlar konferensiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Vazirlar konferensiyasi bosh kengashni yo‘naltirib, bosh kengashni borayotgan ishlar borasida javobgar hisoblanadi va yig‘inlarini tashkilotning shtab-kvartirasi joylashgan Jeneva shahrida bir yilda bir necha marta chaqiradi. Yig‘ilishlarda tashkilotga a’zo mamlakatlar vakillari, elchilar ishtirok etadi. Bosh kengash qoshida ikkita maxsus organ nizolarni hal etish va savdo siyosati tahlillari bilan shug‘ullanadigan organlar kiradi.

Bundan tashqari, bosh kengash takibida savdo va rivojlanish bo‘yicha qo‘mita, savdo balansi borasida cheklovlar o‘rnatuvchi qo‘mita va budjet, moliya va ma’muriy masalalar bilan shug‘ullanadigan qo‘mita faoliyat yuritadi.

Bosh kengashdan quyi pog‘onada yana uchta kengash faoliyat yuritadi, bularga tovarlar savdosi bo‘yicha kengash, xizmatlar savdosi bo‘yicha kengash va aqliy mulk huquqi bo‘yicha kengash kiradi.

Shuningdek, Jahon savdo tashkiloti qoshida ixtisoslashtirilgan qo‘mita va ishchi guruh faoliyat yuritadi. Bularning asosiy vazifasi atrof muhit himoyasi masalasi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi muammolarni o‘rganuvchi idora, tashkilotga a’zo bo‘lish istagidagi mamlakatlar bilan shug‘ullanuvchi idora va mintaqiviy savdo bitimlari bilan shug‘ullanuvchi idoralar kiradi.

Jahon savdo tashkiloti bosh kotibiyati Jeneva shahrida joylashgan bo‘lib, u yerda 500 xodim faoliyat olib boradi. Kotibiyat qaror qabul qilmaydi, chunki barcha qarorlar a’zo mamlakatlarning o‘zi tarafidan qabul qilinadi. Kotibiyatning asosiy vazifalari tashkilot yig‘inlariga tashkiliy va texnik masalalarda yordam berish, jahon savdosi tahlillarini yuritish va tashkilot haqida jamoatchilikka tushuntirish berishdan iborat. Kotibiyat, shuningdek, bahslashayotgan a’zo mamlakatlarga huquqiy yordam berish ishlari bilan ham shug‘ullanadi.

Jahon savdo tashkilotining asosiy tamoyillari va bitimlari

Tashkilotga a’zo mamlakatlar teng huquqlilik asosida savdo sohasida o‘zaro sherikchilik qiladi. A’zo mamlakatlar adolat tamoyillariga asoslangan holda eksport va import borasida shartnoma imzolaydi.

Mahsulotlar: savdo va tariflar borasidagi bosh bitim oldi-sotdi munosabatlarida asosiy qoidadir. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi savdo, mahsulotlar standarti borasidagi talablar, subsidiya berish, demping siyosatiga qarshi harakat kabi qoidalar bosh bitimni to‘ldiruvchi hujjatlar hisoblanadi.

Xizmatlar: xizmatlarning erkin eksporti va importi talablari Xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimda belgilab qo‘yilgan. Xizmat ko‘rsatish borasida har bir mamlakat uchun o‘ziga xos imkoniyat va cheklovlar belgilangan. Xizmat ko‘rsatish borasida nizo yuzaga keladigan bo‘lsa, nizo muzokaralar yordamida hal etiladi.

Aqliy mulk huquqi. Tashkilotning bosh bitimiga muvofiq savdo operatsiyalari amalga oshirilayotgan paytda aqliy mulk huquqi himoya qilinadi. Aqliy mulkka mualliflik huquqi, savdo markalari, mahsulotlarni nomlashda ishlatilgan logotiplar, sanoat modellari, integral mikrosxemalar topologiyasi va savdo sirlari kiradi.

Bahslarni hal etish: nizolarni hal etish jarayonlari va qoidalari haqidagi bitimga muvofiq davlatlar o‘rtasidagi konsultatsiya, muzokaralar yordamida amalga oshiriladi. Nizolarni hal qilib bo‘lmaydigan vaziyat yuzaga kelsa, bosqichma bosqich belgilab qo‘yilgan jarayondan o‘tish, ekspertlar guruhining qarorini olish va apellyatsiya berish mumkin. Bu jarayon hozirda ko‘p holatlarda o‘zini oqlab kelmoqda. Tashkilot tuzilganidan beri unga 490 ta shikoyat kelib tushgan. Shulardan 93 tasini konsultatsiya darajasida hal etishga erishilgan; faqatgina to‘rtta shikoyatga qarshi chora ko‘rish orqali hal qilishga erishilgan. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari AQSh va Argentinadan Yevropa hududiga GMO mahsulotlarini olib kirishni taqiqlash borasida tashkilotga shikoyat qilgan. Uch yillik o‘rganish natijasida taqiq noqonuniy deb topilgan. Lekin AQSh va Argentina hukumatiga eksport qilayotgan mahsulotlar tarkibida GMO mavjudligi haqida ma’lumotni qayd etish lozim degan talab qo‘yilgan.



Tashkilot savdo tizimining afzalliklari

Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish, a’zo mamlakatlarga iqtisodiy manfaat keltiradi. Tashkilotga a’zo bo‘lishning ijobiy jihatlari quyidagilar:

- iqtisodiy manfaat eng avvalo o‘zaro mahsulot ayriboshlash yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlashga sharoit yaratadi;

- mamlakatdagi ijtimoiy va siyosiy vaziyatga iqtisodiy nizolar tinch yo‘l bilan hal etilishi evaziga ijobiy ta’sir qiladi;

- aholi turmush darajasini yaxshilanishiga turtki beradi, insonlarga sifatli mahsulot iste’mol qilish imkonini yaratadi;

- liberal savdo mamlakat va alohida vatandoshlarning daromadlarini oshiradi;

- mehnat bandligi sohasida ijobiy ta’sir qiladi;

- savdo sohasidagi ortiqcha xarajatni kamaytiradi;

- iste’molchilar uchun tanlash imkoni berib, eksport qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mahsulotlar tannarxini tushirishga xizmat qiladi;

- milliy ishlab chiqarish hajmini oshiradi, budjetga pul tushumlarini ko‘paytiradi;

- tovar ayriboshlanishi texnologiyalar rivojiga hissa qo‘shadi.

Oxirgi paytlarda O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi haqida gaplar tarqamoqda. Nima ham derdik, O‘zbekiston tashkilotga qo‘shiladigan bo‘lsa, bu avtomobil sanoatidagi proteksionizm siyosatidan voz kechilishiga, monopoliya tugatilishiga va aholi turmush farovonligi oshishiga umid baxsh beradi.



Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Hozirga kunda, O‘zbekiston oldida Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishdek muhim vazifa turibdi. Ayni paytda, mamlakat bu boradagi muzokaralarni faollashtirishga kirishish bosqichida.



Shu munosabat bilan Biznes-Daily muxbiri mustaqil ekspert, JST masalalari bo‘yicha huquqshunos Umida Haqnazarga bir necha savol bilan murojaat etdi.

Foto: Biznes-Daily

Avvalo, Jahon savdo tashkilotining asosiy vazifasi, maqsadi, uning faoliyat tamoyillari haqida to‘xtalsangiz.

— Jahon savdo tashkiloti mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo muloqotlarini o‘tkazish va bu boradagi nizolarni hal etish imkoniyatini beruvchi global maydon hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning 164 ta davlati unga a’zo. BMT mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarni, Jahon savdo tashkiloti esa ular o‘rtasidagi savdo munosabatlarini tartibga soladi. Shu bilan birga, JSTda BMT va boshqa xalqaro institutlardan farqli o‘laroq, a’zo mamlakatlar tomonidan majburiy ravishda rioya etiladigan xalqaro savdo qoida va tamoyillaridan tashqari, savdo tartiblarini samarali qo‘llash va o‘zaro nizolarni hal etish mexanizmi mavjud. Tashkilotning asosiy xalqaro savdo tamoyillari haq-huquqlar cheklanmagan va halol raqobat qoidalaridan iborat. Agar adolatli raqobat qoi­dasi buzilsa, savdoda ham xatoliklar bo‘ladi. Barcha a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan qoida va tamoyillar esa, savdodagi ehtimolliklarni kafolatlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi hamda, qulay investitsiya va sog‘lom raqobat muhitini yaratadi. Tashkilotga a’zo bo‘lgach, ko‘pgina rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda taraqqiy topgan davlatlar bilan teng huquqda savdo muzokaralarida ishtirok etish va muammolar yuzasidan murojaat qilish imkoniyati paydo bo‘lgan. Albatta, bu jarayon mazkur mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini oshirishga yordam bergan. Umuman, JSTning asosiy vazifalari manfaatdor a’zo davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama savdo muzokaralarini o‘tkazish, savdodagi nizolarni bartaraf etish, a’zo mamlakatlar milliy savdo siyosatini monitoring qilish, boshqa ixtisoslashgan xalqaro muassasalar bilan hamkorlik olib borishdan iborat.

Yaqinda JST bo‘yicha xalqaro ekspert Yovan Yekich mamlakatimizga tashrifi davomida davlat idoralari va biznes vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan seminarda qilgan ma’ruzasida hozirgacha mazkur tashkilot fao­liyatiga doir shakllangan ayrim fikrlar unchalik to‘g‘ri emasligini aytdi. Siz bu haqida nima deya olasiz?

— Bu fikrlarga qo‘shilaman. JST xususida ko‘pgina yanglish va xato tasavvurlar borligi, haqiqat. Bu, asosan, mazkur tashkilot haqida axborotning yetarli emasligi, qoidalarining qanday ishlashini bilmaslik oqibati bo‘lib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan mulohazalardan iborat. Masalan, eng ko‘p tarqalgan fikrlardan birida JSTga a’zo bo‘lgach, barcha import bojlari avtomatik ravishda pasayishi, import mahsulotlari oqimining birdaniga ko‘payishi, natijada mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarar keltirishi ta’kid­lanadi. Aslida, unday emas. Tariflarning belgilangan darajasi bu, avvalo, o‘tkaziladigan muzokaralar natijasiga bog‘liq. A’zo bo‘layotgan davlat tariflar bo‘yicha o‘zining dastlabki takliflarini berganidan keyin o‘zaro muzokaralar tomonlarni qiziqtiruvchi aniq tovar pozitsiyalari bo‘yicha olib boriladi. Ba’zi tovar pozitsiyasi bo‘yicha tariflar muzokaralargacha qo‘llanilganidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Masalan, Qirg‘iziston JSTga a’zo bo‘lish chog‘ida to‘qimachilik importi uchun bog‘liqlik darajasini bu paytgacha qo‘llanilib kelingan 10 foiz­dan 18 foizga ko‘tarishga erishgan. Bu mamlakat shu kabi bir qator ta’sirga ega tovarlarni hisobga olgan. Bunday misollarni yuqoridagi fikrlarning noto‘g‘ri ekanligini, ular ekspertlarning emas, balki eshitgan gapini haqiqat sifatida qabul qiladigan odamlarning tasavvurlaridan boshqa narsa emasligini isbotlovchi dalillar deyish mumkin.

Tashkilotga a’zo bo‘lgach, qishloq xo‘jaligi sohasini subsidiyalash taqiqlanishi oqibatida bu tarmoq rivojlanishdan to‘xtashi bilan bog‘liq fikrlar ham kuchli asosga ega emas. To‘g‘ri, subsidiya sanoat tovarlariga man qilingan. Fan va tadqiqotlar, ta’lim yo‘nalishiga esa subsidiya bemalol beriladi va hatto bu ma’qullanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga esa bunday taqiq umuman yo‘q, faqat YaIMga nisbatan subsidiya hajmi chegaralangan, xolos. Rivojlangan mamlakatlar uchun YaIMning 5 foizi, rivojlanayotgan davlatlar uchun esa uning 10 foizi miqdorida subsidiya berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Markaziy Osiyo mintaqasi, chunonchi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga YaIMning nafaqat 10 foizi, hatto 5 foizi miqdorida ham subsidiya hech qachon berilmagan. Bunaqasi tushimizga ham kirmagan. Masalan, Tojikiston muzokaralar paytida qishloq xo‘jaligini YaIMning 8 foizi miqdorida subsidiyalashga kelishgan. Vaholanki, ushbu mamlakat tarixida bunday holat hali kuzatilmagan. O‘zbekistonning muzokarachilar guruhi tomonidan YaIMning 10 foizi emas, hatto 5 foizi miqdoridagi subsidiya qo‘lga kiritilsa ham bu katta yutuq bo‘ladi. Chunki, hozir davlat fermerlar mahsulotlariga bozor qiymatidan past narxda to‘laydi. JST qoidalari bo‘yicha esa subsidiya narxlar pasayishidan ko‘rilgan zararni qoplab berish demakdir.

Yana bir haqiqatdan yiroq fikr haqida. Unga ko‘ra, JST kichik va kambag‘al davlatlar uchun emas, u boy mamlakatlar klubi. Bir tomondan to‘g‘ri, JST moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlovchi xayriya yoki donorlik tashkiloti yoxud moliyaviy institut emas. Davlatlarning rivojlanganlik yoki rivojlanmaganlik darajasi esa JST tashkilotiga a’zolikka emas, balki iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy omillarga bog‘liq. Ammo, tashkilot a’zosi bo‘lgan har bir davlat teng ovozga ega ekanligi, qarorlar konsensus asosida qabul qilinishi bor gap. Agar tashkilot rahbar organining qarorini kichik davlat o‘z manfaatiga zid deb hisoblasa, uni inkor qilishi, kichik davlatning ham ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Xalqaro ekspertning ma’ruzasida “ta’sirchan tovar” iborasi ko‘p tak­rorlandi. U bilan bog‘liq jarayonning mazmuni haqida to‘xtalsangiz.

— A’zo bo‘lish jarayonida barcha a’zo davlatlar bilan tovarlarga tariflar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan muzokaralar o‘tkaziladi. Har qanday mamlakat iqtisodiyotida o‘zining alohida ahamiyat kasb etuvchi tarmoqlari mavjud. Nomzod davlat ayni shu sohalarga yuqori himoya tarifini mustahkamlashga harakat qiladi. Xuddi shunday tovarlar ta’sirchan tovar hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston uchun bunday tovarlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, meva-sabzavotlar bo‘lishi mumkin. Hozir ularning import solig‘i 150 foizni tashkil etadi (30 foiz poshlina, 100 foiz aksiz, 20 foiz qo‘shilgan qiymat solig‘i va 0,2 foiz bojxona rasmiylashtiriluvi) va bu juda yuqoridir. Tashkilotga a’zo davlatlar ushbu tarifni pasaytirishni talab qilishi mumkin. Muzokaralar esa, ayni shu bois o‘tkaziladi. Lekin ta’kidlash kerakki, bizda YaIMga va aholi bandligiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoq deyarli yo‘q. YaIMdagi asosiy ulush xomashyo sektoriga to‘g‘ri keladi. Qayta ishlangan sanoat mahsulotlari yoki xizmatlar eksporti kam va ularning YaIMdagi hissasi unchalik ahamiyatli emas. Shuning uchun, hozircha ta’sirga ega tovarlar yoki ularga yuqori tariflarni taklif etish haqida aniq gap aytish qiyin.

O‘zbekiston hozirda mazkur tashkilotning kuzatuvchisi hisoblanadi. Bu nimani anglatadi? Kuzatuvchilik maqomi keyinchalik a’zolikka qabul qilish jarayonining kechishiga biror ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi?

— Har qanday davlat JSTga a’zo bo‘lib kirmoqchi bo‘lsa, bu haqida, eng avvalo, ariza taqdim etadi. Shu kundan boshlab ushbu mamlakatga kuzatuvchilik maqomi beriladi. Muzokaralar jarayoni yakunlangach, a’zolikka olish bo‘yicha qaror qabul qilinadi va mamlakat tashkilotning to‘la huquqli a’zosiga aylanadi. Kuzatuvchi davlat a’zo mamlakatga beriladigan huquqqa ega bo‘lmaydi. Unda tashkilotning turli tadbirlarida ishtirok etish, tashkilot ma’lumotlar bazasiga kirish va, albatta, ovoz berish imkoniyati yo‘q.

Ushbu xalqaro tashkilotga a’zolikning O‘zbekiston uchun afzalliklari nimalardan iborat?

— Iqtisodiyotni taraqqiy toptirish uchun bozor mexanizmlarini rivojlantirish, xususiy sektorga imkoniyat yaratish, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni eksport qilish va ish o‘rni barpo etish kerak bo‘ladi. Bunday maqsadga erishishda esa mamlakatda tizimli islohotlarni o‘tkazish katta rol o‘ynaydi. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish ham bu borada muhim ahamiyat kasb etib, ishlab chiqarishni rivojlantirishda, eksportni o‘stirish va kengaytirishda, bozor islohotlarini davom ettirish barqarorligini ta’minlashda yordam berishi mumkin. Texnik tartibga solish, bojxona ma’muriyatchiligi, xizmat sohasidagi qonunchilik bo‘yi­cha institutsional islohotlar ishlab chiqarish, ilmiy-texnik rivoj­lanishning dunyo miqyosidagi jarayoniga integratsiya­lashuv imkoniyatini tezlashtiradi va osonlashtiradi. Bu ishbilarmonlik va raqobat muhitining yanada yaxshilanishiga olib keladi. JSTga a’zo bo‘lish alohida korxonalarga berilgan hammaga bir xil bo‘lmagan imtiyoz va tartiblarni bekor qilishni, korrupsiya darajasini kamaytirishni anglatadi. Xususiy sektor haqqoniy qoidalar bo‘yicha rivojlanadi. Masalan, paxta monopoliyasini bartaraf etish, fermer xo‘jaligiga nimani ekishni va bozor narxida sotishni erkin tanlash imkoniyatini beradi. Natijada yangi tarmoqlar vujudga keladi va, tabiiyki, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Tashkilotga a’zolik yangi mahsulot va xizmatlar bo‘yicha yangi standart va qoidalarni shakllantiradigan turli xalqaro tashkilot va bitimlarda ishtirok etishga yo‘l ochadi. Yurtimizda dunyo mamlakatlariga eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish sharoitini tug‘diradi.

Muhim vazifalardan biri muzokaralar jarayonini tashkillashtirishdir. Bu borada, birinchi navbatda, qaysi jihatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq?

— Eng avvalo, O‘zbekistonning muzokaralar guruhi tarkibiga JST muzokaralarining asosiy predmeti bo‘lgan masalalarga mas’ul turli vazirlik va idoralar vakillari kiritilishi darkor. Shuningdek, iqtisodiyot va savdo bo‘yicha vazir yoki vazir o‘rinbosari darajasida bosh muzokarachi tayinlanishi lozim. Muzokaralar barcha tovar nomenklaturasi va xizmatlar sektori bo‘yicha olib boriladi. Shu bois, muzokaralar guruhida iqtisodiyotda O‘zbekiston uchun zarur bo‘lgan tizimli islohotlarning mazmun-mohiyati haqida to‘liq tushuncha bo‘lishi lozim. Tovarlar bo‘yicha muzokaralarda a’zo mamlakatlar tomonidan import uchun hammaga bir xilda bo‘lmagan aksiz solig‘ini bartaraf qilish talabi qo‘yilishi tayin. Bunga e’tibor qaratish kerak. Shuningdek, tariflar bo‘yicha metodologiyani taqdim etish lozim bo‘ladi. Xizmatlar bo‘yicha muzokaralar qiyinroq kechishi mumkin. Axborot texnologiyalari bozoriga kirishdagi cheklovlarga barham berishga to‘g‘ri keladi. Chunki, barcha sektor va tarmoqlarning rivoji uchun aynan axborot texnologiyalari juda zarur. Muzokaralarda talab qilinadigan yana bir jihat bu o‘z texnologiyasi va bilimini jalb qiluvchi investorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bilan bog‘liq. Moliya va bank sektori hamda sug‘urta sohasidagi tartib-tamoyillarning oshkoraligi muzokaralar paytida ko‘tariladigan masalalar qatoriga kiradi. Ko‘pgina xizmat turlarini litsenziyalash jarayo­nini litsenziya olish mezonlarining shaffofligi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish talab etiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, muzokaralarning samarali va professional darajada kechishi uchun tegishli guruhlarning rahbarlari, xodimlari, mutaxassislari hamda bosh­qa jalb qilinganlar, shuningdek, xususiy sektor vakillariga mo‘ljallangan treninglar, o‘quv seminarlarini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.



Tashkilotga a’zo bo‘lib kirish va undan keyingi jarayonlarda turli xalqaro institutlar tomonidan ko‘rsatiladigan texnik ko‘mak sezilarli ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Shu bois, bunday yordamlardan oqilona foydalanish kelgusida JST doirasida mamlakat savdo siyosatini amalga oshiruvchi savdo huquqshunoslari, iqtisodchilari va muzokarachilari kabi kadrlarni yetishtirish va tarbiyalash uchun zamin yaratadi.

Download 410.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling