Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim qadam


Download 410.82 Kb.
bet2/2
Sana04.03.2020
Hajmi410.82 Kb.
1   2

Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim qadam



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 dekabrdagi "Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga asosan mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha ko‘p profilli ishlar olib borilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, mazkur tashkilotga a’zo bo‘lish nafaqat mamlakat investitsiyaviy muhitini yaratishda, balki eksport salohiyatini oshirishga ham muhim yo‘l ochadi.

– Bugun mamlakatimiz xalqaro bozorda o‘z o‘rnini egallashga harakat qilmoqda. Bu yo‘lda esa o‘ziga xos xalqaro me’yorlar bor. Aynan shu me’yorlarni bajarishda JSTga a’zo bo‘lish muhim qadamdir, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi yetakchi mutaxassisi Shoxjahon Yusupov. – O‘zbekiston Respublikasi Idoralararo komissiyasi JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha bosh bo‘g‘in hisoblanadi. U investitsiya va tashqi savdo vaziri tomonidan boshqariladi. Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori boshqa davlat organlari rahbarlari bilan bir qatorda mazkur komissiya a’zosidir. Komissiyadan tashqari ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha tematik ishchi guruhlar ham tashkil etilgan. Masalan, intellektual mulk savdo aspektlari bo‘yicha JST kelishuvlari borasida ishchi guruh tashkil etilgan bo‘lib, unga bevosita agentlik direktori rahbarlik qiladi.

Bugungi kunda Tashqi savdo rejimi haqida memorandum tayyorlanib, Idoralararo komissiya tomonidan tasdiqlandi va JST sekretariatiga jo‘natildi. Unda savdo rejimi haqida umumiy ma’lumot hamda tegishli ilovalarga asosan O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy huquqiy aktlaridagi moddalar keltirilgan.

Shu o‘rinda TRIPS va shunga o‘xshash boshqa kelishuvlar o‘rtasidagi farqlar haqida ma’lumot berib o‘tish o‘rinli.

JSTning ta’sis qilinishi haqida Marrakesh deklaratsiyasi mavjud. GATT, GATS, TRIPS kabilar mazkur deklaratsiya ilovalaridir. Har bir alohida ilova kelishuv hisoblanadi. Deylik, GATT – tovar sotish masalalarini tartibga solib, milliy rejimni qo‘llashga va tovarlarga nisbatan eng qulay sharoitni yaratishga imkon yaratadi. GATS – xizmatlar sotilishi masalalari, milliy rejimni qo‘llash va xizmatlarga nisbatan eng qulay sharoitni yuzaga keltirsa, TRIPS – intellektual mulk masalalarini me’yorga keltirib, milliy rejimni qo‘llashga va intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan qulaylik beradi. Mazkur kelishuvlarning me’yorlari milliy me’yoriy-huquqiy aktlar normalarida o‘z ifodasini topishi kerak.

Milliy rejim – IMO chet ellik huquq egasiga nisbatan milliy huquq egalariga beriladigan rejim bilan bir xillikni talab etadi. Eng qulay sharoit yaratuvchi rejim JSTning bitta a’zosiga preferensiya, imtiyoz va boshqalar berilgan taqdirda JSTning barcha a’zolariga barcha preferensiya, imtiyozlar berilishini ta’minlaydi.

TRIPSning boshqa xalqaro huquqiy tartiblardan farqi shundaki, u intellektual mulk huquqini himoya qilishni ta’minlash haqida nizomga ega bo‘lgan intellektual mulk sohasidagi birinchi kelishuv. TRIPSning uchinchi bobida fuqaro-huquqiy, administrativ va jinoiy protseduralar, sud himoyasi, vaqtinchalik va chegaraviy choralar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Boshqacha aytganda, TRIPS intellektual mulk sohasida qonunbuzarlik uchun qattiqqo‘llik bilan ish tutadi va IMO huquq egalari uchun yanada ishonchliroq himoyani ta’minlaydi. Marrakesh deklaratsiyasi nizomlarining biri JST a’zolari o‘rtasida tortishuvlarni tartibga soluvchi qoida va protseduralarni o‘z ichiga oladi. Agar biron a’zo davlat JST kelishuvi me’yorlariga rioya qilmasa, unda boshqa a’zo davlat tortishuvlarni hal etuvchi maxsus qo‘mitaga murojaat qilishi mumkin. 

Umuman, TRIPS kelishuvi yetti qismga bo‘lingan bo‘lib, 73 moddadan iborat. Birinchi qismda yuqorida qayd etilgan JST rejimlari, huquqlardan batamom foydalanish, maqsadlar, prinsiplar va boshqa umumiy me’yorlar haqida so‘z yuritilgan. TRIPSning ikkinchi qismi 8 bo‘limdan iborat bo‘lib, ulardan 7 tasi intellektual mulk ob’ekti (IMO) hisoblanadi. Mazkur bo‘limlarda ob’ektlar himoyasini, hajmini aniqlash, himoyalash muddati, istisnolar va boshqalar bo‘yicha me’yorlar keltirilgan. Uchinchi bo‘lim, yuqorida aytilganidek, TRIPSning asosiy elementi bo‘lib, u yana 5 ta bo‘limga bo‘lingan. Ma’lumot uchun qabul qilinadigan, implementatsiya predmeti bo‘lmagan boshqa qismlar ham mavjud. TRIPS kelishuvi Parij konvensiyasi va Bern konvensiyasiga to‘liq mos keladi. O‘zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyalar a’zosidir.

Shu o‘rinda JSTga a’zo bo‘lish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

JSTga kirish bosqichining birinchi talabi bevosita bojxona xizmatlari bilan bog‘liq. Bunda bojxona xodimlariga chegarada intellektual mulk ob’ektlarining bojxona reestrida IMO ko‘rilmasdan turib, kontrafakt mahsulotlarni oshkor qilish vakolati berilishi talab etiladi. Bunday mexanizm "ex officio" deb ataladi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, hozirgi vaqtda milliy mexanizm kirib kelayotgan tovarni kontrafakt mahsulot bor yoki yo‘qligini tekshiruvchi bojxona organlari xodimlarini ushbu tovarni yuqorida esga olingan reestrda tekshirishga majbur etadi. Keyinchalik ular kontrafakt mahsulotni ushbu reestrsiz aniqlashi mumkin. Ikkinchisi esa maxsus huquqbuzarliklar uchun jinoiy jazo kiritilishidir. Lekin bu hamma uchun emas. Tovar belgisi egasining hamda mualliflik va bir-biriga yaqin ob’ektlar huquqiy egalarining boshqalardan farqli huquqlari buzilishida jinoiy jazoni majburiy tartibda kiritishga to‘g‘ri keladi. 

Shu tariqa O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi uchun amaliy ishlar davom etmoqda va ishonamizki, yaqin vaqtda bu sa’y-harakatlar o‘z samarasini beradi. 



wikipedia

Jahon Savdo Tashkiloti (JST; ing. World Trade Organization (WTO), fr. Organisation mondiale du commerce (OMC), isp. Organización Mundial del Comercio) — 1995-yilda aʼzo-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. JST 1947-yil tuzilgan xalqaro bitim — GATT(ing. General Agreement on Tariffs and Trade)ning davomchisi hisoblanadi. Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. 1995-yilda 1948—94 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Idorasi Shveysariya (Jeneva)da. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yoʻli bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir koʻrsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qatiy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yigʻilishlar oʻtkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va b. vazifalarni bajaradi. JSTning oliy organi — barcha aʼzo mamlakatlar Vazirlar Konferensiyasi boʻlib, kamida 2 yilda bir marta oʻtkaziladi. Joriy ishlarga Bosh kengash (tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi boʻyicha kengash, intellektual mulk masalalari boʻyicha kengash), sekretariat, doimiy qoʻmitalar rahbarlik qiladi. JST faoliyati aʼzo mamlakatlarning oʻzaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, toʻsiqlari va b.)ni qoʻllash bilan himoya qilishga qaratilgan. Aʼzo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa aʼzolariga savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qoʻllaydi, oʻz ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi. 133 mamlakat toʻla huqukli aʼzo, 30 mamlakat, shu jumladan Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston JST da kuzatuvchi maqomiga ega va 1992—93 yillarda tashkilotga aʼzo boʻlish uchun ariza bergan. [1]

O‘zbekiston yaqin yillarda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi kutilmoqda. Milliy iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlaridan biri hisoblangan qishloq xo‘jaligi uchun ham bu tashkilotga a’zo bo‘lishning ijobiy hamda salbiy tomonlarini chuqur o‘rganish, bu borada mamlakatimizning aniq pozitsiyasini belgilab olish bizning asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi.

Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A. Ergashev poytaxtimizda o‘tkazilgan “Jahon savdo tashkilotiga kirishda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos jihatlari” mavzusida xalqaro seminarda aytib o‘tdi.

Jahon banki hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish imkoniyatlari yuzasidan muzokarlar olib borildi.

Qayd etish joizki, 1995 yil 1 yanvaridan faoliyatini boshlagan bu tashkilotning ayni vaqtda 164 ta a’zo mamlakati uchun yangi bozorlar ochiq hisoblanadi. 10 dan ziyod turli yo‘nalishdagi bitimlar uning normativ-huquqiy bazasini tashkil etmoqda. Bu hujjatlar talabini bajarish tashkilotning barcha a’zolari uchun majburiy sanaladi. A’zo bo‘lishni istagan davlatlar o‘z milliy qonunchiligini ularga muvofiqlashtirishi kerak.

– A’zo davlatlarning savdo siyosati Jahon savdo tashkiloti tartib-qoidalariga mos bo‘lishi shart, – deydi FAOning O‘zbekistondagi vakili M. Qosimov.– Unga a’zo bo‘lish ushbu davlatning tartiblari savdo siyosati va savdo rejimiga mos ekanligini bildiruvchi belgi hisoblanadi. Shuning uchun nomzod davlatning savdo tartibi tashkilot qoidalariga to‘liq mos ekani barcha a’zo mamlakatlar tomonidan ma’qullaganidan so‘ng tegishli qaror qabul qilinadi.

Haq-huquq cheklanmagan savdo, eng yuqori darajadagi qulay tartib, milliy tartibot, ochiqlik, bozorga kirish uchun oldindan ma’lum sharoit, halol raqobat, iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishga ko‘mak, savdoga daxldor rasmiyatchilik darajasining pastligi kabilar JSTning asosiy tamoyillari hisoblanadi.

Xo‘sh, ayni vaqtda O‘zbekiston uchun Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishning qanday afzalliklari mavjud?

“Jahon savdo tashkilotiga kirishda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos jihatlari” mavzusidagi xalqaro seminarda aytilishicha, tashkilotning 164 a’zo mamlakati uchun yangi bozorlar ochiq bo‘ladi. Investitsiyaning barqarorligi ta’minlanadi. Yangi sarmoyalar asosida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Raqobat muhiti ham yaxshilanadi, bu boradagi global sharoitlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda xizmatlarni yetkazib beruvchilarga mahsulot sifatini ko‘tarish hamda dunyo bozorida raqobatlashishni o‘rganishga yordam beradi.



Iste’molchilar arzon va sifatli tovarlar hamda xizmatlarni tanlash imkoniga ega bo‘ladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning huquqi himoyalanadi. Savdo hamkorlari qabul qilingan xalqaro standartlar qoidalariga muvofiq milliy standartlarni ishlab chiqish eksportyorlarga chet el bozori talablariga moslashishda yordam beradi. Jahon miqyosidagi savdo siyosati bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish huquqi beriladi, ya’ni tashkilot yig‘ilishida ishtirok etadigan har bir davlat o‘z ovoziga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

Foto: TASS

23 iyulda O‘zbekistonning Jyenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov Jahon savdo tashkilotining (JST) bosh direktori Roberto Azavedo bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va JST o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikrlar almashildi, deb xabar berdi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri matbuot xizmati.  

Roberto Azavedoga O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo tartibi haqidagi Memorandumning yangilangan varianti topshirildi. Bu hujjat JST rahbari fikricha, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotga kirishi bo‘yicha rasmiy muzokaralar jarayoni boshlanishini anglatadi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan 15 yil ichida ilk bor JSTga a'zo davlatlarga taqdim qilish uchun rasmiy hujjat tayyorlangani, bu esa muzokaralar jarayoniga yaxshi asos bo‘lishi ta'kidlab o‘tilgan. 

JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan JSTga qirish jarayoni faollashganini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Azavedo O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar republikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirishdagi hamda me'yoriy-huquqiy hujjatlarni JST kelishuvlari me'yorlari va qoidalariga mos holga keltirishdagi muhim omil hisoblanishini ta'kidlab o‘tgan.

Azavedo JST kotibiyati vakillari O‘zbekistonga tashkilotga kirishda, jumladan O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishini muvaffaqiyatli o‘tkazishda barcha zaruriy ko‘makni ko‘rsatishlariga va'da bergan. 



O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish uchun jiddiy ishga kirishdi

Foto: Flickr

O‘zbekistonda Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lib kirish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri respublika Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Sohib Saifnazarovga asoslangan holda xabar bermoqda. 

«Tashqi savdo vazirligi rahbarligida Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lib kirish bo‘yicha  idoralararo komissiya tuzildi. Muzokaralar guruhlariga rahbarlar tayinlash bo‘yicha ish olib borilmoqda. Jyenevada O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotidagi doimiy vakili lavozimi tiklanadi», – degan Saifnazarov Toshkentda Jahon savdo tashkiloti va Jahon banki ekspertlari ishtirokidagi xalqaro seminardagi chiqishi vaqtida. 

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, JSTga a'zolikning muayyan yo‘nalishlar va iqtisodiy sektorlarga ta'sirini baholash bilan shug‘ullanuvchi 8ta kichik guruh tuzilgan. 

Saifnazarovning ishonch bildirishicha, O‘zbekiston savdo sohasini liberallashtirishni o‘z oldiga maqsad qilgan, JSTga a'zo bo‘lish esa – mamlakatni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ladi.

U bu yo‘nalishdagi asosiy qadamlardan biri sifatida 2017 yilning sentabrida valyuta konvertatsiyasi ochilishini eslab o‘tgan. U bu islohot tufayli «tashqi savdo faoliyati taraqqiyoti uchun muhim turtki bo‘lgani va mamlakat qarshisida yangi eshiklar ochilgani»ni ta'kidlab o‘tgan. 

«Soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda, shuningdek, bojxona tizimidagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, eksport bo‘yicha barcha cheklovlar olib tashlandi, oldindan to‘lovsiz eksport qilish tartibi joriy qilindi», – deya qayd etgan Saifnazarov. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, 2017 yilda tashqi savdo bo‘yicha cheklovlar bekor qilinishi evaziga 1000dan ortiq yangi korxonalar eksport faoliyatiga jalb etilgan. 118dan ortiq yangi tovarlar eksporti yo‘lga qo‘yilgan, mahsulotlar yetkazib berilish geografiyasi yangi 62ta bozor nuqtasi hisobiga kengaygan. 

Jahon savdo tashkiloti mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo muloqotlarini o‘tkazish va bu boradagi nizolarni hal etish imkoniyatini beruvchi  global maydon hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning 164 ta davlati unga a'zo. BMT mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarni, Jahon savdo tashkiloti esa ular o‘rtasidagi savdo munosabatlarini tartibga soladi.  

Bugungi kunda O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotda kuzatuvchi sifatida qatnashib keladi.

O‘zbekiston JSTga a'zo bo‘lib kirish uchun 1994 yilda ariza bergan. Bugungi kungacha ushbu masalada ishchi guruhlarning 3ta yig‘ilishi o‘tkazilgan. Bunday yig‘ilishlarning oxirgisi 2005 yilda bo‘lib o‘tgandi.

O‘tgan yili mamlakat hukumati tashkilotga a'zo bo‘lish uchun barcha zarur jarayonlarni tiklashga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Jahon Savdo Tashkiloti (JST) Umumiy Kengashining Jenevada bo‘lib o‘tgan anjumanida Tojikiston ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga a‘zo etib qabul qilindi.

Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Tojikistonning JSTga a‘zo bo‘lib kirishi marosimida chiqish qilgan prezident Imomali Rahmon ushbu hodisani "jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga yo‘l ochuvchi eng muhim hodisalardan biri", deya baholagan.

Tojikiston Markaziy Osiyoda Qirg‘izistondan keyin JSTga a‘zo bo‘lib kirgan ikkinchi mamlakatdir.

O‘tgan yil oxirida Tojikiston Jahon Savdo Tashkiloti a‘zoligiga ariza topshirgan va o‘tgan davr ichida o‘z tijoriy va huquqiy qonunlarini tashkilot talablariga muvofiqlashtirgan.

Imomali Rahmon JSTga a‘zolikni "energetika mustaqilligiga erishish va aholini oziq-ovqat bilan ta‘minlash" sari tashlangan muhim qadam deb baholagan.

Janob Rahmon bugunga qadar Tojikistonga iqtisodiy ko‘mak berib kelgan davlatlar va xalqaro tashkilotlarga minnatdorchilik izhor etgan.



Erkin bozor talabi

Xo‘sh, Tojikistonning Jahon Savdo Tashkiloti a‘zoligiga qabul qilinishi mamlakatning iqtisod va tijorat sohalari hamda xususiy sektorlari uchun qanday ahammiyatga ega?

Aksar mahalliy mutaxassislar fikriga ko‘ra, sanoati rivojlanmagan va asosan xom modda eksportiga tayanuvchi Tojikistonning JST a‘zoligiga qabul qilinishi bu mamlakat uchun katta foyda keltiradi.

Tojikiston Strategik Tadqiqotlar Markazi eksperti Firuz Saidning aytishicha, Tojikistonda ishlab chiqariluvchi xom moddalar xalqaro me‘yorlarga muvofiqdir va JSTga kirishidan oldin ham Tojikiston paxtasi va alyuminiyi jahon bozorida o‘z xaridorlariga ega edi.

"Jahon Savdo Tashkilotiga to‘la a‘zo bo‘lish va mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardosh bo‘lishi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularni qayta ishlash xalqaro me‘yorlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Boshqa iloj yo‘q, ushbu talabni ijro etishga harakat qilishlari zarur", - deb aytdi Firuz Said.

JST unga a‘zo bo‘lgan mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni talab qiladi.

Janob Firuzning aytishicha, Tojikistonning ushbu nufuzli tashkilotga a‘zo bo‘lishi mamlakat ichkarisida yakkahokim shirkatlarning barham topishini anglatadi. Masalan, ichki bozorni egallab olgan Tojikiston havo yo‘llari shirkatlari bundan buyon xorijiy shirkatlarga Tojikistonda faoliyat yuritishlari uchun ruxsat berishlari zarur bo‘ladi.

Tojikiston sobiq iqtisod vaziri Davlat Usmon ham aksar mahsulotlarni chetdan keltiruvchi Tojikiston uchun JSTga a‘zolik foyda keltiradi degan fikrda.

Davlat Usmonning ta‘kidlashicha, JSTga a‘zolik bojxona soliqlarini 8 foizgacha qisqartirishi va alaloqibat bundan Tojikiston byudjeti zarar ko‘rishi mumkin.

Ammo, uning aytishicha, bojxona tariflarining keskin qisqarishi Tojikiston bozorlarida mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat qilishi mumkin.

Boshqa tarafdan, Tadbirkorlarni himoya qilish qo‘mitasining raisi Davlatmurod Chumayev Tojikiston ichkarisida mahsulot ishlab chiqarish falaj holiga kelib qolishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Misol uchun, paxta mahsulotlari ishlab chiqarishgan asoslangan tojik shirkatlari arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi arab, Xitoy va Tailand shirkatlariga raqobat qila olmay, kasodga uchrashlari mumkin.



"Estoniya JSTga kirgach, bu mamlakat qishloq xo‘jaligi butkul falajlandi. Yuzlab gektar yerlar bo‘sh qoldi. Dehqonlar uchun mahsulot ishlab chiqarish foydali emasdi. Zero aholi asosan Olmoniya, Polsha va Ovro‘poning boshqa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan arzon va sifatli mahsulotlarni sotib olishardilar", - dedi janob Jumayev Estoniya tajribasiga ishora etib.

Tadbirkorlarni himoya qilish qo‘mitasining raisi Tojikiston hukumatidan mahalliy shirkatlarni himoya qilishga qaratilgan jiddiy tadbirlarni olishga chaqirdi
Download 410.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling