Italiya merkantalizmi


Download 32.5 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi32.5 Kb.
#467915
Bog'liq
10- variant IM-90
7K-19 MT Bozorov Sardor, 7K-19 MT Dehqonov G'olib, 7K-19 MT Dehqonov G'olib Tex.tiz.AT, Robin Sharma, arxiv sem 1, english for school, М. Каримов курсатгич, Jo\'rabek Tojiqulov , Jo\'rabek Tojiqulov , Dasturlash, CSS haqida, ALISHER ISROILOV, KIRISH, русский

10-variant

  1. Italiya merkantalizmi.

Merkantalizm italyancha mercante so’zidan olingan bo’lib, savdogar degan ma’noni anglatadi. Merkantalistlar asosiy kapitalni savdodan deb hisoblashgan. Merkantalizm dastlabki iqtisodiy maktablardan biri bo’lib, hattoki iqtisodiyot tushunchasini asoslab bergan fransiyalik olim Antuan Monkretyen ham merkantalizm maktabi vakili bo’lgan. Dastlab, merkantalizm pulni qonuniy yo’l bilan ko’paytirishni targ’ib qilgan. Merkantalistlar horijdan kelgan savdogarlarning pulni o’z mamlakatiga olib ketishiga qarshi bo’lishgan. Merkantalizm ta’limotiga ko’ra boylik ishlab chiqarishdan emas, balki muomala sohasida yuzaga keladi. Merkantalizmning rivojida italiyalik olimlarning ham hizmati kata bo’ldi, bunga misol qilib A. Serrani ayta olamiz.15-asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan merkantalizm 18-asrning birinchi yarmigacha o’z nufuzini saqlay oldi. Ammo kapitalizmning vujudga kelishi bu g’oyaning to’laqonli to’g’ri emasligini ko’rsatdi. Aslini olganda, ishlab chiqarishsiz pulning, mahsulotlarning vujudga kelishi imkonsiz, shu tufayli biz merkantalizm g’oyasidan ko’ra klassik siyosiy iqtisod g’oyasini ustun ko’rishimiz mumkin. Chunki bu g’oyada pul nafaqat savdo va dehqonchilikda, balki sanoatta ham paydo bo’lishini ko’rsatgan. Lekin merkantalizmning dastlabki iqtisodiy maktab ekanligini hisobga olsak, ularning iqtisodiyotning rivojlanishida tutgan o’rni beqiyosdir.

  1. Keynschilik va neokeynschilik.

Asoschisi ingliz olimi J. M. Keyns bo’lgan Keynschilik ta’limoti iqtisodiyotga davlat aralashuvini yoqlab chiqadi. Neoklassik iqtisod g’oyalariga qarama-qarshi tarzda yaralgan bu g’oyani ham o’ziga yarasha to’g’ri tomonlari ko’p. chunki iqtisodni to’laligicha nazoratsiz qoldirish noto’g’ri, to’g’ri, to’laqonli tarzda nazorat qilish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi mumkin. Lekin nazoratsiz qoldirilsa ahvol yomonroq bo’ladi. Ya’ni, jamiyattagi siyosiy kuchlar o’zaro kelishgan holatta iqtisodni o’z qo’llariga olishi va bu orqali narxlarni to’liq o’zlari nazorat qilishlariga sharoit yaraladi. Keynschilik ham aynan shu tomonlarni hisobga olgan holatta o’z qarashlarini bayon etgan.
Neokeyschilik bu keynschilik ta’limotining 2-jahon urushidan so’ng yuzga kelgan, tarixiy sharoitga moslashgan shakli. Soddaroq qilib aytganda, tuzatilgan varianti. Keynschilikdan farqliravishda neokeynschilikka ko’proq olimlar o’z hissalarini qo’shishgan. Bularga misol qilib R. Harrod, N. Kaldor, J. Robinson, Y. Domar va A. Xansenlarni misol keltirishimiz mumkin. G’oya qachon mukammal holatta sayqallanadi, qachonki u tarix sinovidan o’tsa. Neokeynschilikning yutug’i ham aynan shunda. Bundan tashqari neokeynschilik metodologiyasida takror ishlab chiqarish muammolariga makroiqtisodiy, xalq xo’jaligi nuqtai nazaridan yondashuv mavjud, bu esa iqtisodiy holatni yanada yaxshi tahlil qilishga yordam beradi.


  1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga siklli rivojlanish darajasi jihatidan yondashuv.

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hayotiy ne’mat va vositalarniishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladi. O’z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini o’rganish tarixiy faktlarni tahlil qilishni ham o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi. Chunki bu munosabatlar ancha uzoq tarixda vujudga kelgan. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya bu ishlab chiqarish usuli asos bo’lib, u iqtisodiy basis ishlab chiqarish munosabatlari va davlat bilan birgalikda jamiyat tarixiy taraqqiyoti rivojlanishi bosqichlarini ifodalaydi. Skill rivojlanish darajaiga keladigan bo’lsak, jamiyatning bu taraqqiyot bosqichlari 7 ga bo’linadi. Bular:
-neolit;
-quldorlik va bronza asrlari;
-antik temir asri;
-dastlabki feodalizm davri;
-toindustrial sivilizatsiya davri;
-industrialsivilizatsiya davri;
-postindustrial sivilizatsiya davri.
Iqtisodiy tebranishlar muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’zlarining barqaror holatidan farqlanishi hisoblanadi. Davriy o’sish ishlab chiqarishdagi tanazzullik bilan almashadi va iqtisodiy sikllar vujudga keladi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda qisqacha holatta “iqtisodiyotning siklli rivojlanishi” deyiladi. Siklli harakat milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi nomutanosiblikni, uning rivojlanishdagi inqilobiy bosqichlarni va iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi chuqur o’zgarishlarni aks ettiradi. Shu jihattan iqtisodiyotta siklli rivojlanish darajasijihatidan yondashuv muhim hisoblanadi.
Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling