Iv chorak 63 dars
Download 88 Kb.
|
fosforning kislorodli birikmalari-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi maqsad
- Darsning metodi
- Texnik vositalar
- III.Yangi mavzuni bayoni Reja
- Ortofosfat kislota-H 3 PO 4.
- Ortofosfat kislota tuzlari
- Ortofosfat kislota tuzlari Metall bir valentli Metall ikki valentli
- Fosfor va uning birikmalarining biologik ahamiyati
- (V) O`quvchilarni rag`batlash va baholash: (VI) Uyga vazifa berish Masala
IV CHORAK 63 DARS Mavzu: Fosforning kislorodli birikmalari Dars maqsadi: Ta`limiy maqsad: fosforning kislorodli birikmalari tarkibi,tuzulish,olinish usullari,fizik va kimyoviy xossalari va ishlatilishi haqida tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad: kimyoviy moddalarni havo va atrof muhitni toza saqlashga e`tibor berish.Kimyo fanining vatan ravnaqi,xalqning turmush darajasini oshirishdagi ahamiyati haqidagi tushunchalarni shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: mavzuga oid labaratoriya jihozlaridan, kimyoviy reaksiyalardan,electron darslik va ko`rgazmali qurollardan foydalanib dars mavzusi bo`yicha o`quvchilar bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish. Tayanch so`zlar: fosfor(v)oksidi,fosfor (III) oksid,metafosfat kislota,ortofosfat kislota,ortofosfit kislota,pirofosfat kislota Dars turi: aralash,yangi bilim berish Darsning metodi: aqliy hujum,tajriba o`tkazish.klasster metod Darsning jihozlari: Dimitriy Ivanovich Mendeleyevning davriy sistemasi, shtativ, pipetka, menzurka, spirt lampasi, shisha tayoqcha. Reaktivlar: qizil fosfor,Ca3( PO4)2 , H2SO4 ,HPO3 , Na, Mg , NaOH, Na2CO3, AgNO3. Texnik vositalar: komyuter, slaydlar, videoproektor, ekran Darsning oltin qoidasi: faollik, intizom,ahillik,o`zaro hurmat,vaqt Darsning shiori: A`lo mamlaktning a`lo farzandi, Bilib qo`yki! Seni vatan kutadi, Dars rejasi: Tashkiliy qism (3 daqiqa) Uy vazifalarini so`rash (10 daqiqa) Yangi mavzuning bayoni (20 daqiqa) Yangi mavzuni mustahkamlash (7 daqiqa) O`quvchilarni rag`batlantirish,baholash (3 daqiqa) Uyga vazifa berish (2 dqiqa) Darsning borishi: Tashkiliy qism ! Darsning boshlanishida o`quvchilar bilan salomlashish,davomatni aniqlash,va tozalikni tekshirish ishlari amalga oshiriladi Uy vazifasini sorash. Kichik testlar P2O3 da fosforning oksidlanish darajasi nechaga teng? A) +5 B) +3 C) -3 D) +1 2. Fosfor qanday allotropik shakl o’zgarishlariga ega? A) Oq fosfor, qizil fosfor C) Oq fosfor, kulrang fosfor B) Oq fosfor, qizil fosfor, qora fosfor D) Qaqat qizil 3. 2 litr havoda (n.sh.) da necha litr kislorod va azot bo’lishi mumkin? A) 1,56; 0,42 B) 0,42; 1,5 C) 1,5; 0,5 D) 0,5; 1,5 4. Fosfor atomida nechta s – elektronlari bor? A) 2 B) 4 C) 6 D) 8 5. KNO3 – parchalanganda qanday moddalar hosil bo’ladi A) KNO2, N2 B) K2O, NO2 C) NO2, O2 D) KNO3, O2 II.MASALA 4 mol fosfor vodorod bilan reaksiyaga krishganda qancha massa fosfin (PH3) hosil bo’ladi va qancha hajm vodorod (n.sh.) sarflanadi. Tezkor savollar Fosforning ma’nosi? J: Yunoncha so’zdan olingan bo’lib “nur taratuvchi” degan manoni bildiradi. Birinchi marta fosfor kim tomonidan kashf etilgan? J: 1669 – yil Broun tomonida kashf etilgan. Fosforning kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi o’rni? J: V – bosh guruhchasi III – davrda joylashgan. Fosforning oxirgi elektron qobig’ida nechta elektron bor? J: 5 ta elektron, 2 ta s va 3ta toq elektronlar. Fosforni oksidlanish oksidlanish darajalari? J: -3, 0, +3, +5 Fosforni allotropik shakli? J: oq fosfor, qizil va qora fosfor. Qaysi fosfor zaharli? J: oq fosfor. Fosfor bevosita qaysi moddalar reaksiyaga kirishadi? J: kislorod (O), oltingugurt (S), galogenlar, ayrim metallar (ishqoriy metallar) Oq fosforning fizik xossasi? J: kristal, rangsiz, sarimsoq hidli, suvda eriydi, zichligi 1,8 g/sm3 t = 44C, zaharli molekulyar kristalli panjaraga ega. 10. 2 mol fosforni malekulyar soni nechaga teng? J: 12,04 ·10 23
1.Fosforning kislorodli birikmalari 2.Fosfor (V) oksidni olish va uning xossalari 3.Ortofosfat kislotaning fizik va kimyoviy xossalari 4.Ortofosfat kislota tuzlari 5.Fosforning biologik ahamiyati Fosforning kislorodli birikmalaring formulasi. P2O5 yoki P4 O10 - Fosfor (V) oksid P2O3 - P 4O6 Fosfor (III) oksid HPO3 - Metafosfat kislota H3PO4 - Ortofosfat kislota H4P2O7 - Pirofosfat kislota Ortofosfat tuzlari: Na3PO4 , Ca3(PO4)2, NaH2PO4, Na2HPO4 b)Fosfor (V) oksidning olinishi va xossalari Fosforning yonishida kislorod yetarli miqdorda ishtirok etganda P4O10 ya`ni fosfor (V) oksidi hosil bo`ladi.Bu oksidning oddiyroq formulasi P2O5 ko`rinishda bo`ladi. 4P + 5O2 → 2 P 2O5 Fosfor (V) oksid oq rangli, gigroskopik(suvni shimib oluvchi) modda bo`lib,suvda yaxshi eriydi. P2O5 ning erishidan oddiy sharoitda: P 2O5 + H 2O → 2HPO3 Metafosfat kislota hosil bo`ladi. Reaksiya harorat ta`sirida olib borilsa, ortofosfat kislota olish mumkin: P 2O5 + 3H 2O → 2H 3PO4 Yoki birinchi tajribadagi metafosfat kislota harorat ta`sirida suv bilan reaksiyaga kirishib ortafosfat kislota hosil bo’ladi. HPO3+H2O→H3PO4 Ortafosfat kislota ostida qizdirilsa pirofosfat kislota hosil bo’ladi. 2H2PO4→H4P2O7 + H2O Qizdirish davom ettirilsa, fosfor (V) oksidigacha parchalanadi. HPO3 , H4P2O7 larni hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Ortofosfat (fosfat) kislota labaratoriyada Ca3(PO4)2 konsentrlangan H2SO4 qizdirish yo`li bilan olinadi. Ca3(PO4)2 + 3H2SO4 → 3CaSO4 + 2H3PO4 Fosforni yetarli miqdordagi kislorodga yondirib, hosil bo`lgan P2O5 qizdirib turib suv ta`sir ettirish yo`li bilan olinadi. Ortofosfat kislota-H 3PO4.Ortofosfat kislota rangsiz kislota modda bo`lib,suvda juda yaxshi eriydi.Qaribki 42,3 °c suyuqlanadi.Fosfat kislota uch negizli kislota bo`lganligi sababli uch bosqichda dissotsiatsiyalanadi. H3PO4 « H++H2PO4-digidrofosfat ioni H3PO4- « H++HPO42- gidrofosfat ioni HPO42- « H++PO43 ortofosfat ioni Fosfat kislota dissotsiatsiyalanganda uch xil ion hosil bo`lganligi uchun uch qator moddalarni hosil qiladi. Fosfatlar Na3PO4 , Ca3(PO4)2 Digidrofosfatlar NaH2PO4 ,Ca(H2PO4)2 Gidrofosfatlar Na2HPO4 , CaHPO4 Ortofosfat kislota ,kislotalar uchun xos bo`lgan barcha umumiy reaksiyalarni beradi:
6Na + 2H3PO4 = 2Na3PO4 + 3H2 3 NaOH + H3PO4=Na3PO4 + 3 H2O 3CaO + 2H3PO4=Ca3(PO4)2 + 3 H2O 3 NH3+ H3PO4 =(NH4)3PO4 3 Na2CO3 + 2 H3PO4= 2 Na3PO4 + 3CO2 + 3H2O Kumush nitrat bilan reaksiya kirishib o`ziga xos sariq cho`kma hosil qiladi: 3AgNO3 + H3PO4 =↓Ag 3PO4 + 3 HNO3 Kumush fosfat- sariq rangli cho`kma. Bu reaksiya fosfat ioni uchun reaktiv hisoblanadi.
Metal o`rniga ammoniy ioni ham bol`ishi mumkin: (NH4)3PO4 – ammoniy ortofosfat (NH4)2HPO4 – ammoniy gidrofosfat NH4H2PO4 – ammoniy digidrofosfat Digidrofosfatlar suvda eriydi,qolgan fosfatlar esa erimaydi.Ishqoriy metallarning fosfatlari bilan ammoniy fosfitlar suvda eriydi.Kalsiy fosfat suvda erimaydi,ammo kuchli kislotada eriydi. Ca3(PO4)2 + 4HNO3 = Ca(H2PO4)2 + 2 Ca(NO3)2 Fosfor va uning birikmalarining biologik ahamiyati: Akademik olim A.Yu.Fersmen fosforning ahamiyatini yuqori baholab, uni “Xayot va tafakkur elementi” deb atagan.Darhaqiqat, fosfor azot,uglerod,vodorod elementlari singari tirik organizmlarning asosini tashkil etadi. Odam va hayvonlar suyak to`qimalarining anorganik tarkibiy qismi Ca3 (PO4)2 tashkil etadi.Suyak mustahkamligini va qattiqligini ta`minlaydi.Tirik organizmdagi energiya almashinuvi P birikmasi –Adenozin tri fosfat(ATF) tomonidan amalga oshiriladi. Odamga bir kunlik fosfor sarfi taxminan 2 grammni tashkil etadi. Odamlar fosforga bo`lgan ehtiyojini o`simliklar,chorvo va parranda mahsulotlaridan oladi.O`simliklar esa fosforni tuproqdagi fosforning mineral o`g`itlaridan qabul qiladi. IV.Mustahkamlash: Klassik uchlik orqali yangi mavzu mustahkamlanadi.O`quvchilar oltita guruhga bo`linadi. SAVOL: Quyidagi atamalarga mos keladigan javoblarni yozing.
P4O10, fosfor (V) oksidi, gidroortofosfatlar, HPO3 + H2O→H3PO4 , Na 2HPO4, K2HPO4 .
6K+2H3PO4→2K3PO4+3H2,digidrofosfatlar , 3NH3+H3PO4→(NH4)3PO4 , Na 2HPO4 , fosfor (III) okdsidi olinishi. KH 2PO4 , 4P+3O2→P4O6
H3PO4- « H++HPO42- , 3AgNO3 + H 3PO4 =↓Ag 3PO4 + 3 HNO3 , Ortafosfat kislotani disotsiatsiyalanishi Na3PO4+ 3AgNO3→Ag3PO4 + 3NaNO3, ortofosfat (V) oksidini, 2 moli 284 gramm,12,04.1023 molekula
P2O5 + 3H2O → 2H 3PO4 , 6Na + 2H 3 PO4→2Na3 PO4 + 3H2 (V) O`quvchilarni rag`batlash va baholash: (VI) Uyga vazifa berish Masala: 19,6 garamm H3PO4 olish uchun qancha kalsiy ortofosfat va sulfat kislota kerak. O`tilgan mavzuni takrorlash Yangi mavzuni tanishib chiqish. I-guruh. Fosfor oksidlari, H3PO4 , P2O5 , HPO3 , fosfor kislota, P4O6 , Na3PO4 , Ca(H2PO4)2 ,ortofosfatlar. II-guruh. Ortofosfat kislotani olinishi, P2O5 ,3H2O+P2O5→2H3PO4, P4O10, fosfor (V) oksidi, gidroortofosfatlar, HPO3 + H2O→H3PO4 , Na 2HPO4, K2HPO4 .
6K+2H3PO4→2K3PO4+3H2,digidrofosfatlar , 3NH3+H3PO4→(NH4)3PO4 , Na 2HPO4 , fosfor (III) okdsidi olinishi. KH 2PO4 , 4P+3O2→P4O6
H3PO4- « H++HPO42- , 3AgNO3 + H 3PO4 =↓Ag 3PO4 + 3 HNO3 , Ortafosfat kislotani disotsiatsiyalanishi Na3PO4+ 3AgNO3→Ag3PO4 + 3NaNO3, ortofosfat (V) oksidini, 2 moli 284 gramm,12,04.1023 molekula V-guruh. Ortafosfat, 142 g/mol, 98 g/mol, fosfor(v) oksidi, P2O5 , Na 3PO4 ,tuzlar ,(NH4)3PO4 ,HPO42- « H++PO43 VI- guruh.Ammoniy ortofosfatlar (NH4)3PO4, (NH4)2 HPO4 ,H2 hosil bo`ladi, 3Mg + 2H3PO4 →Mg 3(PO4)2 + 3H2 ortofosfat kislota, 3 moli 294 g P2O5 + 3H2O → 2H 3PO4 , 6Na + 2H 3 PO4→2Na3 PO4 + 3H2 Download 88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling