Iv. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Download 0.7 Mb.
bet1/17
Sana16.09.2022
Hajmi0.7 Mb.
#809229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Toyirjonova N 20 71 B kurs ishi
2 5386520014369064407, FAQ 01, laboratoriya mashguloti (2), 2-topshiriq tarix, vasiylik va homiylik organlarining ota-ona qaramogisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalalashdagi orni, vasiylik va homiylik organlarining ota-ona qaramogisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalalashdagi orni, rrrr, 1-amaliy mashg'ulot, davlat va huquq asoslaridan atamalar toplami, davlat va huquq asoslaridan atamalar toplami, yoruglik interferensiyasi, Ishqalanish kuchlari, deykstra prez, deykstra prez, biznesni rejalashtirish bizclubuzb

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA YO’NALISHI
20.71B GURUH TALABASI
TOYIRJONOVA NODIRAXONNING
BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu:Suvda eruvchan vitaminsimon moddalar
Topshirdi: Toyirjonova N
Qabul qildi: Mirzahalilov M

2021-2022-o’quv yili

Mavzu:Suvda eruvchan vitaminsimon moddalar

REJA:
I.Kirish.


1.1.Vitaminlarning o’rganilishi.
1.2.Vitaminlarning tasnifi.
II.Asosiy qism.
2.1.B guruhga kiruvchi vitaminlar.
2.2.PP,C,Bs,N vitaminlari.
2.3.Vitaminsimon moddalar va antivitaminlar.
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


I.Kirish.
Vitaminlar - iste’mol omillari bo'lib, juda kam miqdorda saqlanadilar va organizmdagi biokimyoviy, fiziologik jarayonlaming normal kechishida, butun modda almashinishining boshqarilishida qatnashadilar. Moddaalmashinuvining buzilishi ko'pincha organizmga vitaminlaming kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bo'lmasligi yokiulaming organizmda hazm bo'lishi buzilishi bilan bog'liqdir. Natijada avitaminoz holati rivojlanadi - ovqatda vitaminning umuman bo'lmasligi yoki organizmga o'zlashtirilishining buzilishi sababli kasallik vujudga keladi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika davlatlarining ayrim hududlarida aholi bir xil o'simlik tabiatiga ega bo'lgan ovqat mahsulodarini iste’mol qilganda avitaminoz holatlari uchraydi.Tibbiy adabiyotlarda organizmga vitaminlaming juda ko'p qabulqilinganida rivojlanadigan holatlar ham keltirilgan (gipervitaminozlar).Bu kasalliklar gipovitaminozlarga nisbatan kam uchraydi, lekin A, D,K va boshqa gipervitaminozlar bo'lishi mumkin. Vitaminlar organizmning hayotiy faoliyati, ko'payishi, o'sishi uchun kerakli, kimyoviy tarkibi jihatidan har xil past molekulali moddalar guruhidir. Ko'pchilik vitaminlar odam va hayvon organizmida sintezlanmaydi. Ular asosan o'simlik tanasida va ichak mikroflorasi yordamida sintezlanadi.Organizm hayotiy zarur bo'lgan vitaminlami asosan ovqat orqali qondiradi. Inson va hayvonlaming vitaminlarga bo'lgan talabi har xil bo'lib, ulaming jinsiga, yoshiga, atrof-muhitning 'ta'siriga bog'liq.Ko'pchilik vitaminlar fermentlarning kofermentlari sifatida, muhim biokimyoviy vazifani bajaradilar. Ulaming ayrimlari nerv impulslarining uzatilishida, ko'rish jarayonida va boshqa fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda muhim rol o'ynaydi. Vitaminlaming ayrimlarini, ba'zi hayvonlarga zarur emasligi ham aniqlangan. Masalan, L-askorbin kislota odam, maymun uchun zarur bo'lib, boshqa hayvoniarda u sintezlanmaydi va hayotiy faoliyati uchun zarur emas.
Vitaminlar uchun xarakterli belgilar quyidagilar:
— vitaminlar odam organizmida sintezlanmaydi, shuning uchun ular ovqatlar bilan organizmga tushishi kerak. Ayrimlari (B6, B 12, pantoten va folein kislotasi) ichak mikroflorasi yordamida sintezlanadi, boshqalari organizmda (masalan, nikotin kislota triptofandan) sintezlanadi. Ammo bu jarayonlar organizmning bu vitaminlarga bo'lgan ehtiyojini qondira olmaydi;
— bular plastik materiallar yoki energiya manbayi bo'lib xizmat qila olmaydi. Bularga organizmning ehtiyoji uncha katta emas, bir kecha-kunduzda mg larda (masalan, С — 0,07 g; B,- 0,002 g; B12 - 0,000003 g) bo'ladi;
— vitaminlar organizmga juda kam miqdorda ovqat bilan tushib, biokimyoviy jarayonlarga ta ’sir qiladi. Ko'pgina vitaminlar fermentlarning faol guruhiga (koferment) kirib, ularning ta’sir qilishini aniqlaydi;
— vitaminlaming ovqatlar bilan kam miqdorda (yoki yomon hazm bo'lishi) organizmga tushishi moddalar almashinuvini va fiziologik funksiyalami buzadi, hatto kasalliklarni (avitaminoz va gipovitaminoz) keltirib chiqaradi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling