IV. nazariy materiallar 18 – mavzu: giperbog‘lanishlar


Download 180.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2020
Hajmi180.79 Kb.
#120659

IV. NAZARIY MATERIALLAR 

4.18 – mavzu: GIPERBOG‘LANISHLAR. 

 

Reja 

1. Giperbog‟lanish gipermatn texnologiyasining asosi 

2. Gipermurojaat tushunchasi 

 

Tayanch iboralar: Giperbog‟lanish, gupermatn, gipermurojaat, html, xujjat, teg, web-sahifa, sayt, 

portal, gipermurojaat, atribut. 

 

1. Giperbog’lanish gipermatn texnologiyasining asosi 

WWW-sahifasida  ma‟lumotlar  gipermatnli  xujjatlar  shaklida  olinadi.  Gipermatn  boshqa  matnli 

xujjatlarga yo„l ko„rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga (bu matnlar qaysi mamlakatning severida 

turishidan qat‟i nazar) tezda o„tish va yuklanish imkonini beradi.  

Odatda  ixtiyoriy  matn  simvollarning  uzun  bir  qatordan  iborat  bo„lib,  u  bir  yo„nalishda  o„qiladi. 

Gipermatn  texnologiyasi  matnni  ko„p  o„lchamli  shaklda  tasvirlashdan  iborat,  ya‟ni  tarmoq  tipidagi 

iyerarxik  tuzilmadir.  Matn  ko„rinishdagi  material  bo„laklarga  (parchalarga)  bo„linadi.  Kompyuter 

ekranida  ko„rinadigan  matinning  har  bir  bo„lagi  boshqa  bo„laklar  bilan  ko„p  sonli  bog„lanishlar  orqali 

bog„langan  bo„lib,  u  o„rganilayotgan  ob‟ekt  haqidagi  axborotni  aniqlashtirish  imkoniyatini  beradi  va 

tanlangan  bog„lanishlar  bo„yicha  bir  yoki  birnecha  yo„nalishda  harakat  qiladi.  Gipermatn  bo„laklarga 

bo„lingan  materialni  nochiziq  tarmoq  shaklda  tashkil  qilishga  ega  bo„lib,  ularning  har  biri  uchun 

bog„lanishlarning  ma‟lum  turi  bo„yicha  boshqa  bo„laklarga  o„tishlar  ko„rsatilgan.  Bog„lanishlarni 

(aloqalarni)  o„rnatishda  turli  asoslarga  (kalitlarga)  tayanish  mumkin,  ammo  har  qanday  xolda  gap  faqat 

bog„lanayogan  bo„laklar  ma‟nosining,  semantikasining  yaqinligi  haqida  boradi.  Ko„rsatilgan 

bog„lanishlar izidan borib, materialni o„qish yoki o„zlashtirish tartibi yagona emas, balki ixtiyoriy tartibda 

bo„lishi  mumkin.  Matn  o„zining  yopiqligini yo„qotib,  prinsipial ochiq xolda bo„ladi. Gipermatnga uning 

bo„laklari  uchun  mavjud  bog„lanishlarni  ko„rsatib  yangi  bo„laklarni  qo„yish  mumkin.  Matnning 

strukturasi  buzulmaydi,  chunki  gipertekstning  aprior  berilgan  strukturasi  umuman  yo„q.  Shunday  qilib, 

gipermatn – bu strukturalashtirilmay erkin jamlangan bilimlarni taqdim qilishning yangi texnologiyasi.  U 

shu bilan axborotlarni taqdim etishning (tavirlashning) boshqa modellaridan farq qiladi.  

Gipermatn deganda tarmoq tashkil etuvchi hamda o„zaro bir-biriga yo„naltirilgan bog„lanishlarni 

birlashtiruvchi  axborot  ob‟ektlarining  (bo„limlarining)  tizimini  tushunadilar.  Har  bir  ob‟ekt  ekranning 

axborot  paneli  bilan  bog„lab  qo„yiladi.  Bog„lanishlardan  birini  foydalanuvchi  panelidan  assotsiatv 

ravishda  tanlashi mumkin. Ob‟ektlar albatta  matnlardan  iborat bo„lishi   shart emas, ular  grafik,  musiqa, 

multiplikatsiya,  audeo  va  videotexnika  vositalarini  ishlatgan  bo„lishi  mumkin.  Gipermatnlarga  ishlov 

berish,  odatdagidan  sifati  bilan  farq  qiluvchi,  axborotni  o„zlashtirishning  yangi  imkoniyatlarini  ochib 

berdi. Gipermatn texnologiyasi qidiruv kalitining mosligi bo„yicha axborotni qidirish o„rniga bir axborot 

ob‟ektidan  boshqasiga  o„tish  ular  ma‟nosining,  semantikasining  bog„liqligini  hisobga  olish  bilan 

bajarilishini  nazarda  tutadi.  Gipermatn  texnologiyasida  formal  xulosalar  qoidasi  bo„yicha  axborotlarga 

ishlov berish gipermatn  bo„yicha yurish yo„lini yodda saqlashga mos keladi. 

Gipermatn texnologiyasi odam o„rniga axborotlarga ishlov berishga emas, odam bilan birga ishlov 

berishga qaratilgan. Undan foydalanishning qulayligi shundan iboratki, foydalanuvchining o„zi materialni 

o„rganishga yoki yaratishga bo„lgan yondoshuvni o„zining individual qobiliyatini bilimini, kvalifikatsiya 

va  tayyorgarlik  darajasini  hisobga  olgan  xolda  aniqlaydi.  Gipermatn  faqat  axborotni  emas,  balki  uni 

samarali qidiruv vositalarini ham o„z ichiga oladi.  

Gipermatnli xujjatlarning asosiy ajralib turadigan qismi, bu xujjatlarga qo„yiladigan giperizohlardir. 

Giperizohlar “jonli” ravishda namoyon bo„ladi. Ya‟ni oddiy matnlarga qo„yilgan, masalan, qo„yidagicha 

izoh ”g„o„shimcha ma‟lumotni ikkinchi varaqdan olasiz” kabi izohda, siz uni ikkinchi varaqqa o„tsangiz 

olasiz. Gipermatnlarda esa o„sha izohlarning o„zi ham harakatlanadi. HTML tili buyruqlarni buyruqlarni 

o„z  ichiga  oladi.  Boshqa  xujjatlarga  yo„l  ko„rsatuvchi  va  olib  boruvchi  giperizohlar  ham  gipermatnli 

aloqalarning asosiy qismi hisoblanadi. Gmperaloqalar  faqat kalitli  so„zlar  orqaligina  bo„lmay,  balki  turli 

ob‟ektlar, hatto rasmlarning bo„laklari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.  



 

 



 

HTML  da  boshqa  xujjatlarga  murojaatlar  yo    tegi  yordamida,  yo  navigatsiya  kartalari  orqali 

yaratiladi.  tegi qo„llanganda murojaat uchun matn bo„lagi yoki butun tasvirdan, navigatsiya kartalari 

esa tasvir bo„lagidan foydalanganda ishlatilsa maqsadga muvofiq bo„ladi. 



Nisbiy  va  absolyut  adres  (URL).  Giperaloqa  o„rnatish  uchun  murojaat  etilayotgan  xujjatning 

koordinatlari  (adresi)  aniq  bo„lishi  shart.  Shu  adresni  yozish  shakli  universal  resurslar  lokatori    URL 

deyiladi va u WWW texnologiyasining tarkibiy qismidir.  

URL talablaridagi HTTP tuzilmasiga ko„ra HTTP protokoli bo„yicha murojaat etilayotgan axborot 

resursining to„la adresi quyidagicha yoziladi:  

http://user:password@domain.ru:port/path/some.html?query_string, 

bu  yerda  http  –  axborot  almashinuv  protokoli;  user  –  iste‟molchining  identifikatori;  password  – 

parol; domain.ru –serverning domen nomi; port – server xizmat ko„rsatayotgan TCP - port nomeri; path – 

serverning  negiz  katalogidan  resurs  fayligacha  bo„lgan  yo„l;  some.html  –  resurs  fayli;  query_string  – 

qidiruv ko„rsatmalari.  

Bu ko„rinishda berilgan resurs adresi absolyut  yoki to„liq adres  deyiladi.  Amalda HTTP tuzilmasi 

to„liq adresidan kamdan-kam  foydalaniladi.  Ko„pincha  birinchi komponentlar yozilmaydi. Masalan,  shu 

katalogning  o„zidagi  xujjatga  gipermurojaat  etishda  oddiygina  fayl  nomi  orqali  aloqa  o„rnatiladi.  CGI-

skriptga murojaat quyidagicha bo„lishi mumkin:  

 

Protokol  nomi,  domen  nomi,  port  nomeri  va  URL  ning  boshlang„ich  boshqa  komponentlari 



yozilmagan. Bu xolatda murojaat qisman berilgan yoki URL ningg to„liqsiz shakli deyiladi.  

Tabiiyki  brauzer  serverga  murojaat  qilishda  negiz  URL  ga  asoslanib,  URL  ning  to„liq  shaklini 

tiklaydi. Bunday ko„rinishdagi noto„liq adres ba‟zan nisbiy URL deb ataladi (negiz adresga nisbatan).  

Odatda,  boshqa  ko„rsatma  berilmasa,  negiz  adres  sifatida  joriy  xujjat  joylashgan  katalog  URLi 

qabul  qilinadi.  Agar  URL  "."  yoki  ".."  belgilaridan  boshlansa,  nisbat shu katalogdan olinishini  bildiradi. 

Agar URL "/" belgisidan boshlansa, nisbiy URL serverning negiz katalogiga nisbatan olinadi.  

HTML da negiz adresni ko„rsatish yoki qayta belgilash imkonini beradigan BASE (yuqorida ko„rib 

o„tilgan)  belgilash  elementi  mavjud.  Dastlab  bu  konteyner  faqat  HTML-xujjat  sarlavhasida  ishlatilgan. 

Hozir  uni  xujjatning  tashqarisida  ham  (masalan,  HTML-redaktorlar  yordamida  xujjatlar  yaratishda),  

xujjat ichida ham ishlatilmoqda.  

Agar  tashqi  saytga  murojaat  etish  lozim  bo„lsa  absolyut  murojaat  –  serverning  nomi  va  protokol 

ko„rsatilgan to„liq yo„l beriladi: 

 Microsoft ning uy sahifasi  

 tegi formati:  

 gipermurojaat matni  

href  atributi  qiymat  murojaat  bo„yicha  o„tiladigan  xujjatning  URLini  ko„rsatadi.  Mumkin  bo„lgan 

qiymatlar: 

http://... – www-xujjatga murojaat yaratadi; 

ftp://... –FTP-sayt yoki undagi faylga murojaat yaratadi; 

mailto:...  –  manzil  maydoni  to„ldirilgan  xolda  kliyent-pochta  dasturini  ishga  tushiradi.  Agar 

adresdan  so„ng  savol  belgisi  ko„yilsa,  "&"  belgisi  bilan  ajratilgan  qo„shimcha  atributlarni  ko„rsatish 

mumkin; 

news:.. –yangiliklar serveri konferensiyasiga murojaat yaratadi; 

telnet://... –masofadagi mashinaga telnet-sessiyani ishga tushiradi; 

wais://... – WAIS–serverga murojaatni ishga tushiradi; 

gopher://... – Gopher-serverga murojaatni ishga tushiradi; 

bog„lanish  turi  va  mashina  adresi  ko„rsatilmagan  –  joriy  xujjat  adresidan  foydalaniladi  va  nisbiy 

murojaat  yaratiladi.  Masalan,  link    Xujjatlar    docs  katalogidagi 

title.html faylga murojaat yaratiladi (joriy faylga nisbatan). 

target  atributi  gipermatn  ko„rsatayotgan  darcha  (freym)ni  aniqlaydi.  Bu  parametr  faqat  href 

parametri bilan birgalikda ishlatiladi. Uning qiymati yo mavjud freymlardan birining nomi, yoki quyidagi 

zaxiraga ajratib olingan nomlardan biri bo„lishi mumkin: 


 

 



 

_self – HREF parametrida aniqlangan xujjat joriy freymda aks etishi lozimligini ko„rsatadi; 

_parent –xujjat joriy freymni paydo qilgan ona freymda aks etishi lozimligini ko„rsatadi. Boshqacha 

qilib aytganda _parent joriy freymni ishga tushiruvchi FRAMESET ni o„z ichiga olgan darchaga murojaat 

etadi; 

_top –xujjat joriy freym tuzilmasining ona darchasida aks etishi lozimligini ko„rsatadi; 



_blank –xujjat yangi darchada aks etishi lozimligini ko„rsatadi.  

Gipermatn murojaat konteyneri (ochish va yopish teglar) ichidagi matn  tegi atributlarida 

kontekst gipermatn murojaatlari uchun belgilangan rangda ajratiladi.  

Agar bir papkada joylashgan bir web-xujjatdan boshqasiga o„tmoqchi bo„lsangiz to„liq adres yozish 

shart emas, faylga murojaat murojaatni yozish yetarli.  

Xujjatlar  o‘rtasida  bog‘lanishlarini  tashkil  etish.  Web-sahifasidagi  giperbog„lanishlar  xujjat 

matnining bir qismi bo„lib hisoblanadi, shuning uchun u matn elementi kabi  tegi yordamida beriladi. 

Bu tegning yozilishi umumiy xolda quyidagi ko„rinishga ega: 

         

        giperyuborish matni 

        


Bu  yerda  HREF  atributi  siz  giperaloqa  o„rnatmoqchi  bo„lgan  Web-sahifaning  adresi.  Agar  siz 

giperaloqa  o„rnatmoqchi  bo„lgan  xujjat  boshqa  serverda  joylashgan  bo„lsa,  bu  atributning  qiymati 

Internetning (URL)   to„liq adresi ko„rinishida  (masalan,  http://www.REFERAT.UZ/page.htm”)  beriladi. 

Agar siz giperaloqa o„rnatmoqchi bo„lgan xujjat lokal serverda, ya‟ni giperaloqa o„rnatilayotgan xujjatlar 

bir  serverda  joylashgan  bo„lsa,  u  xolda  atributning  qiymati  qisqartirilgan  URL    ko„rinishida  (masalan, 

“…/LabPas/Lab1/htm”).  Shuni  ta‟kidlab  o„tish  lozimki,  agar  zarur  xujjat  joriy  (hozir  biz  ishlab  turgan) 

xujjat  bilan  bir  direktoriyaga  joylashgan  bo„lsa,  u  xolda  HREF  atributining  qiymati  sifatida  zarur 

xujjatning nomini yozish kifoya.  Xujjatni brauzerda ochish  qoidasini tasniflovchi ko„rsatmalr TARGET  

atributi yordamida beriladi. Bu ko„rsatmalar boshqa kodlardan quyi chiziqqa (pastki chiziq) simvoli bilan 

ajralib  turadi.  Bu  atributning  eng  ko„p  ishlatiladigan  qiymatlaridan  biri  TARGET=”blank”  bo„lib,  bu 

murojaat qilingan HTML xujjatni brauzerning yangi oynasida ochilishi zarur ekanligini ko„rsatadi. 

TITLE  atributi  altirnativ  matnni  yaratish  uchun  mo„ljallangan.  Agar  foydalanuvchi  sichqoncha 

ko„rsatkichini giperyuborish matnining ustida biroz qimirlatmay tursa, u xolda kichikroq to„rtburchakning 

ichiga yozilgan ko„rsatma (matn) paydo bo„ladi va u altirnativ matn hajjatning to„liq tasnifini o„z ichiga 

olishi  mumkin. Shuni  nazarda tutish kerakki,   tegi  yordami bilan ichma -ich joylashgan  bir tipdagi 

elementlarni  tashkil  etish  mumkin  emas.  Boshqacha  aytganda  bir  giperyuborishning  ichiga  ikkinchisini 

joylashtirish mumkin emas. 

 

2. Gipermurojaat tushunchasi 



Xujjatning  bo‘limlarida  bog‘lanishlarini  tashkil  etish.  Agar  Web  sahifa  juda  katta  hajmdagi 

axborotlarni(materialni)  o„z  ichiga  olgan  bo„lsa,  uning  bir  bo„limidan  boshqa  bo„limiga  o„tish  ancha 

noqulay.  Bunday  xollarda  giperyuborishlarni  boshqa  xujjatlarga  emas,  balki  bir  xujjat  doirasida 

joylashgan bo„lim yoki matnni ma‟lum bir qismiga qo„yish zarurati paydo bo„ladi. Shuning uchun Web-

xujjat  uzun  (katta)  bo„lgan  xollarda  mazkur  sahifa  ichida  murojaat  o„rantishga  to„g„ri  keladi  Masalan, 

sahifa  boshida  uning  mundarijasi,  keyin  shu  faylning  o„zida  mundarijada  ko„rsatilgan  paragraf  yoki 

boblarning  mazmuni  joylashtirilgan  bo„lsa,  u  xolda  mundarijadan  har  bir  bobga  murojaat  etish  va 

murojaat manziliga belgi qo„yish mumkin. 

Buning  uchun    tegidagi  name  atributidan  foydalanib,  boshlang„ich  va  yopish  teglari  ichidagi 

matn  bo„lagini  manzil  deb  belgilash  mumkin.  HTML  xujjatidagi  giperyuborishlarni  faollashtirganda 

brauzer ekranni shunday «aylantiradiki», natijada zarur bo„lim yoki jumla uning yuqori qismiga joylashib 

qoladi.  

Xujjatni  bo„limlariga  yuborish  jarayonini  tashkil  etish  shartli  ravishda  ikki  bosqichga  bo„lish 

mumkin. Birinchi bosqich «xatcho„p» deb ataluvchi maxsus belgilarni (metka)lani tayyorlash. Bu NAME 

atributining  yordami  bilan,  ushbu  xujjat  doirasida  ega  bo„lgan  maxsus  metkani  «xatcho„pga»  berish 


 

 



 

asosida betakror amalga oshiriladi. Xujjatning belgi (metka) qo„yilishi zarur bo„lgan qismiga quyidagilar 

yoziladi: 

 bo„limning sarlavhasi yoki tayanch ibora . 

Murojaat uchun nom sifatida xujjatdagi lotin alifbosida yozilgan istalgan unikal so„z-ko„rsatkichni 

tayinlashimiz mumkin.  

Masalan: 1 bo„lim . 

Endi  belgilangan  matnga  xujjat  nomidan  keyin  kiritgan  ko„rsatkichimiz  orqali  bemalol  murojaat 

etishingiz  mumkin.  Xujjatni  bo„limlarga  yuborishni  tashkil  etishning  ikkinchi  bosqichi  yuborishning 

(murojaat matn) o„zini yaratishdan iborat. Bu quyidagi farmoyish yordami bilan amalga oshiriladi: 

 murojaat matni 



    tegidagi  aloqa  matn  ostida  maxsus  belgilab  qo„yilgan  o„tish  joyini  ko„rsatadi.  Shu 

o„rinda aloqa joyidagi "#" belgisiga ahamiyat bering (u zarur!), u nishon nomi oldida bo„lishi zarur.  

Har  xil  noqulayliklarni  oldini  olish  uchun,  «nishon»  nomini  yozish  uchun  lotin  alfavitining 

harflaridan  foydalanish  maslahat  beriladi.  Giperyuborishdan  foydalanib  bo„limni  chaqirganda  «nishon» 

nomi «#» simvolidan keyin yoziladi. 

Masalan,  link  1 

bo„lim    sizni  document.html 

faylining"part"   bo„limiga,  link     xujjat oxiriga   -  joriy  xujjatning  "bottom" 

bo„limiga jo„natadi.  

Shuni ta‟kidlab o„tish  kerakki, ushbu algoritmni boshqa bir xujjatning zarur bo„limiga o„tish uchun 

ham ishlatsa bo„ladi. Boshqa xujjatning qandaydir bir bo„limiga murojaat qilish uchun chaqiruvchi tegdan 

«nishon»  nomidan  oldin xujjatning Internet adresi  (URL) ko„rsatadi.  Bunday  xolda “_blank”  qiymatiga 

ega bo„lgan TARGET  atributidan ham foydalanish maslahat beriladi. Bir xujjatdan boshqa bir xujjatning 

qandaydir bo„limiga o„tish farmoyishi umumiy xolda quyidagi ko„rinishga ega bo„lishi mumkin: 


TARGET=”_blank”>  murojaat matni  



Elektron pochta adresi va fayl ob’ektlaridan foydalanib giperaloqalarni tashkil etish. Internet 

tarmog„i  bilan  ishlash  jarayonida  siz  shunday  giperyuborishlarga  duch  kelib  qolasizki,  ular 

aktivlashtirilganda  kompyutega  o„rnatilgan  pochta  dasturi  avtomatik  ravishda  ishga  tushib  ketadi. 

Natijada adres maydoni to„ldirilgan elektron xat blanki (formasi) jo„natishga tayyor xolda ekranda paydo 

bo„ladi.  Ayrim  xollarda  xatning  Subjtcn  maydoni  ham  to„ldirilgan  bo„ladi.  Bu  giperyuborishlarni  ham 

  tegidan foydalanib amalga oshirish mumkin. HTML kodida elektron pochtaning adresiga murojaat 

qilish quyidagi ko„rinishda yozilishi mumkin:  



HREF=”mailto:user_1@tashserver.uz?ccquser_2@tashserver.uz,-user-3@tashserver.uz 

subjectqxat_mavzu>  murojaat (yuborish) matni  

Keling,  endi  HREF  atributining  yuqorida  keltirilgan  hamma  parametrlarini  birma-bir  ko„rib 

chiqaylik.  Bu  yerda  birichi  bo„lib  mailto:    ko„rsatmasi  yozilgan.  Uning  yordamida  avtomatik  ravishda 

yaratilgan  xatni  qayerga  jo„natish  zarur  bo„lsa,  ana  o„sha  elektron  pochtani  asosiy  adresi  o„ziladi. 

Elektron  pochta  adresiga  giperyuborishni  amalga  oshirishda  HREF    atrributining  eng  qisqa  ko„rinishda 

yozish uchun faqat bu ko„rsatmani va qandaydir e-mail adresni ko„rsatish mumkin.  

& Subject funksiyasining yordami bilan yuborilayotgan xabar mavzusini berishi mumkin.  

HTML  xujjat  bilan  serserda  saqlanayotgan  qandaydir  bir  fayl  masalan,  archivi-file.  Zip  arxivi, 

orasida  giperaloqani  tashkietishl  ham  giperyuborish  asosida  amalga  oshiriladi.  Buning  uchun  HTML 

xujjatning  qandaydir  bir  qismida  fayl  ob‟ektga  giperyuborish  yozilgan  bo„lishi  zarur.  Bunday 

giperyuborish  ustiga  sichqoncha  kursorini  joylashtirib,  so„ng  o„ng  tugmachasi  bosilsa  lokal 

kompyuterdan  uzoqda  serverdagi  ushbu  fayl  avtomatik  ravishda  foydalanuvchining  lokal  kompyuteriga 

yuklanadi.  HTML  xujjatni  serverdagi  faylga  giperyuborishni  tashkil  etish  formatini  quyidagicha  yozish 

mumkin:    

                                  

giperyuborish matni 

Elektron  pochta  orqali  murojaat  =

mailto:pochta@umail.uz

pochta@umail.uz



   

ko„rinishda yozish ham mumkin.  



 

 



 

Ayrim  xollarda  fayl  ob‟ekt  bilan  giperaloqani  amalga  oshirish  uchun  bu  ob‟ektga  URL  yozishda 

file://

  old  qo„shimchasidan  (prifksdan)  foydalaniladi.  Ammo  bu  usul,  asosan,  lokal  kompyuterga 



joylashgan  fayl  ob‟ekttiga  giperyuborishni  tashkil  etish  uchun  tadbiq  qilinadi.  Agar  faylni  yuklash  FTP  

protokoli  bo„yicha  amalga  oshirish  rejalashtirilgan  bo„lsa,  u  xolda  “ftp://”  old  qo„shimchasidan 

foydalaniladi.  Agar  zurur  fayl  bilan  uni  chaqiruvchi  xujjat  bir  direktoriyada  joylashgan  bo„lsa,  u  xolda 

HREF atributining qiymati sifatida faqat uning nomini ko„rsatish mumkin.  

Gipermatn  tushunchasi  o„zaro  bog„liq  axborotlarni  tashkil  etish  usuli  sifattida  Internet 

texnologiyasidan  ancha  oldin  paydo  bo„lgan.  Gipermatn  texnologiyasi  xujjatni  ko„p  o„lchamli  matn 

shaklida  tasvirlaydi  va  foydalanish  uchun  qulaylik  yaratadi.  Hozirgi  paytda  gipermatn  texnologiyasini 

tadbiq  etish  sohasi  juda  keng.  Zamonaviy  dasturiy  vositalarning  deyarli  hammasidagi  yordam  (help) 

tizimi gipermatn texnologiyasi asosida yaratilgan. 

Gipermatn-bu  oddiy  matn  va  grafik  axborotlar  bilan  bir  qatorda,  boshqa  xujjatlar  bilan 

bog„lanishlarga ega bo„lgan xujjatdir. Bu bog„lanishlar ushbu xujjatlar grafik ob‟ektiga yoki matn bo„lagi 

ichiga qo„yilgan.  

WEB-sahifasi  gipermatn  texnologiyasi  asosida  yaratiladi.  Undagi  giperbog„lanishlar  xujjat 

matnining bir elementi bo„lib hisoblanadi va  juft tegi yordamida yoziladi. Bu teg va uning atributlari 

yordami bilan turli xil bog„lanishlarni tashkil etish mumkin. 

 

Savol va topshiriqlar 

1.  Gipermatn tushunchasining asosiy g„oyasi qachon va qayerda paydo bo„lgan. 

2.  Gipermatn texnologiyasi qanday yangi imkoniyatlani yaratdi? 

3.  Gipermatn qanday tarkibiy qismlarga ega? 

4.  Avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan gipermatnlarga misollar keltiring. 

5.  Giperbog„lanishlarga ega bo„lgan xujjatlar qanday yaratiladi? 

6.  WEB-sahifasidagi giper bog„lanishlarni o„rnattish uchun qaysi teglardan foydalanish mumkin? 

7.  Xujjatlar aro giperbog„lanishlarni  tashkil qilish qanday amalga oshiriladi? 

8.    va  teglari qanday maqsadda ishlatiladi? 

9.  Xujjat  bilan  uning  bo„limlari  orasidagi  giperbog„lanishlarni  tashkil  etish  qanday  amalga 

oshiriladi? 

 

Foydalanilgan adabiyotlar:   

1.  Бобровский «Delphi 5», «Питер», Москва, 1997 г. 

2.  Шумаков «Delphi 4 разработка баз данных», «Питер», Москва, 1996 г. 

3.  Фаронов «Delphi 4 учебное пособие», «Питер», Москва, 1995 г. 



Download 180.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling