Ivan qisqichbaqa


Download 399.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.07.2020
Hajmi399.97 Kb.
#100043

OQQUSH, CHO'RTANBALIQ VA

IVAN  QISQICHBAQA

KRILOV


YANGIASR AVLODI

TOSHKENT


2017

DONO  MASALCHI

Ivan Andreyevich Krilov 1769-yilda Moskvada, askarlikdan 

armiya  ofitseri  darajasigacha  ko'tarilgan  xizmatchi  oilasida 

tug'ildi. Uning yoshlik yillari Ural va Tverda o‘tdi.

Yoshligidanoq  moddiy  qiyinchiliklar  azobini  totgan 

I.A.Krilov dastlab  o‘n  ikki yoshida idorada xizmatchilik qil- 

di.  Ilm-ma’rifatga  qiziqdi,  chet  tillarini  qunt  bilan  o'rgandi. 

1782-yilda  Peterburgga  kelib  kichik  xizmatchi  lavozimida 

ishladi. Umrining oxiriga qadar shu yerda yashab,  1844-yil- 

da Peterburgda vafot etdi.

Krilov o'zining ilk masalini yozganda 36 yoshda edi.

Masallari “xalq donoligining kitobiga aylangan” (N.V.Go­

gol) I. A.Krilov o‘zining barakali ijodi bilan mazkur janrni shart- 

li-didaktik yo'nalishdan ijtimoiy satira darajasiga ko‘tardi.

I.A.Krilov o‘z  masallari  sujetini  o‘zi  guvoh  bo'lgan  davr 

voqealaridan, xalq hayotidan oldi. U jahon adabiyoti masal- 

chilik  an’analarini  ijodiy  davom  ettirdi,  masalchilikni  yangi 

ijodiy bosqichga  ko'tardi.  Krilovgacha  bo'lgan  davrda  Ros- 

siyada klassik masal namunalari, chunonchi, Ezop masallari 

1712-yilda,  Pilpayning  “Hind  masallari”  1762-yilda  nashr 

etilgan  edi.  I.A.Krilov masalning  ulug‘  namunalaridan  ijod- 

ni o'rgandi,  ularga ergashdi,  klassik masal sujetlaridan foy- 

dalanib,  rus voqeligi bilan bog'liq hodisalarni yorita boshla- 

di.  Chunonchi,  u  “Kalila  va  Dimna”  sujetidan  foydalanib,

3


“Darvesh  va  Ayiq”,  fransuz  masalchisi  Jan  Lafontonning 

“Bahaybat” asariga ergashib, “Osiy banda” masalini yaratdi.

Krilovdan nima uchun asosan masal janrida ijod qilishi sa- 

babini so‘rashganda, u “Bu janr hamma uchun tushunarli: uni 

dehqonlar ham, bolalar ham o'qiydi...” deb javob bergan ekan. 

Xuddi  ana shu  ommaboplik xususiyati  muallifni  rang-barang 

g‘oyalami ham kulgili, ham satirik holatlami o‘ziga xos yo‘sin- 

da ifodalashga undadi.

Masal  -  xalq  janri.  Unda  Krilov  ta’biri  bilan  aytganda, 

“haqiqat  yarim  ochiq  tarzda”  beriladi.  U  pand-nasihatdan 

qochadi, uni chetlab o'tadi.

Krilov  masallari  o‘quvchini  rang-barang  qismatlar,  qay- 

tarilmas holatlar olamiga olib kiradi. Ularning ayrimlari o‘quv- 

chini qusur va kamchilik “xatarlaridan” ogoh etadi (“Qarg'a 

va Tovuq”),  arzimas narsa uchun bosh qotirib  “bilimdonlik” 

qilishga uringan nodon kimsalardan (“Quticha”) kuladi.

Krilov  masallarining  yana  o'ziga  xos  xususiyati  -  unda 

dialogning mavjudligidir.  Belinskiy Krilov masallarini  miniatur 

komediyalar  deganda,  albatta,  dialogning  ham  muhim  rol 

o‘ynashini  ko‘zda  tutgan.  Mashhur  fransuz  masalchisi  Jan 

Lafonten  ham  masalning  ana  shu  xususiyatiga  toxtalib, 

“Masal dunyo sahnasida  oynaladigan  keng,  yuz  ko'rinishli 

komediya” deb baholagan.

Uning buyuk xizmati shundaki, u o‘z salaflarining an’analari- 

ni ijodiy davom ettirib, obrazlaming realistik haqqoniyligi uchun 

kurashdi. Realist ijodkor sifatida ijtimoiy hayot va uning ziddiyat- 

lariga chuqur kirib boroldi.

Ushbu  nashr  A.I.Krilov  ijodini  o‘quvchiga  bir  muncha 

to'laroq ko‘rsata olishi bilan diqqatga sazovor. Krilov ijodiga 

qiziqish o‘zbek kitobxonlarida juda ilgari boshlangan. Tuzuv- 

chi taniqli o‘zbek shoirlari qilgan tarjimalarning eng saralarini 

bu kitobga jamlagan.



Asqarali  SHAROPOV

4


QARG A  BILAN  TULKI

Tegar xushomadning hamisha kasri,

Bu gapni donolar ko‘p aytgan asli. 

Qilinmaski amal, axir, ne foyda,

Doim xushomadgoy pichog'i moyda.

*  *  *


Qarg'a topib oldi bir burda pishloq, 

Qarag‘ay shoxiga qo‘ndi-yu shu choq - 

Qilay degan edi endi tamaddi - 

Pishlog‘i og'zida,  oylanib qoldi.

Baxtga qarshi, qarang, shu yaqin yerdan 

Tulki chopib o‘tardi. Birdan - 

Pishloq hidi uni to'xtatdi taqqa.

Ko‘zi tushdi shu dam luqmayi pokka, 

Mazaxo'rak edi azaldan juda,

Daraxt tomon kelib oyoq uchida,

Dum silkib, Qarg'adan uzmay sira ko‘z, 

Tamshanib-entikib boshlab shirin so‘z: 

“Girgittoning bo‘lay, qoqindiq!

Dol bo'yinchang, bu shahlo ko'zlar 

Ta’rifiga so‘z yo‘g‘-a, do'ndiq! 

Tumshuqchang soz, patlaring-chi - zar! 

Tovushing ham farishtadaydir?

Kel, qarog‘im, bitta sayrab ber!

Tortinma hech, axir, hoynahoy -

5


Bo‘lgach senda shunchalik chiroy - 

Sayrashda ham zo'rdirsan juda?

Qushlar shohi bo‘larding bizda!”

Maqtovdan Qarg'aning aylanib boshi,

Nafasi bo‘g‘ziga tiqilib, shoshib,

Bunday xushomadga bo‘lib mahliyo 

Bor ovoz-la “Qag‘!” deb og‘zini ochdi, 

Tumshuqdan pishlog'i tushgan hamono - 

Ayyor Tulki shartta ildi-yu, qochdi.

MASHSHOQLAR

Mehmonga chaqirdi qo‘shni qo'shnini,

Ammo boshqachaydi niyat aslida:

Mezbon musiqaga o‘ch edi juda,

Qo'shiqchilar chorlab uyga shu kuni - 

Tinglamoqqa taklif etgandi uni.

Showozlar ham qo'shiq boshlashdi, qarang,

Biri bog'dan kelsa, boshqasi - tog‘dan,

Ammo bergan ekan rosa tomoqdan,

Boshi aylandi-yu, mehmon g‘irt garang. 

“Kechirgaysan meni, - dedi u hayron, - 

Buning nimasidan olasan bahra?

Hofizlar tovshida shira yo‘q sira,

Solishyapti xolos shovqin-u suron”.

“To‘g‘ri, - dedi mezbon kuyga chayqab bosh, - 

Aytgan qo‘shiqlari biroz baland-past,

Lekin o‘zlari-chi, yoqimtoy, yuvosh,

Ichkilik deganni og‘izga olmas”.

Menga qolsa - ichsang-ichgin-u, faqat - 

Ishni qoyillat.

6


q a r g

 

a

 

v a

 

t o v u q

Smolensk knyazi razil dushmanin 

Yengmoq bo‘lib ishga soldi san’atin.

Yangi jabrkorlarga u qoydi tuzoq,

Moskvani qoldirdi ularga bir choq.

Shunda shahar xalqi, hamma yosh-qari,

Bir lahza kechikmay, qo‘zg‘aldi birdan, 

Bolarilar inidan uchgan singari,

Moskvadan chiqishdi yakdil va yaktan.

Tom boshida burnin ishqalab Qarg‘a 

Bu g‘avg‘oga qaraydi sokin, bemalol.

Ko‘ch bilan borayotgan bir Tovuq darhol 

Qichqirdi:  “Qani, o'rtoq, otlan safarga!

Axir eshitmadingmi,  naq darvozada 

Turar emish g‘addor,  ko‘p yovuz dushman”. 

Qarg‘a javob berdi:  “Ha, menga nima?

Men qo'rqmasdan bu yerda qolaveraman. 

Siz Tovuqlar bilan mening ishim yo‘q, 

Qarg‘ani yeyishmas, bundan ko'nglim to‘q. 

Ular-la do'stlashish emasdir qiyin,

Balki ahvolim yaxshi bo'lur kun sayin: 

Ko'payadi suyag-u sarqit va pishloq,

Xayr, oq yo‘l tilayman senga, qaqildoq!” 

Chindan ham Qarg‘a qoldi. Lekin u knyaz - 

Mehmonlarni ochlikdan qirgan bir choqda 

Qarg‘a o‘ylagan mo‘l-ko‘l ovqat qayoqda? 

Ular sho‘rvasida o‘zi bo‘ldi jaz.

Inson o‘z niyatida ko‘p vaqt ko‘r, nodon, 

Baxtning izidan chopgan bo‘lasan go‘yo: 

Erishdim deganingda yo‘liqar balo - 

Qarg‘aning holiga tushasan bir on!

7


QUTICHA

Shunday bo'ladiki, bizlar ko‘pincha - 

Fahm-u farosatni ishlatib picha - 

Qilsa boladigan ish uchun yakbor 

Kalla qotiramiz bekordan-bekor.

Allakimga ustadan bir Quti keltirdilar,

Bezaklari yarqirab, ko'zni olar edi u.

Ajoyib bu Qutiga zavq bilan tikildilar,

Shu payt uyga bilimdon - temirshunos kirdi-ku. 

Qutichani ko‘rib der:  “Bu - oddiy quti emas,

Qulfi ham yo‘q ekan, ha;

Lekin buni ochishlik - mening uchun cho‘t emas, 

Sizlar zimdan kulmang-da!

Qutining sirin topib, sizga ochib berayin, 

Temir-tersak ishidan xabarim bor, anchayin”, - 

Dedi-yu u shu zamon - 

Unnab ketdi Qutini aylantirib har tomon,

Rosayam bosh qotirdi,

Goh u mixni, goh buni, bandini qisib ko‘rdi.

Unga qarab bosh chayqab achinishsa ba’zilar, 

Boshqalari o'zaro goh pichirlab, goh kular.

“U yer emas, bu yermas, ne, undoqmas, bundoq!” 

Ming xildagi gaplardan g'uvillab ketdi quloq.

Besh battarroq urinar bizning sho'rlik bilimdon, 

Jiqqa terga ko‘mildi, qolmadi sira darmon.

Quti yonidan ketdi nihoyat u qo‘l siltab,

Qanday ochilishini bilmadi shuncha unnab.

Bu qadar bilimdonlik lozimmasdi bu ish-chun,

Quti ochilardi jo‘n.

8


QURBAQA  VA  HO KIZ

Qurbaqa o‘tloqda bir Ho‘kiz ko‘rdi 

Va xayol surdi:

“Nahotki,  Ho'kizday zo‘r bo‘lolmasam, 

Kattalikda unga teng kelolmasam?”

Ichi qora, hasadchi edi olguday,

Ho‘kiz savlatiga suqi kirguday.

Axir andishani butun tashladi,

Qomiga dam berib puflay boshladi.

Zo‘r berib urinar, tirishar edi,

Har dam bir hurpayar va shishar edi. 

Xirillar, pixillar, toxtamas, lekin 

Qavara boshladi juda ham sekin.

“Qalay”, - der do‘stiga, o‘zi qiynoqda,

U der:  “Sen qayda-yu, Ho'kiz qayoqda”. 

“Toxtab tur, men yana kuchanib boqay, 

Xo‘sh, endi o‘zing ayt, sal o‘xshabmanmi?” 

Do'sti javob berar:  “Jonimni qoqay, 

Ho‘kizga o‘xshamoq oson ekanmi?”

“Qani, endi ko‘r-chi!”  “Birday hali ham!” 

Kuchanib, hansirab hamon berar dam. 

Nihoyat juda ham oshdi puf zo‘ri,

Tars yorilib ketdi - bor ekan sho'ri. 

Ho‘kizday bo‘lay deb u harom oidi,

Hasad oqibati - mana shu bo‘ldi.

Tushungan odamga bu masal - tayoq: 

Ko‘rpangga qaramay, uzatma oyoq! 

Behuda kuchanmoq o‘z joningga yov - 

Notavon ko'ngilga qo'tir jomashov.

9


KUYOV  TANLAR  QIZ

Boy yetgan qiz orzu qildi erga tegishni, 

Ravshandirki, aybli joyi yo'qdir bu ishning.

Aybi faqat shu ediki, qizi tushmagur - 

Ko‘p havosi baland edi, xiyla takabbur!

Shundayin bir kuyov topsam deb surardi o‘y: 

Bolsa unda aql-u chiroy, mansab-u obroy. 

Qirchillama yigit bo‘lsa - kelishgan va soz,

(Suluv qizda tannozlikdan bor edi biroz).

Bo'lsin derdi kuyovimning shuncha xislati, 

Shuncha xislat bir odamda qanday boladi? 

Ustiga-ustak -

Sevsinmish-u, lekin hech vaqt qilmasinmish rashk. 

Sizga aytsam, bu dunyoning ishi g‘alati,

Ajab, qarang,  mag'rur qizning kelib omadi - 

Eshigidan kuyovlaming keti uzilmas,

Tagi-zotda bir-biridan qoladiganmas.

Ammo qizning didi nozik edi o‘lgudek,

Boshqa qizlar uchun bo‘lar misoli tillo,

Bizning go‘zal uchun esa illo-yu-billo - 

Kuyov bo'lmoq istaganlar barimish so‘tak!

Axir qanday tanlab olsin ulardan birin?

Anovisi - bemansab-u, bunda orden yo‘q,

Bunisi xo‘p mansabdor-u, yo‘qdir hemiri.

Dam birining burni puchuq, dam qoshi baroq, 

Anovisi undoq ekan, bunisi bundoq.

Orzumandlar jim boiishib ketdi ikki yil,

So‘ng boshqalar sovchi yo‘llab qilar izhor dil. 

Ammo-lekin bu kuyovlar biroz o'rtahol.

“Voy bedavo landavurlar, - der sohibjamol, - 

Nahot og‘iz solishsa-ya, uyalmay menga,

10


Maqol bor-ku, oyoq uzat qarab ko‘rpangga. 

Ne-ne nomdor kuyovlarga “xayr-ma’zur” deb, 

Kelib-kelib shu pastlami ko‘rayinmi ep? 

Quvyaptimi birov meni osgan uyimdan? 

0 ‘tyapti-ku kunlárim soz, yayrab, o'yinda. 

Kechalari, ha,  ishoning, uyqum osuda,

Nima zarur erga tegib, shoshilib juda?”

Suvga urdi kuyovlaming yangi to‘pi ham, 

Hamon o‘sha rad javobin eshitaverib 

Hafsala sovib,

Kuyovlikka jazmanlar ham endi kamdan-kam. 

Bir yil o‘tdi, ammo hech kim bosmasdi qadam. 

Yil ketidan yil ham o‘tdi quvlashib g‘iz-g‘iz,

Vo ajabo, sovchilardan yo‘q sira darak. 

Shaddodimiz bo‘lib qoldi endi qari qiz.

0 ‘tirardi tengdoshlarin birma-bir sanab:

Anuv tekkan, bunisining toyidir tezdan,

Uni bolsa chiqardilar goyoki esdan. 

G‘am-nadomat qo'ndi go‘zal diliga yakbor, 

Qaraganda ko‘zgu qilar uni xabardor:

Yillar bilan sekin-asta umr o‘tardi,

Chiroyini birin-sirin olib ketardi.

Yuzidagi qizilligi endi qayoqda,

Huvoynoqi kuldirgichlar yo‘qdir yonoqda. 

Qani endi shodligi-yu, xushchaqchaq chog‘i, 

Sochi aro ko‘rinadi uch-to‘rtta oqi:

Yog'ilardi har tarafdan turli xil balo!

Bir payt usiz o'tmas edi to‘y-u tomosho, 

Atrofida shaydolari parvona har chog‘, 

Endi-chi, e voh,

Xotinlarning davrasiga qilinar taklif.

Pirovardi dimog‘dor qiz o‘ziga kelib,

0 ‘ylab ko‘rsa - guldek umri o‘tar behuda,

11


Turmush qurish uning uchun zarur-ku, juda! 

Yig‘ishtirdi u oldingi kibr-u havosin, 

Erkaklarga qarasa ham hamon mensimay, 

Yashirolmas edi mayl-u ko‘nglin navosin. 

Go'zalimiz so‘limasdan turib tamoman,

Bu dunyodan o‘tmayin deb bir umrga toq  - 

To‘g‘ri kelgan sovchiga bosh egdi indamay, 

U judayam xursand edi, judayam xursand, 

Tekkan eri bo‘lsa hamki mayrig‘-u cho'loq.

BO RI  VA  QO ZICHOQ

Daraxtning bo‘shini qurt yeydi doim, 

Tarixda misollar juda ko‘p bunga.

Tarix to‘g‘risida qolaylik-da, jim,

Bir ertak soylaylik, quloq ber shunga.

Yozning issiq bir kunida 

Qo‘zi bordi suv ichgali.

0 ‘z joniga qasd qilgandan 

Xabari yo‘q uning hali.

0 ‘sha joyda och bo‘rining 

Yurganini bilmaydi u,

Shu choq birdan ro'paradan 

Bo‘ri chiqib qoladi-ku!

0 ‘z ishiga oz bolsa ham 

Qonuniy tus bermoq bo‘lib,

Qichqiradi Qo‘zichoqqa - 

Ikki ko‘zi qonga to‘lib:

“Sen yaramasni bilaman!

Tumshug‘ingni suvga tiqib,

Toza suvni bulg'atasan!

Suv yuziga qolar chiqib

12


Tagidagi hamma loylar,

Toza bir suv icholmayman 

Bu ariqdan yillar, oylar.

Bu ishingga chidolmayman!

Tutib olib bir yamlaymanL”

Qo‘zi dedi:  “Ey, hurmatli, 

Arzimni bir tinglasalar,

Mening hech bir gunohim yo‘q, 

Menga g‘azab qilmasalar.

Yuz qadamcha pastdaman men, 

Janobingiz ichgan joydan. 

Mening aslo xabarim yo‘q 

Suv betiga chiqqan loydan”. 

“Demak, mening gapim yolg'on? 

Bu gunohing undan yomon! 

Dunyoda yo‘q bunday bo'hton! 

Shoshma, hali sen bachchag‘ar, 

Uch yil burun juda dag‘al 

Bir gap qilib eding menga! 

Ko‘rsataman endi senga!” 

“0 ‘tgan yili tug‘ildim-ku?” 

“Unday bo'lsa, akangdir u!”

“Na akam bor, na ukam bor”. 

“Gap qaytarma, ey bachchag‘ar! 

Urug‘ingdir, aymog‘ingdir,

Biron og‘zi maymog'ingdir. 

Ulardan ham tonasanmi, 

Tonmoq shunchalik osonmi?

Siz hammangiz bir bolasiz!

Doim menga qasd qilasiz! 

Hammang menga bir dardisar, 

Hammasiga sen javobgar!” 

“Taqsir, mening aybim nima?”

13


“Jim tur endi, ko‘p gapirma!

Surishtirib o‘tirishga vaqtim bormi?

Qorin ochsa, ovqat bo‘lsa - tanlanarmi?

Aybing shuki - uchrab qolding qornim ochganda 

Shunday qilib qo‘zichoqni yedi o‘rmonda.

CHUTAR

Bir kuni dengizga yol olib Chittak,

Maqtandi qittak:

Goyo u dengizga o‘t qoyar emish.

Bir zumda olamni tutdi bu “mish-mish”.

Dengiz jondorlarin bosdi vahima,

Qushlar gala-gala uchar bu tomon,

0 ‘rmondan jonvorlar yugurgan hamma - 

Ko‘rmoqchi qandayin yonarkan ummon.

Tekin ziyofatning ishqibozlari,

Yetib kelishganmish qirg‘oqqa bari.

Bir narsadan qüruq qolgandek shoshib,

Bari qollariga ushlashib qoshiq.

Tatib ko‘raylik, deb baliq sho‘rvadan,

Sho‘rvaki, masalliq mol-kol shu qadar,

Hattoki uchiga chiqqan savdogar - 

Mijozlariga hech tortib ko‘rmagan.

Hamma jim, mo'jiza kutgancha hayron,

Turishar dengizdan ko‘z olmay, mahtal.

Faqat har zamon

“Hozir yonadi”, - deb kimdir pichirlar.

Lekin mo‘jizaga hech kim qonmadi,

Dengiz - yonmadi.

Qaynab ham qo‘ymadi hattoki sal-pal,

Bu dabdaba, ermak - nelar boldi hal?

Chittak jo'nab qoldi yuz shuvut - o‘sal,

14


Olamga tarqatib behuda shov-shuv. 

Biroq dengizga o‘t qo‘yolmadi u. 

Bermasdan birovning shaxsiga ozor, 

Lozim ko'rdim sizga shuni aytishni: 

Biling - illo-billo maqtanish bekor,

Qoyil qilmay turib birorta ishni.



ESHAK

Olamni yoqlikdan bor etib Xudo 

Turli jonzotlarni yaratar ekan - 

Dunyoga keldi-yu Eshak ham, ammo - 

Ataydanmi yoki qo‘l tegmagandan 

Tangri to'polonda shoshib, ishqilib, 

Yaratdi Eshakni zig‘irdek qilib, 

Ko‘rimsiz, bamisli sug'urdek qilib.

Uni hech bir jonzot qilmasdi pisand, 

Holbuki, u kibr-u havoda garchand - 

Har qanday hayvondan qolishmas edi, 

Eshak o‘z obro‘yin oshirsam, dedi. 

Ammo qanday qilib?

Bu bo‘y-u bast-la,

0 ‘zingni ko‘rsatish mumkinmas asti. 

Takabbur Eshakvoy Xudoga bordi, 

Ulkanroq boy ber, deb unga yolvordi: 

“Ey, Tangrim,  ayt, qanday qilayki toqat, 

Sher, qoplon, fillarga bunchalik hurmat, 

Boz ustiga hamma - kichig-u katta 

Ularning ta’rifin qilar, albatta.

Nega eshaklarga ko'rsatmay karam 

Yaratding qomat-u hurmatini kam? 

Agarda buzoqdek bo'lganda qaddim, 

Sher-uqoplonlarni tiyib qoyardim,

15


Meni yaxshi tanib olardi olam”.

Xudoning bor kuni Eshakvoy - xira 

Borib yalinishin qoymasdi sira.

Xudoning joniga tegdi-ku rosa,

Noiloj Tangri ham qildi murosa.

Eshak bo‘lib oldi savlatdor, daroz,

Tegdi boz ustiga qo‘pol bir ovoz.

Qarang, uzunquloq,  bahaybat polvon 

Har yoqqa vahima soldi-ku yomon:

Ko‘rgan qo‘rqib derdi:  “Bu qanday hayvon?” 

“Tishiyam o‘tkirdir? Balki suzag‘on?” 

0 ‘rmonda rosa -

Yurdi Eshak haqda duv-duv ovoza.

Nima bo‘ldi oxir:

Bir yil o‘tmasdan

Eshakning kimligi bo‘ldi oshkora.

Uning ahmoqligi tillarda doston,

Faqat suv tashishga yarar bechora.

Baland bo‘lgan bilan amal-u nasling,

Befoyda, arzimas - past ersa asling.



MAYMUN  VA  KO ZOYNAK

Maymun qarib, xiralanib qoldi ko‘zi,

Esga tushdi odamlarning aytgan so‘zi.

Bu kamchilik - sal gap, buning chorasi bor: 

Ko‘z o'tmasa, tez ko‘zoynak olmoq darkor. 

Maymun topdi ko‘zoynakdan anchagina,

Har maqomga aylantirib ko'rdi mana.

Dam boshiga, dam dumiga taqdi bir-bir.

Iskab ko‘rdi, yaladi, hech bo'lmay oxir - 

“Tuf-e! - dedi, - kim ishonsa - o'sha ahmoq,

16


Odamlarning gapi yolg'on boshdan-oyoq: 

Men ko'rmadim ko‘zoynakdan qittak foyda”. 

Alamiga chidolmasdan osha joyda 

Oynaklarni sharaqlatib toshga urdi, 

Ko'zoynaklar chil-chil sinib, qum-qum bo'ldi.

Esizgina, odamlarda ham bor bu hoi:

Nodon asil buyumlarning qadrin bilmas, 

G‘iybatdan hech tilin tiymas,

Nodon bo‘Isa agar nomdor,

Haydab solib qiladi xor.



UCH  XOTINLIK

Qaysi bir betavfiq, qarang, banogoh 

Xotini ustiga oldi qo‘sh xotin.

Bu ishdan podishoh bo'libdi ogoh 

Va bu qabohatga qarab turmay jim 

Sudga topshiribdi uch xotinlikni,

Tezlikda uni,

Jazolansin, deya aybiga loyiq,

Toki xaloyiq -

Ibrat olsin uning qismatidankim - 

Bunday jinoyatni qilmasin hech kim.

“Osib oldirmoqlik - uning uchun oz,

Jazo toping mash’um qilmishiga mos: 

Yo‘qsa, o'zingizni kutgusidir dor!”

Depti hakamlarga oliy hukmdor.

Qo'rquvdan qaltirab hakamlarda tiz 

Uch kecha, uch kunduz qilishdi majlis. 

Gunohkorga lozim qandayin jazo? 

Jazoning-ku, juda turi ko‘p, ammo - 

Barchaga bo'lsin bu haqiqiy ibrat,



Takror qilinmasin bundan jinoyat.

Nihoyat kelindi shunday qarorga 

Va e’lon etildi jinoyatkorga:

Uchala xotini qaytib berilsin,

Jinoyatchi - ozod, bilganin qilsin.

Bundayin hukmdan xaloyiq hayron,

Va o‘ylar: hakamlar dorda bergay jon.

Lekin to‘rt kun o‘tmay boshqacha bo'ldi: 

Uch xotinlik o‘zi bo‘g‘ilib o‘ldi.

Hammani dahshatga soldi bu hukm,

Va bu mamlakatda shu kundan buyon

To hanuz bir jon

Uylanmadi uch xotinga hech on.

SHUNQOR  VA  TOVUQLAR

Feruza osmonga mahliyo boqib,

Q o‘rquv bilmay, mag‘rur qanotin qoqib

Fazoga to‘shini urib shiddatkor - 

Uchardi Shunqor.

Nihoyat olish-chun bir fursat damin, 

Shunqor moljalladi bug'doy g'aramin. 

G‘aram-ku, mos emas unga qo'noqqa, 

Podsho-qush qilig‘i ba’zan g‘alati,

Negaki, shu joyni ko‘ngli tiladi.

Bolmasa, Shunqorni hamma biladi - 

U qo‘nar balandga, cho‘qqili toqqa. 

Yoqmadi shekilli u qo‘ngan g‘aram,

Ikkinchi g'aramga o‘tdi u shu dam.  •

Buni ko‘rib turgan bir chipor tovuq 

Yonidagiga der:  “Qarang-a, quda, 

“Shunqor - zo‘r” degan gap - bari behuda. 

Axir, uchishida sira ma’ni yo‘q,

18


G‘aramdan-g‘aramga, to‘g‘risi, men ham - 

Bemalol uchaman, agar istasam.

Ahmoq bo‘lmaylik-da, biz bundan buyon,

Uni o‘zimizdan qo‘ymaylik baland.

Unda ham biz kabi bol-u par, savlat,

Axir, ko‘zim bilan ko‘rdim shu fursat - 

Pastda uchar ekan u tovuqsimon”.

Bu so‘zdan Shunqorning qotib ensasi,

Dedi:  “Senga aytsam gapning qisqasin - 

Shunqor ucha olar tovuqdan pastroq, 

Tovuq-chi? Osmonni qucholmas hech choq!” 

Iste’dod haqida gap ketganida,

Uning zaifligin qilma pisanda.

Kuch-u qudratiga bera bilgin tan 

Va yuksak parvozin ko‘ra olgin san.

BOCHKA

Bir odam do'stidan qildi iltimos 

Bochkasin uch kunga berib turishni. 

Olish-berish, axir, oshnolikka xos, 

So‘ralgudek bo‘lsa mabodo pul-mul,

“Yo‘q” deya bermasa boshqa gap butkul, 

Lekin bochkani ham ayarmi kishi? 

Bochkasini olgach egasi qaytib 

Tashila berildi yana unda suv.

Hamma yog‘i butun. Faqat bir aybi - 

Undan vino hidi anqirdi gup-gup.

Oigan kishi unga vino solgandi 

Shu holda uch-to‘rt kun turib qolgandi.

Xoh kvas solinsa, tuzlansa karam 

Undan vino hidi ketmasdi hecham.

Egasi bir yilcha bo‘ldi ovora,

19


Bochkadan may hidi ketsa deb zora:

Qaynatib bug‘latdi, quritdi rosa,

Qani endi vino hidi yo'qolsa!

Baribir bolmagach, umidni uzib,

Jahl-la irg'itdi bochkani buzib.

Otalar, masaldan olingiz ibrat,

Mabodo birorta zararli illat 

Bolaga yoshlikdan singisa agar,

Keyinroq ketkazish mashaqqat bolar.

ITXONAGA  KIRGAN  BO RI

Bo‘ri tunda qo'yxonaga qarab yol oldi, 

Qo‘yxona deb itxonaga qamalib qoldi.

Bo‘ri hidin sezib itlar ko'tardi suron,

Har tarafdan talashmoqchi darrov, beomon. 

Itboqarlar shovqin soldi:  “0 ‘g‘ri keldi! Hoy!” 

Eshik-teshik bekitildi, qolmadi hech joy!

Bir nafasda itxonada to‘s-u to‘polon,

Miltiq, tayoq ola chopdi barcha shu zamon. 

“Chiroq! Chiroq!” deb har yondan baqirishardi, 

Qorong‘ida bir-birini chaqirishardi.

Chiroq yoqib itxonaga barí kiradi,

Bir burchakda dumin qisib Bo‘ri turadi.

Juni hurpak shaq-shaq urib, qayrar tishini,

Yeb qo'ygudek kuzatadi hamma kishini.

Ammo bunday qarasaki, podada emas,

Qoylar uchun xun tolovchi oxirgi nafas. 

Shunda darhol muzokara boshlaydi makkor: 

“Birodarlar, buncha shovqin nimaga darkor. 

Men sizlarning eng qadrdon eski qudangiz, 

Janjal emas, yarashmoqqa keldim, bilsangiz,

20


0 ‘tganlarni unutaylik, bolsín murosa,

Bundan keyin men qo‘ylarga tegmayman sira.

Ham birovga tegizmayman, boling xotirjam! 

Bo'riligim nomi bilan ichaman qasam, Ortiq...”

“Bas qil, - dedi ovchi unga javoban, -

Sen - mug'ombir bo‘ri bolsang, men - qari quvman.

Bo‘ri fe’li ko'pdan beri menga xo‘p ayon,

Hozir senga odatimni qilaying bayon:

Bo‘rilar-la qiladurman shunday murosa - 

Tiriklayin terilarin shilaman rosa”, - 

Deb Bo'riga itlarini qoyib yubordi.

TULKI  VA  SUGUR

“Y o l bolsin, oshna,

Hovliqib qayoqdan kelyapsan-a?” - 

Deb so‘radi Sug'ur Tulkini ko'rib.

“Oh, jo‘ra, - der Tulki hansirab turib, - 

Sen so‘rma, men aytmay - tuhmatga qoldim.

Pora yegansan, deb quvishib soldi.

Bilarding, qozi edim tovuqxonada,

Gap bor: faqir kishi - yurar panada.

Jonimni jabborga berib yoz-u qislí 

Ish uchun chekardim hamisha tashvish.

Yashadim doimo yupun, och-u to‘q,

Na kech-u, na kunduz halovatim yo‘q.

Afsuski, qadrimga yetmadi hech kim,

Yaxshi so‘z o‘miga quvg'in qilindim.

Poraxo‘r emishman?

Tuhmatni qara,

Dunyoda haqiqat yo‘q ekan sira.

Axir o‘zing aytgin, biron marta ham 

Pora yeganimni ko‘rdingmi, oshnam?

21


0 ‘zing xolis turib aytgin, iltimos”. 

“Ko‘rganim-ku yo‘g‘-a, ammo ko‘pincha 

Tumshuqchangning ustida picha - 

Tovuq patlarini ko‘rardim xolos”.



YO LOVCHILAR  VA  ITLAR

Kechki payt ko'chada ikki og‘ayni 

Borar edi, suhbat qizigan ayni.

Bir ko'ppak darvoza ortidan chiqib 

To'satdan ularga akillay ketdi.

Shu zumda har yoqdan vovullab kelib 

Qarabsizki, itlar ellikka yetdi. 

Oshnolardan biri tosh oldi chog‘i. 

“Qo‘ysang-chi, og'ayni, - dedi o‘rtog‘i, - 

Baribir bu bilan tiyilmas itlar,

Bekorga quturib ketar beshbattar.

Men yaxshi bilaman ularning fe’lin, 

Yuraver, o‘zlari tinchiydi keyin. 

Bosishgan ediki o‘ttiz-qirq qadam, 

Chindan ham

Itlar sekin-asta hovridan tushdi,

Sal o‘tmay barining ovozi o‘chdi.

Xuddi itlar kabi hasadchilar ham 

Nimayiki ko‘rsa ko‘tarar g‘avg‘o.

Sen esa yo'lingdan qolma, bos qadam, 

Hasadchi maqsadga yetolmas aslo.

22


NINACHI  VA  CHUMOU

Ninachi sho'x kuylab chaldi soz, 

Sayrlarda o‘tdi go'zal yoz, 

Tomoshadan bo'shay demadi,

Qish g‘amini sira yemadi.

Shunday... bosib keldi qora qish, 

Ulgurmadi, qoldi ko‘p yumush, 

Dalalar bo‘sh endi, yo‘llar jim, 

Izg'irinda yo‘qlamas hech kim.

Har barg soyasida sayl yo‘q,

Uy izlashga darmon, mayl yo‘q. 

Kunlar sovuq, boshlandi ochlik, 

Ninachini bosdi muhtojlik.

Och qoringa qo'shiq na hojat, 

Ninachi ham sezdi halokat.

Vahm tushdi shirin joniga, 

Chumolining keldi yoniga.

“Yomon kunga qoyma, o'rtoqjon, 

Toki yig‘ib olayin darmon,

Yoz kelguncha meni och qo'yma, 

Ayozlardayalang‘och qoyma. 

“Hayron bo‘ldim!  Nega ruhing bo‘sh. 

Ishlabmiding yoz chog'ida, xo‘sh?” - 

Deb so'radi undan Chumoli.

“Vaqt bormidi, - der, - ish qilgali, 

Maysazorda men chalib surnay, 

Taralla-yu yalla har nafas,

Xayolimga qish kelgan emas”.

“Hali shunday degin?”

“Ha, shunday,

Qo‘shiq aytib o‘tdim yoz boyi”. 

“Qo'shiq aytib? Ajab bolipti,

Endi o‘yin tushmoq qolipti”.

23


YOLGONCHI

Uzoq bir safardan yurtiga qaytgach,

Bir zodagon (ehtimol knyaz ham bolsa), 

Do‘sti bilan yayov kezib dalada 

Borgan yerlarini maqtay boshladi, 

Ko'rganin loflarga ko'mib tashladi.

U derdi:  “Yo‘q, ortiq ko'ra olmayman, 

Ko'rganim ko'zimga sura olmayman. 

Sizning yurt ham yurtmi - havosi dimiq

Goho sovuq, goh,  e-voh, juda ham issiq. 

Quyoshingiz ba’zan ko'rinmay ketar, 

Dam charaqlar, dam esa lohas etar.

U yerlar goyoki guliston - jannat,

U yerni eslamoq o‘zi bir rohat!

Unda darkor emas chirog‘-u po‘stin,

Tun degan xayolga kelmas bus-butun. 

Ko‘z oldingda porlab turar yil bo‘yi 

May oyining nurli iliq kunlari.

U yerda hech kimsa ekmas va tikmas, 

M ol hosil olishar aqlga sig'mas!

Bir bodring ko'rdim, masalan, Rimda, 

Men ne deyay, e-voh! Hamon yodimda: 

Bilsang, xuddi tog'day. kelar har biri”. 

“Voy tavba, rostdan-a! - dedi sherigi:

- Dunyoda ajoyib narsa kam emas, 

Ko'rolmas ularni har kim har nafas.

Hov ana oldinda turar bir tilsim, 

Ko‘rmagansan uni hech qayda, do‘stim. 

Qarshimizda, mana - bir ko'prik turar, 

Hozir ikkalamiz bosib o'tamiz,

O lzi oddiy, lekin bir xislati bor,

Buni biz ikkimiz hozir ko'ramiz:

Gar yolg'onchi qadam qoysa ko‘prikka, 

O ‘sha zamon suvga cho‘kadi tikka.

24


Rostgo‘y bolsa agar o‘tkinchi odam,

Suvga botmas ko‘zin yumib o‘tsa ham. 

“Aytgin, chuqurmi daryo?”

“Sayoz emas, chuqur!

Ko‘rdingmi, olamda ne sirlar bolur. 

Rostdan Rim bodringi ulkandir balki,

Tog‘ qadar keladi deding shekilli”.

“Tog1 qadar bolmas-u uyday keladi”. 

“Ishonish ko‘p qiyin... Xudo biladi,

Lekin bu ko‘prik ko‘p qiziq, ajoyib,

Har qanday yolg'onchi yiqilar toyib.

Butun xalq biladi, xuddi shu bahor 

Daryoga quladi uchta nobakor:

Ikkita jurnalist, bitta tikuvchi,

Uchovi olamda juda yolg'onchi.

Hech sozsiz, u bodring uyday kelarkan, 

Tan berish kerakki, xo‘p ulkan ekan”. 

“Hovliqma munchayam, u olkalarda 

Bizdagi saroyday uylar yo‘q sira.

Narsa ham turli xil boladi, bilsang: 

Ularning uylari katakday tor, tang. 

0 ‘shayam uymikan, biz ikkalamiz - 

Siqilsak u uyga zo‘rg‘a sig‘amiz.

Shunda ham bemalol oltirolmaymiz”. 

“Xo‘p, agar biriga ikkov joylansak - 

Ayb bolmas: bodring kattakon desak: 

Biroq ko‘p xislatli bu ko‘prigimiz,

Bosolmas yolg‘onchi unda besh qadam. 

Yutadi qahriga toshqin suvimiz,

Garchi Rim bodringi ajib bolsa ham...” 

Yolg‘onchi der shunda:  “Toxta, birodar, 

Ko‘prikdan o'tmasdan, kechsak na bolar”.

25


OVDAGI  QUYON

Gavjum bo‘lib hayvonlar bir kun 

Bir Ayiqni tutib olishdi.

Uni bosib dalada butun - 

Nimta-nimta qilib bo‘lishdi.

Quyon esa Ayiq qulog'in 

Tortib qoldi qimtib bir mahal.

“Ey, tirrancha! - dedi hayvonlar, - 

Yo‘q eding-ku ovda, tur, yo'qol!”

“Ey, akalar, - dedi shunda Quyon, - 

0 ‘rtog‘imni cho'chitib chunon - 

Quvib chiqqan kimdi siz tomon?

Axir, bunga guvoh-ku o‘rmon”.

Hamma asta kulib qo‘yishdi 

Ildam oyoq bu maqtanchoqdan.

Ham hazilkash, deya berishdi - 

Jindakkina ayiq quloqdan.

CHORTANBALIQ  VA  MUSHUK

Ish chatoqdir, gar etikdo'z somsa pishirsa, 

Somsapaz-chi, qolda bigiz - kosiblik qilsa

Bunaqada ish orqaga ketishi tayin.

Axir, atayin -

Bunday hollar ko‘p martalab sinab ko‘rilgan. 

Kim birovning hunariga qo‘l urar ekan - 

Boshqalarga qaraganda bo‘ladi sarkash 

Va har qanday ish deganni buzadi yakkash. 

Bilmaganni bilganlardan so'rash o‘miga, 

Behudaga u hammaga qolar kulgiga.

0 ‘tkir tishli Cho‘rtanbaliq qildiki orzu - 

Mushuklarning hunarini egallasa u.

26


Bilmadik, yo shayton hasad o‘tin yoqdimi,

Yo bo‘lmasa baliq yeyish jonga tegdimi,

Ishqilib, u Mushukvoydan qildi iltimos:

0 ‘zing bilan olib ket, deb sichqon oviga.

“E, qo‘ysang-chi, bilasanmi bu ishni bir oz? - 

Der Mushuk unga, -

Tag‘in yana kulgi bo‘lib o‘tirma,  oshnam,

Maqol bor-ku - qassob soysin,

chumchuq soysa ham”. 

“E, qoyaver, og'aynijon, sichqon ekan-ku,

Undan katta baliqlami ovlaganmiz biz”.

“Unday bo‘lsa, qani, ketdik!” Yo‘l olishib tez 

Ombordagi sichqonlarni poylashdi ikkov.

Qorinni to‘qlab, ko‘nglin xushlab o‘sha soatda 

Mushuk shoshar oshnasidan olgani xabar. 

Qarasaki, Cho‘rtan yotar o‘lar holatda, 

Bo‘g‘ilgancha, og'zin “kap-kap” ochar-u yumar. 

Kalamushlar dumin tamom kemirib ketgan. 

Jo‘rasining ahvolini Mushuk ko‘rarkan 

Behush holda uni yana hovuzga sudrar.

Ajab bo‘ldi! Senga bu ish saboqdir, Cho‘rtan, 

Bundan buyon ish qila ko‘r, sen kallang bilan. 

To‘g‘ri kelmas ekan senga sichqon ovlamoq,

Har hunarning o‘z siri bor, buni anglab boq!



BO RI  VA  KAKKU

Bo‘ri Kakkuga der:  “Yaxshi qol, qo‘shni,

Bekor bunda izlash rohat turmushni,

0 ‘sha odamlar-u, shu itlar hamon,

Bir-biridan o‘tgan yovuz va yomon.

Malakday begunoh toza bo‘lsang ham,

Janjal va g‘avg‘osiz qoymaydir bir dam”.

27


Kakku der:  “Xo‘sh, qayga jo'namoqchisan? 

Rohatni qayerdan ham topmoqchisan?

Sen aytgan totuv el bor ekan qayda?”

“Juda uzoqlarda, qalin to‘qayda.

Ajib to‘qay emish... Tinch-u osuda,

Na urush, na g‘avg‘o, janjal yo‘q unda. 

Odamlari qoyday yuvosh, muloyim, 

Nahrida mavj urib sut oqar doim.

Hamma bir-biriga do‘st-u og‘ayni,

Biri kuyov bolsa, birisi qayni.

Hattoki itlari qopishni bilmas,

Behuda vovullab chopishni bilmas.

Qisqasi: baxtiyor kechar oltin vaqt!

Tushda bir ko‘rishning o‘zi katta baxt! 

Yomonlik sog'inmay yod et, yaxshi qol.

U tomonda umr kechajak xushhol,

To‘y-u tomoshalar, rohat va maza, 

Bundagiday bolmas har kun daxmaza, 

Kunduz hadiksirash - to‘rt yoning xatar, 

Kechalar uyqusiz, kunduzdan battar!”

“Oq yo‘l, - dedi Kakku, - oq yol, qadrdon! 

Lekin ketar bolsang u toqay tomon - 

Qoqib tashlarmisan bu tishlaringni, 

Qoyarmisan yomon, shum ishlaringni?” 

“Tishlarimni qoqay? Bekorchi g‘iring!” 

“Demak, u yerda ham shilinar tering!”

Kimningki qilig'i sovuq boladi,

Hasrat-u g'iybatga yovuq boladi.

Yakka o‘zi yaxshi, go‘yo, do‘st tutmas,

0 ‘zi ham birovdan yaxshilik kutmas.

28


DEHQON  BILAN  QAROL

Boshimizga balo yog'ilgan zamon - 

Yordamga kelganning haqiga dúo - 

Qilishga tayyormiz. Va lekin balo.

Daf bo‘ldimi, yordam berganni shu on 

0 ‘zimlz baloga duchor qilamiz:

Uni biz bu ishda aybdor bilamiz.

Bordi-yu gunohsiz bo‘lib chiqsa u, 

Ishoning, eng ulug‘ mo'jizadir bu.

Bir Dehqon kechqurun Qaroli bilan 

Pichanzordan uyga, qishloqqa tomon, 

0 ‘rmonni oralab borardi, birdan - 

Duch kelib qoldilar Ayiqqa.  Shu on - 

Ayiq minib oldi Dehqon ustiga 

Va uni ezg'ilab, yumdalab qoldi.

Shu damda tushdi-yu jonning qasdiga 

Dehqonning diliga tahlika soldi.

Chol qo'pol Ayiqning ostida yotib 

Va dahshat ichida esin yoqotib,

Qarol Stepanga yalindi:  “Qutqar!

Yordam qil, azizim, bo‘sh kelma zinhor!” 

Qarol bor kuchini to'plab shu zamon, 

Bolta bilan Ayiq boshiga chunon - 

Urdiki, tig‘ Ayiq boshiga yetdi,

Bu zarba yarmini uchirib ketdi.

Bu ham yetmaganday shoshilib borib, 

Temir ayri bilan qornini yorib,

Ayiqning qonini tuproqqa to‘kdi.

Ayiq o‘ldi, balo daf bo‘ldi.

Dehqon  o‘midan turdi-yu, Qarolni so'kdi: 

“Axir, nega buncha shoshilding, hayvon?

29


Yo bu qilg‘ilikni qildingmi qasddan? 

Bu nima hovliqish? Nima qiliq bu? 

Qornini yorishda avaylamasdan 

Ayiq terisini rasvo qilding-ku! ”



XO ROZ  VA  INJU  DONASI

Xo‘roz hadeb go‘ng titkilar edi, 

Topib oldi-ku bir dona inju.

0 ‘zicha dedi:  “Nega kerak bu? 

Qanday bema’ni, foydasiz buyum, 

Bekor titibman go‘ng uyum-uyum. 

Tentaklar borki, buni suyushar, 

Hattoki qimmat baho qoyishar. 

Menga nima bu - nimaga darkor, 

Topib olsaydim bir dona arpa, 

Hech bo‘lmas edim bunchalik xafa. 

To‘g‘ri, arpada inju ko'rki yo‘q, 

Lekin, jig‘ildon bir oz bo'lar to‘q”.

Nodonlar borki, tentak xo'rozday 

Fikr qiladi,

Asil buyumning qadrin bilmay, 

Yerga uradi.

30


QARGACHA

Burgut osmondan sho‘ng‘iganicha 

Bir qo‘zini ilib ketdi suruvdan.

Ko‘rib turgan edi buni Qarg'acha, 

Uning ham havasi keldi-ku birdan.

Lekin boshqacharoq surdi u xayol: 

“Olganga yarasha - tuzukrog‘in ol, 

Osilsang - osil-da, balandroq dorga, 

Burgutman, deb yurgan ekan bekorga. 

Nima, durustroq qo‘y qurib qopti-da? 

Qarang, kelib-kelib shuni opti-da!

Mana, men xohlasam shartta uchaman, 

Quling o'rgilsinni olib qochaman”.

Deb suruv ustidan uchdi-da, Qarg‘a 

Ochko'z nazarini soldi qo'ylarga. 

Ko'zidan o'tkazib ko‘rdi-da bir-bir, 

Nihoyat bir qo‘yni tanladi oxir.

Yana qandayi deng: bo‘rdoqi, zo‘ri, 

Eplay olmas hatto chov solsa bo‘ri. 

Qarg'avoy mo'ljallab tashlandi unga, 

Changalin botirdi bor kuch-la junga. 

Shundagina bildi bo‘lganin ahmoq, 

Ustiga-ustak qo‘y juni pahmoq 

Rosayam hurpaygan, ko‘rpaday qalin, 

Qani sug'urolsa endi changalin 

Va qanotli bebosh - Qarg'a-qahramon 

0 ‘zi qo‘lga tushib qoldi shu zamon. 

Qoychivonlar qoydan ajratib asta, 

Qanot-quyrug'ini yulib birpasda - 

Berishdi bolalar uchun ermakka.

Insonlar aro ham uchraydi bu hoi:

Katta firibgarga kichik firibgar -



31

Download 399.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling