Iyod sovitish tizimi


Download 375.66 Kb.
bet1/6
Sana19.05.2022
Hajmi375.66 Kb.
#679834
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Amaliy ish
Koinot nurlari. Koinot nurlarining manbalari energiyasi va kimyo, Javohir mustaqil ish, course work1, 32 variant Ro`ziyeva Zarnigor, 16.XAJMIY GIDRAVLIK MASHINALAR, 11-sinf adabiyot testlar 2-chorak, 2-тажриба машгулоти КЭ янгиси, 11, Dars ishlanma, Примеры компетенций - Психологос, 2 5328183990438330856, ЦЗ-1-1, 15-amal, 2



3 - Amaliy mashg‘ulot
IYOD SOVITISH TIZIMI TUZILISHI XAMDA ISHLASHI

  1. Ishdan ko'zlangan maqsad:

Avtomobil dvigatellarida sovutish sistemasining tuzilishi,
ishlashi va vazifasini o‘rganish.


2.Kerakli asboblar: Termostat, ventilatr va suv nasosi, bug’ havo qlapnli radiator tiqini, radiator.


3.Nazariy qism:

  1. Sovutish sistemasining tuzilishini o‘rganish

  2. Sistemadagi suyuklikning aylanishini aniqlash (kichik va katta doira bo’yicha)



Sovitish tizimining vazifasi va turlari

Motorda issiqlik energiyasidan yaxshiroq foydalanish uchun , yonish kamerasi, porshenlari va boshqa detallarining harorati eng qulay darajada bolishi (normal issiqlik rejimini saqlash) lozim. Motor ortiqcha qizisa, silindrlarga yonuvchi aralashma (yoki havo) kam kiradi, moy suyulib qovushqoqligi kamayadi, aralashma uchqun berilmasdanoq yonadi, motor detallari ortiqcha kengayib, qadalib qoladi. Motor ortiqcha sovitilsa, moyning qovushqoqligi ortadi, sifatli yonuvchi aralashma hosil bolmaydi va aralashma tola yonmaydi, yonilg'i qisman tomchiga aylanib, karterga oqib tushib, moyni suyultiradi. Har ikkala holda ham motorning detallari tez yeyiladi, quvvati kamayadi va yonilg'ining solishtirma sarfi ortadi. Sovitish tizimi motor detallarini sovituvchi mexanizm va asboblardan iborat bo'lib, zamonaviy motorlar havo yoki suv bilan sovitiladi.


Motor havo bilan sovitilganda har qaysi silindri alohida yasalib, silindr va kallak devorlari qovurg'ali qilinadi. Silindrlar mashinaning harakati vaqtida uriladigan havo oqimi bilan (motosikllar) yoki, ko‘pincha, ventilator hosil qiladigan havo oqimi bilan sovitiladi. Havo bilan sovitiladigan motoming radiatori, suv g'iloflari, suv quvurlari bolmaydi, shuning uchun u ihcham va oddiy tuzilgan, unga texnik xizmat ko'rsatish oson. Motor yurgizib yuborilishi bilan qiziydi, shu sababli kam yeyiladi, havoning issiq-sovuqligi motor ishiga kam ta’sir etadi, ammo ventilatorni harakatga keltirish uchun ko'proq quvvat sarf bo'ladi. Ko'pchilik traktor va avtomobil motorlari suv bilan sovitiladi. Bunda silindr va kallak devorlari ikki qavat qilinib, ularning o'rtasida hosil bo'lgan bo'shliq (suv g'ilofi) da sovituvchi suv aylanib yuradi. Motor suv bilan sovitilganda detallari ortiqcha qizimaydi. Silindr bilan porshen orasida ozroq tirqish qoldirish mumkin, bu esa moy sarfini kamaytiradi.Suv qavati shovqinni izolatsiya qilishi sababli motorning snovqini kamroq eshitiladi. Suv bilan sovitish tizimi, suvning aylanish usuliga qarab, termosifon va suvni majburan aylantiriladigan tizimlarga bo'linadi. Havo oqimi silindrlar (5) ga (10.1-rasm) taqsimlovchi g'ilof (7) va yo'naltiruvchi to'siq — deflektorlar (4, 5, 8) bilan yo'naltiriladi. Ventilator (9) tasma bilan tirsakli valning shkividan harakatga keltiriladi. Ventilator daqiqasiga 4700—5100 marta aylanib, taqsimlovchi g'ilofga 18—24 mG’s tezlikda havo oqimini yo'naltiradi. Silindr va kallakning sovitish yuzasini oshirish uchun ular qovurg‘ali qilingan. Yo'naltiruvchi to'siqlar havo oqimini silindrlar devoriga yaqinlashtirib, ular ning yaxshiroq sovishiga imkon beradi. Shunday qilib, havo oqimi silindr va kallak qovurg'alariga urilib, issiqni qisman olib ketadi.

101-rasm.Motorni havo bilan sovitish sxemasi:





Download 375.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling