Izotoplar tushunchasining to‘g‘ri ifodasini toping


Download 89.04 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi89.04 Kb.
#1438912
Bog'liq
Kimyo


@alxorazmiy_RF +998913964400 30.04.2023

KIMYO

  1. Izotoplar tushunchasining to‘g‘ri ifodasini toping.
    A) protonlar soni bir xil, lekin yadrodagi neytronlar soni har xil bo‘lgan atomlar
    B) neytronlar soni bir xil, lekin protonlar soni har xil bo‘lgan atomlar
    C) protonlar va neytronlar soni bir xil bo‘lgan atomlar
    D) protonlar va neytronlar soni har xil, lekin ularning massalari yig‘indisi bir xil bo‘lgan atomlar

  2. Faraz qilaylik, tarozi pallalarining chap tomoniga 12; 04 ¢ 1023 dona xrom atomlari, o‘ng tomoniga shuncha oltingugurt atomlari qo‘yilgan. Tarozi pallarini muvozanatga keltirish uchun nima qilish kerak?
    A) chap tomoniga 8, 73 ·1023 dona xrom atomlarini qo‘yish kerak
    B) chap tomoniga 3, 01 ·1023 dona xrom atomlarini qo‘yish kerak
    C) o‘ng tomoniga 7, 525 ·1023dona oltingugurt atomlarini qo‘yish kerak
    D) o‘ng tomoniga 6, 02 ·1023 dona oltingugurt atomlarini qo‘yish kerak

  3. Qaysi ifoda(lar)da kislorod molekulasi haqida so‘z boradi?1) kaliy permanganat parchalanganda kislorod ajraladi; 2) havo tarkibida 20% kislorod bor; 3) gazometrda kislorod yig‘ilgan bo‘ladi; 4) kislorod suvda yomon eriydi; 5) malaxit tarkibida kislorod borA) 3, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 5 D) 3, 4

  4. Necha gramm glauber tuzidagi atomlar soni 63 g nitrat kislotadagi molekulalar soniga teng? A) 13,76 B) 21,8 C) 8,7 D) 3,9

  5. Tabiiy suvdagi og‘ir suvning miqdori 0,02% ni tashkil etsa, 1 kg shunday suvdagi og‘ir suv molekulalari sonini hisoblang.
    A) 6,02·1021 B) 3,01·1021 C) 6,02·1022 D) 3,01·1022

  6. Tarkibida 30% metan, 10% vodorod va 60% kislorod (hajm bo‘yicha) bo‘lgan gazlar aralashmasining o‘rtacha molekulyar massasini hisoblang.
    A) 24,2 B) 20,8 C) 32,4 D) 37,3

  7. Elektronlar soni teng bo‘lgan metan va neon aralashmasining 00C temperatura va 101,3 kPa bosimdagi zichligini (g/l) hisoblang.
    A) 18 B) 1,2 C) 1,6 D) 0,8

  8. Ozon va kisloroddan iborat 80 g aralashma yetarli miqdordagi kaliy yodid eritmasi orqali o‘tkazilganda necha gramm yod ajraladi? Boshlang‘ich aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushi 50% ga teng.
    A) 254 B) 48 C) 63,5 D) 212

  9. 11,2 l (n.sh.) metanga qancha hajm (l, n.sh.) uglerod(IV) oksid qo‘shganimizda aralashmadagi elektronlar yig‘indisi Avogadro sonidan 16 marta ko‘p bo‘ladi?
    A) 6,72 B) 13,44 C) 5,6 D) 11,2

  10. Metalmaslar uchun xarakterli bo‘lgan xossalarni ko‘rsating.1) s-elementlar; 2) d-elementlar; 3) elektrmanfiylik qiymati yuqori; 4) ko‘pchilik metalmaslar pelementlar; 5) ionlanish energiyasi kichik; 6) f-elementlar
    A) 1, 2, 6 B) 1, 5 C) 3, 4 D) 3, 4, 5

  11. HBrO3, Br2, KBr, KBrO4 birikmalaridagi bromning ekvivalentligi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.
    A) 80; 80; 80; 80 B) 16; 80; 80; 11,42
    C) 80; 160; 240; 80 D) 5; 1; 1; 7

  12. [Pt(NH3)4Cl2]Cl2; H2[BeF4] birikmalaridagi markaziy atomning oksidlanish darajasi va koordinatsion son qiymatini aniqlang.
    A) +4, 6; +4, 4 B) +4, 6; +2, 4
    C) +6, 6; +4, 5 D) +2, 6; +4, 4

  13. Fe, Fe+2, Fe+3 larning 3d pog‘onachasidagi elektronlar sonini aniqlang.
    A) 6, 4, 3 B) 6, 4, 4 C) 6, 6, 5 D) 6, 5, 4

  14. Quyida keltirilgan molekulalar tarkibidagi proton, neytron va elektronlar yig‘indisi kamayib borishi tartibida joylashtirilgan qatorni aniqlang.
    1) CO; 2) NO; 3) Li2O; 4) BeO; 5) T2O
    A) 5, 3, 4, 1, 2 B) 5, 4, 1, 3, 2 C) 2, 4, 3, 1, 5 D) 2, 3, 1, 4, 5

  15. Quyidagi elementlardan qaysi biri boshqa oilaga mansub?
    A) azot B) natriy C) kremniy D) xlor

  16. SO2, CO2, SiO2 molekulalar uchun quyidagi qaysi xususiyatlar umumiy? 1) markaziy atomning gibridlanishi; 2) markaziy atomning valentligi; 3) molekulaning fazoviy strukturasi; 4) markaziy atomning oksidlanish darajasi
    A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 2

  17. Bariy gidroksofosfat molekulasida nechtadan σ-va π-bog‘lar bo‘ladi?
    A) 7; 1 B) 13; 1 C) 10; 1 D) 14; 1

  18. Molekulalarni tarkibidagi σ- va π-bog‘lar yig‘indisi ortib borishi tartibida joylashtiring.
    1) alyuminiy gidroksosulfat; 2) alyuminiy gidrokarbonat;
    3) alyuminiy sulfat; 4) alyuminiy fosfat.
    A) 4, 2, 1, 3 B) 4, 1, 2, 3 C) 2, 4, 3, 1 D) 2, 3, 1, 4

  19. (XOH)3(SbO4)2 tuzning ekvivalent molyar massasi 84 g/mol bo‘lsa, X ni aniqlang.
    A) aluminiy B) temir C) xrom D) marganes

  20. O‘n to‘rt gramm is gazidan sakkiz marta ko‘p hajmli metan massasi is gazidan necha grammga farq qiladi?
    A) o‘ttiz B) qirq C) ellik D) oltmish

  21. Qaysi moddaning molyar massasi eng katta?
    A) (BaOH)2SO4 B) (Fe(OH)2)3PO4
    C) Ba(HSO4)2 D) Fe(OHNO3)2

  22. 24 g magniy sulfat tarkibida necha mol kislorod atomi bo‘ladi? A) 0,2 B) 0,4 C) 0,6 D) 0,8

  23. Qaysi elementlarda allotropiya hodisasi uchraydi? 1) azot; 2) uglerod; 3) bor; 4) fosfor; 5) kislorod; 6) xlor;
    7) temir; 8) qalay; 9) kremniy; 10) vodorod.
    A) 2, 4, 5, 8 B) 2, 5, 7 C) 2, 4, 8, 10 D) 1, 4, 5, 9

  24. Radiy – 230 izotopi radioaktiv yemrilishi natijasida talliy – 218 va bor – 12 izotoplari olingan bo‘lsa, ushbu jarayonda yana qanday zarracha hosil bo‘lgan?
    A) elektron B) proton C) neytron D) positron

  25. Quyidagi tenglamadan Bir elemat nisbiy atom massasi ko’rsatilgan “x” ni toping. (53 – x) + 4 = 77 – 2x A) 16 B) 18 C) 19 D) 20

  26. 8 mol litiy 2 mol magniydan qancha (g) og‘ir?
    A) 2 B) 4 C) 6 D) 8

  27. Mis (II) sulfat tarkibidagi oltingugurtning massa ulushini (%) aniqlang.
    A) 10 B) 20 C) 30 D) 40

  28. 154Sm + xα → 162Ho + 3p + yn ushbu yadro reaksiyadagi x va y ni aniqlang.
    A) 4; 5 B) 4; 6 C) 5; 3 D) 5; 5

  29. Qaysi birikmada marganesning oksidlanish darajasi +6?
    A) Mn2O3 B) MnO2 C) K2MnO4 D) KMnO4

  30. X22+ ionida 28 ta elektron bo‘lsa, noma’lum elementni aniqlang.
    A) azot B) kislorod C) fosfor D) oltingugurt



Download 89.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling