J. S. Sattorovning umumiy tahriri ostida


 ‘simIiklarning  «tuz»,  «selitra»  va  «suv»  bilan


Download 17.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/53
Sana15.12.2019
Hajmi17.02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53

0 ‘simIiklarning  «tuz»,  «selitra»  va  «suv»  bilan 

oziqlanishi  haqida

Faqatgina  1563-yilga  kelib  Bernar Palissining  m ineral moddalarni 

hosil  bo'lishi  va  o ‘g‘itlarning  ahamiyati  haqidagi  asari  («Трактат  о 

различных  солях  в  сельском  хозяйстве»)  yuzaga  keldi.

U  mazkur  asarda  «go‘ngning  o ‘g‘it  sifatidagi  ahamiyati,  uning 

tarkibidagi somon va pichan qoldiqlarining chirishidan hosil b o ‘ladigan 

tuzdadir»,  deb ta ’kidlaydi.  Bu haqdagi fikrlarni  davom ettirib,  «yakka- 

ziroatchilik  sharoitida  o ‘simliklar  o ‘z  hosili  bilan  tuproqdan  hayotiy 

zarur  tuzlarni  olib  chiqib  ketadi,  natijada  yerdagi  tuz  miqdorining 

kamayishi  va  hosildorlikni  pasayishi  kuzatiladi.  Shuning  uchun  uni 

o ‘g‘itlash  yoki  bo‘lmasa,  bir  necha  yil  dam  berish  lozim»  deb  yozadi.

«Dehqonlar kuzda g‘alla  somonlarini  dalaning  o ‘zida  yoqib  yubo- 

radilar,  tabiiyki,  bunda  yerga  m a’lum  miqdorda  tuz  tushadi,  degan 

xulosaga  keladi  muallif.

Bu-tuproqqa tushadigan  mineral  moddalarning  asosiy manbayi  deb 

e ’tirof etilgan  birinchi  to ‘g‘ri  yozma  m a’lumot  bo‘lib,  unda  tuproqlar 

unumdorligining  pasayib  borish  sabablari  ochiq  ko‘rsatib  berildi  va 

uning  oldini  olish uchun  o‘simliklar tom onidan  olib  chiqib  ketiladigan 

oziq  moddalari  albatta  tuproqqa  qaytarilishi  lozimligi  bayon  qilindi.

B.  Palissining  mazkur  haqqoniy  flkrlari  zamondoshlari  va  o ‘zidan 

keyingi  tadqiqotchilar  tom onidan  qo‘llab-quwatlanmadi  (chunki  asar 

uning vafotidan keyin Anatol Frans tomonidan nashr qilindi) va faqatgina 

oradan  uch  yuz  yil  o'tgach  isbotlandi.  M ana  shu  davrdan  boshlab 

o ‘simliklarning oziqlanishi  haqida  goh to ‘g‘ri gohida  noto'g'ri  talqinlar 

yuzaga keldiki, bu agrokimyo fanini asta-sekin yuzaga kelishini ta ’minlay 

boshladi.  Masalan,  Serr  o ‘zining  1600-yilda  nashr  qildirgan  asarida 

V.  Palissiga qarshi o ‘laroq,  «go‘ngning o ‘simliklarga ko‘rsatadigan ijobiy 

ta’siri  faqatgina  undan  ajralib  chiqadigan  haroratdadir»  deb  ta’kidladi.

0 ‘tgan  asrlarda  u  yoki  bu  taxminning  om m a  orasida  keng  tarqal- 

masligi  ham da  to ‘g‘ri-n o to‘g‘riligining  tezda  e ’tirof etilmasligini  tad- 

qiqotlarda miqdoriy analizning qo‘llanilmasligi bilan izohlash mumkin.

Bundan  tashqari,  kashfiyot  va  yangiliklarni  tan  olishdan  ko\ra 

qadimgi  faylasuflarning  nufuzli  fikrlariga  sajda  qilish  odat  tusiga  kirib 

qolgan  edi.

F. 

Bekon XVIII asrning boshlarida ilmiy bilishning asosi hisoblangan 



eksperiment,  tajriba va kuzatishlarning natijalari asosidagina haqiqatni 

yuzaga  chiqarish  mumkin,  degan  fikrni  o ‘rtaga  tashladi.

13


0 ‘simliklar oziqlanishi muammolarini tajriba yo‘li bilan aniqlashga 

birinchilardan  b o ‘lib  gollandiyalik  olim   Yan  Batist  V an-G elm ont 

1629-yilda kirishdi.  U besh yil  davomida boshlang‘ich og‘irligi m a’lum 

bo‘lgan tol niholini m a’lum og'irlikda  (200 funt)  tuproq joylashtirilgan 

idishda,  faqatgina  yomg‘ir  suvi  bilan  sug‘orib,  tajriba  o ‘tkazdi.  Besh 

yildan  keyin  niholning  og‘irligi  qariyb  33  barobar oshgani  holda  (164 

funt  2 unsiya) idishdagi tuproqning massasi atigi 2 unsiyaga kamaygan- 

ligini  aniqladi  va  o'simliklarning  oziqlanishi  uchun  faqatgina  suvning 

o ‘zi yetarlidir degan xulosaga keldi.  Chiqarilgan xulosa  noto‘g ‘ri bo‘lsa 

ham,  mazkur  tajriba  to ‘g‘ri  amalga  oshirilgan  birinchi  analitik  tajriba 

sifatida  katta  amaliy  ahamiyatga  egadir.

1661-yilda  Robert  Boyl  shu  tajribani  oshqovoq  o'simligi  ustida 

amalga oshirdi va Van-Gelm ontning o ‘simliklar «suv bilan oziqlanadi» 

degan  nazariyasini  tasdiqladi.

Bu  nazariya  qariyb  bir  yarim  asr  davomida  o ‘z  nufuzini  saqlab 

turadi,  hattoki,  uning  yangicha  talqini  uchun  nemis  olimi  Shreder 

1800-yilda Berlin akademiyasining medaliga sazovor bo‘ldi.  1650-yilda 

nemis kimyogar olimi Glauber o'simliklarning oziqlanishi asosida selitra 

(selitra  deganda,  barcha  ishqoriy tuzlar nazarda tutilgan)  yotadi degan 

g'oyani  ilgari surdi va bunda u faqatgina fikrlashga emas,  balki kuzatish 

va  tajribalarga  asoslanadi.  Og'ilxonadagi  m ollar  ostiga  to'shalgan 

taxtadan  oq  tusli  tuz kristallarini  ajratib  oldi  va u  bilan  oziqlantirilgan 

ekinlar gurkirab  o'sishni  aniqladi.

Glauber-selitra  hayvon  axlatlari tarkibida  uchrar ekan,  uni chorva 

mollari  o'simliklardan,  ular  esa  o ‘z  navbatida  uni  tuproqdan  oladi, 

degan  taxminlari  bilan  V.  Palissining  fikrlarini  to ‘g‘riligmi  isbotladi. 

Lekin  bu  g'oya  ham   munosib  baholanmadi,  davrning  noto'g'ri  lekin 

nufuzli g‘oyalari  ichida g‘arq bo'lib ketdi.  Shunday bo'lsada,  o'stmlik- 

larning  oziqlanishi  tajribalar  yo‘li  bilan  takomillashib  boraverdi.

O'simliklarning  «havodan  oziqlanishi»  nazariyasining 

shakllanishi

0 ‘simliklarning  ildizdan  oziqlanishi  muammolari  goh  to ‘g‘ri,  goh 

«boshi  berk  ko‘chalarda  adashib»  rivojlanayotgan  bir  davrda  havodan 

oziqlanish  haqidagi  ta ’limot  nisbatan  qisqa  fursatda  dunyoga  keldi.

Havodan  oziqlanish  haqidagi  birinchi  to ‘g‘ri  fikrni  M.V.  Lom o­

nosov  o ‘zining  1756-yilda  nashr  qilingan  «Слово  явлениях  воздуш­

ных»  asarida  bayon  qildi.

14


1774-yilda  farangistonlik kimyogar Antuan Loran  Lavuaze  o ‘zining 

«Об  обжиге  олова в  закрытых сосудах»  nomli  maqolasida  atmosfe- 

raning miqdoriy tarkibini,  kislorodning oksidlanish va yonish jarayon- 

laridagi  rolini  asoslab  berdi  (U ning  mineral  oziqlanishga  oid  m a’lu- 

motlari  faqatgina  vafotidan  yarim  asr  o ‘tgach  m a’lum  bo‘ldi  va  nashr 

qilindi).

Undan  ikki  yilcha  aw al,  ya’ni  1772-yilda  Jozef Pristli  o'simliklar 

hayvonlarning  nafas olishi jarayonida  buzilgan  havoni  tozalay olishini 

ko‘rsatdi  (yalpiz shoxchasi va sichqonlar ustida o ‘tkazilgan tajribalami 

eslang),  lekin  bu  hodisani  faqat  yorug‘lik  sharoitida  sodir  bo‘lishini 

isbotlab  bera  olmadi.

Gollandiyalik olim, vrach Yan  Ingenguz  1979-yilda yashil o ‘simlik- 

lar yorug'lik  ishtirokida  havoni  tozalaydi,  qorog‘ulikda  esa,  aksincha, 

buzishini  isbotlab  berdi.

Jan  Senebe  va  Nikola  Teodor  Sossyurlar  «havoning  tozalanishi» 

nafas  olish  emas,  balki  oziqlanish  jarayoni  ekanligini  ilmiy  dalillar 

bilan  isbotlab  berdilar.

Lekin fotosintez jarayonining sodir bo‘lish mexanizmini tushuntirib 

berish  uchun  keyinchalik  juda  ko‘p  tadqiqotlarni  amalga  oshirishga 

to ‘g‘ri  keldi.

0 ‘simliklarning havodan oziqlanishi nazariyasining yaratilishi  inso- 

niyatning  eng  yirik  ilmiy  yutuqlaridan  biri  bo‘lib  hisoblansa  ham  suv 

bilan  oziqlanish  nazariyasi  kabi  dehqonchilik  amaliyotining  rivojiga 

turtki  bera  olmadi.  H ar  ikki  nazariya  ham  ham m a joyda  suv  va  havo 

miqdori  bir  xil  bo‘lgani  holda,  nim a  uchun  ekinlarning  hosildorligi 

turlichadir,  bunda  tuproqning  ahamiyati  bormi  yoki  yo‘qmi  degan 

savolni  qo‘ya  olmadi.

Valerius va Teyer — «chirindi  nazariyasi»ning 

asoschilari

XVIII 


asrning  oxiri,  XIX  asrning  boshlaridan  boshlab 

0

‘simlik­



larning  mineral  oziqlanishi  masalalarida  ko‘proq  to ‘g‘ri  fikrlar  paydo 

b o ‘la  boshladi.

1699-yilda  Vudvort  V an-G elm ontning  tajribasidagi  nuqsonlarni 

ko'rsatib berdi.  U   yalpiz  o‘simligini  daryo  suvida yomg‘ir suvidagidan 

ko‘ra  yaxshiroq  rivojlanishini,  bir  oz  tuproq  aralashtirilgan  (loyqa) 

suvda  esa  yanada  yaxshi  rivojlanishi  uchun  zarur  moddalar  borligini 

ko'rsatib  berdi.

15


1758-yilda  Farangistonda  Dyugamel  Sena  daryosining  suvida 

o ‘simlikJarni  o ‘stirib,  yana  bir  bor  o ‘simliklar  faqatgina  suvda  ham 

m e’yorida  o ‘sib  rivojlana  oladi,  degan  xulosaga  keldi,  lekin  bunda 

daryo  suvining  teri  oshlash  korxonasining  chiqindilari  bilan  ifloslan- 

ganligini  hisobga  olmadi.

1789-yilda  nemis  olimi  Ryukkert  turli  ekinlar  har  xil  tuproqlarni 

«xush  ko‘rishi»ni,  ayrim  ekinlar surunkasiga  bitta  dalada  yetishtirilsa, 

tuproqning  m adorini  quritib  qo‘yishini  aniqladi  va  bunda  dalalar 

unumdorligini  o ‘g‘it  qo‘llash  yo‘li  bilan  tiklash  mumkinligini  aytdi.

1761 -yilda shvetsiyalik kimyogar Vallerius 

0

‘simliklarning  chirindi 



bilan oziqlanishi haqidagi taxminini o ‘rtagatashladi.  U  «o‘simliklaming 

ildizi  tuproqdan  murakkab  organik  m oddalarni  to ‘g!rid an -to ‘g‘ri 

o ‘zlashtira  oladi,  tuproqning  boshqa  tarkibiy  qismlari  esa  (bo‘r  va 

boshqa  tuzlar)  chirindining  yog‘simon  m oddalarini  eritib  beradi», 

degan  xulosaga  kelib,  deyarli  sakson  yil  davomida tadqiqotchilarning 

tashabbusiga  to ‘g‘anoq  bo‘ldi.

Keyinchalik g‘arbda  keng tarqalib  ketgan bu g‘oya Albrext  Daniel 

Teyer  tom onidan  rivojlantirildi.  U m um an  olganda,  u  o ‘z  davrining 

ilg‘or  kishilaridan  bittasi  edi:  birinchi  oliy qishloq xo‘jalik  maktabiga 

asos  soldi,  uch  dalali  alm ashlab  ekish  o ‘rniga  sebarga,  boshqa 

dukkaklilar va ildiz mevali  ekinlar ekish  lozimligini qattiq turib targ‘ib 

qildi.


Teyer  o ‘z  davrida  ancha  yuqori  mavqega  ega  bo‘lganligi  sababli 

uning  ayrim  noto‘g‘ri  qarashlari  ham  omm a  orasiga  tez  tarqaldi.  U 

o'simliklarni  «chirindi  bilan  oziqlanishi»  g‘oyasini  (bu  g‘oya  ko‘proq 

uning  «рациональные  основы  сельского  хозяйства»  asarida  bayon 

qilingan)  boshqalardan,  xususan  Gossenfratsdan, 

0

‘zlashtirib  olgan 



edi, Teyer «tuproq unumdorligi to ‘la to'kis chirindiga bog‘liq,  faqatgina 

chirindi  va  suv  o‘simliklarga  oziq  manbayi  bo‘lib  xizmat  qiladi»  deb 

takrorlar  edi.

Keyinchalik,  Libix o ‘z asarlarida chirindining tuproq unumdorligida 

tutgan o ‘rnini  kamsitmagan holda,  o ‘simliklar undagi  moddalarni faqat 

mineral  holatdagina  o ‘zlashtirishini  isbotlab  berdi.

Zamonasining  ko‘pchilik  taniqli  tadqiqotchilari,  jum ladan  Devi 

va  Berseliuslar  ham,  uglerodning  to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  ildiz  tizimi  orqali 

yutilishi  haqidagi  g‘oyaning  ashaddiy  tarafdorlari  edilar.

Ba’zi  olimlar  oziqlanishning  «chirindi  nazariyasi»  ga  ochiqdan- 

ochiq e ’tiroz bildirdilar.  Ular qatorida olmoniyalik Shprengel va faran- 

gistonlik  Bussengolarni  kiritish  mumkin.

16


0 ‘simliklarning  azot  bilan  oziqlanishini  asoslashda 

Bussengoning  xizmati

Jan  Batist  Bussengo  qurnli  m uhitda  tajribalar  o ‘tkazib,  aw aldan 

kuydirib  olingan  qumga  m a’lum  miqdorda  kul  qo‘shdi  va  chirindisiz 

muhitda o ‘simlik yetishtirdi:  bu bilan  o ‘simliklar uglerodni  tuproqdan 

emas,  balki  havodan  olishini  isbotladi.

U  1836— 1838-yillarda  o ‘tkazilgan  tadqiqotlari  asosida  chirindi 

nazariyasi  o ‘rniga  azot  bilan  oziqlanish  nazariyasini  ilgari  surdi.  Aniq 

dala  tajribalari  asosida  almashlab  ekish  sharoitida  (almashlab  ekish- 

ning  to ‘liq  bir  rotatsiyasi  davomida)  kirim  va  chiqim  elementlarining 

miqdori  aniq  hisobga  olindi  va  hosil  tom onidan  go‘ng  bilan  tuproqqa 

tushadigandan  ko‘ra  ancha  ko‘p  miqdordagi  uglerod  chiqib  ketishi 

ko‘rsatib  berildi.  0 ‘tkazgan  laboratoriya  va  dala  tajribalari  asosida 

dukkakli  ekinlarning tuproqdagi  azot  balansi  (muvozanati)  ni  yaxshi- 

lashdagi  ahamiyatini  ham  ko‘rsatdi.

J.B.  Bussengo  bundan  tashqari  1834-yilda jahonda  birinchi  bo‘lib 

agrokimyo tajriba stansiyasini  (Elzasda) tashkil  qildi.  Bu yerda amalga 

oshirilgan  dala tajribalari asosida azot o ‘simliklar hayotida eng muhim, 

birinchi  darajali  oziqa  elem enti  ekanligi  isbotlandi.  XIX  asrning 

o ‘rtalaridan  boshlab  Ovro‘pa  va  Amriqoning  ekin  maydonlarida  chili 

selitrasining keng ko‘lamda qo‘llanila boshlanishi  ham  Bussengo g‘oya- 

larining  ishlab  chiqarishga  amaliy  tadbig‘idir.

Bussengo haqli  ravishda yangi fan-agrokimyoning asoschisi bo‘lishi 

mumkin  edi.  Lekin  uning  qonidagi  «yetti  o'lchab  bir  kesish»  odati 

tajribalar asosida olgan m a’lumotlarini keng ommaga tez yetib borishiga 

imkon  bermadi.

Akademik  D.N.  Pryanishnikovning iborasi bilan aytganda Bussengo 

fanda  uchraydigan  «klassik»  va  «romantik»  laming  birinchi  toifasiga 

mansub  edi.

1840-yilda olmoniyalik kimyogar olim Yustius Libixning «Kimyoning 

dehqonchilik  va  fiziologiyaga  tadbig‘i»  nomli  kitobi  nashr  qilindi  va 

ju d a  katta  tezlikda  dunyo  bo'ylab  tarqaldi.  U   1848-yilgacha  01- 

moniyada va Buyuk Britaniyada to ‘rt martadan, Amriqo ham da Faran- 

gistonda  ikki  martadan  va  Daniya,  Ttaliya,  Polsha  ham da  Rusiyada

Yustius  Libix-agrokimyo  fanining  asoschisi

bir  martadan  nashr  qilindi.

2  —  A g rokim yo

17


Kitobda oziqlanishning «chirindi  nazariyasi» qattiq tanqid qilingan 

va  o ‘simliklarning  mineral  oziqlanish  nazariyasi  ta ’riflangan  bo‘lib, 

o ‘simliklarning  mineral  oziqlanishiga  doir qarashlarni  tubdan  o ‘zgari- 

shiga  sabab  bo'ladi.

Libix yakka ziroatchilik  (bitta maydonga muttasil bir xil ekin  ekish) 

sharoitida tuproq unumdorligining pasayib borishi sabablarini  ishonarli 

tarzda tushuntirib  berdi  va  o ‘zining  hosildorligini  saqlash  va  ko‘tarish 

uchun tuproqlarni  o ‘g ‘itlash  lozimligi  haqidagi nazariyasini  ilgari surdi. 

Bu  nazariya  tuproqdan  olingan  barcha  mineral  moddalarni  tuproqqa 

qaytarib  berish  lozimligiga  asoslangan  edi  (D ehqonchilik  fanidagi 

«qaytarib  berish  qonuni»  ni  eslang).

Libix  d e h q o n c h ilik d a   m o d d a la r  ay lan ish in i  ongli  ravishda 

boshqarish  lozimligini,  chunki uning buzilishi tuproq unumdorligining 

pasayishiga  olib  kelishi  haqidagi  g‘oyani  birinchi  bo‘lib  dadil  aytdi.

Ilgari  surilgan  mazkur  g‘oyada  azotli  o'g'itlarga  e’tibor  bermaslik 

(Libix u davrda barcha o ‘simliklar azotni  havodan o ‘zlashtiradi,  degan 

fikr tarafdori edi), go‘ngning o ‘rniga kuydirib kulini ishlatish, tuproqqa 

o ‘simlik  tom onidan  olib  chiqib  ketiladigan  barcha  elementlarni  (shu 

jum ladan  kremniy kabilarni  ham)  qaytarib berish,  o ‘g‘itlarni faqatgina 

o ‘ta  qiyin  eriydigan  shakllarda  qo‘llash  (bu  masalada  u  bir  necha 

kimyoviy  birikmalarni  tavsiya  ham  qilgan)  kabi  noto‘g‘ri  fikrlar  ham 

mavjud  edi.

Aytib o'tilgan  kamchilik va nuqsonlar Libixning shogirdlari  hamda 

muxoliflarining e ’tiroziga uchradi va tezda tuzatildi.  Shu narsa diqqatga 

sazovorki,  nuqsonlarning aksariyatini  Libixning o ‘zi tuzatdi.  Olimning 

shoshma-shosharligi kuchli munozara va tanqidlarga uchragan bo‘lsada, 

agrokimyo  fanining  tez  sur’atlarda  rivojlanishiga  sabab  bo‘ldi.

Libixning tavsiyasi asosida angliyaning Rotamsted stansiyasida  1843- 

yilda  birinchi  sun’iy  mineral  o ‘g‘it-superfosfat  (suyak  talqonini  sulfat 

kislota  yordamida  ishlash  yo‘li  bilan)  olindi.  Keyinchalik,  1857-yilda 

Saksoniyaning  Stasfurt  shahri  yaqinidan  kaliy  tuzlari  koni  topildi  va 

1861-yilda  uni  qayta  ishlab  o ‘g‘it  olish  bo‘yicha  birinchi  zavod  ishga 

tushirildi.

Lekin  azotli  o ‘g‘itlar  masalasi  ancha  vaqtgacha  muammoligicha 

qolaverdi.  Yarim  asr  davomida  Chili  dunyo  dehqonlarini  azot  bilan 

ta ’minladi  (tabiiy  Chili  selitrasi  bilan),  lekin  XIX asrning oxiriga kelib 

uning  ham  intihosi  borligi  sezilib  qoldi.  Uzoq  urinishlardan  keyin 

Friy  G aber  birinchi  m arta  sintetik  ammiakni  hosil  qildi.  1916-yilda 

muhandis  Karl  Bosh  birinchi  sintetik  ammiak  zavodini  ishga tushirdi.

18


Katta  ahamiyatga  ega  bo‘lganligi  sababli  har  ikki  ish  ham   xalqaro 

Nobel  mukofotiga  sazovor  bo ‘ldi.

K.A.  Timiryazev  Libixning  fanga  q o ‘shgan  xizmatlariga  to ‘g‘ri 

baho berib:  «Ahamiyatini cheklashga bo‘lgan har qanday urinishlardan 

qat’i  nazar,  Libixning  oziqa  elementlarini  tuproqqa  qaytarib  berish 

haqidagi  ta ’lim oti  fanning  eng  buyuk  yutuqlaridan  bittasidir»  degan 

edi.  Shuning  uchun  ham  Yustius  Libix  agrokimyo  fanining  asoschisi 

hisoblanadi.

M ana  shu  davrdan  boshlab  agrokimyoviy  ilmiy  tadqiqotlar  keng 

ko‘lamda  yo‘lga  qo‘yila  boshlandi.

1842-yilda  nemis  tadqiqotchilari  Vigman  va  Polstroflar  mineral 

oziqlanish  nazariyasini  tasdiqlovchi  tajribani  amalga  oshirdilar.  Ular 

o‘simlik o ‘rniga platina sim qiyqimlari va kislota bilan yuvilgan qumda 

undirdilar  ham da  nihol  tarkibidagi  kul  elementlarining  miqdori  urug‘ 

tarkibidagiga  teng  bo'lishini  aniqladilar  va  bu  muhitga  q o ‘shimcha 

kul  elementlari  va  azot  birikmalari  kiritilmasa,  nihollar tezda  rivojla- 

nishdan  to ‘xtab  qolishini  isbotladilar.

1846-yilda  Salm  G orstm ar  organik  m oddalardan  to ‘la  tozalangan 

va aw aldan  kuydirib,  fosfor ham da azot birikmalari  qo‘shilgan  qumda 

suli  o ‘simligidan  «risoladagiday»  hosil  yetishtirdi.  U  shuningdek,  kul 

elementlari  alohida-alohida  ishlatilganda  hosildorlik sezilarli  darajada 

kamayib  ketishini  ham  ko‘rsatib  berdi.

Mineral oziqlanish masalalarini o ‘rganishda oziqa aralashmalarining 

(tayyorlash  uchun  oziqa  elementlarini  tutgan  tuzlar  suvda  eritiladi) 

roli  juda  ham  kattadir.  1859-yilda  Knop  to ‘la  oziqa  aralashmasini 

yaratdi  va  unda  o ‘simliklar  m e’yorida  o ‘sib  rivojlanishi  mumkinligini 

isbotladi.  Hozirgi  kungacha  turli  ekinlar  uchun  100  dan  ortiq  oziqa 

aralashmalari  tavsiya  qilingan.



XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  Rusiyaning  agrokimyo 

markaziga  aylanishi

Agrokimyo  fanining  rivojlanishiga  Rusiyalik  olimlar ham   salmoqli 

hissa  qo‘shdilar.  M.V.  Lomonosov o ‘zining  1741-yilda  chop  qilingan 

«О  слоях  земных»  asarida  birinchi  b o ‘lib  Rusiya  qora tuproqlarining 

tadrijiy  rivojlanishini,  tuproqlarning  kimyoviy  va  fizikaviy  xossalarini 

ilmiy  asosda  talqin  qildi.  Uning  ta ’biri  bilan  aytganda,  qora  tuproqlar 

uzoq  vaqt  mobaynida  o ‘simlik  va  hayvon  qoldiqlarining  chirishidan 

hosil  bo‘lgan  mahsuldir,  hosil  bo‘ladigan  chirindi  esa  o ‘simliklarning

19


oziqlanishida  nrnhim  aham iyatiga  ega.  Rusiyada 

0

‘simliklarning 



oziqlanishi  masalalarini  ishlab  chiqish  va  o ‘g‘itlarni  ishlatish  XVIII 

asrning  oxiri  XIX  asrning  boshlariga  to ‘g‘ri  keladi.  0 ‘sha  davrning 

ilg‘or  agronomlari  va  olimlari  tuproq  unumdorligini  tiklash  uchun 

go‘ng,  kompostlar,  kul,  ohak va boshqa mahalliy o ‘g‘itlarni  ishlatishga 

katta e ’tibor berdilar.  Masalan, A.T.  Bolotov  «Об удобрении земель» 

asarida  (1770)  «o‘simliklar  oziqa  sifatida  tuproqdan  suvni  va  ayrim 

tuproq  va  mineral  zarrachalarini  oladi»  deb  yozgan  edi.  1770-yilda 

Moskva  universitetining  professori  M.I.  Afonin  birinchi  agronomiya 

kursini  tashkil  qildi.

Keyinroq  l.M .  Komov  M .I.  Afonmning  ishlarini  izchil  davom 

ettirdi.  U o ‘zining «О земледелии»  (1789)  nomli asarida dehqonchilik 

masalalarini  ilmiy  asoslab  berdi.

A.  Poshman  1809-yilda nashr qilingan  «Наставление о приготов­

лении  сухих  и  влажных  туков,  служащих  к  удобрению  пашен» 

muhim  ahamiyatga ega ekanligini va ular ko‘p miqdorda go‘ng ham da 

o'simliklar  kulida  bo‘lishini  ta ’kidlagan  edi.

Moskva  universitetining  yana  bir  professori  M .G .  Pavlov  1825- 

yilda  birinchi  bo‘lib  Rusiyada  dehqonchilik  bilim  yurtini  tashkil  qildi 

va Butir xutorida o ‘quv xo'jaligini tashkil qildi.  U  1826-yilda «Земледе­

льческая  химия»  deb  nomlangan  asarini  yozdi va unda dehqonchilik 

masalalarini,  birinchi  navbatda  o‘g‘it  (siderat)  laming  tuproq  unum - 

dorligi  va  ekinlar  hosildorligini  oshirishdagi  ahamiyatini  ancha  keng 

tarzda  bayon  qilib  berdi.

Ilmiy faoliyatining boshlanishida u Teyer nazariyasining Rusiyadagi 

targ‘ibotchilaridan  biri  sifatida  tanilgan  bo‘lsa,  tezda  bu  nazariyaning 

nuqsonlarini  anglab  yetdi  va  uni  ayovsiz  tanqid  qildi.

Agrokimyoning undan keyingi  rivojlanishi bevosita ulug‘  kimyogar- 

olim  D.I.  Mendeleyevning  nomi  bilan  bog'liq.  1867—1869-yillarda 

Rusiyaning  Moskva,  Peterburg,  Simbirsk guberniyalarida bitta dasturga 

asoslangan jug‘rofiy  tarm oq  dala  tajribalarini  o ‘tkazdi  (bu  tajribalarda 

K.A.  Timiryazev ham   bevosita  ishtirok  etgan)  va  bunda o ‘g‘itlar bilan 

bir  qatorda  tuproq  va  hosilning  sifati  ham  chuqur  analiz  qilindi. 

Shuningdek,  bu tajribadan olingan natijalar bu dunyoda birinchi marta 

matematikaviy usullar bilan tahlil  qilinib,  haqqoniy ilmiy  m a’lumotlar 

e’lon  qilindi.

U  Peterburgdagi  ayollarnlng  Oliy kursiarida o'qigan  m a’ruzalarida 

(1880)  Yustius  Libixning  «ТоЧа  qaytarib  berish»  qonunlga  qarshi 

chiqdi.


20

D.I.  Mendeleyev  qishloq  xo‘jaligini  rivoji  bevosita  kimyo va o ‘g‘it 

ishlab  chiqarish  sanoatining  taraqqiyoti  bilan  bog‘liqligini  ko‘rsatib 

berdi.

Agrokimyo  fanining  nazariy  asoslarini  yaratishda  K.A.  Timirya- 



zevning  fotosintez  va  o'sim liklarning  m ineral  oziqlanishiga  doir 

m um toz  ishlari  katta  ahamiyatga  ega  b o ‘ldi.  U  tajriba  stansiyalari  va 

vegetatsiya tajribalari uchun uychalar qurish  agrokimyo  fanining rivoji 

uchun muhimligini ta’kidladi va buni am alda isbotlashga harakat qildi. 

U ning  loyihasi  asosida  qurilgan  ikkita  «vegetatsiya  uychalari»  (1872 

va  1876)  hozirgi  kunda  ham  o ‘zining  nom i  bilan  ataladigan  Moskva 

qishloq  xo'jalik  Akademiyasida  ishlab  turibdi.

X IX  


asrn in g  1970— 19 8 0 -y illard an   b oshlab  o 'sim lik la rn in g  

oziqlanishi  va  o ‘g‘itlarni  ishlatishga  doir  ilmiy  tadqiqodlar  m a’lum 

tizim   asosida  o4kazila  boshlandi.  A.N.  Engelgardt,  P.A.  Kostichev 

kabi  olimlarning  ishlari  ayniqsa  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.

Professor A.N.  Engelgardt, o‘z davrining dem okrat arbobi-mashhur 

«Qishloqdan maktublar» va «Dehqonchilikning kimyoviy asoslari»  ning 

muallifi  mineral  o ‘g‘itlar,  go‘ng,  ohak,  ko‘kat  o ‘g‘itlarni  ishlatishning 

otashin  targ ‘ibotchisi  edi.  U  XIX  asrning  60-yillaridayoq  Rusiya 

fosforit  konlarini  o ‘rgandi  va  birinchi  m arta  podzol  tuproqlarning 

unumdorligini  oshirishda  fosforit  talqoni  katta  samara  berishini  tajri­

balar  asosida  isbotlab  berdi.

D .N .  Pryanishnikov  o ‘zining  o ‘simliklarda  azot  m oddalarining 

almashinuviga oid ishlari bilan fan maydoniga kirib keldi.  Keyinchalik 

bu masalalarni  rivojlantirib,  o ‘simliklarning ammiak va nitrat shaldidagi 

azot  bilan  oziqlanish  nazariyalarini  yaratdi.  U  hali  sun’iy  ammiak 

sintez  qilinmasdan  ancha  ilgari  ammiakli  azotli  o ‘g‘itlarni  ishlatish 

bo‘yicha  tavsiyanomalar  ishlab  chiqdi.

D .N .  Pryanishnikov  ustozi  D .N .  M endeleyevdan  57  yil  keyin  shu 

yo‘nalishdagi  ishlarni  davom  ettirib,  mamlakatning  300  ta  maskanida 

3800  dan  ortiq  dala  tajribalarini  o ‘tkazdi  va  o ‘g ‘itlar  sobiq  Sovet 

Ittifoqi  tuproqlarida  ham  g‘arbiy  Ovro‘padagi  kabi  samara  berishini 

isbotlab  berdi.

M ana  shu  ju g ‘rofiy  tarm oq  tajribalarining  m ateriallari  davlat 

mahkamalariga  mineral  o ‘g‘itlarni  ishlab  chiqarishni  rejalashtirishga 

va  o ‘g‘it  sanoatini  rivojlantirishga  im kon  berdi.

D .N .  Piyanishnikov o ‘zining  1927-yilda  e’lon  qilingan  «Maltus va 

Rusiya»  asarida  fandagi  reaksion  oqimlarga  keskin  zarba  berdi  va 

m am lakat  aholisi  har  50  yilda  ikki  baravar  o ‘sib  turgan  chog‘da  ham

21


agrokimyo, dehqonchilik hamda o ‘simlikshunoslik fanlarining yutuqlari 

asosida  oziq-ovqat  mahsulotlari  yanada  tez  sur’atlar  bilan  ko‘payib 

borishini  isbotladi.

D .N .  Pryanishnikov  akademik  V.R.  Vilyams  tom onidan  ilgari 

surilgan dehqonchilikning  «ОЧ-dalali» tizimiga qarshi chiqdi.  Bu tizim 

mamlakatda  don  yalpi  hosilini  keskin  kamaytirib  yuborishini  uqtirdi 

va  vaqt  uning  haqiigini  isbotladi.  U  almashlab  ekishni  to ‘g‘ri  tashkil 

qilish  bilan  bir  qatorda  o ‘g‘itlardan  unumli  foydalanish  aholini  oziq- 

ovqat  mahsulotlari  bilan  to ‘la  ta ’minlashning  asosi  ekanligini  doimiy 

tarzda  ta ’kidlar  edi.

Shuningdek,  qator oralariga ishlov beriladigan ekinlarni yetishtirish 

va  ularga  m ineral  o ‘g ‘itlarn i  qoMlash  (ayniqsa  0 ‘rta  Osiyoning 

sug‘oriladigan  maydonlarida)  «aw al  bitta  boshoq  o ‘sgan  yerda  uchta 

boshoq yetishtirish im konini berishini»  ta’kidladi,  qaysiki,  bu regionda 

dehqonchilikni  yanada  tezroq  rivojlanishiga  turtki  bo‘ldi.

D .N .  Pryanishnikov  to m o n id an   yozilgan,  «Agrokimyo»  deb 

nomlangan  fundamental  asar  qayta-qayta  nashr  qilindi.  Uning  400 

dan  ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan bo‘lib,  aksariyati jahon miqyosida 

e’tirof  etilgan.

P.S.  Kossovich  1897-yiIda  o ‘simliklar  ammiak  shaklidagi  azotni 

to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  nitrat  holatiga  o ‘tm asdan  ham,  o ‘zlashtira  olishini 

isbotladi, bu o ‘z navbatida D .N .  Pryanishnikov nazariyasining to ‘g‘rili- 

gini  ko‘rsatdi.  Bundan  tashqari,  P.S.  Kossovich  tabiat va xo‘jaliklarda 

xlor  va  oltingugurtning  aylanishi  (o ‘rami)  ni  va  ildiz  ajratmalarini 

o ‘rganish  borasida  ham   qator  muvaffaqiyatli  tadqiqotlarni  amalga 

oshirdi.


K.K.  Gedroys  o ‘zining  ijodiy  faoliyatini  tuproqlarning  singdirish 

qobiliyatini  o ‘rganishga  qaratdi,  ularning  turlarini  aniqladi  va  bosh- 

qarish  qonuniyatlarini  ko‘rsatib  berdi.

1911-yilda  tuproqlarning  potensial  nordonligini  kashf qildi  va  bu 

bilan  tuproqlarni  ohaklashning  nazariy  asosini  yaratdi.  Shuningdek, 

sho'rtoblarni kimyoviy melioratsiyalash borasidagi m um toz ishlar ham 

uning  qalamiga  mansubdir.

Keyinchalik  I.S.  Shulov  (mikroelementlar bo‘yicha)  D.A.  Sabinin 

va  A.A.  Shm uk  ildizning  sintezlash  qobiliyati  bo'yicha  bir  qator 

tad q iq o tlarn i  am alga  oshirib,  agrokim yo  fanining  rivojlanishiga 

0

‘zlarining  munosib  hissalarini  qo‘shdilar.



Rusiya agrokimyo fanining rivojlanishida qishloq xo‘jalik oliy o ‘quv 

yurtlari,  D .N .  Pryanishnikov  nomidagi  o ‘g‘it  va  agrotuproqshunoslik

22

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling