J. S. Sattorovning umumiy tahriri ostida


Turkistonda  agrokimyo  elementlarining rivojlanish


Download 17.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/53
Sana15.12.2019
Hajmi17.02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53

Turkistonda  agrokimyo  elementlarining rivojlanish 

tarixi  va  o‘simlikIarning  oziqlinishiga  oid  fikrlar

M a’lumki,  0 ‘rta Osiyo qadimiy dehqonchilik markazlaridan bittasi 

hisoblanadi.

Miloddan  aw algi  V I—V  ming  yilliklarda  aw aldan  dehqonchilik 

bilan  shug'ullanish  hozirgi  Eron  hududidan janubiy  Turkm anistonga 

k o ‘chib  o ‘tdi  va  bu  erda  «Jaytun»  deb  nom langan  dehqonchilik 

madaniyatini  yuzaga  keltirdi.  Qadim  davrdagi  dehqonchilik  yerlarni 

bostirib  sug‘orish  asosida  (to ‘g ‘rirog‘i,  bahorda,  daryolar  toshgan 

paytda,  suv  bosgan  joylarga  ekin  ekish  asosida)  amalga  oshirilar  edi.

Eneolit  (m iloddan  avvalgi  IV—III)  davriga  kelib,  Z arafshon 

vodiysida  ham  dehqonchilik  bilan  shug‘ullana  boshladilar  («Sopolli» 

dehqonchilik  madaniyati).  Uzunligi  uch  kilometrga  yetadigan  kichik 

shoxariqlar  qazilib,  unum dor  yerlarga  suv  chiqarilishi  dehqonchilik 

tarixidagi  muhim  qadamdir.

Miloddan avvalgi  II  minginchi yillarda hozirgi  Buxoro  hududlarida 

«Zamonbobo» va «Tozabegip»  dehqonchilik madaniyatlari va shundan 

keyinroq  «Chust»  dehqonchilik  madaniyati  shakllandi.

Bu  davrga kelib bostirib  sug‘orish o ‘rniga  kanallardan  foydalanish, 

birm uncha  murakkabroq  ish qurollariga o ‘tish bilan bir qatorda tuproq 

unumdorligini oshirish  maqsadida mahalliy o ‘g‘itlardan foydalanishning 

ham  ilk  alomatlari  ko‘rina  boshladi.

Ayniqsa,  «sopolli»  dehqonchilik  madaniyati  davrida  tuproqlarni 

qo‘sh  xo‘kiz  qo'shilgan  om ochlar  yordamida  ishlanishi  va  podalarda 

yirik  shoxli  qoram ollar  sonining  ortib  borishi  (ayrim  m a’lumotlarga 

qaraganda, jami  mollar  sonining  28—29  foizini  tashkil  qilgan)  buning 

yaqqol  dalilidir.  Qoramollar  sonining  ortishi  esa,  tabiiyki,  ularning 

axlatlarini  mahalliy  o ‘g‘it  sifatida  ishlatilishiga  sabab  bo‘lgan.

G .N .  Lisitsina  tom onidan  amalga  oshirilgan  maxsus  tadqiqod 

usullari ko‘p miqdorda go'nglarning ishlatilishi  neoantropogen tuproqlar 

tarkibidagi chirindi miqdorini 0,34—0,52 foizdan qadimiy sug'oriladigan 

tuproqlarda  0,80—1,02  foizga  yetishiga  olib  kelganligini  ko‘rsatgan.

Umuman olganda,  0 ‘rta Osiyoda sug‘oriladigan dehqonchilik m ada­

niyati  va  chorvachilik  bundan  7—8  hatto  10  ming  yillar  aw al  paydo 

bo‘lganligi zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da ham eslatiladi.

23


Buyuk ensiklopediyachi olim Abu  Rayxon  Muhammad  ibn  Axmad 

Beruniy  (978-1048)  mashhur  «Kitob  ul  jamoxir  fi  ma’rifatil  javoxir» 

asari ona jins va tuproq mineral qismlning xossalarini o'rganish bo‘yicha 

saqlanib  qolgan  dastlabki  muhim  q o llan m a  hisoblanadi.

X—XI asrlarda aytilgan  ushbu ilmiy fikrlar dunyo miqyosida birinchi 

bo‘lib,  tuproqlar  nurash  jarayonida  hosil  boiadigan  ona  jinsining 

mahsuli  ekanligi,  ularning  mineral  qismi  esa  tabiat  va  o ‘simliklar 

hayotida  katta  o ‘rin  tutishi  alohida  ta ’kidlab  o ‘tilgan.

Taxminan XIV—XV asrlarda yozilgan  «Ziroatnoma»  (Fan-i kashtu 

ziroa) asarida ajdodlarimizning ming yillik dehqonchilikka oid tajribalari 

umumlashtirilgan.  Kitobdagi  ayrim m a ’lumotlarning guvohlik berishi- 

cha,  ular  ekinlardan  yuqori  va  mo'l  hosil  yetishtirishda  o ‘g‘itlarning 

muhim  ahamiyatga  ega  ekanligini  yaxshi  bilganlar.

M azkur  asarda  turli  chorva  mollarining  go'nglari  tuproqlarga 

turlicha  ta ’sir  ko‘rsatishi,  qo‘y  va  echkilarning  go‘nglari  ot  go‘ngiga 

nisbatan  bir  yarim  baravar  kuchliroq  ekanligi  e’tirof etilgan.  Ayniqsa, 

cho‘chqa  axlati  o ‘g‘it  sifatida  unchalik  ahamiyatga  ega  emasligi,  uni 

qollaganda  turli-tum an  illatlar  kelib  chiqishi  alohida  qayd  etilgan.

Shuningdek,  hozirgi  kunda  biz  «kompost»  deb  ataydigan  «nuriyi 

maxlut»  ni  tayyorlash  usullari  ularga  o ‘sha  qadim  zam onlardayoq 

m a’lum  boMgan  ekan.  Nuriyi-m axlutni  tayyorlash  uchun  go'ng,  ariq 

va  zovur  tuproqlari,  chirigan  qamish,  xashak  va  barglar,  eski  devor 

ham da  tom   tuproqlari,  axlatlar,  kul,  iste’mol  uchun  yaramaydigan 

meva-chevalar,  charm  va  polos  qoldiqlari  hamda  suyak  talqonlaridan 

ustalik  bilan  foydalanganlar.

N uriyi-m axlut  tarkibidagi  oziqa  elem entlarni  havo  va  yog‘in- 

sochinlar  ta ’sirida  sezilarli  darajada  kamayishi  (hozirgi  ibora  bilan 

aytilganda,  denitrifikatsiyalanishi  ham)  ularning  e ’tiboridan  chetda 

qolmagan.  Bundan  ancha  ilgari  yetishtirish  borasida  «Dasturi  kishvar- 

zon»  («Dehqonlarga  yo‘riqnoma»)  va  «Kidyurnoma»  («Bog‘dorchilik 

haqida  kitob»)  kabi  qim m atbaho  asarlar  yozilgan  bo‘lib,  ular  shu 

davrlarda  tez-tez  bo'lib  turadigan  urushlar  paytida  yo‘qolib  ketgan.

Ajdodlarimiz shuningdek,  ekinlar va tuproq  (to'g‘rirog‘i tuproqning 

xususiyatlari)  o'rtasidagi  munosabatga  azal-azaldan  qiziqib  kelganlar 

va  o'rganganlar.  N atijada  Quva  va  Dashnobodning  tuproqlari  anor, 

Namangan  tuproqlari  olma,  K attaqo‘rg‘on tuproqlari uzum yetishtirish 

uch u n   eng  qulay  ekanligi  aniqlangan.  O ltiariqning  bodringlari, 

M arg‘ilon  anorlari  va  C horjo‘y  qovunlari  qadim -qadim dan  buyon 

m a’lum  va  mashhurdir.

24


Y uqorida  sanab  o ‘tilgan  vositalar  yordam ida  yaqin-yaqingacha 

ham  tuproqlar  tarkibidagi  chirindi  va  oziqa  elem entlarining  miqdori 

ko‘paytirilgan.

0 ‘zbekistonda  agrokimyo  fanining 

yuksalish  bosqichlari

Aholi  sonini  tez  su’ratlar bilan  ko'payib  borishi  Rusiya  imperiya- 

sining  0 ‘rta  O siyoni  bosib  olib,  o ‘zining  asosiy  paxta  bazasiga 

aylantirishi,  ekinlar  hosildorligining  keskin  oshirishni  taqozo  qilgan 

edi.  Bu  m uam m o  tabiiyki,  mineral  o ‘g‘itlarni  qo'llash  yo‘li  bilangina 

hal  qilinishi  m um kin  edi.

B irinchi  fosforli  o ‘g‘it  1843-yilda  Looz  to m onidan  Rotam sted 

stansiyasida, kaliyli  1861-yilda Stasfurtda olingan b o ‘lishiga va o ‘g ‘itlar 

ustida  ju d a  ko ‘p  tadqiqotlar  o'tkazilganligiga  qaram asdan,  Osiyoga 

mineral  o ‘g‘itlar  birinchi  marta  XX  asrning  boshlarida,  to ‘g‘rirog‘i 

1906-yilda keltirilgan.

T u rk isto nd a  ekinlarga  m ineral  o ‘g ‘itlarn i  q o ‘llash  borasidagi 

dastlabki tadqiqotlar R.R.  Shreder,  M.M.  Bushuyev,  I.K..  Negodnovlar 

tom onidan amalga oshirilgan va bu tajribalarda har bir gektar maydonga 

30—60  kilogramm  atrofida  azotli  va  fosforli  o ‘g‘itlar  q o ‘llanilgan.

Q ollan ilgan  o ‘g‘itlar  miqdorining  kamligi  va  agrotexnikaviy  tad­

birlar  saviyasiniiig  pastligi  tabiiyki,  o ‘g‘itlar  samaradorligini  ko‘rsatib 

berish  im konini  bermagan.

Eski  Q ovunchida  (hozirgi Yangiyo‘l)  o ‘g‘it  qo'llash  stansiyasining 

ochilishi,  o ‘simliklar oziqlanishini  o ‘rganish  borasida  olib  boriladigan 

ilm iy-tadqiqot  ishlarining  keng  quloch  yoyishiga  yordam  berdi.

Bu stansiyaning faoliyati A.I.  Kurbatov,  D.A.  Sabinin,  E.A. Jorikov, 

V.P.  M achigin,  V.N.  M andrigin,  I.T.  Chernov  va  boshqa  bir  qator 

taniqli  tadqiqotchilarning nomlari bilan  cham barchas bog‘liqdir.  Ular 

tom onidan  bajarilgan  ilmiy  izlanishlar  0 ‘rta  Osiyoning  barcha  tuproq 

tiplarida  h am   azotli  o ‘g ‘itlarni  qo'llash  (ayniqsa  fosforli  o ‘g ‘itlar 

fonida)  ijobiy  natija  berishini  ko‘rsatdi.

0 ‘zbekistonda  agrokimyo  va  tuproqshunoslik  fanlarining  rivojla- 

nishida  1920-yilda  0 ‘rta  Osiyo  Davlat  Universiteti  qoshida  tashkil 

etilgan  Tuproqshunoslik  va  geobotanika  institutining  roli  kattadir.

Institut  hozirgi  davrgacha  turli  nomlar  bilan  atalib,  turli-tum an 

vazirlik  va  q o 'm italar  tassarufida  bo'ldi;  1932-yilda  B utunittifoq 

paxtachilik  ilmiy  tadqiqot  institutining  0 ‘g ‘it  va  agrotuproqshunoslik

25


Markaziy  stansiyasiga  aylantirildi.  1943—60-yillarda  0 ‘zSSR  Fanlar 

Akademiyasi,  1960—61 -yillarda  0 ‘zSSR  qishloq  xo'jalik  F an lar 

Akadem iyasi,  1961—64-yillarda  0 ‘rta  Osiyo  P axtachilik  D avlat 

Q o‘mitasi,  1964—72-yillarda  Qishloq  xo‘jalik  vazirligi,  1972-yildan 

1999-yilgacha  0 ‘zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  tarkibidagi  va  1999- 

yildan  boshlab  0 ‘zbekiston  Respublikasi yer resurslari davlat qo‘mitasi 

ixtiyoriga  o ‘tkazildi.

1929—30-yillarga kelib o ‘g‘it bo‘yicha ilmiy tadqiqot instituti  (NTU) 

va  paxtachilik  ilmiy  tadqiqot  instituti  (UzNTXI  oldingi  Soyuz- 

NIXT)larining  ochilishi  paxtachilikda  o ‘g‘it  qo‘llash  masalalarini  hal 

qilishda  va  agrokimyo  sohasining  rivojlantirishda  muhim  o ‘rin  tutdi.

Shu davrda  mazkur  ikki  ilmiy  maskan  0 ‘rta  Osiyoning  paxtachilik 

m intaqasida  tarqalgan  barcha  tu p ro q lard a  am alga  oshiriladigan 

tajribalarni  yo‘lga qo‘ydi. Tajribalar paxta yakka ziroati  (monokultura) 

va  almashlab  ekish  sharoitida  o ‘g‘itli  ham da  o ‘g‘itsiz  fonlarda  amalga 

oshirildi.

Respublikamiz  ishlab chiqarishiga ko‘plab  iqtidorli  mutaxassislarni 

tayyorlab berishda, shuningdek,  agrokimyo va tuproqshunoslik fanlarini 

rivojlantirishda  hozirgi Toshkent Agrar Universitetining alohida tutgan 

o 'rni  mavjud.  1918-yilda  Turkiston  xalq  universiteti  qoshida  qishloq 

xo'jalik fakulteti ta ’sis etilgan  bo‘lib,  1930-yilning aprelida 0 ‘rta Osiyo 

davlat  universitetidan  mustaqil  0 ‘rta  Osiyo  Qishloq  xo‘jalik  instituti 

b o ‘lib  ajralib  chiqdi.  U  1956-yildan  boshlab  0 ‘rta  Osiyo  paxtachilik 

va ipakchilik instituti,  1934-yilda esa Toshkent Qishloq xo‘jalik instituti 

n o m in i  oldi.  1990-yilning  b o sh id a  u  T o sh k e n t  D av lat  A grar 

Universitetiga  aylantirildi.

1930—1936-yillarda Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti, shu jumladan 

uning  M arkaziy  o ‘g ‘it  va  agrotuproqshunoslik  stansiyasi  tuproq- 

agrokimyoviy xaritanomalarini tuzish hamda o‘g‘itlarning samaradorligini 

aniqlash  borasida  keng  ko‘lamdagi  tekshirishlarini  o ‘tkazadi.  Shu 

maqsadda  faqat  1935-yilning  o ‘zida  birgina  0 ‘zbekistonda  620  dan 

ortiq  dala  tajribalari  o ‘tkazildi.  Bu  tajribalarga  Ya.M.  Chumakov,  L.I. 

Golodkovskiy,  D.V.  Chernov,  I.V.  Sivinskiy  va  boshqalar  rahbarlik 

qildilar.  M ana  shu  ishlarning  natijasi  o ‘laroq  0 ‘zbekistonda,  asosan 

paxtachilikda  qo‘llash  uchun,  ko‘p  miqdorda  mineral  o ‘g‘itlar  keltirila 

boshlandi.  1936-yilga  kelib  0 ‘rta  Osiyoning  paxtachilik  xo‘jaliklaridagi 

o ‘rtacha  hosildorlik  gektar  hisobiga  16—17  sentnerga  yetdi.

1936-yildan  boshlab  agrokimyo  yo‘nalishidagi  ilmiy  tadqiqotlar 

o ‘g‘itlarni,  ayniqsa  azotli  o'g'itlarning,  samaradorligini  ko'tarilishiga

26


qaratildi.  L.I.  Golodkovskiy  m a’Iumotlariga  qaraganda  azotli  o ‘g‘it- 

lardan foydalanish  koeffitsienti bu davrga kelib 27 foizni tashkil qilgan.

Ikkinchi  jahon  urushidan  oldingi  yillarda  agrokimyoda  nazariy 

masalalarni o ‘rganishga ko‘proq e ’tibor berildi.  0 ‘g‘itlarni qo‘shimcha 

oziqlantirish  sifatida  qo‘llashning  afzalliklari  nazariy jihatdan  asoslab 

berildi,  g‘o ‘za  rivojlanishining  turli  davrlarida  oziqa  elem entlarini 

o ‘zlashtirish  qonuni  aniqlandi,  o ‘g‘itlarni  mexanizatsiya  yordamida 

q o 'llash   y o ‘lga  q o ‘yildi,  tu p ro q la rn in g   agrokim yoviy  xossalarini 

o ‘rganishga  e ’tibor  kuchaytirildi.

1939-yilda  B.P.  Machigin  0 ‘rta  Osiyoning  serkarbonat  tuproqlari 

tarkibidagi  harakatchan  fosfatlar  m iqdorini  aniqlash  usulini  taklif 

qildiki,  qaysiki,  bu  usul  hozirgi  kunda  ham  o ‘zining  aham iyatini 

yo‘qotm agan.

Urush yillarida Respublikamizga Rusiya va qardosh Respublikalardan 

ko'plab  ilmiy-tekshirish  vositalari  ham da  ilm  ahli  evakuatsiya  qilindi.

Ularning  yordamida  (D .N .  Pryanishnikov  va  uning  shogirdlari) 

bir  qator  amaliy  agrokimyo  masalalari  hal  qilindi.  Ayniqsa  Samar- 

q an d d a  faoliyat  ko ‘rsatgan  D .N .  P ryanishnikov  0 ‘rta  O siyoda 

almashlab  ekish  tizimiga  qand  lavlagini  kiritilishi  mamlakat  aholisini 

qand  bilan,  shuningdek chorvachilikni to ‘yimli  ozuqa bilan  ta’minlash 

bilan  bir  qatorda  g‘o ‘za  hosildorligini  oshirishda  ham  ijobiy  natija 

berishini  isbotlab  berdi.

XX 

asrning  50-yillaridan  boshlab  0 ‘zbekistonda  agrokimyo  fani 



yanada  tez  su’ratlarda  rivojlana  boshladi.

1949-yilda  Toshkent  Davlat  Universiteti  tarkibida  ochilgan  agro- 

nomiya  kafedrasi  (1985-yilda  agrokimyo  kafedrasi  deb  nomlangan) 

paxtachilikning bir qator nazariy va amaliy muammolarini  hal  qilishda 

salmoqli  ishlarni  amalga  oshirdi.  S.N.  Rijov,  N.P.  Malinkin,  K.B.  Saa- 

kyans,  J.  Sattorov,  G.A.  K amenir-Bichkov  kabi  taniqli  olimlar  yetuk 

agrokim yogarlarni  tayyorlash  bilan  bir  qatorda  bu  fanni  va  Res- 

publikamiz  qishloq  xo‘jaligini  rivojlanishiga  munosib  hissa  qo‘shdilar. 

0 ‘zbekiston  fanlar  akademiyasining  haqiqiy  a ’zosi  J.  Sattorov  nav 

agrokim yosi  y o ‘nalishiga  asos  soldi  va  o ‘g ‘it  samaradorligini oshi- 

rish  sharoitini  yaratdi.  G.A.  Kamenir-Bichkov  B.S.  Musayev  bilan 

birgalikda  tuproq  gumusi  va  azotidan  foydalanish  va  sho‘r  yerlarni 

o ‘g‘itlashning ilmiy asoslarini  ishlab  chiqdi,  o ‘g‘it foniga qarab g‘o ‘za 

navlari  ildizining  o ‘sishini  har xil  bo‘lish  sabablarini  aniqladilar.  Bu 

davrda  asosiy  e ’tib o r  p ax tach ilik d a   o ‘g ‘it  ishlatish  m e ’yo rlari, 

muddatlari  va  usullarini  nazariy jihatdan  asoslab  berishga  qaratildi.

27


Kuzgi  shudgor  ostiga  (imkoniyati  bo‘lrnagan  payitlarda,  bahorgi 

ishlov berish payitida)  yillik fosfor miqdorining 60—70  foizi,  kaliyning 

50  foizi  qo‘Uanilishi  lozimligi  asoslandi.  Barcha  ekin  maydonlarida 

ekish  bilan  birgalikda  gektariga  20—30  kg  fosfor  va  10—15  kg  azot 

berish  tavsiya  qilindi.

G ‘o ‘zaning  oziqlanishida  qo‘shimcha  oziqlanishning  ahamiyati, 

birinchi va so‘nggi qo‘shimcha oziqlanishning muddatlari ilmiy jihatdan 

asoslab  berildi.

Respublikamizda  agrokimyo  fanining  rivojlanishiga  paxtachilik 

ilmiy  instituti  (sobiq  SoyuzNIXT)  jam oasi  salmoqli  hissa  qo‘shdi. 

Institutning  Oq  qovoqdagi  tajriba  maydonlarida  so‘ngi  80  yil  ichida 

amalga  oshirilgan  tajribalar  o ‘g‘it  qo‘llamasidan  surunkali  ravishda 

paxta ekiladigan  maydonlarning  har bir gektaridan  15  s,  gektariga  150 

kg azot,  100  kg fosfor,  50 kg  kaliy qo'llanilgan  maydonlardan  o'rtacha 

35,8  s  hosil  olish  mumkinligini  ko‘rsatdi.

Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  hosilning  yarmidan  ko‘prog‘i  (deyarli 

2/3  qismi)  mineral  o ‘g‘itlar  hisobiga  olinadi.

0 ‘rta  Osiyoning  tuproqlari  kaliyga  ancha  boy  bo‘lganligi  sababli 

yaqin-yaqingacha  ham  kaliyli  o ‘g‘itlarni  qo‘llash  maqsadga  muvofiq 

em as  deb  kelindi.  F aqatgina  M.A.  Belousov,  1.1.  M adraim ov, 

P.V .  P rotasovlarning  olib  borgan  tadqiqodlari  natijasida  kaliyli 

o ‘g‘itlarning  paxta  hosili  va  tolasining  sifatiga  ko‘rsatadigan  ijobiy 

ta ’siri  asoslab  berildi.  80-yillarning  boshlariga  kelib,  kaliyli  o ‘g‘itlarni 

q o ‘llash  m uddatlari,  m e’yorlari  va  boshqa  turdagi  o ‘g‘itlar  bilan 

nisbatlari yuzasidan tegishlicha tavsiyalar ishlab chiqildi.  Hozirgi davrga 

kelib  kaliyli  o ‘g‘itlar  paxtachilikda  keng  ko‘lamda  ishlatilmoqda.

1963-yilda tuproqlarning oziqa elementlari bilan ta ’minlanganligini 

hamda qishloq xo'jalik ekinlarining xususiyatlarini  hisobga olgan  holda 

turli tuproq-iqlim  regionlarida o ‘g‘itlarni  taqsimlash va qo‘llashni  ilmiy 

a s o s d a   t o ‘g ‘ri  ta s h k il  q ilis h   m a q s a d id a   R e s p u b lik a m iz d a  

ixtisoslashtirilgan  agrokimyo  xizmati  tashkil  etildi.

Toshkent  Davlat  U niversiteti,  Agrokimyo  kafedrasida  amalga 

oshirilgan  ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida (J.S.  Sattorov, A.A.  Nazarov, 

M.  Teshaboyev,  G.A.  K am enir-B ichkov,  L.A.  K opeykina,  B.S. 

Musayev,  A.  Raximov,  A.  Shomurotov va  b.)  agrokimyo  fanida yangi 

yo‘nalish  —  paxtachilikda  nav  agrokimyosiga  asos  solindi.  Buning 

natijasida g‘o ‘zaning naviga bog‘liq  holda  I  tonna paxta xomashyosini 

shakllanishi  uchun  40  kilogrammdan  70  kilogrammgacha  azot,  10 

kilogramm dan  30  kilogrammgacha  fosfor  va  50  kilogrammdan  80

28


kilogramgacha  kaliy  kerak  b o ‘lishi  isbotlandi,  qaysiki  ko‘p  m iqdorda 

mineral  o ‘g‘itlarni  tejash  ham da  atorof-m uhitni  kimyoviy  m oddalar 

bilan  ifloslanishining  oldini  olish  im konini  beradi.

Respublikamizda  sabzavot  ekinlari  ham da  kartoshkani  o ‘g‘itlash 

masalalari  Respublika sabzavot,  poliz  ekinlari va kartoshkachilik ilmiy 

tekshirish institutida (X.Z.  Umarov rahbarligida) boshoqli don ekinlarini 

o ‘g‘itlash  masalalari  esa,  G ‘allaoroldagi  «Don»  ilmiy ishlab-chiqarish 

birlashmasida  o ‘rganildi  va  o ‘rganilmoqda.

Respublikamizda  agrokimyo  fanini  rivojlanishiga  munosib  hissa 

qo‘shgan tadqiqotchilar R.R.  Slireder,  M.M.  Bushuyev,  N.K.  Balyabo, 

I.A.  M andrigin,  B.P.  M achigin,  N .P.  M alinkin,  1.1.  C hum achenko,

E.A.  Jo rik o v,  A.V.  X arkov,  V .I.  Sivinskiy,  S.A.  K u d rin ,  K aziyev, 

S.N.  Rijov,  M.A.  Belousov,  P.V.  Protasov, T.P.  Piroxunov,  I.M .  M ad- 

raim ov,  I.N .  Niyozaliyev,  J.S.  Sattorov,  B.l.  Isayev,  A.E.  Ergashev, 

X.T.  Risqiyeva  va  boshqalar  hisoblanadi.

O‘g‘it-hosildorlikni  oshirishning  asosiy  omili

Oziqlanish  elementlarining  tuproqqa tushishi  va tuproqdan  chiqib 

ketishi  o 'rtasid ag i  farq  oziqlanish  elem entlarining  balans  holati 

hisoblanadi.

Oziqa  elem entlarining  tuproqdan  chiqib  ketish  m iqdori  m ay- 

donning  m a’lum  birligi  hisobiga  shu  elementlarning  hosil  va  unga 

qo‘shimcha hosil tarzida tuproqni tark etgan miqdori bilan o'lchanadi. 

Oziqlanish  elementlarining  tuproqqa  qayta  tushish  miqdorini  oziqa 

elem entlarining  o ‘g ‘itlar,  shuningdek,  o ‘sim liklarning  qoldiqlari, 

atmosferaning  m olekular  shaklidagi  azotining  tuproqqa  tushgan  va 

boshqa  manbalar  orqali  to ‘plangan  miqdorlar  yig‘idisi  tashkil  qiladi.

Qishloq xo‘jalik ekinlarining oziqa elementlarga bo'lgan talabining 

har xil bo‘lishi oziqa moddalarini hosil bilan tuproqdan har xil miqdorda 

chiqib  ketishi bilan farqlanadi.  Bo‘g‘doydan  har gektar yer maydonidan 

30  s  hosil  olish  uchun  110  kg  N ,  40  kg  P20 5,  70  kg  K20   sarf qilinadi. 

0 ‘g‘itdan  foydalanmasdan  o ‘simliklarni  o'stirish  natijasida  hosildorlik 

yildan  yilga  kamayaveradi.

0 !simliklarning  hosildorligi,  ularning o'sishi va rivojlanishi  asosan 

o ‘sishning  to ‘rt  xil  omili  —  yorug‘lik,  issiqlik,  namlik  va  oziqaning 

birgalikdagi  ta ’siriga  bog'liq.

Lekin  ishlab  chiqarish  sharoitlarida  o ‘simliklarning  o'sishini  va 

hosildorligini  oshirishni  boshqarish  imkoniyatlari bir xil emas.  Hozirgi

29


kunda qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligini oshirishning hal qiluvchi 

om ili  o 'g ‘itlar  va  dehqonchilikni  keng  ko'lam d a  kim yolashtirish 

hisoblanadi. Jahon miqyosida dehqonchilik bo'yicha orttirilgan tajriba­

lar  shuni  ko'rsatdiki,  hosildorlik  darajasi  ishlatiladigan  o ‘g‘itlarning 

miqdori  bilan  chambarchas  bog‘liqdir  (3-rasm).

0  ^ --------------- ,------  ---------------------- —, --------------- >

1770-80- у  o ‘rta 

1840-80- у  

1925 

1985

asr uch  dalali  y o ‘ng‘ichqa/i  yo'ng'ichqali 

kompleks 

yo 'ng ‘ichqasiz 

almashlab 

almashlab 

kimyolashtirish 

almashlab  ekish 

ekish 

ekish

3-rasm.  Harbiy  Yevropada  210  yil  ichida 

bug‘doy hosildorligini  o ‘zgarishi.

Bundan tashqari,  hosildorlikni o ‘g‘it bilan ta ’minlanganlik darajasiga 

bog‘liqligini har xil  mamlakatlar misolida kuzatish mumkin  (2-jadval).

Hozirgi  kunda  sayyoramizda  yashovchi  insonning  har  to'rtdan 

biri  o'zining oziq-ovqat mahsulotiga bo'lgan talabini  mineral  o ‘g‘itdan 

foydalanib  olingan  hosil  evaziga  qondiradi.

FAO  (B M T  ning  oziq-ovqat  komissiyasi)  hisobiga  ko‘ra  2000- 

yilda  sayyoramizning  aholisi  6  milliardga  yetdi  va  bu  aholini  don 

m ahsulotlariga bo'lgan talabini  qondirish  uchun  hosildorlikni  100% 

ga,  hayvon  m ahsulotlari  b o ‘yicha  esa  200%  ga  oshirilishini  talab 

qiladi.

30


Har xil mamlakatlarda mineral  o ‘g‘itlardan  foydalanish va 

bug‘doy hamda  kartoshkaning  hosildorligi

2-jadval

Mamlakatlar

NPK (1  ga

yerga kg 

hisobida)

Hosildorlik  (s/ga)

B ug'doy


K artoshka

G o llan d iy a

758

52

338



Y aponiya

430


62

190


G F R

423


45

284


Buyuk Britaniya

274


49

284


C hexoslovakiya

320


43

161


F ransiya

269


42

275


Italiya

105


23

185


A Q S H

106


21

292


Ispaniya

82

15



147

Rossiya


73

15

118



H in d isto n

20

14



115

0 ‘zb ekiston

203,6

47

170,5



FAO  ning  m a’lum otlariga  muvofiq  ja h o n   m iqyosida  m ineral 

o ‘g‘itlarga  b o ‘lgan  talab  2010-yilda  307,2  t  ni  tashkil  qiladi,  ulardan 

170  mln  t  N ,  70  mln  t  P 20 5  va  60  mln  t  K20   dir.

Sanoati  rivojlangan  mam lakatlarda  o ‘g‘itlardan  foydalanish  jon 

boshiga 55  kg dan  145  kg gacha b o ‘lsa,  rivojlanayotgan  mamlakatlarda 

bu miqdor 7  kg dan 23  kg gacha boradi.  Shunday qilib, jahon  miqyosida 

mineral  o‘g‘itlar  ishlab  chiqarish  yaqin  20  yil  ichida  uch  martaga 

oshishi  kerak  b o ‘ladi.

Mutaxassislarning hisoblariga ko'ra hosildorlik oshishi  ko'rsatkichini 

taxm inan  50%  o ‘g‘itlardan  foydalanish  hisobiga  to ‘g‘ri  kelsa,  qolgan 

50%  boshqa:  agrotexnika,  nav,  sug‘orish va h.k.  usullar hisobiga to ‘g‘ri 

keladi.


AQSH  ning  ilmiy-tadqiqot  muassasalarining  m a’lumotlariga ko‘ra 

u rushdan  keyingi  yillar  m obaynida  bu  m am lakatda  hosildorlikni 

oshishini  41%  o ‘g‘itlardan  foydalanish  bilan  bog‘liq  bo'lgan  bo‘lsa, 

15—20% gerbitsidlar va boshqa o ‘simliklarni  m uhofaza qilishda q o ila - 

niladigan  kimyoviy  moddalar  evaziga,  15%  agrotexnikaning  takomil- 

lashuvi  evaziga,  8%  —  gibrid  urug‘lardan  foydalanish,  5%—11 — 18% 

sug'orish  va  boshqa  omillar  evaziga  yuz  berdi.

31


Hosildorlikni oshishi o ‘simliklar tomonidan oziqa moddalariga bo'l- 

gan talabni  oshiradi,  shuning uchun  har qanday ekinning  hosildorligini 

qancha  oshirish  rejalashtirilsa,  shuncha  ko‘proq  miqdorda  o‘g‘it  talab 

qilinadi.  Lekin  shuni  ham  e’tiborga olish  kerakki,  hosildorlik o ‘g‘itning 

oshirilishi bilan  m a’lum bir m e’yor chegarasidagina mutanosiblikka ega.

Chunki  har  bir  qishloq  xo'jalik  ekini  turi  va  navi  o ‘zida  genetik 

mahkamlangan  ichki oziqlanish  m e’yoridan ortiqcha o‘g‘itni o‘zlashtira 

olmaydi.  Aksincha  hosildorlik  pasaya  boshlaydi  va  berilgan  o ‘g‘itlar 

iqtisodiy jihatdan  o'zini  oqlamaydi  (4-rasm).

Hosildorlik,  t/ga

о ‘g ‘rt me ’yorlari,  kg/ga

4-rasm.  Hosildorlikni  o ‘g‘it  me’yoriga bog‘liq!igi.

Mineral o ‘g‘itlar ishlab chiqarish ancha miqdordagi energiya xarajati 

bilan  bog‘liq.  Masalan,  hozirgi  kunda  yer  kurrasi  bo‘yicha  600  ga 

yaqin  N N 3  sintezlaydigan  qurilm a  ishlab  turibdi.  Bu  qurilm alar 

tom onidan  bir kecha-kunduzda  125  mln  litr  neftga ekvivalent bo‘lgan 

energiya sarf bo‘ladi.  Shuning  uchun  dehqonchilikda  o ‘g‘it  miqdorini 

oshirish uning oshiqcha ishlatiladigan  miqdorining xarajati qo‘shimcha 

hosil  orqali  iqtisodiy jihatdan  qoplangandagina  samara  beradi.

32


M am lakatim izda dehqonchilikni kim yolashtirishdan asosiy m aqsad 

m avjud  o ‘g ‘itlar  resu rslarid an   fo y d alan gan   h o ld a  

m u m k in  q ad ar 

k o'p ro q   hosil  yetishtirishdan  iboratdir.

Hozirgi  kunda  R espublikam izda  6  ta   o ‘g ‘it  zavodi  (C hirchiq,  01- 

maliq, N avoiy,  S am arqand,  F arg ‘o na,  Q o ‘qon) faoliyat ko‘rsatm oqda. 

0 ‘g‘it  ishlab  chiqarish  va  ishlatishning  t o ‘xtovsiz  ortib  borayotganligi 

m unosabati  bilan  ularning  sam aradorligini  oshirish  kimyo  sanoati  va 

qishloq  xo ‘jaligining  birinchi  navbatdagi  vazifasi  b o ‘lib  qoldi.  0 ‘g ‘it 

ishlab chiqarishning o ‘sishi, asosan, yuqori konsentratsiyali va kompleks 

o ‘g‘itlar  hisobiga  am alga  oshirilm oqda.

B unday  o ‘g‘itlar  ishlab  chiqarilayotgan  o ‘g ‘itlar yalpi  m iqdorining 

90%  dan  ortig‘ini  tashkil  qiladi.  Bu  hoi  o ‘g ‘itlam ing  fizik  m assasini 

kam aytirishga,  ularni  tashish,  saqlash  va tu p ro q q a   kiritishga  sarflana- 

digan  m ehnatni  tejashga  im kon  beradi.

M ineral  o ‘g‘itlarning  fizikaviy-m exanikaviy  xossalarini  yaxshilash 

m uhim   aham iyatga  ega.  G ranulalan g an ,  donalari  m ustahkam   va  bir 

o 'lch am li  o ‘g‘itlarni  saqlash  va  tu p ro q q a  kiritish  m a’lum  afzalliklarga 

ega.  Q ishloq  xo‘jaligida  kim yolashtirishning  m oddiy-texnika  bazasini 

yaxshilashga  doir  (om borlar  qurish,  ularni  m ashina  va  m exanizm lar 

bilan ta ’m inlash va boshqalar)  zaruriy cho ra-tad b irlar qoMlanilmoqda. 

Bu  hoi o ‘g ‘itlarni zavoddan dalaga qadar b o ‘lgan y o ‘lda isrof bo'lishini 

keskin kam aytiradi,  ulardan  o ‘z v aqtida va sam arali foydalanish uch u n  

shart-sharo itlar yaratadi.

R espublikam izda o ‘g ‘itlardan foydalanishni tashkil etish va nazorat 

qilishda Respublika loyiha-qidiruv agrokim yo stansiyasi,  uning viloyat- 

lardagi  sh ah o bch alari  va  boshq a  tash k ilo tlar  k atta  ishlarni  am alga 

oshirm oqdalar.

0 ‘g ‘itlardan  foydalanish yuqori  saviyada agrotexnik usullarni  q o 'l­

lash  bilan  uzviy  bog'lanishi  lozim   (3-jadval).



3-jadval

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. ramazonov, S. Buriyev tuproqshunoslik va dehqonchilik
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r s it e t I s. A. Azimboyev dehqonchilik, tuproqshunoslik ya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> Ipakchilik va tutchilik o'krkuston
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> U sm o n norqulov, h a m id u L l a sheraliyev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. Q. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> M u o ‘K: 638. 21 (075) kbk 46. 92 I 70 a 90 Taqrizchilar
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov o'zbekiston tuproqlari va ularning
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> Tuproqshunoslik

Download 17.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling