J. S. Sattorovning umumiy tahriri ostida


Download 17.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/53
Sana15.12.2019
Hajmi17.02 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53

Alkaloidlar.  A lkaloidlar  k uch li  fiziologik  t a ’sirga  ega  b o ig a n , 

ishqoriy xarakterdagi geterosiklik azot tutgan m oddalardir.  U lar ayrim  

qishloq  xo ‘jalik   ekinlarining  tanasida  sezilarli  m iqdorda  sintezlanadi 

va to ‘planadi.  H ozirgi kunda anchagina alkaloid hosil  qiluvchi 



0

‘sim - 


liklar  aniq lang an   va  ularni  yetishtirish  y o ig a   q o ‘yilgan.  M asalan, 

tam akining  barglarida  nikotin  (3—7  %),  lyupinning  bargi  va  poyasida 

lu p an in ,  sp artein ,  lu p an in   alkaloidlori  (1—3% ),  xina  darax tin in g  

p o ‘stlog'ida xinin  (8— 12%)  to ‘planadi.  K o ‘knori  «suti»  ning talqonida 

b irn e c h a  alkaloid uchrab  (m orfin,  narkotin,  kodein), ularning m iqdori 

15—20%  ni  tashkil  etadi.  Kofe  doni  tarkibida  1—3%,  choy  bargida 

5%  gacha  kofein  alkaloidi  uchraydi.

A lkaloidlar  tibbiyo tda  va  san o atn in g   ayrim   tarm o q larid a  keng 

k o ia m d a   ishlatiladi.

0 ‘SIMLIKLARNING  OZIQLANISHI

Y er  yuzidagi  barcha  tirik  organizm larning  o ‘sishi  va  rivojlanishi 

ularning  oziqlanishi  bilan  b o g iiq .  Lekin  yuksak 

0

‘sim liklarning  o ziq ­

lanishi  hayvonot  dunyosi  oziqlanishidan  keskin  farq  qiladi,  chunki 

hayvonlar  faqat  tayyor organik  m ahsulotlarni  iste’mol  qilsa  (geterotrof 



oziqlanish),  o ‘sim liklar o'zlari  uchun  kerakli organik m oddalarni  oddiy

64


(Mineral birikm alar (karbonat angidrid,  suv va ayrim  tuzlar) d a n  quyosh 

encrgiyasi  yordam ida  sintezlaydi  (avtotrof oziqlanish).

Yashil  o ‘sim liklarning  oziqlanishi  bir  paytning  o ‘zida  ikki  sferada 



lodir  b o ‘ladi.  U larning  ildizlari  bilan  tu p ro q d a n   suv  va  u n d a   erigan 

mineral  tu zlarn i  olsa,  poya  va  barglari  yord am ida  atm osferadan  C 0 2 

gazini  o ‘zlashtiradi.  0 ‘sim liklarda  b ir  b u tu n   o ziqlanish  jarayonining 

ikki to m o n i b o ‘lgan havodan oziqlanish  (fotosintez) va  ildizdan  (mineral



oziqlanish  farqlanadi.  0 ‘sim liklarning  ildiz  tizim i  va  yer ustki  qism ida 

o'suv  davri  davom ida  m odda  alm ashinuvi  sodir  b o ‘lgani  bois  bu  ikki 

oziqlanish  tip i  m u shtarakdir.  Shu  sababdan  o ‘sim lik lard a  m ineral 

o z iq la n ish n i 

o ‘rg an ish d an   a w a l  h av o d an   o z iq la n ish   (fo tosintez) 

m asalalariga  qisqacha  to ‘xtalib  o'tam iz.

0 ‘SIM LIK LARNING  HAVODAN  O Z IQ L A N IS H I

Yashil  o ‘sim liklarning  quyosh  nuri  ishtirokida  karbonat  angidrid 

gazi  va  suvdan  organik  m oddalar  hosil  qilish  jaray o n ig a  fotosintez 

deyiladi.

J.  Pristli  (1771)  o ‘sim liklar nafas olish  binobarida ifloslangan  havoni 

tozalashini, Ya.  Ingengauz  (1779)  bu jarayon faqat yorug'lik ishtirokida 

sodir b o ‘lishini  isbotladi.  J.  Senebe  va T.  Sossyurlar to m o n id an  yashil 

o ‘sim liklar  karb onat  angidrid  gazi  va  suvdan  organik  m odda  hosil 

qilish va bu n d a  havoga erkin  kislorod ajralib chiqishini  k o ‘rsatib berdi. 

K.A.  Tim iryazev o ‘zining «Quyosh,  hayot va xlorofill»  nom li  risolasida 

fo to s in te z   ja ra y o n in in g   m e x a n iz m in i  o c h ib   b e rd i.  S h u n in g d e k , 

fo to sin te z   ja ra y o n in i  o ‘rg anish d a  A .P .  V in o g rad o v ,  R.V.  Teyes, 

S.  R uben  va  M.  K am en  kabi  olim lar  ham   k atta  hissa  q o'shdilar.

Foto sin tez  a n ch a  m urakkab  jarayon  b o ‘lib,  bir  n echa  bosqichda 

sodir  b o ‘ladi.  Bargdagi  yashil  pigm ent  —  xlorofill  yorugMik  energiyasi 

k v an tlarin i  y u tg ac h ,  faol  h olatga  o ‘tad i.  U   barg  tark ib id a g i  ikki 

m o lekula  suv  bilan   t a ’sirlashib  ikki  ato m   v o d o ro d in i  to rtib   oladi. 

Q oldiq  giroksil  (O H )  lardan  vodorod  peroksid  hosil  b o ‘ladi,  qaysiki  u 

o ‘z  navbatida  suv  va  kislorod  atom lariga  parchalanadi:

h

2

o



H20 + о

Bargning atm osfera havosini kislorod bilan boyitishi bevosita m azkur 

jarayonga  asoslangan.

F otosintezning y o ru g lik  fazasida xlorofillda q o ‘zg‘algan elektronlar 

fo to liz g a   u c h ra g a n   suv  p ro to n la ri  (H —io n )  y o rd a m id a   trifo sfo -

5  -   A g r o k im y o

65


pirindinnukleotid  (TPX)  ni  qaytarib  T PX   — H 2  ni  hosil  qiladi.  Bu 

b irik m a n in g   b o sh q a ch a   n o m i  k o ‘p ch ilik k a  ta n ish   b o i g a n   N A D  

(nikotinam idadeninnukletid)  dir.

0 ‘z navbatida N A D  — H 2 fotosintezning qorong‘ulik reaksiyalarida 

qaytaruvchi  vazifani  bajaradi.  Y uqorida  aytilgan barcha  о ‘zgarishlarda 

energiya  donori  b o iib  A T F   (fotosintetik fosforlanish  m ahsuli)  xizm at 

qiladi.

F otosintezda asosiy m ahsulot sifatida uglevodorodlar hosil b o ia d i:



-  674  kkal

6C02+ 6H20   — ->  C6H120 6  +  602

Keyingi  o ‘zgarishlar natijasi о ‘sim lik tanasida oddiy uglevodlardan 

m urakkab  uglevodlar,  shuningdek bir q ato r azotsiz  organik birikm alar 

hosil  b o ia d i.  0 ‘sim liklar  am in o k islo talar,  oqsil  va  boshq a  azotli 

birikm alar  sintezi  azot  (shuningdek  fosfor  h am d a  oltingugurt)  ning 

m ineral  birikm alari  va  oraliq  alm ash in ish   m ahsulo tlari-ug levo dlar 

hisobiga  amalga  oshadi.  Bu  birikm alarning  m iqdori  y o ru g iik   kuchi, 

0

‘sim lik turi h am da yashash sharoitlari  (tuproq nam ligi,  oziq m oddalar 

va  harorat  bilan  ta ’m iiilanishi)  ga  bog‘liq.  0 ‘sim liklarning  yashash 

sharo itini  yaxshilash  orqali  fotosintez  jara y o n id a   hosil  b o ia d ig a n  

m ah su lo tla r• m iqdori  va  tarkibini  boshqarish  m um kin.

F aolivat  k o 'rsa ta y o tg a n   b a rg la rd a   vorug'H k  ta 's irid a   xlorofill 

m iqdori  kam ayadi,  qaysiki,  barg  faoliyatini  kuchaytirishda  m u h im  

aham iyatga  ega.

Barg tarkibidagi  azbt va  m agniyning  75,  tem irning  80,  ruxning  70, 

kalsiyning 60,  kaliy va m isning  50%  i x loroplastlar tanasida jam lanadi. 

Bu  raqam lar  m azkur  elem entlarning  fotosintczida  katta  aham iyatga 

ega  ekanligini  ko‘rsatadi.  X loroplastlar  tarkibida  ferm entlar h am  k o ‘p 

m iqdorda  uchraydi.

Barg  yuzasiga  y o ru g iik   tushgandan  keyin  5—10  soniya  o ‘tgan 

organik  m o d d alar sintezining  boshlanishi  nishonlangan  atom lar  usuli 

yordam ida  aniqlangan.  Q anday  m odda  va  qanch a  m iqdorda  sintez- 

lanishi  o ‘sim likning  tabiati,  yoshi  va  yetilish  sharoitiga  b o g iiq .

Bir kg barg tarkibida  1—3 g atrofida xlorofill b o ia d i yoki boshqacha 

aytganda,  h a r  25  sm 2  barg  yuzasiga  1  mg  xlorofill  t o ‘g‘ri  keladi.

B itta  bargdagi  xlorofill  d o n alarin in g   u m u m iy   yuzasi  shu  barg 

plastinkasi  yuzasidan  qariyib  200  m arta  kattadir.

Yoz  faslida  bir  mg  xlorofill > bir  soat  davom ida  5  mg  karbonat 

angidridni  assim ilyatsiyalashda  ishtirok  etadi.

66


Bitta  kunduzda  barg  m assasining  25%  i  atrofida  organik  m odda 

llntezlanadi,  lekin  uning  5— 10%  i  nafas  olish jarayonida  sarflanadi.

 



Q uyoshdan  tarqaladigan  yorug‘lik energiyasining ju d a   kam   qism i- 

Itigi 

1

 —2,5%   i  (ayrim  o'sim liklarda  birm u n ch a  k o ‘proq)  fotosintez 



jbrayonida  o ‘zIashtirilib,  hosilning  shakllanishida  ishtirok  etadi.

,•'4 Atm osfera havosidagi  karbonat angidrid 0,03%  dan  0,01% ga tushib 



<|blsa,  fotosintez  to ‘xtaydi.  K arbonat  angidrid  m iqdori  30  m arta  va 

« n d a n   ham   k o ‘proq  oshirilsa  (su n ’iy  sh aro itlard a),  fo to sin teznin g 

W marasi  ham  shunga mos  ravishda ortib boradi.  Barg  12  mol  karbonat 

angidridni o ‘zlashtirib,  112  kkal energiya to ‘playdi.  B ir ga m aydondagi 

fcartoshka  yoki  q and  lavlagi  bir  kecha  k unduz 

1

  t  ga  yaqin  karbonat 



angidridni o'zlashtirib,  500 kg ga yaqin  organik  m oddalarni sintezlaydi. 

Y uqorida ta ’kidlab o'tilganidek,  fotosintezda o ‘sim liklarbargi  orqali 



atm osfera  havosida  karb o n at  an g id ridn in g   o ‘zlashtiradi.  K arb o n at 

«nigidridmng  ju da  kam   qism i  (um um iy  o'zlashtiriladiganning  3—5% 

gd yaqin)  o'sim liklarning  ildiz  tizim i  orqali  yutiladi. 

0

‘sim liklar bargi 



orqali atm osferadan kam roq oltingugurtni shuningdek, ildizdan tashqari 

oziqlantirishda  azot,  fosfor  va  ayrim   m ikroelem entlarni  o ‘zlashtirishi 

m um kin.  Lekin  tabiiy  sharoitda  bai^lar  orqali  uglerod  o ‘zlashtirilsa 

SUV,- 

azot  va  boshqa  m oddalarning  asosiy  qism i  ildiz  orqali  yutiladi.

Y er yuzidagi yashil o ‘sim liklar natijasida h ar yili  120 m lrd t organik 

m odda  hosil  qiladi.  U ning  bir  qism i  dengiz  va  okean  o'sim liklariga 



0

‘sim liklar 200  m lrd t  karbonat angidridni 



0

‘zlashtirib,  havoga  145  m lrd  t  erkin  kislorod  ajraladi.  H ayot  u ch u n  

zaru r  energiyaning  ko ‘p  qismi  okean  va  quruqlik  o ‘sim liklarida  hosil 

•bo'lishini  e ’tiborga  olinsa,  fotosintez  energetikasi  va  m exanizm ini 

o ‘rganish  qanch alar  katta  aham iyatga  ega  ekanligi  ayon  bo'ladi.

0 ‘SIMLIKLARNING  ILDIZDAN  OZIQLANISHI

O 'sim liklarning  havodan  oziqlanishini,  y a’ni  fotosintez jarayonini 

bo sh q arish   a n c h a   qiyin  m u a m m o la rd a n   b irid ir.  B unga  ak sincha, 

0

‘sim liklarni  ildizdan  oziqlanishining  boshqarish  m um kin.  Juda  kam 



h o llard a  tu p ro q d a   o'sim lik   u c h u n   zaru r  elem en tlarn in g   h am m asi 

jam lan gan  b o ‘ladi.  K o‘pincha  2—3  ta,  ayrim   hollarda  ulardan  ham  

k o 'p  oziq elem entlar tanqisligi seziladi,  qaysiki insonni o ‘sim liklarning 

oziqlanishi jarayoniga  bevosita  aralashishini  taqozo  qiladi.

0

‘sim liklar  uch u n   zarur,  lekin  tu p roq d a  kam   yoki  qiyin  o ‘zlash- 



tirilad ig an   h o latd a   uch ray d ig an   e le m e n tla r  m in eral  o ‘g ‘it  sifatida

67


kiritiladi  va  inson  shu yo‘l  bilan  tabiatda  m oddalar aylanishida  ishtirok 

etadi. 


0

‘sim likiarning ildizdan oziqlanishi  m ineral oziqlanish deb  ham  

yuritiladi.  Bu  tu sh u n ch a  bir-b iri  bilan  uzviy  b o g'langan  quyidagi 

jarayonlarni  o ‘z  ichiga  oladi.

1



0



‘sim liklarning  ildiz  tizim i  tuproqning  o ‘zlashtirishga  layoqatli 

oziq  m oddalar zaxirasi  to ‘plangan  qatlam da  rivojlanib  (xem otropizm ), 

o 'z   nordon   ajratm alari  bilan  lu p ro q   q attiq   fazasiga  ta ’sir  qiladi, 

singdirish  kompleksi,  TSK )  tom onidan  alm ashinib  singdirilgan  oziqa 

ionlarini  eritmaga siqib  chiqaradi  va  suvda qiyin  eriydigan  birikmalartii 

qism an  eritadi.

2

.  Ildiz  yuzasidagi  bir  q ato r  ferm entlar  tuproq ning  m ineral  va 



organik  m oddalarini  parchalash  (gidroliz)  da  ishtirok  etadi.

3.  Ildiz  tizim ining  faol  yuzasi  bilan  m uloqotda  b o lad ig an   tuproq 

eritmasi  tarkibidagi  ayrim  tuzlar  diffuziya  yo'li  bilan  yutiladi.

4.  Diffuziya  va  ionlarning  alm asliinuvchan  adsorbsiyasi.  natijasida 

hujayra  qobig'i  ham da  p ro to p lazm a  m em branasiga  surilgan  tuzlar 

ildiz  tukchalari  to m o n id an  yutiladi.

5.  Singdirilgan  ionlar  protoplazm a  ichida  akkum ulatsiyalanadi  va 

ildizda  ketadigan  sintezlanish  jarayonlarida  ishtirok  etadi.

6

.  Barg  va  ildizda  sintezlanadigan  organik  m oddalar  o'zaro   alm a- 



shinadi.

7.  Ildiz  orqali  yutilgan  m ineral  m oddalar  ksilema  bo'ylab  o ‘sim - 

likning  yer  usti  qismiga  qarab  harakatlanadi  va  bunda  m ineral  ham da 

organik  m oddalarning  bir  qismi  tuproqqa  ajraladi.

8

. Yutilgan  ayrim  m oddalar qari  barglardan  yosh barglarga,  vegetativ 



organlardan  reproduktiv  organlarga  oqib  o ‘tish  yo‘li  bilan  o'sim lik 

tanasida  qayta  o ‘zlashtiriladi  —  reutilizatsiya.

0

‘simlik  ildiz  tizim i,  yer  usti  qismi  va  tuproq  o'rtasidagi  o 'zaro  



m unosabatni  quyidagicha  ifodalash  m um kin:

Ildiz  ajratm alari, 

ferm en tla r

M ineral  tuzlar, 

am inokislotalar, 

organik  kislotalar

Tuproq

Ildiz  tizimi

0 ‘sim lik

U glevodlar

68


Barg  va  ildizda  sodir  bo 'lad ig an   sintezlanish  jarayonlari  m a ’lum  

m iqdorda  energiya  sarflanishini  talab  qiladi.  Bu  energiya  bargda  faqat 

organik  m oddalar  sintezi  u ch u n   em as,  balki  fotosintetik  fosforlanish 

uchun  ham   zarur  b o ‘lib,  t o ‘planadigan  yorug‘lik  kvantlari  hisobiga 

yuzaga  keladi.  Ildizda  energiya  m anbayi  b o ‘lib  uglevodlarning  oksid- 

lanib fosforlanishi xizm at qiladi:  bunda o'sim likning yer ustki  qism idagi 

energiya  A T F  holida  to ‘planadi.  M azkur  energiya  yutilgan  ionlarni 

sitoplazm ada  m etabolik  to ‘planishi  uchun  sarflanadi.



0 ‘SIMLIKLARNING  ILDIZ  TIZIMI:  TIPLARI, 

TUZILISHI  VA  FUNKSIYALARI

O datda,  o ‘sim liklarda  tashqi  ko ‘rinishiga  qarab  o 'q  va  p o p u k   ildiz 

farqlanadi.  Asosiy ildiz yaxshi taraqqiy etib, boshqa ildizlardan uzunligi 

va  yo ‘g‘onligi  bilan  farq  qilsa,  o ‘q  ildiz,  poyaning  asosidan  bir  xil 

diam etrli  ipsim on  ildizchalarga  ajralib  ketgan  bo'Isa,  popuk  ildiz  deb 

yuritiladi.

Aksariyat o ‘sim liklarda asosiy va yon ildizlardan  tashqari  q o 'sh im - 

cha  ildizlar  h am   shakllanadi.  U lar  bajaradigan  funksiyasiga  k o ‘ra  o ‘q 



va  popuk  ildizlarga  yaqin  tursada,  vegetativ  organlardan,  y a ’ni  poya 

va  b a rg d a n   h o sil  b o ‘lishi  b ila n   fa rq la n a d i.  Q o ‘sh im c h a   ild iz la r 

o'sim liklar hayotida katta aham iyatga ega: ildiz tizim i hajm ini oshiradi, 

asosiy  va  yon  ildizlar  n o b u d   b o ‘lganda,  ularning  o ‘rnini  bosadi.

Yashash sharoiti va ekologiya ta ’sirida tu rli-tu m an  shakli o'zgargan 

ildizlar  h am   yuzaga  kelishi  m um kin.  B unday  ildizlar jum lasiga  zaxira 

to'plovchi,  odim lovchi,  nafas olish va surgich ildizlarni kiritish m um kin. 

Ildiz  tizim i  rivojlanishning  dastlabki  bosqichlarida  o'sim liklarning 



yer  usti  qismiga  nisbatan  tezroq  rivojlanadi.  O 'sim liklarning  biologik 

xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  ildizning  m orfologik  tuzilishi, 

shakllanish  dinam ikasi,  rivojlanish  su r’ati  va  tuproqqa  kirib  borish 

ohuqurligi  har  xil  bo'ladi.  S o‘nggi  xususiyat  asosida  A.R.  M odestov 

asosiy  qishloq  xo'jalik  ekinlarini  bir  n ech ta  guruhga  b o 'lish n i  taklif 

qilgan:


.  A)  u zu n  ildizli  o 'sim lik lar  —  beda,  kungaboqar,  q an d   lavlagi, 

lyupin,  g 'o 'z a   —  2,5-4  m  va  und an   chuqur;

B)  o 'rta c h a   ildizli  o 'sim liklar  —  g'allagulli  don  ekinlari,  m akka- 

j o ‘xori  —  1,5—2  m;

D )  qisqa  ildizli  o'sim liklar  —  n o 'x at,  rus  n o 'x ati,  loviya,  grechixa, 

soya,  zig'ir,  m osh,  kartoshka,  ekinbop  nasha  —  1,5  m  gacha.

69


6-rasm.  0 ‘simliklar 

ildiz tizimining massasi 

(I) va  shimish yuzasi 

(II) o‘rtasidagi 

munosabat.

V

7-rasm. Ildiz tuzilishi.

I—ildiz  qini,

I I —hujayraning 

. 

b o ‘linish  zonasi,

II I—c h o ‘zilish 

zonasi.  [V —ildiz 

tukchalari  zonasi,

V — ksilema,

V I - f l o c f r i a .  <

Ildizni tuproqda tarqalishini sxematik tarzda 

b ir-b irig a   teskari  y o ‘n a lish d a   joy lash tirilg an  

konuslar shaklida  ifodalash  m um kin  (

6

-rasm ).


Birinchi  konus  to ‘ntarilgan  ko‘rinishda b o ‘- 

lib,  ildizning shakli va massasini  ifodalaydi, ya’ni 

ildiz  massasi  tu p ro q n in g   yuza  q atlam laridan 

pastki  qatlam larga  qarab  kamayib  boradi.  Ik- 

kinchi  konus  to ‘g‘ri  holatda joylashgan  b o ‘lib, 

ildizning  shimish  yuzasini  ifodalaydi.

Ildizning  tik  va  yonlam a  tarqalishi,  massasi 

va  hajm ini  bilish  ekinlarning  q a to r  oralariga 

ishlov  berish,  o ‘g ‘itiash  va  sug‘orishni  to ‘g‘ri 

tashkil  qilishda  m uhim   am aliy  aham iyatga  ega.

0

‘sim liklarni  oziq  m oddaiarini  o ‘zlashtirish 



jarayonini  to 'g 'ri tushunish  uchun  ildizning bir- 

lam chi  tuzilishini  ko‘zdan kechirib chiqish  lozim 

(7-rasm).

Ildiz,  odatda,  ildiz  qini  bilan  him oyalangan 

uchidan   boshlab  o'sadi.  Ildiz  qinchasi  o ‘zidan 

yelimsimon shilimshiq  m oddalar ajratadi,  qaysiki 

ildizni  tuproqning  quruq  va  qattiq  zarrachalari 

orasidan o ‘tishini osonlashtiradi.  Ildiz qinchasiga 

bevosita yaqin joyda  (taxm inan 

1

  mm dan  keyin)



—  b o ‘linishi  zonasi  boshlanadi.  Bu  zona  m e- 

risteina  hujayralaridan  tuzilgan  b o ‘lib,  uzunligi 

1—2  m m   ga  yetadi.  U nd an   yuqoriroqda  c h o ‘- 

zilish  zonasi  joylashgan.  Bu  yerda  hujayralar 

b o ‘yiga  e h o 'z ila d i  va  h a jm a n   k a tta la s h a d i. 

C h o 'zilish   natijasida 

hujayralarning  uzunligi 

boshlang‘ich  uzunlikka  nisbatan 

10—20

  m arta 



oshadi.  C h o ‘?ilish  zonasida  (uzunligi  3—4  m m) 

ildizning  o ‘tkazash  tizim i  shakllana  boshlaydi, 

e la k c h a sim o n   n a y c h a la r  va  k silem a  yuzaga 

keiadi.  Ksilem a  orqali  suv,  yutilgan  ionlar  va 

ildizda  sintezlangan  organik  m oddalarning  bir 

qisnii  o ‘isimlikning  yer  usti  qism iga  uzatiladi.

C h o ‘zilish  zonasining  chegarasidan  boshlab^ 

ildiz  tukchalari  bilan  qoplangan  hujayralarning 



differensiatsiyctlanish zonasi boshlanadi.  Bu yerda

7Q


Idllema va  o ‘tkazish  tizim i  t o ‘la  shakllanadi.  Ildizning  o ‘suvchi  qismi 

lining  boshqa  qism laridan  farqli  o 'laro q ,  suv  va  o z iq   elem entlarm i 

Mon  o ‘tkazuvchi  kutikulasiz  selluloza  qobig‘i  bilan  o 'ralg a n   b o ‘ladi. 

i;!< Ildiz  tuk ch alari  ildizning  shim ish  yuzasini  20—30  va  h a tto   bir 

M qha  yuz  m arta  oshiradi.  Ildiz  tukchalarining  soni  turli  ekinlarda 

lUrlicha.  M asalan,  m akkajo‘xori  ildizining  1  m m 2 yuzasida 425  ta,  rus 

^Oi'xatida  230  ta   ildiz  tukchasi  bo‘lishi  aniqlangan.

•1(;i dldiz tukchalari  uzunligi  80— 1500  mkm b o 'lg an o ‘sim talardir.  Bitta 

O'simlikda bir necha o ‘n  m ln.  dona ildiz tukchalari shakllanadi,  natijada 

lldtening  um u m iy   uzunligi  va  yuzasi  ju d a   katta  raqam larni  tashkil 

qiladi  (15-jadval).

15-jadval

Turli o‘simliklarda ildiz va ildiz tukchalarining rivojlanishi

I k it t u r i

Ildizlar

Ildiz tukchalari

Tuproqning 

ildiz bilan i 

qamralgan 

qismi,  %

Uzunligi,

m

Yuzasi,

sm2

Soni,

mln.

Uzunligi,

m

Yuzasi,

sm2

ft»|i

4.5  ;  ...

216

6.3  ;


743,7

3419


i.": 

0,55


Itivdar

6,4


503

12.5


1549,4

7677


0,85

-

2,9



406

59,9


277



°-91



ftjjngaboqar

38,4


2129

51,9


5166.3

15806


•. 

2.8 


:  ,s-

.

11



\Ai

un OiSim liklarning ildiz tizim i bir q ato r funksiyalarni bajarishga m os- 

IfBhgan i bo' lib,  suv  va  ufoda  erigan  m oddalarni  yutish,  tu rli-tu m a n  

Ol^anik  birikm alarni  sintezlash,  o 'zid an   h a r  xil  m o d d alarn i  tuproqqa 

turatish,  shuningdek,  tu p ro q la rn i  Ofganik  m o d d a la r  bilan   boyitish 

shular jum lasidandir.

, ib lld iz  tizim in in g   suvni  va  u n d a   erigan  m o d d alarn i  yutishi  ju d a 

m u ra k k a b ja i  lyon.  U ni  qandaydir  bitta  taxm in  yoki  nazariya  asosida 

tu sh u n tirib   b o ‘lm aydi.  D arslikning  «Oziq  elementlarning  yutilishiga 

doir  m zariyalar»  nom li  boMimida  bu  rnuam m oga  atroflieha  to ‘xta- 

lam iz 


^

r,-.;  Y a q m -y a q in g ac h a   o rg anik  m o d d alar  о  sim lik larn in g   -yer  ustki 

qiStoidia  s in te z la n a d i  d e b ,  h is o b la n a r  e d i.  H o z irg i  k u n g a   kelib 

o ‘«ilfiliklarning  ildiz  tizim ida  tarkibi  va  sifati  jih a tid a n   rang-barang 

m u ra k k a b   o rg a n ik   b irik m a la r  s in te z la n is h i,  u la m in g   b ir   ;qism i

71


o\sim liklarning  yer  ustki  qism iga  uzalilishi,  bir  qismi  esa  bevosita 

ildizning  o ‘zida  sarflanishi  isbotlangan.

N ishonlangan atom lar usulini q o ‘llash asosida oshqovoq o ‘simligida 

fotosintez m ahsulotining 8—45%  i ildizga uzatilishi va ularning ildizda 

azot bilan  birikishidan am inokislotalar hosil bo‘lishi aniqlangan.  Oshqo­

voq  ildizida 

20

  ta,  g‘o ‘za  ildizida  esa  17  ta  am inokislota  sintezlanadi.



Ildiz  tizim i  ferm entlar,  nuklein  kislotalar,  oshlovchi  m oddalar, 

fosfororganik  birikm alar,  porfirinlar  kabi  m urakkab  organik  m oddalar 

sintezida  ishtirok  etadi.

Ayrim  o'sim liklarning  ildizida  o ‘ziga  xos  m oddalar  sintezlanishi 

kuzatilgan.  M asalan,  kanakunjutda  resipin,  lyupinda  lyupanin,  ta- 

m akida nikotin  sintezlanadi. 

0

‘sim liklar tuproqdan suv va suvda erigan 



m oddalarni  suribgina  qolm asdan,  unga  ko ‘p  m iqdorda  turli-tum an 

m oddalarni  ajratib  chiqaradi.

R espublikam izda  olib  borilgan  tad q iq o tla r  asosida  ildiz  tizim i 

o ‘zidan  karbonat  kislotadan  tashqari  am inli  birikm alar,  organik  kislo­

talar,  qand  m oddalar,  ferm entlar,  fosfor,  oltingugurt,  kaliy,  kalsiy, 

m agniy  kabilarni  ajratishi  aniqlangan.

Ildiz  ajratm alari  tuproqni  oziq  elem en tlar  bilan  boyitish,  qiyin 

eriydigan  birikm alarni  o ‘sim liklar  o'zlashtiradigan  shaklga  o ‘tkazish 

jarayonlarida,  shuningdek,  tup roq  m ikroorganizm lari  hayotida m uhim  

aham iyatga  ega.

Oziqlanishga  ta ’sir  etuvchi  tashqi  om illarning  m e ’yordan  u  yoki 

bu  tom onga  sezilarli  og‘ishi  ildiz  ajratm alar  m iqdorining  ortishi  va 

o ‘sim liklar  oziqlanishining  yom onlashishiga  sabab  bo'lishi  m um kin.

0

‘sim liklarning  ildiz tizim i  tu p ro q   un um dorligini  oshirishda ham  



m uhim   o ‘rin  tutad i.  A yniqsa,  bu  borada  dukkakli  ekinlarning  roli 

beqiyosdir.  T ad q iqo tlar  asosida  uch  yillik  bedaning  ildizi  135  kg/ga 

azot  t o ‘plashi  aniqlangan.  1.1.  M adraim ovning  t a ’kidlashicha,  beda 

o ‘sim ligi  h ay o tining   b irin c h i,  ikkinchi  va  u c h in c h i  yillarida  mos 

ravishda  65,2;  86,4 va  102,2  s/g a ildiz va angiz qoldiqlarini qoldiradi, 

qaysiki  tu p ro q n i  organik  m o d d alar  bilan  boyitadi  va  unum dorligini 

oshiradi.


Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. ramazonov, S. Buriyev tuproqshunoslik va dehqonchilik
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r s it e t I s. A. Azimboyev dehqonchilik, tuproqshunoslik ya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> Ipakchilik va tutchilik o'krkuston
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> U sm o n norqulov, h a m id u L l a sheraliyev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. Q. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> M u o ‘K: 638. 21 (075) kbk 46. 92 I 70 a 90 Taqrizchilar
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov o'zbekiston tuproqlari va ularning
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> Tuproqshunoslik

Download 17.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling