J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari
Download 2.92 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- J.X. ATANIYAZOV, E .D . ALIM ARDONOY XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARI
- MUNOSABATLARI
- UO‘K: 39.72(075) KBK: 65.5 A 87 Ataniyazov J.X. A 87 Xalqaro moliya munosabatlari
- UO‘K: 339.72(075) KBK: 65.5 Iqtisod fanlari doktori, professor N.X. Jumayev tahriri ostida. Taqrizchilar
- ISBN 978-9943-391-78-9
- 1-bob. XALQARO MOLIYA VA UNING JAHON IQTISODIYOTI RIYOJLANISHIDAGI 0 ‘RNI
- 1.1. Xalqaro tnoliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
- 1.2. Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya munosabatlarining tutgan o‘rni
MUNOSABATLARI'>J.X. ATANIYAZOV, E .D . ALIM ARDONOY XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI J.X. ATANIYAZOV, E.D. ALIMARDONOV XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARI Oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 5230600 — «Moliya» y o ‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent — 2014
UO‘K: 39.72(075) KBK: 65.5 A 87 Ataniyazov J.X. A 87 Xalqaro moliya munosabatlari: darslik / J.X.Ataniyazov, E.D.Alimardonov; O'zbekison Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taiim vazirligi. — Toshkent: 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashri- yoti, 2014. - 432 b. UO‘K: 339.72(075) KBK: 65.5 Iqtisod fanlari doktori, professor N.X. Jumayev tahriri ostida. Taqrizchilar: T.S.Malikov — iqtisodiyot fanlari doktori, professor. N.G‘. Karimov — iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Darslikda «Xalqaro moliya munosabatlari» fanining asosiy masa- lalari qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan. Ushbu darslikda xalqaro moliya va uning jahon iqtisodiyoti rivojla- nishidagi oTni, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, xalqaro moliya tashkilotlarining xalqaro moliya mu- nosabatlari taraqqiyotidagi oTni, xalqaro valuta operatsiyalari, jahon valuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari, xalqaro moliya muno- sabatlarida valuta risklarini boshqarish, xalqaro korporatsiyalar faoli- yatining rivojlanishi, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari, xalqaro moliya munosabatlarida toTov balansini boshqarish, xalqaro moliya bo- zori va uning rivojlanish xususiyatlari, yevrobozorlarning yuzaga kelishi va ulardagi operatsiyalar, xalqaro kredit va investitsiya munosabatlari- ning rivojlanishi, moliyaviy derivativlar bozori, 0 ‘zbekistonning xalqa- ro moliya munosabatlariga integratsiyalashuvi kabi masalalar yoritilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy yo‘nalishida tahsil olayot- gan talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga hamda mazkur fanni o‘qitadigan professor-o‘qituvchilarga moTjallangan.
© 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014 KIRISH Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amal- ga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko'tarish, eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish xalqaro moliya munosabatlarini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyo- ti iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida zamo- naviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda raqo- batbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o‘rin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq. Mazkur masa- lalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro moliya munosa- batlaridagi ishtiroki muhim o‘rin tutadi. «Xalqaro moliya munosabatlari» fani ixtisoslik fanlaridan biri bo‘lib, iqtisodiy yo'nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Mazkur darslik oliy ta’limning bakalavriat bos- qichida o‘qitiladigan «Xalqaro moliya munosabatlari» fani ham- da magistratura bosqichida o‘qitiladigan «Xalqaro moliya» fa- nining o‘quv dasturlariga muvofiq tarzda yozilgan. Darslikdan amaliyotchi-mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar va mazkur sohaga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. Darslikning asosiy maqsadi moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliya munosabatlarida yuzaga keladigan jarayonlarni o‘rganish hamda xalqaro moliya munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan talabalarda tegishli nazariy fikr va taas- surotlarni hosil qilish, amaliy ko'nikma va bilimlarni shakllanti- rishdan iboratdir. Ushbu darslikda xalqaro moliya va uning jahon iqtisodiyo- ti rivojlanishidagi o‘rni, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, xalqaro moliya tashkilotlari- 3
ning xalqaro moliya munosabatlari taraqqiyotidagi o‘rni, xalqaro valuta operatsiyalari, jahon valuta tizimi va uning rivojlanish bos- qichlari, xalqaro moliya munosabatlarida valuta risklarini boshqa- rish, xalqaro korporatsiyalar faoliyatining rivojlanishi, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari, xalqaro moliya munosabatlarida to‘lov balansini boshqarish, xalqaro moliya bozori va uning rivoj- lanish xususiyatlari, yevrobozorlarning yuzaga kelishi va ulardagi operatsiyalar, xalqaro kredit va investitsiya munosabatlarining ri- vojlanishi, moliyaviy derivativlar bozori, 0 ‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyalashuvi kabi masalalar bayon qilingan. Darslik mualliflari ma’lumotlarni aniq, mantiqiy ketma-ketlik asosida bayon etishga harakat qilishgan. Har bir bob yakunida tayanch so‘z va iboralar, takrorlash uchun savollar, mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar hamda test savollari keltirilgan. Ishonchimiz komilki, ushbu darslikni yanada takomillashti- rish yuzasidan bildiriladigan fikr-mulohazalar uning yanada mu- kammallashuviga xizmat qiladi. Shu boisdan, bildirilgan taklif va mulohazalar uchun mualliflar oldindan o‘z minnatdorchiliklarini izhor etadilar. 4
1-bob. XALQARO MOLIYA VA UNING JAHON IQTISODIYOTI RIYOJLANISHIDAGI 0 ‘RNI 1.1. Xalqaro moliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. 1.2. Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya munosa- batlarining tutgan o‘rni. 1.3. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosa- batlarining roli va ahamiyati. 1.1. Xalqaro tnoliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati Xalqaro moliya — xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amal- ga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqti- sodiy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya munosabatlari o‘ziga xalqaro valuta munosabatlari, xalqaro kredit munosabat- lari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo. munosa- batlari, xalqaro soliq munosabatlari, xalqaro lizing munosabat- lari, mamlakatlar to‘lov balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi munosabatlarni qamrab oladi. Globallashuv jarayoni — jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqa- rishnirig ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning xalqaro oqi- mi rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning xalqaro harakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur holat jahon moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy kor- poratsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo moliyaviy muno- sabatlarning va xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jihatlari murakkablashuviga olib keldi. Xalqaro moliya doimiy o‘zgaruvchan xalqaro pul tizimlari- ning holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to‘lov balan- sining o‘zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi. Xalqaro moliya tizimining asosiy ishtirokchilari bo‘lib qu- 5
yidagilar hisoblanadi: banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy qarzdorlar. Xalqaro moliyaviy ope- ratsiyalar alohida mamlakatlarning moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi kuch hisoblanadi. Xalqaro moliya o'zida obyektiv asosga ega bo‘lgan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo‘lib mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moli- yaviy oqimlar, jumladan, pul oqimlari — import qilingan mah- sulot va xizmatlarning to‘lovlari hamda mahsulot va xizmatlar eksportidan kelgan valuta tushumlari, ushbu oqimlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasini ifodalashi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo‘ladi, shu boisdan mamlakatlar o‘rtasidagi pul oqimlari harakatini namoyon etadi. Shuningdek, kredit mablag'lari oqimi ham ikki tomonlama bo‘lib hisobla- nadi, bir tomondan qarzning berilishi bo‘lsa, boshqa tomondan esa, uning qaytarilishi va foizlarning to‘lanishi namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, mazkur oqimlar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar o'rtasidagi harakati yuzaga keladi. Ularning taqsim- lanishi bir tomondan valuta kurslari asosida, ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari asosida boshqariladi. Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Mazkur insti- tutlar va tashkilotlar davlatlararo tuzilmaga ega bo‘lib muayyan funksiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umumlash- gan (masalan, BMT budjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar uchun mo‘ljallangan) fondlar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy resurslarning muayyan qismini xalqaro darajada markazlashuvi jahon xo'jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydi, bunday resurslarni shakllantirishning iqtisodiy shart-sharoitlari bo‘lib, iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirishda mamlakatlarning ishtiro- ki, kredit va savdo munosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi. Shunday qilib, xalqaro moliya — bu xalqaro moliya bozori va xalqaro institutlar tomonidan shakllanishi, taqsimlanishi va 6
ishlatilishini o‘z ichiga olgan moliyaviy resurslar harakati aso- sida hosil bo'lgan munosabatlar tuzilmasi bo‘yicha murakkab tizimdir. Mamlakat davlat moliyasining xususiyatlari sifatida quyidagi- larni keltirish mumkin: — bitta mamlakat hududidan chiqmaydi; — xorijiy subyektlarni jalb qilmaydi; — milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi; — mamlakat ichida amalga oshiradigan hisob-kitoblarni o‘zida ifodalaydi. Xalqaro moliya esa turli xildagi jihatlarni o'rganadi. Bularga: — iqtisodiy kategoriya sifatida — moliyaviy resurslarning fond- lari bo‘lib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish asosida tashkil etilgan hamda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy ehtiyojlarni qondirish va jahon darajasida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning rentabelligini va uzluksizligini ta'minlash uchun foydalaniladi; — institutsional jihatdan — bu banklar, valuta va fond birjalari, xalqaro moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit tashkilot- lari, xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalar majmui bo‘lib, ular orqali jahon moliyaviy oqimlarining harakati amalga oshiriladi; — iqtisodiy munosabat sifatida — bu, jahon bozorida kapital, xizmatlar, tovarlar harakati vaqtida milliy mahsulotlarning qay- ta taqsimlanishi jarayonida yuzaga keluvchi pul ko‘rinishidagi munosabat. Davlatlararo va transmilliy moliya-kredit munosa- batlarini o‘z ichiga oladi va ularda xorijiy elementlar ishtirokini ifodalaydi. Xalqaro moliyaning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: — taqsimlash funksiyasi; — nazorat funksiyasi; — takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlarining aralashuvi bilan bog‘liq tartibga solish funksiyasi; 7
— barqarorlashtirish funksiyasi. Mazkur funksiya jahon xo‘jaligi tizimida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar uchun barqa- ror sharoitni yaratishda namoyon bo'ladi. Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat: 1. Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari. 2. Xalqaro mehnat taqsimoti. 3. Iqtisodiy aloqalarning baynalminallashuvi va globallashuvi. 4. Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi. 5. Ilmiy-texnika taraqqiyoti. 6. Xalqaro moliya munosabatlarining ko‘p tomonlama tartib- ga solish tizimini takomillashtirilishi. 7. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskinlashuvi. Xalqaro moliya jahon xo‘jaligining aniqlovchi tizimlaridan biri hisoblanib, milliy va jahon iqtisodiyotiga aniqlovchi ta’sir ko‘rsatadi. I.l-rasm . Xalqaro moliya munosabatlari va xalqaro qayta ishlab chiqarish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi Xalqaro moliya yaxlit tizim sifatida faoliyat ko‘rsatadi va uning elementlariga quyidagilar kiradi: 8
— Jahon valuta tizimi — milliy va zaxira valutalar, xalqaro jamoaviy valutalar, o‘zaro konvertirlash shartlari, valuta pariteti, valuta kursi, valuta kurslarini tartibga solishning milliy va xalqa- ro mexanizmlaridan tashkil topgan; — Xalqaro hisob-kitoblar — moliyaviy instrumentlar, ishlab chiqarish omillari, tovarlar harakati, shuningdek, xalqaro hisob- kitoblar bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni aks ettiruvchi to‘lov balansiga xizmat qiladi; — Xalqaro moliya bozorlari va muayyan moliyaviy instrument- lar savdosi mexanizmlari — valuta, kredit, qimmatli qog‘ozlar; — Xalqaro soliqqa tortish — pul mablagiari fondlarini shakl- lantirish metodi sifatida; — TMKlarning xalqaro moliyaviy menejmenti, bunda trans- milliy moliyalashtirish, risklarni boshqarish, xalqaro investitsi- yalash jarayoni asosiy o‘ringa chiqadi.
Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xiz- matlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog‘liq. Ushbu bogiiqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi. Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori ishtirokchisi boigan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o‘ziga te- gishli boigan xorijiy valutalarning harakat jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir. 1970-yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli o‘zgarishlar sodir boidi va mazkur o‘zgarishlar ta’sirida zamonaviy jahon valuta-moliya tizimi shakllana boshladi. Jahon moliya tizimida- gi o‘zgarishlar va xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi ko‘p jihatdan transmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular tomonidan butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish tar- moqlarini vujudga keltirish hamda barcha resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan global strategiya amalga oshirildi. Shu- 9
ningdek, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda ko‘p sonli xorijiy filiallarga ega bo‘lgan transmilliy banklar muhim rol o‘ynadi. Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o‘zgarishi bilan bog'liq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning oxirgi yo‘nalishi nafaqat xalqaro ayirboshlash so- hasi (mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi ham bo‘ldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini rivojlantirishni talab etardi. 1970-yillarda xalqaro kreditni to‘lov balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish uchun foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat tashkilotlari va korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi. Ushbu davrda neft import qiluvchi rivojlangan va rivojlana- yotgan mamlakatlar to‘lov balanslari jami taqchilligining qariyb 60% xalqaro kapital bozorlari hisobiga moliyalashtirildi. Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat yevrokreditlarning o‘sishi hiso- biga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi hisobiga sodir bo‘ldi. Yaponiya milliy valutasi «iena» hisobiga xorijiy kreditlar bozori hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi xorijiy obli- gatsiyalar emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat natijasida Yaponiya ienasi yevrovaluta bozorida keng qo'llanila boshlandi. 1970-yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va likvidligi oshib bordi. Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining birdaniga keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Mazkur holat natijasida neft eksport qi- luvchi mamlakatlarda yirik valuta ortiqchaligi, neft import qiluv- chilarda esa, jumladan ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda joriy hisoblar bo‘yicha taqchillik yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar, yevroobligatsiyalar bo- zori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi. 10
Jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan boshqa muhim o‘zgarishlar ham xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va sal- biy jihatdan sezilarli darajada ta’sir ko'rsatdi. Ushbu o'zgarishlar jumlasiga jahon va hududiy valuta tizimlaridagi o‘zgarishlar, valuta tizimi tamoyillarining o‘zgarishi, qarzdorlik inqirozlari, mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi, transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining kengayi- shi, jahonda ro‘y bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin.
1.2-rasm. Xalqaro moliyaning tuzilmasi Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon moli- yaviy muhitida birlashadi. Jahon moliyaviy muhiti investorlar va korporatsiyalar moli- yasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta'sir ko‘rsatadi hamda jahon moliya bozori o‘sishi sharoitini aniqlaydi. Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari sifatida qu- yidagilarni ko‘rsatish mumkin: 11
— valutalar ayirboshlash va hisob-kitob tizimi shartlarining birxillashuvi; — valuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valuta cheklov- larini tartibga solish; — xalqaro valuta likvidligini tartibga solish; — kredit, sug‘urta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro qoidalarini birxillashtirish; — mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat qiluv- chi xalqaro moliya institutlarini tashkil etish. Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari sifatida qu- yidagilar ishtirok etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar. Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida, davlat va boshqa mamlakatlar hukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar o'rtasida, davlat va kor- xonalar bilan xalqaro moliya institutlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin.
Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat ko'rsatuvchi asosiy subyekt hisoblanadi. Markaziy banklar — bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartib- ga solish organlari bo‘lib, ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, pul muomalasi, kredit va valuta kursini tartibga solish, valuta zaxiralarini saqlash vazifalari biriktirilgan. Xalqaro tashkilotlar — ular xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan bo‘lib, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organlarga ega bo‘lgan holda jahon xo‘jaligi birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi- ga yordamlashish vazifalarini bajaradi. Xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlari — jahon iqti- sodiyotini barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valuta va moli- ya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar. Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar kabi subyektlar faol rol o‘ynaydi. 12
Download 2.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling