Jaholatga qarshi ma’rifat Tarix va falsafa fakulteti 2-kurs talabasi Salimboyev O


Download 53 Kb.
Sana19.06.2020
Hajmi53 Kb.
#120082
Bog'liq
Salimboyev O


Jaholatga qarshi ma’rifat

Tarix va falsafa fakulteti

2-kurs talabasi Salimboyev O.
Odamzod bu dunyoga yorug’ olamga kelganda qor misol pokiza sanaladi. Unga ko’ngil, yurak tuhfa qilinadi. Bu yurak, bu ko’ngil insonga omonat qilib beriladi, ertaga nafaqat bular, balki, barcha jismlar guvoh bo’lib qiyomat kuni tilga kiradi, demakki, bu degani bilgan ishni ya’niki eshitgan, ko’rgan narsani, amalni to’g’ridan-to’g’ri qilishlik xatodir. Fikrlay olishi, haromdan halolni ajrata bilishligi uchun ham bu mavjudot – odamzod bo’lib yerga tushirilgan, yaratilgan. Agar jaholatni diniy tomonlama olib qaraydigan bo’lsak, unga kimlar tushadi yoki aynan kimlar aldanib qoladi. O’sha omilni, o’sha narsaning haromligini, xatoligini bilib turib, qilayotgan inson, xatoni o’zi uchun to’g’ri deb hisoblaydiganlar aynan jaholat iskanjasiga tushib qoladilar. Kim jaholat tomonda turadi? Ko’zini o’z vaqtida ocholmay, zulmatga qalbini sotganlar – jaholatchilardir. Ko’rga hassa berib qo’ygandek, har bir makruh sanalgan, savob sanalgan narsalarni, amallarni ulug’ kitoblarda xususan, musulmon olamining Qur’onida ham hadis-u hikmatlarida ham aniq qilib berilgan. Endi shu narsalarni bilib turib, eshitib turib ham amal qilmaydigan kimsalarni, din chizig’idan chiqqanlarni, eshitib turib go’yo kar kabi bilganidan qolmaydiganlarni kim deb atash mumkin? Bu kabi jamiyatdagi shaxslarni eng kamida jaholat dunyosining g’animlari deyish mumkin. Muammoning dolzarbligi shundaki, qattiq botadigan tomoni shuki, jaholatga qarab qadam bosganlar bular – o’z-o’zidan ilmsizlar, ma’rifatsizlar hisoblanadi. Aynan bundayin to’dalar jamiyatning, bugungi kunda rivojlanib, mafkurasi oshib borayotgan jamiyatning oyog’iga bolta urayotgan sababdir. Yuqorida “ilmsizlik, ma’rifatsizlik” so’zlarini tilga olib o’tdik. Balki bular aytishga osondir, ammo, bu degan so’z erta-indin o’sishdan to’xtash deganidir. Ma’rifatsiz bo’lishlik bu- qo’pol qilib aytganda hayvon bo’lishlik sanaladi. Bu kabi nuqsonlar, kamchiliklar komillik, musulmonlik tushunchalari ildizini quritadigan vabodir. Insoniyat qachon bu vaboga o’zida kuchli immunitet hosil qiladi, qachon ilmsizlik botqog’iga botmaydigan bo’ladi? Qachonki, bilim istasa, uning izohini dildan anglasa, hayotining qadrini madaniyat, g’urur, diniy poklik kabi o’lmas qadriyatlar tashkil qilsagina jaholatga qarshi kuch to’play oladi o’zida. Bashariyat ongli bo’lib ulg’ayar ekan, uning oldiga har narsa ham g’ov bo’la olmaydi, aksincha, undan yomonlik, beparvolik kundan-kunga yiroqlashaveradi. Bu omil esa, ma’rifatni jaholatga qarshi kurasha oluvchi asos sifatida ko’rsatadi. Bundan anglashiladigan ma’no shuki, ma’rifatli bo’lishlik, bu birinchidan, insoniylik fazilati, ikkinchidan o’z dinining obro’sini oshiruvchi ulug’vorlik, eng muhimi, odamiylik nishonasi, aqidaparastlik tuzoqlariga tushib qolmaslik undan ehtiyot bo’lib harakatlanish qoidalarini uqtiruvchi darslikdir go’yo. Jaholat eshiklari razolat darvozalarini ochishi bu – hayotning achchiq tutun bilan zaharlanishidan darak. Bu tutun esa, nozik dimoqlarga albatta xush yoqmaydi. Shuning uchun ham, ey azizlar, o’z hayotimizga, nafaqat o’z hayotimizga balki, yon atrofimizdagilar, do’st-u birodarlarimiz hayotiga ham befarq qarashga o’rganmaylik. Agar, biz bir insonning ko’z oldimizda gunoh ish qilayotganiga jonli guvoh bo’lib tursak, unga to’g’ri yo’lni qo’limizdan kelgunicha ko’rsatmasak, ertaga biz ham o’sha insonning gunohiga qaysidir ma’noda sherik bo’lib qolamiz. Chunki biz o’sha vaqtda xasislik qilgan hisoblanamiz, o’zimizda borimizni qisman bo’lsa ham o’rgatmagan nochor bir shaxs bo’lgan bo’lamiz. Bu holat hasaddan darak beruvchi signaldir. Bilamizki, signal balandlashgan sari qo’pollashadi, qo’pollashgan sari eshitayotgan odamga ham yoqimsiz tuyula boshlaydi, yoqmaydi. Bilaylikki, bir inson xasis bo’la boshlab, hasadgo’y bo’ldimi, demak, u shaxs jaholat ostonasiga tomon harakatlanayotgan hisoblanadi. Bundan avvalambor butun bir vujudimizni, onggimizni ogoh qila olishlikni bosh amal qilib olaylik. Shunda xavfdan ancha yiroqda bo’lamiz.

Misol tariqasida ko’z o’ngimizda bo’layotgan voqea – hodisalardan biri sifatida ekstremizmni, diniy ekstremizmni olib ko’raylik. Kim ekstremist bo’ladi, kim unga a’zolikka talpinadi? Ilmni xato yo’lda tanlagan, oldiga qo’ygan maqsadini o’z aqli – u farosati bilan emas, aksincha, begona kimsalar qarashi bilan tanlagan insonlar. Ulardagi keng doiradagi chuqur aqliy vakuumning mavjudligi naqadar achinarli holdir. Aqliy vakuum bu – aqliy bo’shliq ya’ni yetarli ilmning egallanmanligi. Insondagi vakuumning borligi, unga xavf tug’diruvchi ilk xavflardan sanaladi, shu bois ham ma’rifatparvarlik g’oyalarini vaqtida singdirishlik shunday xavflardan saqlanishning yagona yo’li. Diniy ekstremizm bu – dinni tushunmagan, o’zi bilan birga boshqa beayb yoki hali voyaga yetmaganlarni ham egri oqimga olib kiradigan aqidaparastlar to’dasi. Ular bu paytgacha aksari manqurt ko’rinishiga kirib qoladi ya’ni, o’zligini tubdan yo’qotadi. Jilovini borligicha hali bilmagan kishisi qo’liga topshirib qo’yadi. Ekstremizm yo’liga ruju qo’ygan inson u shu paytdayoq bor narsasidan, boyligidan-oilasidan, ona Vatanidan ayriladi. Bular hammasi esa, aynan shu aqliy vakuuum ta’siri doirasida kiritilgan buzg’unchi g’oyalar natijasi. Shu o’rinda birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarini va unda keltirilgan fikrlarni eslab o’tmoqlik joiz. Ma’naviyati mustahkam insonning hayot tarzi ham bu kabi nokasliklardan holi bo’ladi. Anglashilgan fikr sifatida, jaholat bu – diniy ekstremizm va terrorizmga yo’l ochib beruvchi asosiy darcha miqyosida qarashimiz mumkin. Bu tuzoqqa ko’p hollarda beparvo, befarq kishilar ilinadilar. Diniy va dunyoviy bilimlar o’zlashtirilishi o’z-o’zidan davr talabiga aylanib bormoqda va fikrlash doirani kengaytirish inson hayotini mustahkamlovchi omil bo’lib xizmat qiladi. Bejizga jahon hamjamiyatlari jaholatga qarshi kurash vositasi sifatida aynan ma’rifatni tanlashmadi. Achinarli yana bir holatlardan biri sifatida aytish mumkin bo’ladiki, jaholatga – ma’rifatsizlik degan ta’rifga mos fikr yuritadigan bo’lsak, bu juda ko’p ko’ngilsizliklarga sabab bo’lmoqda ya’ni bunday shaxslar safi kun sayin ortib bormoqda, hatto, bu holat o’zimiz yashayotgan jamiyatga ham hozirda to’fon kabi kirib kelayotgani bugungi kunda hech kimga sir emas.



Keling qisqacha jaholat tushunchasi haqida ya’ni uni tub mohiyati haqida to’xtalib o’tsak. Johiliya ( arabcha – bilimsizlik holati, jaholat ) – arablar tarixining islomdan oldingi davriga berilgan nomdir. Asosan, odamlar hayotida Iso a.s bilan Muhammad a.s oralig’idagi payg’ambarsiz o’tgan davr tushuniladi. Jaholat tushunchasi Qur’onning bir necha suralarida ham uchraydi. “ Johiluna “, “ Yajhaluna “ shaklidagi so’zlar yana bir qancha suralarda keladi. Ularning barchasi Malina suralaridan ekanligi, johiliya so’zi 622-yildan ilgarigi zamon uchun ishlatilganligiga dalildir. Johiliya atamasining paydo bo’lishiga obyektiv sabablar ham bor edi. Zero islomdan oldingi arablarning ko’pchiligiga “ jahl “ tuyg’usi xos bo’lganligini ham inobatga olmoqlik o’rinli albatta. Bu boshqalarga nisbatan beshafqat va o’ta vahshiyona munosabatda bo’lishlikda o’z ifodasini topgan. Misol uchun, qasos olish zarurati, go’dak qizlarni tiriklayin ko’mish, o’zga qabila vakiliga dushman sifatida qarash kabilar. Ushbu holatlar chuqur ongsizlik davrining yorqin chiziqlari desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Islomdan oldin Arabistonda qonunsizlik, axloqsizlik, zo’ravonlik hukm surgani uchun ham keyingi avlod o’sha davrni haqli ravishda jaholat deb atagan. Bu davrda din juda ham sodda holda bo’lib, diniy tasavvurlar va odamiylik xususiyatlari kam taraqqiy qilgan. Boisi ta’qib shu paytga kelib o’z cho’qqisiga chiqadi. Johiliya davrida ko’pchilik narigi dunyoga ishonmaganlar:” faqat bu dunyo bor, yashaymiz-u o’lamiz. Bizning taqdirimizni dahr ya’ni vaqt hal qiladi. “ – deb fikr yuritganlar. Alloh to’g’risida muayyan tushunchaga ega bo’lgan holda unga boshqa xudolarni sherik qilganlari sababli johiliya davri insonlari “ mushriklar “ nomi ostida atalgan. Qisman bo’lsa ham o’sha davrdagi vahshiyonaliklar hozirda ham ba’zi hududlarda o’zini ko’rsatmoqda. Jaholat – faqatgina ma’rifatsizlik emas, balki qotillik hamdir. Uzoqqa bormasdan yonginamizdagi qo’shnimiz – Afg’onistondagi bo’layotgan voqealar yohud gullab yashnayotganm, rivojlanayotgan zaminni parokanda bir hudud mavqeyiga tushirib qo’ygan – Suriya voqealarini misol qilib olaylik. Aslida u yerlarda g’alayon ko’tarayotgan isyonchilarning maqsadi nima? Islomiy davlat qurishmi? Yo’q, ulardagi bu g’oyalarni maqsad ham deb bo’lmaydi. O’zlari boshlab qo’ygan o’yinni qanday davom ettirishni bilmay qolgan bir qancha xoinlar to’dasining dovdirab qolgan tanasining, titroq bosgan yuragining kuchsiz, hech bir ishga yaramaydigan notavonliklaridir. Notavon deb kimni aytadilar, ertasini o’ylamaydigan, borini pisand qilmaydigan ongsiz mavjudotlarni shunday ataydilar. Nega ular ongsiz deya ataldi? Sababi ular o’zlaricha adolatli davlat qurishni reja qildilar, lekin, fahmlari yetmayaptiki, tinch – totuv yurtni vayron qilib, sababsiz millionlab qurbonlarni berib, Vatan tushunchasini, uning kelajagini soniya sayin kemirayotganliklarini bir lahzaga ham o’ylab ko’rmaydilar. Achinarlisi bu kabi sabablarni juda ko’plab ko’rsatish mumkin. Bundayin vijdonini shaytonga sotganlarni faqat va faqatgina ma’rifatsiz, fahmsiz bir hayvonga qiyoslash mumkin, xolos. Shu chog’da bir savol o’ylantiradi kishini, hatto hayvonlar ham o’zinikining go’shtini yemaydi, qonini ichmaydi. Nima uchun odamzoddan dunyoga kelayotgan bir qancha kimsalar etni jimirlatadigan vahshiyliklarni har kuni o’ylab o’tirmasdan amalga oshiradilar? Nega ? Ming nadomatlar bo’lsinki, bu kabi kurmaklar miqdori lahza sayin yuqorilamoqda.

O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov o’z ijodlaridan birida shunday yozadi:


Oldiga kelganni qaytarmay yemoq,

Aslida, aqli yo’q hayvonning ishi.

Og’izga kelganni qaytarmay demoq

Noqis – u befahm, nodonning ishi.


Tavajjuh ayladi Tangri taolo,

Muqaddas sanaldi Inson degan nom.

Insonni e’tirof etmagan asno

Iblis ham quvildi Arshdan batamom.


Ko’zingning o’ngida o’sgandek ekan,

Rabbim ham ogohdir har zum har ishdan.

Ro’za-yu parhezda muddat bor, lekin

Hamisha hazar qil harom – harishdan.


Bir qarashda sodda tuyuladigan bu satrlarda inson hayotini go’zal qilishga atalgan kichik da’vatnomaning guvohi bo’lishimiz mumkin.
Muxtasar qilib aytganda, insonlar yashayotgan bu bashariyat aynan o’sha insonlarning xulq – atvori, ma’rifati – yu ma’naviyati, Vatanparlik tuyg’usi, odamgarchilik xususiyatlari, jumladan, o’zaro mehr-muhabbatga egaliklari bilan mavjud va o’z hududida osuda tebranib turadi. Azizlar dunyoni mehr, saxovat qutqarishini hech qachon unutmaylik.! Zero, bu cheksiz olam dili ezgulikka limmolim to’lgan va aqidaparast kuchlarga doimo tish - tirnog’i bilan qarshilik ko’rsata oladigan musulmonlar ko’makiga doimiy ravishda muhtoj ekanligini esdan chiqarmaylik!!!
Yer yuzida yetim ko’paydi,

Shumi qatag’onlik foydasi?

Nogiron – u yesir ko’paydi

Bunday emasku, Qur’on qoidasi.


Dinni niqob qildi uyalmay,

Bedil, bedin, beshafqat zotlar.

Nafslarini qoldi tiyolmay

Evaziga yer yuzi dodlar.


Bizdan olis u qonli maydon,

Bizda emas unday vaziyat.

Lek baribir qiynaladi jon

Begunohlar cheksa, aziyat..



Zamonni chulg’asa, g’amgin vaziyat.
Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling