Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


Download 17.86 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi17.86 Kb.
#1703395
Bog'liq
Payziyev Javlonbek


JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

“Xalqaro Huquq” fakulteti



Moliya va soliq huquqi


Bajardi: Payziyev Javlonbek

Toshkent 2023


KAZUS. Ba'zi qishloq joylarida ekspluatatsiya qoidalarining buzilishi natijasida qishloq xo'jaligi texnikalari ishlamay qoldi. Mazkur tumanlar tarkibiga kiradigan davlat subyektining ijro etuvchi hokimiyat organi O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligiga qishloq xo'jaligi uskunalarini ta'mirlash va yangilarini sotib olish uchun budjet ssudasi ajratishni so'rab murojaat qildi. Davlat budjetidan 6 oy muddatga foizsiz ssudasi ajratildi. Biroq, to'lov muddati tugagandan so'ng, davlat subyekti budjetida o'z mablag'lari yetishmasligi sababli budjet ssudasi to'lanmadi.
- Vaziyatning qonuniyligini baholang.
- Davlat subyektiga qanday javobgarlik choralarini ko'rish mumkinligini ko'rsating.
- Byudjet ssudasi qanday mablag'lar hisobidan to'lanadi?
JAVOB. Ushbu holatni o’rganib shuni aytishimiz mumkinki, bu holatda avvalo budjet ssudalari ikkita budjet tashkilotlari o’rtasida amalga oshirilayotganligi tufayli biz ushbu holatni ssuda shaklidagi budjetlararo transfert deyishimiz mumkin. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 140-moddasida yozilgan.
Ushbu holatda davlat subyekti budjet ssudasi belgilangan vaqtda to’lamaganligi uchun unga O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 159-moddasi asosida javobgarlik chorasini qo’llash mumkin. Ushbu moddaga ko’ra Moliya vazirligi qarzni qarzdorda so’zsiz tartibda undiradi va har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o’tkazib yuborilgan qarz ssuda summasining 0,0033 foizi miqdorida penya qo’shib boriladi. Shu ikkita javobgarlik chorasini tumanlar tarkibiga kiradigan davlat subyektining ijro etuvchi hokimiyat organiga nisbatan qo’llashimiz mumkin.
Berilgan budjet ssudalari belgilangan vaqtlarda qaytarilmagan holatlarda, qaytarilmagan ssudalar summasi mahalliy budjet uchun hisoblangan hududiy soliqlar va yig’imlar hisobidan qoplanadi.

KAZUS. N tuman prokurori qishloq aholi punkti ma'muriyatiga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, sudlanuvchi - qishloq ma'muriyati ommaviy axborot vositalarida "Сельская правда" bosma nashrida yoki mahalliy o'zini o'zi boshqarish organining veb-saytida har chorakda mahalliy byudjetni ijro etish jarayoni va mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarining munitsipal xizmatchilari soni to'g'risida ma'lumot bermaganligi sababli murojaat qildi. Ushbu ma'lumotni e'lon qilmaslik natijasida ma’lum bir shaxslar doirasining huquqlari buzildi. Prokuror suddan qishloq ma'muriyatini ushbu ma'lumotlarni e'lon qilishga majburlashni so'radi.
- Tuman prokurorining ushbu talablarini asosli deb hisoblaysizmi?
- Qonun hujjatlarida har chorakda mahalliy byudjetning bajarilishi va mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarining munitsipal xizmatchilari soni to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish majburiyati belgilanganmi?
- Sizningcha, sud qanday ta'rif berishi kerak?
- Tuman prokurorining da'vosini qondirasizmi yoki yo'qmi? Asoslang.

JAVOB
Ushbu holatni o’rganib chiqib, tuman prokurorining da’vosini qisman asosli deb hisoblaymiz. Chunki har bir o’zini o’zi boshqarish organi ixtiyoridagi budjet mablag’larining qay tarzda ishlatilayotgani yuzasidan choraklik hisobotlarni hududiy moliya boshqarmasiga jo’natishi zarur. Lekin qonun hujjatlarida ushbu ma’lumotlarni turli xil ommaviy axborot vositalarida chop etish zarurligi nazarda tutilmagan. Ushbu holatda tuman prokurorining da’vosini qondirmaymiz. Chunki O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 30-moddasiga binoan tegishli quyi o’rinda turuvchi budjetlar hududiy moliya organlari orqali yuqori turuvchi moliya organlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga tegishli budjetning ijrosi to‘g‘risida har choraklik hisobotlarni taqdim etadi. Ya’ni ushbu moddada faqatgina moliyaviy hisobotlarning taqdim etilishi haqida gap boradi. Organlarning moliyaviy hisobotlarini esa faqatgina Moliya vazirligi ommaviy axborot vositalarida chop etish huquqiga ega hisoblanadi.
Download 17.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling