Jahon iqtisodiyotining markazlari. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatdan guruhlanishi

Download 0.55 Mb.
bet9/10
Sana20.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1790343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2.Mavzu

Jahon banki tasnifi 214 mamlakatni qamrab oladi. Ularning 186 tasi Jahon bankiga a’zo mamlakatlar va boshqalari 30 mingdan ortiq aholiga ega mamlakatlardir. Daromadlar darajasiga ko‘ra guruhlash mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra o‘xshash jihatlarini taqozo etmaydi. Past va o‘rta daromadli mamlakatlar ba’zan rivojlanayotgan mamlakatlar sifatida, yuqori daromadli mamlakatlar esa rivojlangan mamlakatlar sifatida qaraladi. Jahon banki tasnifida yuqori daromadli mamlakatlar guruhida neft eksport qiluvchi — Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Bruney, Quvayt kabi XVF tasnifi bo‘yicha rivojlanayotgan mamlakatlar guruhiga kiruvchi mamlakatlar ham uchraydi.

Jahon banki mamlakatlarni tashqi qarz holati bo‘yicha ham guruhlarga ajratadi: tashqi qarzi yuqori kambag‘al mamlakatlar; tashqi qarzi normal darajadagi mamlakatlar; tashqi qarzi katta bo‘lmagan mamlakatlar; tashqi qarzi bo‘yicha guruhlanmagan mamlakatlar.

Tashqi qarz darajasini aniqlash uchun Jahon banki hisobot tizimi bo‘yicha muntazam makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berib boruvchi mamlakatlarga nisbatan turli usullar qo‘llaniladi. Ushbu tizimga muvofiq tashqi qarzi yuqori mamlakatlarga tashqi qarzga xizmat ko‘rsatishning joriy qiymati yalpi milliy daromadning 89 % yoki eksportning 220 %dan oshadigan mamlakatlar kiradi. Tashqi qarzi normal darajadagi mamlakatlarga esa ushbu ko‘rsatkich 60 %dan oshmaydigan, ammo kritik darajaga yetmagan mamlakatlar kiritiladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling