Jahon mamlakatlarining ta’lim tizimidagi integratsiyalashuvi REJA: - Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi.
- Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi.
- Jahon mamlakatlarining ta’lim tizimidagi integratsiyalashuvi
- Ta’lim modellari.
- XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar.
- Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari.
Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi. - Dunyo ta’lim makonining yuzaga kelishi, faol integratsion jarayonlar, ta’limni “inson kapitali” sifatida e’tirof etilishi, ma’lumot haqidagi diplomlarning dunyo bo’ylab tan olinishi chet el tajribasini o’rganish jarayonini tezlashtiradi.
Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi - 1997 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) yangilandi. Unda yettita bosqich ko’rsatilgan. 0 – maktabgacha ta’lim; 1 – boshlang’ich ta’lim; 2 – o’rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 – o’rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 – o’rta ta’limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas); 5 – oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6 – oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
- Birinchi turga integrasion jarayon generatorlari hisoblangan regionlar kiradi. Bunday regionga eng yorqin misol sifatida G’arbiy Yevropani keltirish mumkin. Birlik g’oyasi 1990 yillardan G’arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining asosiga aylandi. Birinchi turga mansub regionlarga shuningdek, AQSH va Kanada kabilarni ham kiritish mumkin. Jahonda integratsion jarayonlarning generatori sifatida yangi Osiyo-Tinchokeani regioni ham shakllanmoqda. Unga Koreya, Tayvan, Singapur va Gonkong, shuningdek, Malayziya, Tayland, Filippin va Indoneziya kabi davlatlarni kiritish mumkin.
- Ikkinchi turga integratsion jarayonlarga muvaffaqiyatli javob qaytarayotgan hududlar tegishli. Birinchi navbatda bu Lotin Amerikasi davlatlaridir. Tarixda bo’lgani singari bugungi kunda ham Lotin Amerikasiga integratsion o’choqlar zonasi sifatida AQSH va G’arbiy Yevropa tomonidan ta’sir ko’rsatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |