Jahon savdo tashkiloti (jst) ga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?


Download 342.86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.10.2022
Hajmi342.86 Kb.
#829990
Bog'liq
m.aniq.uz-Jahon savdo tashkiloti JST ga azo bolish Ozbekiston iqtisodiyotiga qanday tasir qiladi
410-20 2-лаб-я иши (Ахмедова) қўй, 410-20 гр maruzadan 1-mustaqil ish (8), 1-маруза, Geometrik shakllar


1/3
2022 M10 1
Jahon savdo tashkiloti (JST) ga a’zo bo‘lish
O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?
m.aniq.uz/uz/y/139202/t
Bilasizmi? / Yurtimizda A A A
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari O‘zbekistonning
Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lishi asosiy makroiqtisodiy muvozanatga qanday
ta’sir ko‘rsatishini baholadi.
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi uzoq davom etayotgan jarayon. 
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 97-
maqsadida ham JSTga a’zo bo‘lishining milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganishga alohida
urg‘u berilgan.
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yanada
yaxshilash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, tashqi raqobatbardoshlikni kuchaytirish,
shu bilan birga bozor munosabatlariga o‘tish jarayonini tezlashtirish uchun zamin yaratishi
mumkin.
Ammo, tariflarning pasaytirilishi tufayli JST ga a’zo bo‘lish mahalliy ishlab chiqarishning
zaif tarmoqlariga salbiy ta’sir qilishi ham ehtimoldan yiroq emas. 
Tadqiqotda JSTga a’zo bo‘lishning asosiy sharti sifatida O‘zbekistondagi tariflar darajasini
JSTga a’zo davlat bo‘lgan Qozog‘iston darajasiga tushirish ko‘zda tutilgan (tariflarning
o‘rtacha darajasini amaldagi 7,4 foizdan 5,7 foizga tushirish).


2/3
Kiritildi: Bugun 19:43. O'qildi: 106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
Tahlil natijasida quyidagilar aniqlandi:
1. Tariflar va ichki narxlarning pasayishi tufayli eksport jozibadorligi oshishi hisobiga
eksport hajmi 0,06 foizga ortishi va ichki tovarlar taklifi 0,03 foizga kamayishi mumkin.
2. Import hajmi 0,06 foizga ortadi va mahalliy tovarlarga bo‘lgan talab 0,03 foizga
kamayadi.
3. Davlat byudjeti daromadlarining qisqarishi hisobiga jami jamg‘armalar 0,35 foizga
kamayadi.
4. Jamg‘armalar hajmining kamayishi hisobiga investisiyalar darajasi 0,16 foizga
pasayishi mumkin.
5. Ichki narxlarning pasayishi oqibatida iste’mol hajmi 0,11 foizga ortadi.
Modelning dastlabki natijalaridan kelib chiqib aytish mumkinki, birinchi bosqichda
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi va buning natijasida tariflarning pasaytirilishi mahalliy
mahsulotlarga bo‘lgan talabning ma’lum darajada pasayishiga olib keladi.
Bu esa o‘z navbatida, mahalliy kompaniyalar faoliyati samaradorligini oshirish zaruratini
keltirib chiqaradi. Aks holda xorijiy kompaniyalar bilan narx raqobatiga dosh bera
olmaydigan samarasiz korxonalar bozordan chiqib ketadi.
Yangi sharoitga muammosiz o‘tishni ta’minlash va O‘zbekistonda milliy korxonalarni
tashqi raqobat sharoitiga bosqichma-bosqich tayyorlash uchun yangi muhitni yaratish
tavsiya etiladi.
Xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan tariflarning bosqichma-bosqich
pasaytirilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqarish jarayonini
optimallashtirish, texnologik va kadrlar bazasini takomillashtirish orqali sifatni oshirish,
korxonalarning narx siyosatini qayta ko‘rib chiqishi hamda iste’molchilarning didi va
nimani ma’qul ko‘rishini tizimli ravishda o‘rganish uchun o‘ziga xos ishora bo‘ladi. 
Bunda yirik kompaniyalarning JSTga kirish shartlariga tayyorlik indeksini yillik baholash
amaliyotini joriy etish samarali mexanizm bo‘lishi mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, tadqiqotning ushbu bosqichida modelning dastlabki natijalari
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi umuman olganda qanday samara berishini
ko‘rsatadi.


3/3
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
 Armaniston Rossiyaga javob qaytaradimi?
 "Ummon"chi Zohidning avtohalokatga uchragani bo‘yicha rasmiy
ma’lumot berildi
 Borrell Lavrovdan xafa bo‘ldi
Eng ko'p o'qilgan yangilik
bir kunda haftada bir oyda
AQSh tan oldi
Ramzan Qodirov Putin nutq so‘zlagan vaqtida ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a to‘xtatib turdi
Rossiya Sovet Ittifoqini tiklashga intilyaptimi?
"Hozir biz Ukrainani NATOga qabul qila olmaymiz;"
Turk harbiylari Qatarga yo‘l oladi, chunki...
G‘arbga Rossiya kerak emas, ular bizni shunchaki qulga aylantirmoqchi – Putin
Ukrainada bir necha kun ichida tinchlik o‘rnatilishi mumkin – Lukashenko
Alla Pugachyova Rossiyani farzandlari bilan tark etdi
Zelenskiy: "Biz Rossiya bilan, lekin Rossiyaning boshqa prezidenti bilan muloqotga
tayyormiz"
Ukrainaning NATOga qo‘shilish tashabbusi AQSh uchun kutilmagan bo‘ldi
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni
tasdiklash kerak buladi!

Download 342.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling