Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Download 0.77 Mb.
bet1/16
Sana17.03.2020
Hajmi0.77 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari.
Reja:

  1. Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining ob’ekti va vazifalari.

  2. «Siyosat», «g’oya», «mafkura», «tarix» tushunchalari, ularning mazmun mohiyati va namoyon bo’lish shakllari.

  3. Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi predmeti, o’quv fanining asosiy metodlari va undagi davriylik.


1 – masala. Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining ob’ekti va va vazifalari.

Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining o’qitilishi oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar fakuletlaridagi ayrim bo’limlarida, ya’ni milliy istiqlol g’oyasi bo’lim talabalari uchun mo’ljallangan.

Ushbu fan o’quv fan sifatida maxsus kiritilgan bo’lib, u yangi fan hisoblanadi. Fan o’zining mohiyati va tadqiqot ob’ekti bo’lmish jahon siyosiy mafkuralarining mazmun va mohiyatini tadqiq etadi, o’rganadi, tahlil qiladi, xulosa va ilmiy qarorlar chiqaradi.

Ushbu fan insoniyat hayotining shu bugungi kunga qadar turli davlat tizimlaridagi mafkuraviy holatlari mazmun - mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan asoslanib beradi. Voqea-hodisalarning yuz berish sababi, uning rivojlanishi yoxud tanazzulga yuz tutishining mafkuraviy omillarini, xalqlar hayotida u yoki bu tariqa ta’sir etishini uzviylikda, xronologik ketma-ketlikda o’rganadi.

Ushbu fan ijtimoiy fanlar tizimida bo’lganligi bois, boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorlikda o’rganiladi. Jumladan, «Falsafa», «Tarix», «Siyosatshunoslik», «Milliy istiqlol g’oyasi» kabi ko’plab fanlar qoidalariga, xulosa va tahlillariga tayanadi. O’z o’rnida ushbu fan qoidalari, xulosa va tahlillari boshqa fanlar uchun ham asos bo’ladi.

«Falsafa» fani voqea va xodisalarning, shuningdek ijtimoiy munosabatlar rivojlanishining umumiy qoidalarini o’rgansa, tarix fani esa u yoki bu voqelikning yuz berishini, oqibatlarini, siyosatshunoslik jamiyatning siyosiy tuzilishini yoki davlatlarning siyosiy tizimini, uni ichki va tashqi siyosatini o’rganadi.

Jahon siyoiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fani esa o’z davrida yuz bergan mafkuraviy jarayonlarni, ularning oqibatlarini o’rganadi. U muayyan qarashlar, ta’limotlar, g’oya va mafkuraviy jarayonlarning umumiylik, uzviylik hamda yakka holda olib qaraydi va ularni o’rganadi.

Ushbu fan mafkuraviy jarayonlarni ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida namoyon bo’lishini ifodalaydi. Jamiyat hayotida biron bir siyosiy o’zgarish, siyosiy voqea, hodisalar mafkuraviy omillar ta’siridan chetda bo’lmaydi. Shu sababli jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fani yuz bergan turli ijtimoiy-siyosiy o’zgarish va voqealarda mafkuraviy ta’sirning o’rni va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan aniqlaydi.

Ushbu fan o’qitilishidan maqsad;

- talaba-o’quvchilar ongida mafkuraviy yuksalishni shakllantirish va har tomonlama etuk fuqarolarni tarbiyalash;

- Jahon tarixida turli mafkuralarni namoyon bo’lish xususiyatlari, uning turlari va tuzilishini o’rgatish;

- dars davomida turli manba va adabiyotlardan foydalanish metodikasini o’rgatishdan iborat.

Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining ijodiy xarakterini ifodalovchi asosiy jihatlar:


  • Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani masalalari:

  • Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani davrlardagi jamiyat hayotining alohidalik va uzviylik tamoyillari negizida mafkuraviy ta’limotlarni asoslaydi:

  • Xar bir xalq yoki millatning mafkuraviy qarashlari, uning mohiyatini tahlil qilishi, hozirgi davrdagi xalqlar yoxud davlatlar mafkurasining hayotiyligi, uning taraqqiyotda tutgan o’rni ushbu fan rifojlanishiga ta’sir etadi:

  • Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani bitta yoki alohida olingan mafkuralar jamiyat taraqqiyotini belgilovchi omil bo’ladi, degan qoidaga asoslanmaydi.



2-masala. “Siyosat”, “g’oya”, “mafkura”, “tarix” tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati va namoyon bo’lish shakllari.

Ijtimoiy-gumanitar fanlarda siyosat tushunchasiga juda ko’plab ta’riflar berilgan. Ushbu tushunchalar qanchalik keng va xilma-xil bo’lishiga qaramay ularning o’rtasida o’zaro bog’liqlik va umumiylik mavjud.

Uni ayrim olimlar “davlat tug’risidagi fan” deb aytsalar, ayrim mutaffakkirlar u algebra ham, matematika ham emas, balki oliy matematikadir, deyishadi.

Qadimgi yunonistonliklar “siyosat” deganda davlatchilikning faqat fuqarolari ozod bo’lgan ellinlarga xos va ancha rivojlangan alohida shaklini

tushunishgan.

Siyosat quruq gaplar, mavhum iboralar, yig’indisi emas, “Siyosat” (yunoncha “politik” –davlatni boshqarish san’ati, davlat yoki ijtimoiy ish)-davlatni idora etish uslubi, san’ati: jamiyat va davlat to’g’risidagi fan deb ta’rif beriladi “Falsafa qomusiy lug’at” nomli manbada. Siyosat o’z tabiati, maqsadi va amalga oshirish uslublari, manfaatlarni ifoda etish darajasi bilan farqlanadi. Siyosat-bu qator g’oyalar, mafkuralar yig’indisi. Mamlakat taqdirini, xalq hayotini u yoki bu tomonga o’zgartiruvchi g’oya va mafkuralar, maqsadlar siyosat orqali amalga oshadi. Mamlakat siyosatda qanchalik buyuk maqsadlar sari etaklovchi g’oyalar, mafkuralar o’z ifodasini topsa, mamlakat olg’a sari taraqqiy etadi, buyuk va ulug’vor ishlar jamiyatda o’z ifodasini topadi. Agar aksincha bo’lsa, xalq hayoti, mamlakat taqdiri tanazzul sari yuz tutadi. Son-sanoqsiz begunoh odamlar o’limiga, vayrongarchiliklar, yo’qotishlarga sababchi bo’ladi. Buyuk davlatchilik siyosatiga asoslangan Germaniya fashizm siyosati, mustabid sovet tuzumi xalqning minglab ko’zga ko’ringan farzadlarini qirib yuborishga qaratilgan qatog’onlik siyosati oqibatlari tarix sahifalarida muhrlanib qolgan. Demak, siyosat-keng qamrovli ijtimoiy tushunchalardan biri bo’lib, u jamiyat hayotining xilma-xil sohalarida bo’ladigan voqea-hodisalarini o’zida aks ettiradi va uning kelib chiqishiga u yoki bu darajada sababchi bo’ladi.

Siyosat tushunchasiga turli davrlarda politologik olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shakli jihatidan har xil bo’lsa-da, biroq mohiyati va mazmuni jihatidan umumiylikka egadir.

Ularning hammasida ham siyosiy davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy tashkilotlar va harakatlarning mamlakat ichida va xalqaro maydonda ko’rsatadigan faoliyati,jamiyat ijtimoiy hayotining, hamma sohalarga ta’sir etib turuvchi vosita sifatida asoslab beradi. Demak, siyosat-bu jamiyat hayotining xilma-xil sohalarida ro’y beradigan oddiy va murakkab vazifalarni hal qilishga, aniq maqsadlarga erishishga qaratilgan faoliyat yoki vositadir.

Mafkura”tushunchasining ta’rifiga kelsak, ko’pgina ta’riflar orasida uni muayyan bir davrda muayyan bir xalqni, millatni, ijtimoiy guruhni manfaatlaridan kelib chiqadigan maqsadlar sari etaklovchi estetik, axloqiy, xuquqiy diniy, falsafiy, siyosiy g’oyalar tizimi, deb berilgan. Demak, o’z-o’zidan anglashiladiki “mafkura” tushunchasi quyidagi xislatlarga ega bo’ladi:

1. Har bir mafkura qaysidir millatning, xalqning maqsad-muddaolarini anglatadi (milliy g’oyalar), yoxud biron-bir ijtimoiy guruhning manfaatlarini ifodalaydi (fashizm, vahobiylik):

2. Har bir mafkura, albatta, ma’lum maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan bir necha g’oyalardan tarkib topadi (masalan, farovon hayot, tolerantlik, komil inson, yurt tinchligi,millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik g’oyalari O’zbekiston milliy mafkurasini tashkil qiladi):

3. Har bir mafkuraning dunyoga kelishi uchun etarli shart-sharoit yuzaga kelishi zarur, ya’ni jamiyatda unga ehtiyoj sezilgandagina mafkura tarkib topadi (masalan, Chor Rossiya Turkistonni bosib olgandan so’ng, bu erda milliy ozodlik harakati, jadidchilik g’oyalari yuzaga keldi):

4. Mafkura “zamon” va “makon” nuktaiy-nazaridan ham anglashiladi, ya’ni har bir mafkura ma’lum bir davrda hamda hududda paydo bo’ladi (masalan, rennesans mafkurasi o’rta asrlar Evropasida inkvizitsiya g’oyalarga qarshi kuch sifatida yuzaga keldi).

5. Mafkuralar o’z oldiga qo’yayotgan maqsadning mohiyatiga ko’ra ya’ni uning asosida qaysi qadriyatlar yotganligiga ko’ra ham farqlanadi. Agar ushbu maqsadlar taraqqiyotga, ezgulikka xizmat qilsa, u holda mafkuralar bunyodkor,agar ular tanazzulga, yovuzlikka xizmat qilsa, u xolda mafkuralar vayronkordir (masalan, javonmardlik mafkurasi o’z mohiyatiga ko’ra bunyodkor g’oyalardan tarkib topgan va ezgulikka xizmat qilgan)

6. Mafkuralar borliqning, bizning, bizni o’rab turgan atrof-olamning qaysi jihatlarini aks ettirishga qarab, ya’ni dunyoqarashning qaysi shaklida ekaniga ko’ra falsafiy, diniy, siyosiy, ilmiy kabi turlarga bo’linadi.

7. Shunday xam bo’lishi mumkinki, mafkuralar muayan ijtimoiy guruh, millat, hudud va makon chegarasidan chiqib umuminsoniylik kasb etadi va barcha xalqlar va zamonlar uchun xos bo’ladi. Bunday mafkuralar umuminsoniy qadriyatlar silsilasiga kiradi (ozodlik, hurlik, eьtiqod erkinligi)

Mafkura jamiyatning ruhi, qon tomiri, desak mubolag’a bo’lmas. Insoniyat tafakkuri tamonidan yaratilgan har qanday taьlimotning asosini muayyan mafkura tashkil etadi. Mafkurada esa o’sha davr ruhi, jamiyatning holati va odamlarning maqsadi, orzu- armonlari o’z ifodasini topadi. Mafkura tug’risida o’z asarlarining birida I. Karimov shunday taьrif bergan edi: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mintalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq – ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman. »1



Tarix-bu xalq xotirasi. Tarixni xalq yaratadi. Inson o’z xotirasidan ayro yashaolmaganidek, hech bir xalq ham o’z xotirasi-o’tmishidan voz kechaolmaydi. Tarixda yaratilgan neki bo’lsa, u albatta o’sha xalqning kelajagiga xizmat qiladi. To’g’ri, ba’zan ma’lum xalqlar tarixi bilan bog’liq ko’p narsalar yo’q bo’lib ketgan, bu endi o’sha xalqning boshidan o’tkazgan tarixiy jarayoniga bog’liq. Lekin hech narsa o’z-o’zidan bor bo’lmaydi va bekorga yo’qolib ketmaydi.

Xalqning ruhida, ongida va qalbida chuqur va o’chmas iz qoldirgan tarixiy shaxslar ham xalq farzandlari ekan, ular tamonidan yaratilgan buyuk g’oyalar, ta’limotlar o’z davrida o’sha xalq hayotida muhim rolь o’ynagan.

Ta’limotlar esa qanchalik ezgu g’oyalarga asoslansa, uzoq davr o’tsa-da, hamon xalq o’rtasida o’z ahamiyatini yo’qotmaydi, aksincha xalqni ezgu maqsadlar, buyuk ishlar sari chorlab turaveradi.

Bundan 3000 ming yil avval yaratilgan muqaddas manba “Ovesto”da o’z ifodasini topgan Zardusht taьlimoti , undagi ezgu g’oyalar buyuk ta’limot sifatida odamlarni o’zaro ahillik, birodarlik, bunyodkorlik singari buyuk maksadlarga sodiq qolishga chorlab kelmoqda “Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mangu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy tarixiy merosidir”2.

Har bir xalq o’z davlatini qurar ekan,o’zidan oldingi ajdodlari an’anasiga suyanadi, ular yaratgan g’oyalar, ta’limotlarga va tajribalarga tayanib ish ko’radi. Shuning uchun tarixni ibrat maktabi deyish mumkin. O’tmishda yaratilgan ezgu g’oyalar, alohida shaxslar tamonidan yaratilgan buyuk ta’limotlar o’sha xalqning hayotini belgilaydi, kerak bo’lsa taqdirini u yoki bu tamonga o’zgartirib yuboradi. Tarix-o’tmishda yul qo’yilgan nuqsonlarni anglamoq va ularni yana takrorlab qo’ymaslikka chorlovchi, ehtiyotkorlikka, sezgir va xushyorlikka, tashqi va ichki fitnalarga uchramaslikka, milliy birlik, hamkorlik va hamjihatlikka undovchi ko’zgu maktabdir.

Tarixga nazar solsak, O’rta Osiyo xalqi mudom ozodlik, erkinlikka intilib, o’z mustaqilligini qo’lga kiritish uchun doimo chet dushmanlarga qarshi ezgu g’oyalarni ilgari surib yashagan, shunday vaqtlar bo’lganki, ular faqat ozodlikka erishibgina qolmay, buyuk markazlashgan davlatchilik davrini ham boshidan kechirgan. O’zining tarixiy bosqichida buyuk g’oyalarni, yirik ta’limotlarni yaratgan o’zbek xalqi o’zining salmoqli tarixiga ega. Uning tarixi kabi u yaratgan g’oyalari, ta’limotlarining ham o’z tarixi, shakllanish bosqichi bordir.

Davlat dasturining asosiy tamoyili adolat g’oyasidan iborat bo’lgan A.Temur ilgari surgan markazlashgan davlat qurish mafkurasi biz uchun tarix sahifalarida qolgan bo’lsa-da, bugungi kunga kelib bu ezgu g’oya, bu buyuk mafkura mustaqil O’zbekiston davlatchiligining negizini tashkil etadi. Tarix, tarixiy jarayon o’tkinchidir, lekin unda yaratilgan muayan g’oyalar, mafkura, ezgu ta’limotlar odamlarning keyingi hayotiga xizmat qilaveradi, odamlarni buyuk maqsadlar sari etaklab boraveradi.

I.Karimov o’zining nutqlaridan birida “Tarixni bilmaganning kelajagi yo’q” degan edilar. Zero bugungi kunni qurmoq, ertangi kun rejasini tuzmoq uchun albatta kechagi kunda qilingan ishlardan xabardor bo’lmoq zarur. Yangi bir ta’limotni, yangi bir g’oyani yaratmoq uchun ham kechagi kun ta’limotini, g’oya va mafkurasini o’rganmoq, anglamoq kerak. Busiz yangi ta’limot ham, yangi g’oya, mafkura ham yaratib bo’lmaydi. Bugungi O’zbekistonning mustaqillik mafkurasi, ozodlik g’oyasi bugun paydo bo’lgani yo’q. U necha o’nlab ajdodlarimiz ilgari surgan buyuk va ezgu g’oyalarga asoslanib yaratildi. O’tgan asrning oxirlarida va asrimizning boshlarida zukko ma’rifatparvarlarimiz-Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Fitrat va boshqa vatandoshlarimiz buyuk, tenglar ichra teng, hur va ozod, obod Vatan qurish g’oyasini ilgari surdilar, bu yo’lda shahid ketdilar. Ular ilgari surgan bu ezgu g’oyalar faqat istiqloldan so’nggina amalga oshdi. Ularning tarixga aylangan ma’rifatparvarlik ta’limotlari bugungi avlod uchun yo’lchi yulduz bo’lib xizmat qilmoqda.

Tarix-xalq o’tmishining ko’zgusi. Xalq hayotida nainki bo’lsa, bu ko’zguda aks etadi. Avlodlar esa o’sha ko’zguga qarab, o’z xalqi yutuq va kamchiliklaridan, xatolaridan baxobar bo’ladilar. Tarix ko’zgusiga qarab avlod-ajdodlar xatolarini tuzatishga intiladilar, buyuk ishlarini davom ettiradilar.

Temuriylar davridan so’ng boshlangan o’zaro nizo va parokandalik xonliklar davriga kelib avj oldi, Temur va temuriylar davrida ilgari surilgan adolat tamoyilining buzilishi, markazlashgan davlat g’oyasining barbod bo’lishi oqibatida kelgindilar yurtimiz tuprog’ini oyoq-osti qildilar va uzoq vaqt davomida bizni xalq, millat sifatida yo’qotib yuborishga qaratilgan siyosat qamchisini boshimiz uzra o’ynatib turdilar.

Turkiy xalqlarning boshiga tushgan bu ko’rguliklarni tarix hali unutgani yo’q. Bir butun xalqni parchalab tashlashga qaratilgan bu manfur kuchlarning ushbu g’oyasi turli xalqning ayanchli taqdiriga aylandi. Tarix saxifasida “Bo’lib tashla-yu, xukmronlik qil” g’oyasi kirib bormagan turkiy makon bo’lmasa kerak.

Ajdodlar qilgan xatolarni qaytarmaslik, ular yo’l qo’ygan kamchiliklarni takrorlamaslik uchun bugungi avlod o’zaro bahamjihat, birdamlik ila ish yuritmog’i zarur. Zero, bugungi globallashuv zamon, tezkor axborot davrida ongimiz va qalbimizni zabt etishga qaratilgan buzuq g’oyalar, ta’limotlarga nisbatan o’z ajdodlarimizdan qolgan va dunyo xalklari tamonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy merosni qunt bilan o’rganmoq, ular tamonidan yaratilgan ezgu goya va mafkuralar, buyuk ta’limotlarni o’zlashtirmoq, ularni iymon-e’tiqodimizga aylantirish orqali o’zimizni, kelajakni himoya qilishimiz zarur.

Shu o’rinda I.Karimovning ushbu fikrlarini keltirib o’tmoq joiz:

... kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas”.

Davlat siyosatining tarkibini tashkil etuvchi g’oyalar xilma-xil. Qanday bo’lishidan qat’iy nazar bu g’oyalar inson tafakkurining mahsulidir.

Inson tamonidan yaratilgan shunday teran fikrlar bo’ladiki, u ko’pchilikning maqsad manfaatlarini ifoda etadi, ko’pchilikni harakatlantiradi va birlashtira oladi. I. Karimov ta’kidlaganidek, o’zida gumanizm talablarini aks ettiradigan, inson kamolotiga, jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga, xalqning iroda va intilishlariga xizmat qiladigan, uni jipslashtirib, oliy maqsadlar sari safarbar etuvchi g’oyalar borki, bunday g’oyalar odamlarni komillik va fozillik sari undaydi, imon-e’tiqodini mustahkamlaydi, hayotiga ijobiy mazmun baxsh etadi, buyuk va ulug’vor ishlarga chorlaydi, jamiyatni tabora taraqqiyot sari etaklaydi.

Insoniyat hayotini g’oyalar boshqaradi. Mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g’oyalar ta’sirida tarbiyalanadi, muayyan qarashlar va g’oyalarni o’z e’tiqodiga singdiradi, o’z navbatida yangi g’oyalarni yaratadi va targ’ib etadi. G’oyalar o’zida inson hayotini, mamlakat, xalq hayotini, taqdirini, aks ettiradi. Shu ma’noda “Insoniyat tarixi-g’oyalar tarixidir” deyish mumkin. Tarixda o’z jasorati, mardligi va qahramonligi bilan iz qoldirgan buyuk insonlar o’tganlar, ular hatto o’limga yuzma-yuz kelsa-da, o’z e’tiqodlariga aylangan g’oyalaridan voz kechmagan. Sibirning sovuq o’rmonlarida qahraton izg’irin jonidan o’tsa ham, zax erto’la azoblari holdan toydirsa ham yurt qayg’usi, vatan mehri, o’z g’oyasiga sodiqlik jadidlarga kuch bag’ishlab turdi. Sovetlarning zo’ravonlik siyosati qanchalik kuchaymasin, xalq o’z milliy g’oyalarini saqlab qolaoldi.

Insoniyat tarixida g’oyalar bilan birga, shu g’oyalarning yig’indisi sifatida turli-tuman mafkuralar ham katta rol o’ynaydi. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning g’oyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari, o’zlarining manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib, mafkuraviy ta’limot va dasturlar ishlab chiqqanlar.



G’oya-ob’ektiv voqelik, hodisalarning inson tafakkurida aks etirishidir.

G’oyalar dunyoni o’rganishga va amaliy o’zgaruviga xizmat qiladi. G’oyalar oldidagi tajribalarni umumlashtirgan holda, voqelikning bundan keyingi rivojini maqsad qilib qo’yadi. Aytib o’tganimizdek, har bir mafkura muayyan g’oyalar tizimidan iborat. Ushbu g’oyalarning ham ma’lum bir xislatlari bor. Quyida ularni ba’zilarni sanab o’tamiz:



  1. Bir mafkura tarkibida mavjud g’oyalarni, albatta, bir-biriga bog’lab turuvchi umumiylik bo’ladi. Masalan, demokratiya mafkurasini tashkil qiluvchi so’z erkinligi, eьtiqod erkinligi, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik kabi g’oyalarni umumiy bir so’z bilan atash mumkin, ya’ni erkinliklar;

  2. Shunday ham bo’ladiki, ayni bir mafkura tarkibida bir paytning o’zida ham bunyodkor g’oyalar, ham vayronkor g’oyalar jipslashgan bo’ladi. Masalan, kommunizm mafkurasini tashkil etuvchi xalqlar do’stligi, ateizm, tenglik, birlik g’oyalari o’z mohiyatiga ko’ra turlichadir.

  3. Ayni bir mafkura tarkibidagi g’oyalar o’z kelib chiqishiga ko’ra turli zamonlarga ta’lluqli bo’lishi mumkin. Masalan, O’zbekiston milliy mafkurasi tarkibida joy olgan komil inson g’oyasi buyuk islom mafkurasi ta’sirida yuzaga kelgan va so’fizm ta’limoti bilan ham bog’liq, tolerantlik g’oyasi rennesans mafkurasi ta’sirida yuzaga kelgan.

  4. G’oyalar qamrovlilik darajasiga ko’ra milliy va umuminsoniy turlarga bo’linadilar. Milliy g’oyalar muayyan bir millatning o’z tarixiy rivojlanishi davomida tarkib topgan bo’lib, ushbu millatning manfaatlariga xizmat qiladi (sintoizm). Umuminsoniy g’oyalar er yuzidagi barcha millat va xalqlarning manfatiga mos bo’lgan tushuncha va qarashlarni o’zida ifoda etadi (gumanizm, tolerantlik, ozodlik, e’tiqod erkinligi). Shuningdek, bir necha millat doirasida ham mushtarak fikrlarni ifoda etuvchi g’oyalar mavjud (“Turkiston-umumiy uyimiz”).

  5. Millatlar, xalqlarning o’z mafkuralarni yaratishda ham muayyan tendentsiya mavjud, ya’ni har bir millat o’z mafkurasini yaratar ekan, albatta, umuminsoniy qadriyatlarga suyanishga harakat qiladi.

G’oyalar qaysi mafkura tarkibida bo’lishiga qarab, o’sha mafkuraning ijtimoiy, siyosiy, falsafiy xislatlarini ham o’zida mujassamlashtirmay qolmaydi.

U davlatning jahondagi obro’ va mavqini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka ko’tarishi yoki tanazzulga duchor etishi mumkin. Mafkuralar inson tafakkurining qaysi jabhasini qamrab olishiga ko’ra axloqiy, mifalogik, ilmiy, diniy, falsafiy va siyosiy ko’rinishlarga ega.

Mifalogik mafkuralar qatoriga animizm, totemizm, fetishizm kabi borliq va yaratuvchi haqidagi mifalogik qarashlarni kiritish mumkin.

Diniy mafkuralar qatoriga islomni, zardushtiylik, tasavvuf, nasroniylik va iudaizm, braxmanizm singari dunyoni yaratuvchi nuqtai nazaridan anglashga harakat qilgan barcha ta’limotlarni kiritish mumkin.

Ilmiy mafkuralarga esa naturalizm, darvinizmni misol keltirish mumkin.

Falsafiy mafkuralar qatoriga stoitsizm, konfutsiylik ta’limotlarini kiritish mumkin.



3- masala. O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikning ilk kunlaridan o’z milliy g’oyasini shakllantirish va uning targ’ibotiga alohida e’tiborni qaratdi.

Xalqimizni milliy o’zligini aks ettiruvchi uning milliy g’oyasi tarkibini xalqimiz tarixi, o’sha davrda ilgari surilgan siyosiy-mafkuraviy g’oyalar tashkil etadi. Xalqimizga xos bo’lgan milliy xususiyatlarni qayta tiklash, o’rganish bilan bir qatorda, endilikda umuminsoniy qadriyatlar sifatida jahon xalqlarining siyosiy-mafkuraviy qarashlari, buyuk faylasuflar tamonidan yaratilgan ta’limotlar tarixini o’rganish ham g’oyat muhim vazifa hisoblanadi.

O’rta O’siyo xalqi asrlar davomida qo’shni xalqlar, dunyo xalqlari bilan muayyan aloqada bo’lib kelgan. Turli xalqlar hayotida vujudga kelgan tarixiy jarayonlar, siyosiy-mafkuraviy qarashlar o’zbek xalqi hayotiga ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. Bugungi kunda xalqimizning siyosiy ongini, madaniyatini oshirishda, o’sib kelayotgan yosh avlod ma’naviyati, mafkuraviy qarashlarining shakllanishiga xizmat qiladigan g’oyalar, siyosiy-mafkuraviy qarashlarga bo’lgan ehtiyoj katta. Bugungi globallashuv jarayoni, inson maьnaviyatiga bo’layotgan chet kuchlar taьsiri va tahdidi kuchaygan bir paytda jahon taьlimotchilarining ijtimoiy – siyosiy qarashlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Dunyo xalqlari hayotida sodir bo’lgan, jahonning buyuk allomalari tamonidan yaratilgan siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar mazmun-mohiyati va tarixini o’rganish yoshlar ongi va qalbini turli buzg’unchi g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlab qolishga xizmat qiladi.

Jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi uzoq tarixiy taraqqiyot jarayoniga ega. Insoniyat tafakkuri rivoji bilan bog’liq ta’limotlar yuksak g’oyalar va mafkuralar asosida shakllangan. Ta’limotlar tarixiy ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat rivojiga ma’lum ma’noda o’z tavsirini o’tkazib kelgan.

Jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar negizida davlatni boshqarish, o’zaro ijtimoiy munosabatlar va insoniyat hayotini muayyan maqsadlar tamon yo’naltiraoluvchi turli g’oya, mafkura, qarashlar tashkil etadi. Ushbu g’oya, mafkura va qarashlarning mazmun-mohiyatini, insoniyat taraqqiyotga ko’rsatgan ta’sirini ochib berish bevosita jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani zimmasidadir.

Jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar fani ijtimoiy – gumanitar fanlar sirasiga kiruvchi, shuningdek, mustaqil fan sifatida alohida predmetni tashkil etadi. Ushbu fan o’z navbatida bir qator fanlar bilan aloqada shakllangan holda, yangi fan bo’lib, rivojlanish jarayonini boshdan kechirmoqda.

Falsafa tarix

huquq Jahon siyosiy mafkuraviy siyosatshunoslik

taьlimotlar tarixi fani

aloqada bo’lgan ijtimoiy-

adabiyot gumanitar fanlar mantiq

Bu fanni o’rganishda material hajmining kengligi va murakkabligi hisobga olinsa maqsadga muvofiq. Fanni o’rganishda har bir mavzu bilan bog’liq tarixiy jarayonga jiddiy yondoshgan holda, o’sha davr nafasini his etaolish, o’sha davrdagi mavjud g’oya, qarashlar va mafkuralar mazmuniga e’tibor berish kerak. Tarixiy g’oya, mafkuralarning shakllanish jarayoni, insoniyat, davlatlarlar hayotidagi o’rni va bugungi kunda uning odamlar uchun qanday xizmat qilayotganligini yoritib berish kerak.

Buning uchun xar bir siyosiy-mafkuraviy ta’limotlarga oid yaratilgan adabiyotlar, turli mutafakkirlar tamonidan yozib qoldirilgan asarlar, o’sha davr bilan bog’liq hujjatlar, yozma manbalar bilan tanishish, sinchlab o’rganish va maьlumotlarni taqqoslash zarur, bu esa fanning metadologik asosini tashkil etadi.

Dunyo xalqlari hayotida sodir bo’lgan, jahonning buyuk allomalari tamonidan yaratilgan siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar mazmun-mohiyati va tarixini o’rganish yoshlar ongi va qalbini turli buzg’unchi g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlab qolishga xizmat qiladi.

Ushbu maьruzani yaratishda mavzuga doir dastlabki tushunchalar, fanning mustaqil predmet sifatidagi metodologik sifatlariga va maqsad , vazifasiga eьtibor berildi, shuningdek, fanning ijtimoiy – gumanitar fanlar rivojidagi o’rnini ko’rsatishga harakat qilindi.

Jahon siyosiy – mafkuraviy ta’limotlar tarixini yoritishda insoniyatning turli ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy taraqqiyoti boskichlaridan kelib chiqqan holda qadimgi dunyo, o’rta asrlar, yangi va eng yangi davrlarga bo’lib o’rganishni asos qilib oldik.

Dastlabki insoniyatning ilk tsvilizatsiya o’choqlari qadimgi Sharq mamlakatlarida vudujga kelgan siyosiy-mafkuraviy qarashlar, qadimgi Gretsiya va Rim ta’limotlari, ellinizm mafkurasi o’rta asrlar tarixi bilan bog’liq G’arb va Sharq siyosiy-mafkuraviy qarashlar o’z ifodasini topgan. Har bir davr kelgusi maьruzalarda alohida o’rganiladi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling