Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Download 0.77 Mb.
bet2/16
Sana17.03.2020
Hajmi0.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Mavzu yuzasidan tayanch iboralar:

Jahon, siyosat, g’oya, mafkura, taьlimot, tarixiy jarayon, taraqqiyot, metodologik, davriylik, predmet, mustaqil fan, tsvilizatsiya o’choqlari, qadimgi Sharq, mafkuraviy qarashlar, maьnaviy tahdidlar, ijtimoiy – gumanitar fanlar.



Mavzu yuzasidan savollar:

1.Jahon siyosiy mafkuraviy taьlimotlar fani maqsad va vazifasi nimadan iborat?

2.Nima uchun jahon faylasuflari meьrosini o’rganishimiz zarur?

3.“ G’oya “, “ Mafkura”, “ Siyosat “ tushunchalariga izoh bering.


Adabiyot ro’yxati

  1. I.Karimov. “Jamiyatimiz mafkurasi xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin”. T. “O’zekiston” 7- jild. 1998 y.

  2. I. Karimov. Barkamol avlod orzusi. T. 1999 y.

  3. A.Ibroximov “Bizkim o’zbeklar...” T. 2001 y.

  4. F. Muhiddinova. “Siyosiy huquqiy ta’limotlar tarixi” T. 2003 y.

  5. G’arb falsafasi. T. “ Sharq “ 2004 y.

  6. Falsafa qomusiy lug’at. T. “Sharq” 2004 y.


2 - mavzu: Ilk tsvilizatsiyalar mafkurasi.
Reja:


  1. Qadimgi Sharq-insoniyat tsvilizatsiyasining beshigi. Dastlabki ibtidoiy e’tiqodlar.

  2. Dastlabki davlatlarda siyosiy-mafkuraviy qarashlar va ilk mafkuralarning Sharqda vujudga kelishining ob’ektiv sabablari.

  3. O’rta Osiyoda diniy-mifalogik dunyoqarash asosida siyosiy mafkuralarning shakllanishi

  4. “Xammurapi qonunlari” –Bobil mafkurasining xuquqiy manbai.


1 – masala. Qadimgi Sharq-insoniyat tsvilizatsiyasining beshigi. Dastlabki ibtidoiy e’tiqodlar.

Dunyo ilmi insoniyat madaniy taraqqiyoti sarchashmalari dastlab qadimgi Sharq mamlakatlari-Misr, Xitoy, Hindiston hamda Old Osiyo va O’rta Osiyo hududida, keyinchalik qadimgi Yunonistonda paydo bo’lganligini aniqlagan. Dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi ham aynan shu mamlakatlar va hududlarda yuz berdi. Shu bois insoniyat taraqqiyotining beshigi Sharq deb atalishi bejiz emas. Insoniyat tarixida o’z davrining katta-katta yutuqlari ham Sharqda kashf etildi va u insoniyatning keyingi taraqqiyotiga xizmat qildi.

Insoniyatning ibtidoiy davridayoq tabiat hodisalarining sirlarini bilishga intilish va yashab turgan geografik hudud sharoitining xilma-xilligi turli e’tiqodlarning kelib chiqishiga sabab bo’ldi, bu xol o’z davrida ibtidoiy e’tiqodlar ko’rinishida yuz berib, ma’lum ma’noda u kishilik hayotini tartibga solib turgan.

Ibtidoiy odamlarning tabiat hodisalari oldida ojizligi, bu hodisalarning asl sabablarini bilmasligi oqibatida ularda tabiat hodisalariga nisbatan turli tasavvurlar paydo bo’lgan. “Aql-idrokli odam” tabiatning dahshatli hodisalaridan faqat qo’rqib qolmasdan, uning sabablarini topishga ham intilgan. Shu tariqa bundan bir necha o’n ming yillar burun odamlarda dunyoni boshqaruvchi g’ayri tabiiy kuchlarga ishonch paydo bo’ldi.

Odamlarning dastlabki tasavvurlari zamirida keyinchalik ilk ibtidoiy e’tiqodlar vujudga keldi. Jonning tanani tark etishi bilan bog’liq tasavvurlar orqali ibtidoiy, falsafiy - siyosiy qarashlar o’z davrida jamiyat taraqqiyotida muhim rol o’ynagan. Yo’lboshchilar va oqsoqollar hokimiyatining kuchayishi bilan yo’lboshchilar va oqsoqollar o’lgandan keyin ham ularning ruhi qabila to’g’risida g’amxo’rlik qilaveradi, unga yordam beradi yoki aksincha undan g’azablanadi, deb ishonganlar.

Dastlabki diniy tasavvurlar natijasida keyinchalik animizm, totemizm, fetishizm va sehrgarlik atamalari bilan fanga kirgan qarashlar, ta’limotlar paydo bo’ladi. Bu ta’limotlar asrlar o’tgan sari rivojlanib, insoniyat tarixiy taraqqiyoti bilan birga yashab keldi va turli xalqlar hayotida hatto bugungi kunda ham urf-odat, a’nalar, turmush tarzida saqlanib qoldi, ma’naviy qadriyat sifatida yashab kelmoqda.



Dastlabki diniy qarashlarni quyidagi “ Klaster “ usulida bayon etishimiz mumkin: Animizm

Fetishizm

Totemizm

Dastlabki diniy qarashlar Sehrgarlik


Animizm” lotin tilidagi “anima” “ruh”, “jon” so’zidan iborat bo’lib, kishilar, hayvonlar, predmetlar va hodisalarni go’yo ruh, jon boshqarib turishiga ishonish deb ta’rif beriladi “Falsafa qomusiy lug’at”da. Ushbu manbada keltirilishicha “Animizm atamasi ilk bor 1708 yilda nemis olimi G. Shtalь tamonidan muomulaga kiritilgan. 1871 yilda esa I. Telor animizm atamasini etnografiya fanida qo’llaydi. G. Shtalь animizm jon hayotning boshlanishi haqidagi ta’limot deb tushunsa, Telor esa uni nafaqat jon va ruhlarga ishonish, balki dinning kelib chiqishi haqidagi ta’limot, tandan jonning ajralib chiqishi, dinning “minimum” asosi deb hisoblaydi”1.

Animizm g’oyalariga e’tiqod qiluvchi ibtidoiy odamlar inson o’lgandan keyin uning ruhi yangi dunyoga keluvchi chaqaloq tanasiga o’tadi, inson jismi esa tuproqqa qo’shilib ketadi, deb tasavvur etishgan.

Qadimgi misrliklar esa o’lgan kishi jasadini mo’miyolab qo’yishgan. Shunday qilinsa uning ruhi yashashda davom etadi va ruh vaqti-vaqti bilan tanaga qaytib keladi, deb o’ylashgan. Ayniqsa, zodagonlar orasida bu odat keng tarqalgan bo’lib, fir’avn va uning oila a’zolari jasadini shu tariqa ko’mishgan. “Xudolar itoatgo’y kishilarni yoqtiradi, itoatsiz kishilarni qahr-g’azabiga oladi” degan qarashlar paydo bo’lgan. “Misrda Firavnni “xudoning o’g’li”, “buyuk xudo” deb atashardi.

Ibtidoiy odamlar hayotida urug’chilik jamoasining rivojlanishi munosabati bilan urug’ a’zolari urug’ boshliqlari, jangchilar urug’iga sig’inishi davom etgan. Har bir urug’, qalbilaning o’z e’tiqod qiluvchi ruhlari turli xudolar qiyofasida talqin etildi va ko’p xalqlarda oy, quyosh, yulduzlarga sig’inish, ulardan madad, kuch olish bilan bog’liq turli marosim, urf-odat, an’analar shakllanib boradi.

O’rta Osiyodagi ko’chmanchi chorvador xalqlar, shu jumladan saklardan ko’pincha katta mozor-qo’rg’onlar qolgan. Saklarning diniy tushunchalarida otashparastlikning ayrim unsurlari bo’lsa ham, ular osmon jismlari, (masalan quyosh xudosi-Mitraga) yoki tabiat kuchlariga, shu jumladan yovvoyi hayvonlarga topinishgan. Qadimgi saklar o’lgan odam tirikligida qanday bo’lsa, narigi dunyoda ham shundayligicha qoladi, deb o’ylashgan va o’lim bilan uning buyumlari-qurol-aslahalari, oziq-ovqat, minib yurgan oti ham ko’milgan. “Chorvador xalqlar jumlasiga kirgan skiflar yoki pahloviylar o’lgan shoh bilan birga uning xotinlaridan birini va xizmatkorlarini ham o’ldirib,




1. Falsafa komusiy lugat. T. « Shark ». 2004 y. 27 – bet.

birga dafn qilishgan. Ayrim xalqlarda shohlarning “yaqinlari”-qazo qilgan xo’jayinlari bilan birga ko’milishi lozim odamlar tirikligidayoq ma’lum bo’lgan. Ularni “birga o’ldirgan odamlar” deb atashgan. Ayni paytda bu “yaqinlar” hayotligida katta huquqlarga ega bo’lishgan”.

Qadimgi yunon xalqi odatiga ko’ra o’lgan odam er osti dunyosiga kirayotganida olov oqib turgan Stiks daryosida suzib o’tishi kerak bo’ladi.

Afsonaga ko’ra, daryodan Xaron degan qayiqchi olib o’tadi. Shuning uchun yunonlar o’lgan odamlarning og’ziga bittadan tanga solib ko’mishgan. Bu qayqchi Xaronning “kira haqi” hisoblangan.

Ibtidoiy diniy e’tiqod talqin e’tishicha er osti hukmdori mavjud. O’lgan kishining “keyingi hayoti” o’sha hukmdorning hukmiga bog’liq. Bunday qarash er yuzining juda ko’p xalqlari ibtidoiy qarashlarining negizini tashkil etadi. Hatto zardushtiylikda ham er osti saltanatining ilohi hukm chiqaruvchi va shu hukm ijrosini kuzatib boruvchi qozi bajargan. Marhumlar saltanatining hukmdori bitmas-tuganmas er osti boyliklarining egasi bo’lgan. U xazinalar, konlarni o’z tasarrufida saqlangan, eng muhimi er osti suv manbalari, buloqlari, daryolar, quduqlar sohibi, hisoblangan. Bularning barchasi odamlarda jami sug’oriluvchi nabotot uning ra’yi va hukmi bilan gullab-yashnaydi, serhosil bo’ladi, degan tasavvur uyg’otgan. Ularga atab turli marosim, o’tkazilgan, qurbonliklar qilingan.

Qadimgi xettlarning afsonalarida er osti podsholigiga ega xudolar odamlarning taqdirlarini to’qir hamda to’qimachilarga homiylik qilar emish. O’rta Osiyo ayollari orasida muqaddas sanalgan Devi Safed, Bibi Rasonda, Bibi Seshanbalar ham to’qimachilarning asosiy homiylari bo’lgan. Bibi Seshanba insonlarning jannatga tushishida va ishlarida yordam beradi, degan tushuncha mavjud bo’lgan.

Sharq xalqlari orasida anemizm e’tiqodi bilan bog’liq qarashlar bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Bu ibtidoiy qarashlar xalqlarning urf-odat, an’ana, udumlarida o’z aksini topgan va milliy qadriyatlariga aylanib qolgan.

Ibdidoiy e’tiqod turlari o’z-o’zicha paydo bo’lmay, insoniyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida, turli shart-sharoitlarda vujudga kelgan. Animizm kabi totelizm e’tiqodi ham diniy tasavvurning ibtidoiy ko’rinishi sifatida odamlar hayotida muhim vazifani bajargan.



Totemizm-ibtidoiy jamiyatning ilk diniy ta’limotidan biri. U kishilarning ma’lum guruhlari bilan hayvon va o’simliklarning muayyan turlari o’rtasida g’ayritabiiy aloqa, qon-qarindoshlik aloqalari bor, degan e’tiqodga asoslanadi.

Totemizm iborasi ingliz sayohatchisi Dj. Long tamonidan 1791 yilda ilmiy muomulaga kiritildi... Totemizmda har bir urug’, qabilaning har bir a’zosining hayoti va farovonligi, aynan shu urug’ning ajdodi bo’lgan totemga-o’simlik va hayvonga bog’liq deb qaralgan. Urug’doshlar o’z urug’i totemiga hurmat bilan munosabatda bo’lgan. Totemiga atab turli marosim qurbonlik-




1. Falsafa komusiy lugat. T. « Shark ». 2004 y. 27 – bet.
larni amalga oshirgan. Dastlab totem sifatida hayvonlar, ko’proq ov hayvonlari e’zozlangan. Keyinroq esa, qarindoshlik munosabatlari boshqa hayvonlarga ham o’tgan, ba’zan o’simliklar, tabiat hodisalari: yomg’ir, quyosh, shamol va boshqalarga ham tarqalgan.

Totemistik e’tiqod va marosimlar muayyan ko’rinishda ko’p xalqlarda saqlanib qolgan. Masalan, Avstriya qabilalari odatiga ko’ra, totem urug’i a’zolari o’zaro nikohda bo’lishi mumkin emas. Urug’ a’zolari o’z totemini qarindoshi, otasi, akasi, do’sti deb hisoblanadi.

Markaziy Osiyo xalqi o’rtasida qadimdan davom etib kelayotgan muchal hisobi ham aynan totemizm bilan bog’liq hodisa. Ayrim o’simlik turlariga ilohiy quvvat manbai sifatida qarash hamon davom etib keladi. Isiriq turli g’ayritabiiy yomon ta’sirlardan himoya qiluvchi vosita hisoblansa, qaldirg’och in qurgan uyga tinchlik, baraka keladi, degan qarash bejiz emas. Afsonaviy Xumo qushi-baxt-saodat ramzi sifatida O’rta Osiyo xalqi orzu-niyati bo’lgan. Uning bugungi mustaqil respublikamizning davlat ramzida aks etishi xalqimizning asriy qadriyatlarining timsolidir.

Shuningdek o’zbek xalqi hayoti bilan bog’liq “Sust xotin”, “yo haydar”, “Darveshona” marosimlarini misol keltirish mumkin.

Totemizm unsurlari jahon diniy ta’limotlari bo’lmish buddaviylik, xristian va islomda ham uchraydi. Buddaviylik diniy e’tiqodiga ko’ra, hindlar sigir, ilon, maymun va fil kabi hayvonlarni e’zozlaydilar.

Islom ta’limotiga ko’ra baliq eng toza, halol luqma hisoblanadi. Ro’za tutish arafasida baliq go’shti iste’mol qilish orqali jisman poklanish odati uchrab turadi.

Totemizm uzoq davom etgan jaryon. Turli xalqlar taraqqiyotida o’z o’rniga ega. Bu diniy hayotida diniy e’tiqod sifatida yashab kelmoqda.

Dunyo diniy ta’limotlari tarkibida fetishizm qarashlarni uchratish mumkin. Dastlabki diniy tasavvurlar paydo bo’lish jarayonida fetishistik qarashlar ham shakllanib borgan.

Kishilik tarixi shuni ko’rsatadiki, har qanday predmet fetish bo’lib xizmat qilish mumkin. G’aroyib shakldagi tosh, hayvonning tishi, yaxshilab ishlangan figura, zargarlik buyumi. Shunisi qiziqki, odamlar o’rtasida bir vaqtlar fetish deb qaralgan predmet vaqt o’tishi bilan unutib yuborilgan. Qachonki, fetishga aylangan buyumga sig’inganda odamning niyati ro’yobga chiqsa, o’sha predmet saqlab qolingan. Fetishlar davr o’tishi bilan murakkablashib, keyinchalik tumor, sanam (but) va boshqalarga o’tgan. Fetishizmning asl vatani Afrika bo’lsa-da, u boshqa yurtlarga ham tarqalgan.

Fetishizm portugalcha “feytisho” – “sehrlangan buyum”, “tumor” degan ma’noni bildirsa, frantsuz tilida “tilsim”, “but” demakdir. Fetishga etiqod qilganlar turli jism, modda, va narsalarning sehrli kuchi borligiga ishonishgan, ulardan ruhiy madad olish, himoya vositasi sifatida foydalanishga harakat qilishgan.

Fetishistik qarashlarga ko’ra, turli sanam, but, haykalchalar yaratilib, ularga ilohiy madadkor sifatida sig’inilgan. Bu odat qadimgi butparastlik ta’limotida o’z aksini topgan. Narshaxiyning yozishicha, “Qadim vaqtlarda Buxoro aholisi butparast bo’lgan, bu bozor rasm bo’lib, o’sha davrlardan boshlab, bu erda but sotganlar. Odamlarda but yo’qolsa, sinsa yoki eskirsa, bozor kuni boshqasini sotib olar va eskisini tashlar ekanlar”1.

M.S. Andresv 20-yillarda olib borgan ilmiy tadqiqotida Samarqand arablari butparast bo’lganligini aniqlagan. Arablar ayol shakldagi butning ismini Behishtbibi, Bibioy, Bibi Oysha deb atashgan. Qashqadaryo, Samarqand,

Xorazm arablari odatiga ko’ra kelin birinchi bor kuyov uyiga qadam bosar ekan, uydagi o’choqqa ta’zim (“o’choqqa salom”) bajo keltirgan. “Buxoro viloyatidagi Arabxona, Chivilloq va Bog’li qishloqlarida ham 60 ga yaqin arab uylari bitta o’choqqa topinib kelganlari aniqlangan...”. “O aylanayin, O’choq bobo, sadoqangz ketay” deyishadi. Boshqa shunday marosimlarda bo’lganidek, olovga may quyiladi. Ayol kishi esa o’choqqa tavof qilishidan oldin unga ikki bor ta’zim bajo etadi.”2 Shuningdek, sanamlarga sig’inish, qum, loy, tuzga tushish, yada toshi yordamida yomg’ir chaqirish isriq solish marosimlar kutlab tarixiy manbalarda qayd etiladi.

Mavjud Qashqariyning “Devoni lug’atit turk” asarida yada toshi yordamida fol ochilgan va yong’inni to’xtatish uchun qor yog’dirilgani haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilib o’tilgan.

Qadimgi e’tiqodlarda o’sha davr odamlarining o’y-xayoli, orzu-niyati, dunyoqarashi va turmush tarzi aks etgan. Bu ibtidoiy qarashlar qadimgi xalqlarning tabiat, hayot, turmush sirlarini tushunish uchun qilingan harakatlarining dastlabki natijalaridir. Inson ongi, tafakkuri va ehtiyojining o’zgarishi, turmush taraqqiy etgan sari e’tiqodlarning davr talabiga javob bermay qolganlari tarix qa’rida qolib ketsa, ba’zilari zamon bilan birga o’zgarib borgan, ayrimlari esa turli shakllarda yangi mazmun kashf etib, uzoq tarixiy jarayonlar davomida saqlanib qoldi.

Magiya (sehrgarlik) ibtidoiy e’tiqod sifatida hamon uchrab turadi. Inson, hayvon tabiat hodisalari va hayotiy voqealarga g’ayritabiiy ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega bo’lgan so’z, ibora, hatti-harakatlarga asoslangan qadimgi diniy e’tiqod. Qadimda magiyadan turli sharoitlarda, jumladan, harbiy yurish, urushda g’alabaga erishish maqsadida foydalanishgan.

Magiya tunus tilidagi “shamon” so’zining ma’nosi, o’zbek tilida “sehrgarlik” demakdir. Magiya totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Davr o’tishi bilan xalqlari hayotida afsungarlik bilan bog’liq turli marosim, udumlarda saqlanib kelmoqda. Odatda, afsungarlik odatlari bilan maxsus odamlar-shamonlar mashg’ul bo’lgan. Ular orasida ayniqsa, uzoq o’tmishda ayollar ko’proq shug’ullangan. Odamlar shamonlar va afsungarlarning ruhlar bilan muloqatda bo’lishi, ularga jamoaning umid va niyatlarini etkazishi, marhumlar irodasini bo’ysundirish qobilyatiga ega ekanligiga chuqur ishonishgan.

Magiya qadimgi xalqlar orasida insonlar va ruhlar o’rtasida vositachi vazi-


  1. Narshaxiy. « Buxoro tarixi ». T. « Meros ». 1991 y. 102 – bet.

  2. . « Moziydan sado », T. 2 ( 22 ) 2004 y. 38- 39 betlar.

fasini bajaradi, degan tasavvur mavjud bo’lib, u bilan bog’liq turli marosimlar shakllangan.

Chunonchi, qurg’oqchilik davrida “Yomg’ir tilash” (“Sust xotin”), shamol zarar keltirganda “Shamolni to’xtatish” (“Choy momo”), shamol kerak bo’lganda “Shamol chaqirish”, sovuq erta tutganda “Quyoshga sig’inish”, turli ofat, falokat yuz berganda “Qurbonlik keltirish” kabi marosimlar qadimgi Sharq xalqlar hayotida saqlanib qolgan dastlab bunday tadbirlar tabiat kuchlariga atab o’tkazilgan bo’lsa, keyinchalik ibtidoiy odamlar sodir bo’lishi mumkin bo’lgan

ofatlar yuz bermasidan bu marosimlarni o’tkaza boshlagan. Ularning ba’zilari hatto bayramga ham aylanib ketgan.

Qadimgi e’tiqodlar sanalmish animizm, totemizm, fetishizm va sehrgarlik har biri o’z g’oyalariga hamda muayyan qarashlarga ega bo’lsa-da, bir vaqtda paydo bo’lgan va o’zaro mushtarak tarzda rivojlangan. Har bir ibtidoiy e’tiqod muayyan mafkurani ilgari suradi. Unda o’sha davr odamlarining hayoti, intilishi, maqsadi o’z ifodasini topgan. Yillar o’tishi bilan bu ibtidoiy qarashlar takomillashib, taraqqiy etib boradi. Insoniyatning turmush tarzi, hayotiy, milliy urf-odat, qadriyatlari mazmunini boyitib keldi. Keyingi diniy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qildi. Qadimgi Sharq xalqlari ta’limotlar tarixini ilk bosqichini belgilab berdi.
2- masala. Dastlabki davlatlar, siyosiy-mafkuraviy qarashlar va ilk mafkuralarning sharqda vujudga keltirishning ob’ektiv sabablari.
Insoniyat tsvilizatsiyaning ilk o’choqlari qadimgi Sharq mamlakatlari hisoblanadi. Sharq xalqlarining dastlabki davlatchiligi zaminida eng avvalo shaharsozlik madaniyati yotadi. Qadimgi shahar-davlatlarning tashkil topishida o’troq aholining dehqonchilik va hunarmandchilik xo’jaligi asosiy iqtisodiy omil bo’lib, ular dastlab atrof aholi maskanlarining xo’jalik markazi, o’z-o’zini idora etuvchi tabaqalashgan jamoalarning itimoiy boshqaruv markazi, ya’ni ilk davlati bo’lgan.

Qadimgi shahar-davlatlarning vujudga kelishi tarixiy taraqqiyot jarayoni bo’lib, ularning vujudga kelishida muayyan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy omillar ta’sir ko’rsatgan. Aholining ma’lum qismi muayyan hududda zich yashashi, iqtisodiy hayotda yuz bergan tub o’zgarishlar, ijtimoiy hayotda tabaqalanishning ro’y berishi, qulay shart-sharoit, ya’ni unumdor tuproq, suv va boshqa geografik omillar hamda hosildor sug’orma dehqonchilik va uni ta’minlovchi agrotexnika bazasi. Shu omillarning dialektik yaxlitligida tarixiy sharoit pishib etilgandagina qadimgi shaharlar va ular negizida shahar-davlatlar paydo bo’ladi.

Qadimgi Misrda vujudga kelgan quldorlik tuzimi bu erdagi ibtidoiy tuzumning emirilishiga olib keldi. Zodogonlar mavqeining ortib borishi qullar va dehqonlar ustidan hukumronlikning kuchaytirdi. Boshliqlar o’z qabiladoshlarining to’laqonli hukmdori bo’lib qoldilar va endi barcha ishlarni o’zlari hal etdilar.

Eramizdan avvalgi IV ming yillik Misrda dastlabki davlatlar paydo bo’ladi. Bu davlatlarning hukmdorlari qo’shinga, soqchilarga, nazoratchilarga ega edi. Misrda dastlab qirqqa yaqin davlatlar bo’lgan. O’zaro urushlar tufayli eramizdan avvalgi 3000 yil ilgari Misrda Nil ostonalaridan tartib to O’rta dengizgacha bo’lgan hududni birlashtirgan yagona Misr davlati vujudga keldi. «Mamlakatda hokimiyat yagona fir’avn qo’lida bo’lgan. Fir’avn cheklanmagan hokimiyatga ega edi. Fir’avn o’z o’g’liga nasihat qilib shunday yozgan edi: “Kambag’allarga ishonma: kambag’allar eng xavfli dushmanlardir: podsho zodogonlar bilan mashhurdir, shuning uchun ayonlarning, jangchilarning obro’yini ko’tar, ularni mol-mulk, er va chorva mollari bilan siyla»1.

Qadimgi Misrda kishilarning mafkuraviy qarashlari diniy-afsonaviy ko’rinishda bo’lgan. Miloddan avvalgi XXV-XXIV asrlarda yozilgan “Murdalar kitobi”da kohinlar fir’avnlarning ilohiyligi to’g’risida ta’limotlar yaratganlari, aholini Quyosh xudosi Ra farzandlari sanalmish fir’avnlarga qat’iy itoat etishga chorlaganlari atroflicha yoritiladi.

Kohinlar fir’avnlar shaxsini ulug’lab, ilohiylashtirish orqali xalqni sabr-toqat va itoatgo’ylikka chaqirganlar. Shuningdek, ular narigi dunyo va xudolar haqidagi g’oyalari bilan odamlar diqqat-e’tiborini tortgan. Kohinlar o’zlarining diniy - afsonaviy g’oyalari bilan xalqqa ko’proq ta’sir o’tkazishga intilganlar: “Xudolar itoatgo’y odamlarni yoqtiradi, itoatsiz kishilarni qahr-g’azabga oladi. Kimki firavnning buyruqlarini bajarmasa, xudoning amri bilan qurg’oqchilik sodir bo’ladi, ya’ni xudolar g’azablanadi, vabo tarqalib, urushlar boshlanadi”, der edi kohinlar.

Shaxsi ilohiylashtirilgan fir’avnlar esa humronligini saqlash va mutahkamlashga ko’maklashgan kohinlarga o’z navbatida etarlicha iltifotlar ko’rsatgan, albatta.

Fir’avn, kohin va zodagonlar mehnatkash xalq ustidan o’rnatilgan hukumronlik siyosati, itoatkorlikka asoslangan mafkurasi bilan qanchalik xalq dunyoqarashiga ta’sir ko’rsatishga intilmasinlar, aslida mavjud voqealik bunday ideallashgan tasavvurlardan ancha yiroq edi. Shuning uchun ham quyi tabaqalarning aslzodalarga qarshi kurashi mudom davom etib keldi.

Ipuserning mulohazalari” asarida aynan shunday kurashlardan biri 1750 yilda sodir bo’lganligi, sud palatalari xalq tamonidan vayron qilinganligi, xalqning ommaviy qo’zg’oloni haqida hikoya qilinadi.

Qadimgi Misrda davlat va jamiyat haqida fikrlar, siyosiy-mafkuraviy qarashlar mukammal shakllangan ta’limot darajasiga ko’tarilmagan bo’lsa-da kishilarning ijtimoiy ruhiyatida muayan qarashlar, urf-odatlar sifatida amal qilgan.




1. F. P. Karovkin. « Kadimgidunyo tarixi ». T. 1989 y. 47 – bet.
3- masala. O’rta Osiyoda diniy-mifologik dunyoqarash asosida siyosiy mafkuralarning shakllanishi.
Qadimgi Misr kabi O’rta Osiyoda ham dastlabki davlatlar vujudga kelganligi haqida qimmatli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Eng muhim manbalar bu grek va rim tarixchilari tamonidan yozib qoldirilgan asarlar bo’lib, ularda O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari, va ularning turmush tarzi,

urf-odati haqida, shuningdek, dastlabki davlat birlashmalari haqida muhim ma’lumotlar keltiriladi.

Grek mualliflari tamonidan berilgan ma’lumotlarga ko’ra, bu erda massagetlar saklar, xorazmiylar, daylar va boshqa 20 dan ortiq xalqlar yashagan.

Ulardan massagetlar quyoshga sig’inishgan va unga atab qurbonliklar qilingan.

Qadimgi saklar haqida yozar ekan, grek tarixchisi Efor ular “adolatli ko’chmanchilardan chiqqan, o’lja-boylikka berilmaydilar, bir-birlariga odilona munosabatda bo’ladilar... ular mulk bo’lishiga yo’l qo’ymaydilar, hamma narsaga birgalikda egalik qilishadilar” deydi.

Qadimgi O’rta Osiyo xalqlari dastlabki davlatchiligi haqida xabar bergan grek tarixchilari Geradot, Kvint Kuf, Plutarx, Arrian, Diador va boshqalar bu erda bir qator davlatlar bo’lganligi haqida yozib qoldirishadi. Bular: Xorazm, Baqtriya, Sug’diyona, Marg’iyona, Parkona, Parfiya. Yozma manbalarga ko’ra, O’rta Osiyo xalqlari qadimda skiflar deb atalgan. Yunon muarrixi Toipey Trog O’rta Osiyo xalqlari haqida gapirib, “Qadimiylikda ular misrliklar bilan bahslashardilar, 1.deb yozadi”.

O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari hayoti haqida zardushtiylikning muqaddas manbasi – “Avesto” da ham muhim ma’lumotlar keltiriladi. «Avesto » Turon, Xuroson, Ozorbayjon, Iroq, Eron, Kichik Osiyo xalqlarining miloddan oldingi qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam va odam to’g’risidagi tasavvur, urf-odat va ma’naviy qadriyatlari haqida ma’lumot beruvchi asosiy manba. Miloddan avvalgi XIII asrdan to milodning IV asrigacha bo’lib o’tgan tarixiy voqealarni o’zida aks ettirgani uchun milliy g’oyalarni asrab-avaylash, xalqni jinslashtirish uni ma’naviy yuksaklikka da’vat etish, odamlar o’rtasida mehr-oqibat tuyg’ularni mustahkamlash va milliy an’analarni saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Shuningdek “Avesto” qadimgi O’rta Osiyo xalqlarining hayotida muhim o’rin tutgan zardushtiylik –“Mazdayasna” ta’limoti haqida qimmatli manbadir.

Mozdayasna” ya’ni “Mazda yasna daena” –(Mozdaga sig’inish dini) “mozda” –“yuksak daholi xukmron demakdir”. Bu ta’limot yagona xudolikni targ’ib etuvchi ta’limot sifatida o’sha davrda turli xudolarga sajda qiluvchi qabilalarni yagona yaratuvchi g’oyasi ostida birlashtirishga qaratilganligi bilan qimmatlidir. Zardusht odamlarni Axura Mazdaga sajda qilishga chaqirib, insoniyat tarixida yangi davrni boshlab berdi.

Zardushtiylik ta’limoti odamlar o’rtasida barchaning yagona yaratuvchi tamonidan yaratilganligi, o’zaro tinch-totuv yashash, dunyoning, xayotning qadriga




1. «Uzbekiston tarixi va madaniyati ». T. « Ukituvchi ». 1992 y. 23- bet.

etish kabi ezgu g’oyalarni ilgari suradi. Zardusht dunyo-yorug’lik va zalmat, yaxshilik va yomonlik, hayot va o’lim, yolg’onchilik va rostgo’ylik, vahshiylik va ezgulik kabi qarama-qarshi kuchlardan iborat, ammo bu kurash pirovardida ezgu g’oyalar g’alabasi muqarrar, degan fikrni yoqlab chiqdi. “Avesto”dagi “goh” larda Axura Mazda vahiysi bilan tinch - osoyishta yaratuvchanlikka qaratilgan hayot, oqil va adolatli hukmdor rahnomoligi, ijtimoiy va ma’naviy uyushish g’oyalari tashviq etiladi. Xudolar va yomon ruhlar to’g’risidagi aqida va afsonalar o’rniga kelgan Zardushtiylik ta’limotida butun koinotga ikki podsholik hukmron bo’lib, unga barcha yaxshi, pok va muqaddas narsalar qaraydigan nur podsholigi hamda barcha zararli, yaramas narsalar chiqib turadigan zulmat podsholigiga ajratiladi. Ular o’rtasida er va olam tinimsiz abadiy kurash davom etadi. Axuramazda tarafdorlari hayot chog’larida

bor kuchlari bilan yomon guruhlarga qarshi kurashishlari lozim bo’ladi, ular buning uchun o’lganlaridan so’ng nur xudosi paydo adabiy rohat-farog’atda bo’ladilar. Yomon ruhlardan saqlanishning puxta vositasi fikrlar, so’zlar va ishlar pokligidir.

Olov nur oliy xudosining, Axrimazdaning o’g’li hisoblangan. Shu g’oyaga ko’ra, butun Eron shohligi bo’yicha ko’pda-ko’p mehroblar qo’yilib, ularda muqaddas shamlar doim yonib turgan. Barcha bo’ysundirilgan xalqlarga olovga sig’inish buyurilgan, bu o’lpon to’lash singari majburiyat bo’lgan.

Zardushtra ta’limotida Axuramazdaga sodiq afsonaviy qush-Semrug’ yuqori qadrlanadi. U Eronda Kiryovush va barcha ahmoniylar bayroqlarida mardlik va zafar ramzi sifatida tasvirlangan.

Axuramazda g’alabasi albatta sodir bo’ladi, shundan keyin barcha o’liklar tirilib, dunyo barcha nopok va zararli narsalardan xalos bo’ladigan erda bitta podsholik, bitta xalq, bitta til qaror topadigan va umumiy baxt-saodat, shodlik boshlanadigan mutloq poklik hamda rohat-farog’at zamoni keladi, degan g’oya, mafkura ilgari suriladi.

Zardushtiylik ta’limoti Sharq xalqlari, jumladan, O’rta Osiyo xalqi xayotida muayyan iz qoldirgan. Bu erdagi xalqlarning ma’naviy dunyoqarashida ezgu g’oyalarning shakllanishida o’z davrida muhim g’oyaviy ta’sir kuchiga ega bo’lgan. Mafkuraviy tarbiya vositasi bo’lib xizmat qilgan. “Zardushtiylikning ezgulik va insonparvarlik haqidagi qarashlari mintaqamizga islom dini kirib kelgunga qadar asosiy g’oyalar edi”1.

Zardushtiylik ta’limoti haqida Xan Dyushening ushbu fikrlarni eslatib o’tishni joiz deb topdik: «Osiyoning barcha farzandlari ichidan G’arb birinchi o’rinda Zardushtni o’ziga ma’naviy ustoz qilib tanladi. Uning g’oyalari Iso Masih ta’limotidan ilgari Yunonistonni boyitgan edi. Zardushtni Platon ham bilar edi. Budda va Konfutsiylarning ovozlari Evropaga etib kelishi uchun ko’p vaqtlar kerak bo’ladi. Shu sababli Zardusht G’arbda qadim Osiyoning donishmandi bo’lib qoldi ».2





  1. T. Karim. « Muqaddas « Avesto » izidan », T. « Cho’lpon » 2000 y. 176 – bet.

  2. Dunyo dinlari tarixi. t. 2002 y. 41 – bet.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling