Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja


– masala. “Xammurapi qonunlari” –Bobil mafkurasining xuquqiy manbai


Download 0.77 Mb.
bet3/16
Sana17.03.2020
Hajmi0.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

4 – masala. “Xammurapi qonunlari” –Bobil mafkurasining xuquqiy manbai.

Er.av. Sh asrdayoq Ikki daryo oralig’ida joylashgan Ur, Ashshur, Mari, Lagash, Umma, Uruk, Suza va Vavilon kabi shahar-davlatlar rivoj topdi. Dastlabki bu davlat birlashmalarining har biri o’z qo’shiqlari, soqchilari, amaldoriga ega bo’lgan. Bu erda podshoni “katta odam” deb atashgan. Mesopatasiyadagi davlatlar o’rtasida o’zaro aloqalar davom etgan va tez-tez turli sabablar bilan urushlar ham bo’lib turgan. Urushda g’olib chiqqan davlat mag’lub davlatni vayron etar, aholisini esa qullarga aylantirar va og’ir o’lpon to’lashgan majbur etardi. Eramizdan avvalgi 1894 yildan 1595 yilgacha bu erda endi mustaqil dinastiya hukmronlik qiladi. Bu dinastiya aktiv tashqi siyosat yuritadi va butun Dajla bilan Frot havzasini o’z qo’l ostida birlashtirishga

intiladi. Frot daryosi sohili va uning o’rta oqimida qadimgi Vavilon shahri vujudga keldi. Er.av. XVIII asrda Vavilon podsholigi kuchayib, butun Dajla va Frot sohillarini egallab oldi, boshqa bir qator davlatlarni o’ziga bo’ysundirgan qudratli davlatga aylandi. Eramizdan avvalgi 1792-1750 yillarda Vavilonda podsho Xammurapi hukmronlik qildi. U o’z hukmronligi davrida Vavilonning ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy hayotida muhim o’rin tutgan qonunlarini yaratdi.

Xammurapi qonunlari balandligi odam bo’yidan katta bazalt tosh ustunga, qadimgi mixxat yozuvida o’yib yozilgan. 1901 yilda frantsuz arxeologlari tamonidan topilgan. Hozir Parijdagi Luvr muzeyida saqlanadi. Qonunlar to’plami 282 moddadan iborat bo’lib, 3 qismdan: kirish, qonunlar bayoni va xulosa. Tuplamning bizgacha 247 ta moddasi saklanib kolgan, 50 ga yakin moddasi esa o’chib ketgan.1.

“Men, Xammurapi, xudolar tamonidan qo’yilgan rahbarman. Frot bo’yidagi qishloqlarni itoat ettirgan podsholarning eng birinchisiman, men mamlakatimda haqiqat va adolat o’rnatdim” deb boshlanadi qonunlar to’plami Xammurapi tilidan. Xammurapi qonunlari ko’proq sud qarorlari to’plamiga o’xshab ketadi.

Kirish qismida kodeksni chiqarishdan maqsad mamlakatda haqqoniyat o’rnatishdir, deb ko’rsatilgan.

To’plamning o’rta, asosiy qismida jinoiy ishlarga oid, sud ishlarini yuritish, xususiy mulk, huquqning buzilishi (qarilik va talash), jangchilar huquqiga oid moddalar birma-bir ko’rsatib o’tilgan.

To’plamning xulosa qismida podsho xalk oldida qilgan xizmatlarini birma-bir sanab o’tib, o’zidan keyin uning qonunlarini ado etuvchi podsholarga oq fotiha bergan va bu qonunga rioya qilmaydigan yoki uni bekor qilishga jur’at etadiganlarni qaxr bilan lanatlagan.

Xammurapi katta va markazlashgan davlatda oliy hokimiyat o’z qo’lida to’plangan g’oyat katta er fondiga tayanib turib, mamlakat xo’jalik hayotini


1. E.A. Cherkasova. Xrestomatiya po istorii drevnogo mira. M. « Prosveщenie». 1991 y. 57 – bet.
rivojlanishi uchun uringan. Mamlakat aholisi ehtiyojlaridan kelib chiqqan

holda, jumladan qurilish materiallariga bo’lgan ehtiyojni qondirish va uni

rivojlantirish uchun o’rmonlarni qo’riqlash borasida bir qancha tadbirlar belgilagan. O’rmonlar alohida-alohida o’rmon uchastkalariga bo’lingan va ularga maxsus uchastka mudirlari tayinlagan.

Bobil podsholigining iqtisodiyotidagi sohalar ushbu qonunda aks ettirilgan bo’lib, chorvachilik, dehqonchilik kabi sohalarning rivojlanishida alohida e’tibor berilgan.

Ushbu qonunga ko’ra ish hayvonni ijaraga olgan shaxs uning egasi oldida to’la javobgar bo’lgan. Agar hayvonga biror zarar etsa ijaraga olgan kishi bu zararni to’lagan. Hatto podalarni boqib yurgan cho’ponga ham muayyan javobgarliklar yuklatilgan.

Serunum tuproq bo’lgan ikki daryo oralig’idagi bu davlatda dehqonchilik katta ahamiyatga ega bo’lgan. Sug’orish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Hammurapi mamlakatni g’alla to’la konga aylantirib, erlarni ishlashni osonlashtirganligi, parokanda bo’lib ketgan aholini Shumer va Akkad erlariga to’plaganligi,bu aholini don va suvga qondirganligi, uni farovonlikka va baxt-saodatga erishtirganligi bilan faxrlanadi.

Kuchayib borayotgan sinfiy kurashni bir oz yumshatish maqsadida Xammurapi qarzdorlik orqasidan asoratga tushib holuvchi kishining shaxsi va mol-mulkini qarz beruvchining xaddan ortiq siquvini oldini olishga harakat qilgan. Masalan, kodeksning 117- moddasida aytilishicha, agar qarzdor o’z qarzi badaliga xotinini, farzandini bergan bo’lsa qarz beruvchi shaxs ular mehnatidan 3 yil davomida foydalangan. 4-yili esa u ota-onasiga yoki eriga qaytarilgan. 3 yil davomida qarz beruvchi tomonidan u shaxs qiynab yoki boshqa yomon munosabatlar natijasida uldirilsa, qarz beruvchining farzandi ham qatl etilgan.

Kodeksning ayrim moddalarida jangchi-kolonistlar bo’lganligi tilga olinadi. Ular podshodan chek erlar olganlar va buning evaziga harbiy xizmat o’tashga majbur etilganlar. Agar jangchi urush davomida asrga tushib qolsa, u muayyan to’lovlar bilan qaytarib olingan. Jangchining erini boshqa kishilar tomonidan o’zlashtirish mumkin bo’lmagan. Jangchi jang davomida xalok bo’lsa uning eri jangchining farzandlariga qoldirilgan. Jangchi-kolonistga podsho tomonidan tortiq qilingan er, qoramol boqish va uni sotish mumkin bo’lmagan.

Xammurapi o’z qonunlari orqali o’z davrining hukmdori sifatida zodogonlar va mulkdorlar manfaatini himoya qildi. Quldor tuzumining yoqlar ekan, mamlakatda yagona boshqaruv g’oyasini ilgari surdi. Adolat o’rnatishga intilgan Xammurapi qullarga shaxsiy mulk sifatida qaraydi.

Xammurapi qonunlarida sharhlangan adolat odamlarning ozod kishilar va qullarga bo’linishini, shuningdek ozod kishilar ham o’zaro teng bo’lmagan turli tabaqalarga bo’linishini nazarda tutadi. Bobil xokimiyatining ijtimoiy tartibi quyidagicha ko’rsatilgan: teng huquqli erkin fuqarolar-jamiyat a’zolari: huquqiy erkin, (ya’ni qul bo’lmagan), lekin jamiyat a’zosi hisoblanmaydigan, podsholik xo’jaligida xizmatdagi teng huquqsiz odamlar, qullar”.

Uning barcha qilayotgan ishlari ezgu g’oyalardan iborat. “Men, deydi Xammurapi, yagona podshoman... Men podsholar ichida eng oliy podshoman, mening qudratimga va so’zlarimga shubha qilinmaydi. Menga qonunlarni Quyosh xudosining o’zi yuborgan... Men Xammurapi adolatli podshoman. Mening so’zlarim bebaho so’zlar, ishlarim tengi yo’q ishlardir” ,- degan so’zlar bilan kunlaydi Xammurapi o’z qonunlar to’plamini.

Hammurapi qonunlari o’z davrida etuk islohotlar davridan, kuchli markazlashgan davlat tashkil etilganidan dalolat beradi. Mamlakatni markazlashgan holda boshqarish muayyan miqdorda aholining tinch-totuv yashashiga olib kelgan va Mesopotamiyaning keyingi davlat boshliqlari davlatni boshkarishlarida g’oyaviy xizmat qilgan.

Qadimgi Sharq - insoniyat tsvilizatsiyasining beshigi bo’libgina qolmay,

insoniyat tafakkuri bilan bog’liq ilk g’oyalar ilk mafkuralar va ta’limotlar vujudga kelgan ma’naviy makon.

Sharqda yaratilgan ilk g’oyalar dunyo xalqlarining keyingi taraqqiyotiga, yaratilajak ta’limotlariga zamin bo’lib xizmat qildi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Sharq dunyo xalqlari taraqqiyoti uchun o’zining ilg’or g’oyalari, ta’limotlari va tajribasi bilan buyuk donishmand bo’lib xizmat qildi.
Mavzu yuzasidan tayanch iboralar:

Ilk tsvilizatsiya o’choqlari, dastlabki diniy qarashlar, animizm, totemtzm, fetishizm, sehrgarlik, Mozda Yasna taьlimoti, zardushtiylik, Avesto, Mesopatamiya, Xamurappi qonunlari, quldorlik tuzumi.



Mavzu yuzasidan savollar:

1.Insoniyatning ilk tsvilizatsiya o’choqlari deb qaerlar belgilangan va nima uchun?

2. Dastlabki diniy tasavvurlar haqida nima bilasiz?

3. Xamurappi qonunlarining mazmun – mohiyati va uning Mesopatamiya tarixida tutgan o’rni.

4. Xamurappi qonunlaridagi ijtimoiy- siyosiy g’oyalar haqida o’z fikr – mulohazangizni bayon eting.
Adabiyotlar ro’yxati:


  1. Falsafa qomusiy lug’at. Tosh. “Sharq” 2004 yil.

  2. F.P. Karovkin “Qadimgi dunyo tarixi” T.1989 y.

  3. Narshaxiy “Buxoro tarixi” T.Meros. 1991 y.

  4. M.Qashqariy “Devoni lug’atit turk” Sh tom T.1963 y.

  5. A.Asqarov. T.Shirinov. “Rannaya gorodskaya kulьtura epaxi branzq ego Sredney Azim. Samarkand. 1993 y.”

  6. “Istori drevnogo mira. 1j Moskva 1983 y

  7. O’zbekiston tarixi va madaniyati. T. 1992 y.

  8. M.Imomnazarov. M. Eshmuhamedova . “Milliy ma’naviyatimiz asoslari” T.2001 y.

  9. O’zbek adabiyot tarixi. T. 1977 y.

  10. Dunyo dinlari tarixi. T.2002 y.

  11. E.A. Cherkasova Xrestomatiya po istorii drevnogo mira. M. 1991 y.

  12. Xrestomatiya istorii Drevnogo vostoka M. 1980 y.

  13. F.Muhiddinova. “Siyosiy huquqiy ta’limotlar tarixi. Toshkent 2003 y.”

  14. “Moziydan sado” Toshkent 4(8) 2000 y.

  15. “Moziydan sado”. T. 2 (22) 2004 y.

  16. T.Karim. “Muqaddas “Avesto” izidan” T. Cho’lpon. 2000 y.



3-Mavzu: Qadimgi Hindiston va Xitoyda siyosiy mafkuralar
Reja:


  1. Qadimgi Hindistonda dastlabki davlatlarning tashkil topishi.

  2. Hindistonda ilk siyosiy mafkuralarning shakllanishi. “Manu qonunlari”da braxmanizm mafkurasining aks etishi.

  3. Buddaviylik ta’limoti va uning braxmanizm bilan o’zaro munosabatlari. Konfutsiylik. Daotsizm, Maosizm va Legizm taьlimotlari.

  4. Qadimgi Xitoyda g’oyaviy-siyosiy qarashlar.

  5. Konfutsiyalik Xitoyning davlat mafkurasi sifatida.


1-masala. Qadimgi Hindistonda dastlabki davlatlarning tashkil topishi.

Osiyoning Janubiy qismida juda katta mamlakat-Hindiston joylashgan. Hindiston yarim oroli uch tamonidan suvlik bilan, bir tamoni baland tog’liklar orqali materikka tutashgan. Uni cho’qqilarini hamisha oppoq qor qoplab yotadigan Ximolay tog’i boshqa mamlakatlardan ajratib turadi.

Bundan bir necha o’n yil muqaddam bu erda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Hindistonning uzoq tarixidan hikoya qiluvchi topilmalar topilishga muvaffaq bo’lindi.

Tadqiqotlardan fanga shu narsa ma’lum bo’ldiki, eramizdan avvalgi Sh ming yillikdayoq bu erda shaharsizlik, dehqonchilik, hunarmandchilik rivojlangan, o’ziga xos madaniy turmush tarzi mavjud bo’lgan.

Topilgan manbalardan aniqlanishicha, eramizdan avvalgi II ming yillik oxirida Hindistonga kuchmanchi oriylar kirib kelgan. Ular shimoli-g’arbdan sharqqa va janub sari yo’l olib, butun Hindiston bo’ylab yoyilgan. Oriy qabilalarni rojalar-oqsoqollar-taniqli kishilardan saylab qo’yiladigan yo’lboshchilar boshqargan.

Oriylar ko’chmanchi xalq bo’lganligidan mahalliy xalqqa nisbatan xo’jalik va madaniy jihatdan ancha orqada edi. Keyinchalik utroqlashuv natijasida dehqonchilik bilan shug’ullanib, mahalliy aholi bilan aralashib ketdi va ular birgalikda hind xalqini tashkil etdilar.

Hindistonda eramizdan avvalalgi I ming yillikning boshlarida temir qazib olish va unga ishlov berish orqali hunarmandchilik soxasi rivojlandi. Gang daryosi vodiysida changalzorlar dehqonchilik qilinadigan erlarga aylantirildi. Shakarqamish, sholi, paxtadan etarlicha hosil olishga erishildi.

Hind xalqining samarali mehnati tufayli Hindistonda bir tamondan qiyin, xavf-xatardan xoli bo’lmagan tabiat kuchlarini engish orqali xo’jalik taraqqiy etgan bo’lsa, ikkinchi tamondan urug’chilik jamoasi ichidan ijtimoiy tabaqalanish tabora kuchayib bordi. Oddiy mehnatkash xalq mehnatidan jamoa yo’lboshchilari – rojalar va boshqa zodagon kishilar ko’proq foyda ko’rishga harakat qilishgan.

Qo’shni jamoalar o’rtasida bo’lib turadigan o’zaro urush, janjallar oqibatida g’olib jamoa qo’shni jamoa erlari va mol-mulkini tortib olib, o’zlarini qullarga aylantirganlar. Zodagonlar asirlar mehnatidan kengrok foydalanishlari okibatida boshqalarga qaraganda tabora boyib borishgan. Asirlarni ayamasdan ishlatar ekan, ularga “begona”, “dushman” sifatida munosabatda bo’lishgan.

Qo’shni jamoa erlari hisobiga boyib borgan rojalar saylab qo’yilgan rahbarlardan asta-sekin podsholarga aylangan. Podsholik boshqaruvi avloddan-avlodga meros tariqasida o’tib borgan.

Rojalar dehqonlar va qullarni itoatda tutib turish va o’z mol-mulkining xavfsizligini ta’minlash uchun qurollangan jangchilar xizmatidan foydalanishgan. Dastlabki drujinalar vaqt o’tishi bilan doimiy qo’shinga aylangan.

Shu tariqa eramizdan avvalgi I ming yillikda Hindiston tarixida hokimiyat tepasida podsho turgan, soqchilari va amaldorlari bo’lgan dastlabki davlatlar vujudga keldi.

Eramizdan avvalgi Sh asrda esa podsho Ashoki davrida butun Hindiston yagona hukmdor qo’l ostiga birlashtirildi.

Qadimgi Hindistonda urug’ jamoalari birlashib, mayda davlatlar, davlatlarning birlashuvidan yagona Hindiston davlati tashkil topdi. Hind xalqini yagona davlatga birlashtirish yo’lida o’sha davrga xos bo’lgan g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar, ta’limotlarning o’rni muayyan ahamiyatga ega bo’lgan.




  1. masala. Hindistonda ilk siyosiy mafkuralarning shakllanishi. “Manu qonunlari ”da braxmanizm mafkurasining aks etishi.

Topilgan manbalardan ma’lum bo’lishicha, oriylar Hindiston erlariga o’zlari bilgan birga xalq og’zaki ijodi na’munasi sifatida Vedalarni olib kelgan.

Veda”- sanskritcha so’z bo’lib, ma’nosi “bilim” ta’limot demakdir. Vedalar diniy falsafiy ruhdagi adabiyotlar. Ba’zi taxminlarga ko’ra, deyarli to’qqiz yil (mil.av. 1500-600y) davomida Hindiston yarim orolida yashab kelgan qadimgi xalq va elatlar tamonidan yaratilgan. Vedalar mazmuni asosan diniy xarakterga ega bo’lsa-da, ularda o’sha tarixiy davrda yashagan qadimgi xalqlarning ma’naviy hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, turmush tarzi to’g’risida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Ularda aholining diniy tasavvurlari, jumladan, politeistik (ko’p xudolik) qarashlari o’z ifodasini topgan.

Insoniyat tarixini o’rganish jarayonida shu narsa ma’lumki, inson tafakkuri bilan bog’liq dastlabki dunyokarash diniy-mifologik tarzda bo’lib, tabiat sirlari va hodisalar sababi ko’zga ko’rinmas ilohlarga bog’langan. Insonlar o’rtasidagi vujudga kelgan ijtimoiy tabaqalanishda odamlarni itoat ettirishning mafkuraviy jarayonlari ham muqaddas ruhlar va ilohlar bilan bog’lanib talqin etilgan.

Hindiston ta’limotlar tarixi qadimda keng tarqalgan dastlabki diniy-falsafiy ta’limot braxmanizm bilan boshlanadi. Braxmanizm ildizlari mil.av. II asr yodgorliklari bo’lmish Vedalardan boshlab uchraydi. Vedaizm g’oyalari asosida braxmanizm mafkurasi vujudga keldi. Braxmanizmning g’oyalari qadimgi Veda adabiyotlarida uchraydi. Ularni hindlar Samxitlar, Braxmanlar, Aranyaklar va Upanishadlar deb nomlab, to’rt guruhga bo’lishgan.

Tor ma’noda ularning eng qadimiysi bo’lgan Samxitlar, keng ma’noda esa to’rt guruhga mansub adabiyotlarning barchasi Vedalar deb yuritilgan.1

Vedalar g’oyalaridan oziqlanib, shakllangan Braxmanizm ta’limoti mil.av. I ming yillikning 1-yarimida vujudga kelgan. Bu ta’limot oliy xudo Braxma (Braxman) nomi bilan atalgan. Hindistonning qadimgi eposlari “Mahabxorata” va “Ramayana”larda, muqaddas kitoblar sanalmish Upanishadlar va Araniyaklarda braxmanizm xakida maьlumotlar keltiriladi. Bu taьlimotda Braxman shaxssiz, nojismiy, sifatsiz mohiyat bulib, hamma narsaning asosida yotadi, deb ta’kidlashgan.

Braxmanizm diniy-falsafiy ta’limot sifatida ko’p xudolik g’oyasiga asoslanadi. Braxmanizmda qadimgi vedaviylik xudolari-Indra, Agni, Varuna, Surьya o’z ahamiyatini yo’qotib, ularning o’rniga Braxma, Shiva, Vishnu xudolari ishtirok etadi. Qadimgi hind ta’limotiga ko’ra, oliy xudo Braxma butun mavjudot, borliqning yaratuvchisi sifatida talqin etiladi. Unda insoniyatning dastlabki ajdodi Manu deb ko’rsatiladi. Manu nomi bilan bog’liq “Manu qonunlari” deb nomlangan qonunlar to’plami vedaizm va braxmanizm g’oyalari asosida yaratilgan bo’lib, taxminan milloddan avvalgi II asrlarga tegishli siyosiy-huquqiy yodgorlikdir. U ham diniy ham dunyoviy masalalarni qamrab olgan xolda hind jamiyatidagi ijtimoiy – siyosiy, mafkuraviy g’oyalarni o’zida aks ettirgan.

“Manu qonunlari”ga ko’ra jamiyat a’zolari ma’lum toifalarga bo’lingan. Toifalar-kastalarning jamiyatdagi o’rni, mavqei, huquq va burchlari qonunda belgilab qo’yilgan. Vedalar va Braxmanizm ta’limotida toifalarni xudo Braxma yaratganligi va toifalarning o’zaro munosabatlariga doir g’oyalar ilgari suriladi. Braxmanizm ta’limoti asosida yozilgan qonunlar dastlab dxarma deyilsa, keyinchalik qonunning o’zi dxarma deb yuritilgan. Har bir kasta ya’ni varnaning o’z dxarmasi (urf-odati, turmush tarzi, qonunlari) bo’lgan.

Shuningdek, “Manu qonunlarida” braxmanlarning mavqei, ularning dxarma o’rnatishga, qonunlarni sharxlashga mutloq xuquqlarini asoslashga keng o’rin berilgan. Braxmanizm mafkurasi hind jamiyati asosan to’rt kastalarga bo’linishi to’g’risidagi g’oyaga asoslanadi. Insonlar o’rtasida ilohiy bilim bilan shug’ullanuvchi, xudo Braxma tamonidan joriy qilingan qoidalarni tuzib chiqish, sharqlash, odamlar o’rtasida ularning targ’iboti bilan shug’ullanuvchi kishilar-bu braxmanlar kastasi edi.

Braxmanizm aqidasi talqinicha, Braxma kohin-braxmanlarni o’z og’zidan yaratgan

emish, faqat braxmangina xudo nomidan gapirishga haqli. Go’yoki Braxma odamlarga ilohiy qoidalarni etkazish, ilohiy bilim berish, diniy

marosimlarni amalga oshirish vazifasiga mas’ul shaxslar. Aqliy mehnat faqat braxmanlargagina xos, degan g’oya ilgari suriladi.

1. Falsafa komusiy lugat, T. « Shark », 2004 y. 216 – bet.

Braxmanlar Kshatriylar


Qadimgi Hindistondagi

aholi qatlami

Vayshiylar Shudralar




Braxmanlar o’zlarining bunday g’oyalari bilan boshqa kasta vakillaridan ko’ra yuqori mavqeini egallashga intilganlar. Braxmanlar xudoga yaqin insonlar sifatida butun xalqni o’zlariga itoatda saqlashga, ularga mafkuraviy ta’sir o’tkazishga urinishgan. Aslida braxmanlik veda qo’shiqlarini xalqqa etkazuvchi, o’z hayotlarini ibodat qilish va ilohiyat ilmini o’rganish, ruhoniy hayotini boshqarishga o’zini bag’ishlagan kishilar edi.

Braxmanlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan qoidalar “”Manu qonunlari”da ham o’z aksini topgan. Unga ko’ra, hatto podshoh ham o’zining yuksak va ilohiy maqomiga qaramay, braxmanlarni hurmat qilishi, ularning maslahatiga yurishi, ulardan Veda ta’limoti g’oyalarini va davlatni boshqaruv san’atini o’rganishi shart bo’lgan. Bundan ko’rinib turibdiki, o’sha davrda Hindiston jamiyatida braxmanlar kastasining mavqei balib, bo’lgan, ular faqat ilohiyat targ’iboti bilan shug’ullanibgina qolmay, mamlakat siyosiy hayotida ham fa’ol qatnashganlar. Hokimiyat tomonidan braxmanlarga etarlicha ahamiyat berilgan va barcha shart-sharoit, huquq hamda imtiyozlar yaratilgan. Tarixiy manbalar shuni ko’rsatadiki, braxmanlar har qanday soliqlardan, jazolardan ozod etilgan.1.



Kshatriy deb nomlangan ikkinchi toifa vakillari-jangchilarni Braxma o’z qo’llarida yaratilgan emishki, bosh jangchi podshodir. Mamlakat xavfsizligini ta’minlash vazifasi bu kastaning asosiy vazifasi, deyiladi «Manu qonunlari» da.

Birinchi va ikkinchi toifa vakillarini o’z mehnati mahsuli moddiy ne’matlar bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan kasta vakillari bu-dehqon va hunarmandlar toifasi hisoblangan. Ularni xudo Braxma o’z biqinidan yaratgan, degan g’oya ilgari suriladi.

Xudo Braxma o’zining loyga botgan oyoqlaridan eng quyi toifani ya’ni shudralarni yaratgan. Shudralar xizmatkorlar, yuqoridagi kasta vakillarining doimiy xizmatidagi kishilardir. Ularning Hindiston jamiyatida o’zidan yuqoridagi kasta vakillariga nisbatan huquqlari juda ham cheklangan. Hindiston qonunlari ularning manfaatlarini deyarli himoya qilmasdi. Ular boshqa toifadagilar bilan ijtimoiy va mulkiy teng ko’rilmas edi. Shudralar doimo boshqa qabilalar va ko’chib kelganlar hisobiga ko’payib borgan. Ularga er, mol-mulkka egalik huquqi man etilgan, ular braxman, kshatriy va vayshiylarning xizmatini qilib kun ko’rishga majbur bo’lganlar. Agar o’z xizmati evaziga ozroq er yoki mol-mulk to’plashsa, shuni ham turli bahonalar bilan ko’pincha xujayinlar tortib olib qo’yish holati tez-tez takrorlanib turgan. Shudralar jinoyat qilsa, boshqa yuqoridagi toifa vakillaridan ko’ra, ayovsiz jazolangan. Uning o’limiga guyoki biror bir hayvon, masalan, mushukning o’limiga qaragandek qarashgan.

Ularning davlat boshqaruvida ishtiroki butunlay cheklab qo’yilgan edi.

Braxmanizm aqidasi talqinicha, Braxma kohin-braxmanlarni o’z og’zidan yaratgan Shuningdek, “Manu qonunlari”da hind jamiyatining eng tuban, yuqoridagi to’rt kastaning birortasiga ham kiritilmagan, toifasiz odamlar haqidagi qoidalar mavjud.

Ular hazar qilinadiganlar-chandallar deb atalar edi. Chandallar eng iflos ishlarni bajaruvchilar, masalan, axlat tozalash, o’lgan hayvonlar terisini shilib olish kabi yumushlarni amalga oshirish bilan shug’ullanuvchi odamlar edi. Chandalar bilan boshqa toifalar vakillariga har qanday munosabat ta’qiqlangan. Muloqatda bo’lish tugul hatto ularga tegib ketish ham harom, gunoh hisoblangan. Chandallarning kiyimi kafandan, ovqati siniq tovoqdan, zeb-ziynatlari toshdan temirdan bo’lish buyurilan. Ularga bir joyda mukim yashash mumkin bo’lmay, doimo ko’ch-ko’roni bilan bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurish kerak bo’lgan. Yashash uchun joylashgan erlari qishloqlardan olisda bo’lishi kerak edi. Hindiston qonunlari ularni umuman himoya qilmagan.

Barcha kasta a’zolari faqat o’zi tegishli kasta a’zosi bilan oila qurish, nikohdan o’tishi shart bo’lgani holda, chandallarning farzandi ham boshqa kasta avlodi kabi chandal bulib, ularning bolasi tug’ilgan kunidan boshlab harom, nopok hisoblangan.

Varnalar uzluksiz davom etgan, avloddan - avlodga meros tariqasida o’tib borgan. Jamiyatda insonning o’rni, mavqei uning varnasiga qarab belgilangan. (“Varna hindcha, rang”, “usul”, “mohiyat”, “kasta”, ma’nosini beradi”)1.

Braxmanlar odamlar o’rtasida Braxmanizm mafkurasi g’oyalarini keng yoyishga, “Manu qonunlari”ni mustaxkamlashga intilganlar. Odamlar ongi va qalbiga braxmanizm mafkurasini singdirish usul va vositalarini izlaganlar, turli yo’llarini qidirganlar. Ular agar kimki Braxma qoidalariga qorshi chiqsa, narigi dunyoda xudo Braxma tamonidan qattiq jazolanadi, uning ruhi bu dunyoga qayta kelayotganda hazar qilinadigan odamlarning yoki biror hayvonning, masalan, qurtning tanasida paydo bo’ladi. Braxma qoidalariga qat’iy amal qilganlarni esa xudo u dunyoda mukofotlaydi, ya’ni uning ruhi oliy toifadagi odam tanasida qayta jonlanadi, degan g’oyalarni ilgari surgan.

Hind jamiyatida mavjud kastachilik tuzumi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotiga muayyan tarzda to’sqinlik qilgan. Odamlarning ijtimoiy tabaqalanishi, tabaqalar o’rtasida mavjud o’zaro tafovutlar ba’zi tabaqa taraqqiyoti davom etgani holda, ba’zi tabaqa vakillarining hayotini og’ir kechishiga olib kelgan.

Ijtimoiy tafovutlar odamlar o’rtasidagi tengsizlikni kuchaytirgan, turli ziddiyatlarni, muommolarni keltirib chiqargan. Braxmanizm ta’limotidagi kastachilik inson insondan yuqori, inson inson ustidan ustun, xukmron g’oyasini ilgari surgan. Natijada, aholi tabaqalari o’rtasida o’zaro


1. A.Chanьshev. Filosofii drevnogo mira. M. 2001 y. 34 – bet.
munosabatlarning mustahkamlanishiga yo’l qo’ymagan. Hind jamiyatidagi mavjud qonunlar kasta a’zolari o’zidan yuqori kastaga mansub kishini hurmat

qilishi va bo’ysunishini talab etadi.

Hind quldorlik tuzumi uchta oliy tabaqa a’zolarini to’rtinchi toifa a’zolari-shudrolardan ustun qo’yadi. Ular o’rtasida shunday mustaxkam chegara o’rnatadiki, oqibatda shudralar o’zidan yuqori tabaqa vakillariga nisbatan har tamonlama kamsitiladi.

Masalan, “Manu qonunlari”da braxman shudraga maslahat ham, ovqat qoldiqlarini ham bermasligi, ularga muqaddas qonunlarni ham o’rgatmasligi kerak, degan qoidalar mavjud.

Hindistonda vujudga kelgan kastachilik sistemasining asosiy maqsadi bo’ysundirilgan tub joy aholisining ustidan istilochi oriylar hukmronligini mustahkamlash, urug’ va quldor aristokratiyasi manfaatlarini himoya qilish va braxman-kohinlar, jangchi- kshatriylar hukumronligi va ustunligini mustahkamlashga qaratilgan. Mavjud kastachilik bu erda qadimgi hind quldorlik tuzumini himoya qilishga, kambag’al qatlamlar manfaatlarini kamsitishga, odamlarni doimo toqat-itoatda saqlashga asoslangan qonunlar mavqeini oshirishga xizmat qildi.

Barcha qadimgi davlatlar tarixida bo’lgani kabi Hindiston tarixida ham «Manu” qonunlari» podsho va uning jamiyatdagi mavqeiga alohida urg’u beradi. U “odam qiyofasidagi ulug’ ilohdir” deya hind hukumdori shaxsini ilohiylashtirdi va mutloqlashtirdi. U guyoki barcha qonunlarni biladigan dono, to’g’ri so’z, haqqoniy odam va o’zining saxiyligi, adolatparvarligi, g’ayrati tufayli eng oliy baxtga muyassar bo’lgan emish. Unga jinoyatchilarni jazolash, faqat ungagina cheklanmagan hukumronlik huquqi berilgan.

“Manu qonunlari”ga ko’ra, faqat jazogina odamlarni itoatda, mutelik saqlab turish vositasi. Jazoning mavjudligi odamlar o’rtasidagi tartibni, tinchlikni saqlaydi, agar qonun bo’lmasa, kastalar buzulib ketgan, odamlar bir-birlarini yo’q qilar edi.

Braxmanizm mafkurasi braxmanlar tamonidan jamiyat a’zolari o’rtasida targ’ib-tashviq etildi, “Manu qonunlari” orqali hind jamiyatida kastachilikni mustahkamlashga intilgan. Ammo kastachilik jamiyatning taraqqiy etishiga to’sqinlik qilmoqda edi. Buni anglab etgan kishilar o’rtasida braxmanizm ta’limotiga qarshi fikrlar, qarashlar paydo bo’ldi. Inson varnasiga qarab emas, u bu dunyoda sayi-harakatlari orqali taqdirga ega bo’ladi. Faqat imtiyozli varna vakili emas, qaysi varnaga mansub bo’lishdan qat’iy nazar, shaxsiy intilishi orqali komillikka erishgan har bir kishi braxman bo’laoladi, degan qarashlar braxmanizm aqidalarini inkor etdi. Bu qarashlar asosida miloddan avvalgi 6-5 asrda Buddizm ta’limoti vujudga keldi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling