Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Download 0.77 Mb.
bet5/16
Sana17.03.2020
Hajmi0.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Daotsizm diniy-falsafiy ta’limot sifatida Xitoyda mil.av. I ming yillikning o’rtalarida konfutsiylik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’ldi. Bu ta’limot asoschisi Lao Tszidir.

“Xitoylik faylasuf Lao Izi Chu podsholigining fuqarosi bo’lib, asl ismi Li Er edi (ayrim manbalarda Li Tan).

(Lao-“qariya” tszi – “ustoz” demakdir) Lao Tszi uning laqabi. U haqda juda kam ma’lumotlar qolgan. U Chjou saroyida arxiv xodimi bo’lib xizmat qilgan. Chjou saltanati inqirozga yuz tutgandan so’ng “iste’foga” chiqadi va tarkidunyo qilib g’arbga yo’l oladi. Chegaraga etib kelganda chegara boshlig’i undan o’z vataniga nimadir qoldirib ketishni so’raydi. Li Er chegara boshlig’iga 5000 belgidan iborat qo’lyozmani topshiradi. Bu tarixda “Dao d E tszin” (“Egulik yo’li yoki Kuch va harakat haqidagi kitob”) nomi bilan mashhur kitob edi. Bu kitobda Dao ta’limotining mohiyati haqida so’z boradi1.

Li Er asos solgan bu ta’limot keyinchalik fanga daotsizm nomi bilan kirdi. Dao-yo’l Dao – bu tabil qonuniyat. Jamiyatning barcha ba’zalari tabiiy qonun qonunlarga bo’ysunishi kerak degan g’oyani ilgari suradi Lao tszi o’z asarida Dao deganda faylasuf taiatdagi mavjud o’zgarmas qonunni tushunadi.

Tabiat qonunlari insonga bo’ysunmasligini, aksincha inson tabiatga bo’ysunib, yashash qoidasini ustun qo’yadi. U agar kimki dao qonunlarini buzsa, tabiat undan o’ch oladi, deydi. “Dao zamin va osmonning ildizidir. Dao hamma narsaning onasi, olamning asosidir” deya ta’kidlaydi donishmand.

“Tsi” Lao tszi nazarida borlikning manbaii er, suv, olov, yog’och va metal. Dunyodagi barcha jismlar ana shu beshta unsurning turlicha birikishidan iborat. Dao osmon, tabiat va jamiyat qonunlarini belgilaydi. U yuksak ezgulik va tabiiy adolat timsoli. Uning uchun ham hamma teng va barobardir. Lao Tszi ta’rificha, “Daoning na siyrati, na ovozi, na shakli bor. Unga qaraysan, ammo ko’rmaysan. Quloq tutasan-u, eshitmaysan. Quvlaysan-u, tutaolmaysan”2.

Lao Tszi yashab turgan jamiyat, muhitga nisbatan tanqidiy ko’z bilan qaraydi. Xalqning og’ir ahvolini, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni ko’rib, bu odamzodning ulug’ Daodan chekinishi deb tushunadi. Insonlar orqali jamiyatdagi barcha narsa-hodisa ya’ni madaniyat, boshqaruv, qonunchilik daoga zid, xato yo’l, deb hisoblaydi. U o’z qarashlarida insonni tabiat qonunlarini o’zgartirishga bo’lgan barcha harakatlarini qoralarkan, shuningdek, uning hayotdagi ijtimoiy fa’olligini ham istamaydi. Ayniqsa, hukumdorlar va boylarning xalqqa qarshi fa’oliyatini tanqid qiladi. Daoga amal qilgan


1,2. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf. T. “Yangi asr avlodi”. 2007 y. 20 – bet.

donishmand hukumdor davlatni odamlar yaratgan, ya’ni pozitiv qonunlar, urf-odatlar bilan boshqarmasligi lozim, aksincha u tabiiylikka suyanmog’i kerak, degan g’oyalarni ilgari suradi u. Tabiiy qonunlarga asoslanib davlatni boshqargan hukmdorni Lao Tszi buyuk donishmandlar qatoriga qo’yadi. “Buyuk donishmandlar hukmronlik qilgan yurtda fuqarolar ularning borligini



sezmaydi. Qaerdaki buyuk bo’lmagan donishmandlar hokim bo’lsa, omma

ularga qattiq bog’langan bo’ladi va ularni sharaflaydi. Qaerda pastroq donishmandlar hukumronlik qilsa, xalq ulardan qo’rqadi. Yanada zaifroq

donishmandlar hukmdor bulgan joyda esa xalq ulardan hazar qiladi”1.

Bunday fa’oliyatsizlik ijtimoiy passivlikni keltirib chiqaradi. Dao ta’limotidagi ijtimoiy passivlik g’oyasi insonni taraqqiyot sari emas, o’tmishga, o’tmishdagi tarqoq qishloq va shaharlardagi patriarxal tuzumga qaytishga, mehnat vositalari va barcha madaniy-maishiy yangiliklar, o’zgarishlardan voz kechishga chaqiradi.

Lao Tszi har qanday bilimni o’rganishni qoralaydi. U insoniyatni borliq, jamiyatni o’rganish va o’zgartirishga bo’lgan barcha hatti-harakatlarini inkor etadi. U aytadiki, agar men hech narsa bilan shug’ullanmasam, bu xalq uchun yaxshidir. Qachonki men xotirjam ekanman, demak men biror-bir yangi narsaga harakat qilmas ekanman, xalq boyiydi.

Lao Tszi ta’limotida podsho hokimiyatini to’rt ulug’likdan biri deb hisoblaydi. Ammo u o’z davridagi hokimiyatni tanqid kiladi. Xalkning chor - nochor yashashiga mavjud tuzum aybdor, soliqlar xalqning tinka - madorini quritayapti, deya o’z munosabatini bildiradi. O’zi ham ana shu narozilik kayfiyatida davlat xizmatidan ketadi. Ammo hokimiyatdagi tartibsizliklardan narozi Lao Tszi odamlarni mavjud tuzumga nisbatan sabr-toqatli va qanoatli bo’lishga ham undaydi. U er yuzida adolatni tiklash qudrati faqat daoga xos deb biladi: “Osmon daosi boylardan ortiqchasini tartib oladi va muhtojlarga beradi. Odam daosi esa aksincha kambag’allardan tartib oladi va boylarga beradi”2.

Lao Tszi ta’limoti Hitoyda konfutsiylik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’lganligini yuqorida aytib o’tgan edik. Olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, Lao Tszi Konfutsiyning zamondoshi bo’lgan va u bilan uchrashganligi to’g’risida ma’lumotlar saqlanib qolgan (qadimgi xitoy yodgorliklarida). Ammo “dao” haqidagi g’oyalar Xitoyda konfutsiylik va

daotsizm shakllanmasligidan oldin ham mavjud bo’lganligini aytib o’tish joiz.

Konfutsiy o’z ta’limotida daoga murojaat etib, uni jamiyatda muayyan tartblarni yaratuvchi samoviy qonunlar majmuasi deb izohlasa, Lao Tszi – daoni tabiiy qonunlar yaratuvchisi sifatida talqin etadi. Ammo Konfutsiy jamiyat taraqqiyotini olg’a suradigan ilm olish, ijtimoiy fa’olik, ijtimoiy mas’ullik g’oyalariga asosiy e’tiborni qaratsa, Lao Tszi odamlarni xotirjam, osoyishta yashashga, dunyodagi barcha narsalar hatto, odamlar hatti-harakati ham


1..Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf. T. “Yangi asr avlodi”. 2007 y. 23 – bet.

2.F. Muxiddinova. Siyosiy va huquqiy taьlimotlar tarixi. T. 2003 y. 35 - 36 - betlar.

ulug’ daoga bog’liq, deyish bilan ijtimoiy fa’ollikni samarasiz harakat sifatida talqin etadi. Bu esa Xitoy jamiyatida odamlarning ertangi kun uchun fa’ol kurashini so’ndirishga qaratilgan g’oya, desak to’g’ri bo’lar. Balki shuning uchun ham Konfutsiylik ta’limoti XI asrdan daotsizmni Xitoy jamiyatidan siqib chiqarishiga sabab bo’lgandir.

Daotsizm ta’limoti milod.av. II asrda Xitoyda daotsizm dinining asosiy

g’oyasi bo’lib xizmat qildi. Ayniqsa undagi podshoni to’rt ulug’likdan biri

sifatidagi g’oya daotsizmni V asrda Xitoy davlati diniga aylanishiga sabab bo’ladi, chunki bu g’oya Xitoy imperatorlari manfaatlariga mos kelar edi. Bir necha asrlar davomida daotsizm diniy ta’limot sifatida hukmdorlar manfaatga xizmat qilib keldi.

Daotsizm birinchi ming yillikda buddizm va konfutsiylik bilan rahbatlashib borib, VI asrda konfutsiylikdan keyinga o’ringa tushib qoldi. VIII asrdan esa daotsizm aniq asoslarga ega emasligi va yuksak g’oyalari turli xurofotlar bilan almashganligi oqibatida inqirozga yuz tuta boshladi.

XX asr boshlariga kelib, daotsizm Xitoyda sektalar sifatidagina mavjud bo’lib, daotsizm tarafdorlari juda ozchilikdan iborat edi. Ular manaxlar, targ’ibotchilar va bashoratchilar guruhini tashkil etgan. Ammo bugungi kunda Daotsizm Xitoy jamiyatida o’z mavqeini butunlay yo’qotgan, deb aytaolmaymiz. Bugun Xitoyda daoga itoat qiluvchilar uyushmasi mavjud. Ularning aьzollari Tayvan, Gankong va chet eldagi emigrantlar orasida xam uchraydi. Ta’limot ustidagi ilmiy tadqiqotlar esa hamon davom etmoqda.

Xitoy ta’limotlar tarixining Daotsizm va Konfutsiylik davridan keyin paydo bo’lgan ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy ta’limoti bu - Maoizmdir.



Maoizm ta’limoti asoschisi mil. Av. 479-400 yillarda yashab o’tgan Xitoy faylasufi Mao-tszidir. U Xitoyda mayda mulkdor oilasida tug’ilgan. G’ildiraklar va qurollar uchun so’loq yasovchi mohir usta bo’lgan. U konfutsiylik ta’limotini chuqur o’ragandi. Va o’zi ham o’ziga xos g’oyalarga ega ta’limot yaratdi. Uning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari keyinchalik shogirdlari tomonidan yaratilgan “Maotszi” kitobida jamlangan.

Mao-tszi ta’limotidagi ijtimoiy-siyosiy g’oyalar jamiyat taraqqiyotidagi turli muommolarga qaratilgan. Uning nazarida davlat bu insonlarning o’zaro kelishuvidir.

Oliy hokimiyat xalqqa tegishli. Jamiyatda barchaning birday manfaatini ifodalovchi ijtimoiy adolat hukm surmog’i kerak. “Osmon farzandi” ya’ni podshoh “Osmon osti”dagi oddiy odamlarga g’amxo’r va mehribon bo’lishi lozim. Davlatni boshqarishda hukmdor donishmandlarni davlat ishlariga ko’proq jalb etib, martabalarini oshirmoq, ularning badavlat va e’tiborli bo’lishlarini, amaldorlar ustidan nazorat o’rnatishlarini ta’minlamog’i joizdir. Maotszi hukumdorni dono, donishmand inson bo’lishini istaydi. Agar hukmdor dono bo’lsa, mamlakatni aql bilan, zukkolik bilan boshqaradi. Natijada xalq ortiqcha qiyinchiliklar, sitamlar ko’rmaydi. Shuningdek, davlat hukumdori doimo adolatni ustun qo’ymog’i lozim va o’z atrofiga ham o’zidek aqlli, dono insonlarni to’plab ish olib bormog’i kerak. “Hukmdorlar haqiqatni tik aytadigan mulozimlarga ega bo’lmog’i zarur”. Mao Tszi fikricha, mamlakatning butun boyligi qimmati jihatidan donishmandlar va davlat ishiga jalb etilgan zakovat sohiblariga tenglashaolmaydi. U mamlakatda adolat hukum surishini istaydi: “Samo adolatni sevadi. Adolatsizlikdan esa nafratlanadi”.1

Mao-tszi jamiyatda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarga to’xtalib o’tib, inson faqat o’z yaqinlarini emas balki begonalarni ham sevaolshi kerak, deya “umummuhabbat” g’oyasini, insonparvarlik mafkurasini ilgari suradi. U odamzodga faqat talofat-u, qirg’inlar keltiruvchi har qanday hatti-harakatlar va urushlarga qarshi chiqadi. Odamlar o’rtasidagi nizomlarni tinch, osoyishta, o’zaro kelishuv va muzokaralar asosida hal etish tarafdori. Urushlar, mamlakatni adolatsizlarcha boshqarish xalq ahvolining og’irlashuviga, uning kambag’allashuviga olib keladi, degan fikrlarni olg’a suradi: “Kambag’allik-mamlakatdagi tartibsizliklar ildizi1.

Shuningdek, maotszi Maotszichilar o’zlaridan avval yaratilgan ta’limotlarga terak ko’z bilan qarab, konfutsiychilik ta’limotiga nisbatan tanqidiy munosabat bildirishdi: ularning fikricha, Konfutsiylik dunyoning qoidasi bo’laolmaydi, ular garchi o’z g’oyalari ustida ko’p mushohada yuritishsa-da, ammo oddiy xalqqa biron-bir amaliy yordam beraolmaydi.

Xitoy ta’limotlar tarixiga, siyosiy-mafkuraviy qarashlar rivojiga nazar solsak, jamiyat taraqqiyoti, muommolari va u bilan bog’liq turli voqea-hodisalarga nisbatan turlicha qarashlar, g’oyalar xilma-xilligiga duch kelamiz. Har bir ijtimoiy-siyosiy ta’limot o’z davriga xos muommo, masalalarni hal etishga intiladi hamda uning javobini hayotning o’zidan izlaydi.

Mao Tszi ta’limoti Xitoy tarixidagi muhim ta’limtlar sifatida tan olingan. Garchi Mao Tszining jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq ijtimoiy-siyosiy g’oyalari o’z davrida to’liq amalga oshmagan bo’lsa ham, uning ezgu qarashlari shogirdlari tamonidan qo’llab-quvvatlanib, odamlar o’rtasida targ’ib-tashviq etilib, uzoq yillar davomida odob-axloqning yuksak na’munasi sifatida o’rganib kelindi.

Legizm. Qadimgi Xitoyda ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar qatoridan yana bir ta’limot joy olgan. Bu ta’limot turli davrlarda yashab ijod qilgan Shan Yan (mil.aav.390-338) va Xan Fey (mil.av.288-233 y.) nomlari bilan bog’liq. Bu ta’limotchilarning har birining o’z hayot yo’llari va o’z qarashlari mavjud.

Xitoy faylasufi Shan Yan kambag’allashgan aslzoda oiladan bo’lib, uning asl ismi Gunsunь Yan. U Vey saltanati hukmdori Ven - Xouning saroyida

maslahatchi va islohatchi sifatida xizmat qilgan. U Xitoydagi Legizm maktabining vakillaridan biri edi. Bu g’oya tarafdorlari ta’limoti shu maktab nomi bilan keyinchalik legizm deb atalgan. (“Legizm” – lotincha “qonun” demakdir) Shan Yan qarashlari uning “Shan tszyunь shu” (Shan viloyati xukmdori kitobi” asarida o’z ifodasini topgan. U o’z qarashlarida jamiyatni qanday boshqarish masalasini hal etishga intiladi. Shan Yan mamlakatda qonun ustuvorligi tarafdori. “Bir lahza ham


1. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf. T. “Yangi asr avlodi”. 2007 y. 58 – bet.
qonunni yoddan chiqarmaslik darkor,- deydi Shan Yan. – Tarafkashlarni kuchsizlantirish, gapga chechanlarni qo’lga olish va har qanday mulohazakorlikka chek qo’yib, mamlakatni faqat va faqat qonunga tayanib boshqarish joizdir”2. U qonunga bo’ysunmaganlarni ayavsiz jazolash kerak,

shundagina mamlakatda tartib-intizom hukum suradi, mutloqo dono hukmdor donishmandlikka emas, qonunga tayanib ish ko’rishi kerak, deb hisoblaydi. Agar jamiyatda qonun ustun bulsa, xalq orasidgi donishmand odamlar hukumdorlarga qarshi hiyla-nayrang ishlataolmaydilar, fuqarolar orasidagi jasur va kuchli odamlar hukumdorni o’ldirishga harakat qilmaydilar, fuqorolar garchi son jihatidan ko’pchilikni tashkil etsalar-da o’z hukmdorini taxtdan ag’darishga qo’rqadilar... va nihoyat keskin chora-ko’rilsa ham narozilik bildiraolmaydilar,- deydi Shan Yan.

U mamlakatda o’rnatilajak tuzumni faqat qonun va qattiq jazo orqali saqlab turish mumkin deb hisoblaydi. Dunyodagi barcha ezgulikning ibtidosi jazo degan g’oyani ilgari suradi. U Mao Tsziga o’xshab odamlar o’rtasidagi nizolarni kelishuv yo’li bilan hal etish tarafdori emas, har qanday tartibsizliklarni faqat keskin jazo qo’llash, shafqatsizlarcha hal etadi. Va shu yo’l bilan jamiyatda tinchlik, osoyishtalik o’rnatish tarafdori. “Agar urush yordamida urush olovini o’chirish mumkin bo’lsa, unga yo’l ochib bermoq lozim. Shuningdek, uning nazarida dunyoda insonparvarlik g’oyasi orqali odamlar o’rtasida ezgu g’oyalarni tarqatish mushkul “olamni boshqarish uchun faqat odamsevarlik va adolatning o’zigina kifoya qilmaydi.”1

Legizm ta’limotining yana bir yirik nazariyotchisi Xan Feydir. Uning g’oyalari o’zi yaratgan uch kitob “Xan-Fey-Tszi”, “Yolg’iz odamning nolishi” va “Besh tekinxo’r” asarlarida mujassamlashgan.

Xan Fey o’z ta’limotida Shan Yan kabi mamlakatni boshqarish g’oyasini ilgari suradi. U davlatni boshqarishning “ikki tayanchi” sifatida jazo va qonunni nazarda tutadi. Jazo va qonun hukmron ekan mamlakatda tartib-intizom, tinchlik barqaror. Ammo qonunlar davr talablaridan kelib chiqib o’zgartirilib turilishi lozim. O’tgan hukmdorlarning har qanday qonuni o’z davri uchun muhim bo’lgan. Vaqt va qonun bunday kechmaydi rivojlanmaydi. Eski qonunlar bizgacha etib kelgan bo’lsa-da, ulardan nusxa ko’chirish mumkin emas, o’tgan hukmdorlarning qonunlaridan lozim topilganlarigina namuna uchun olish kerak.

Xan Fey o’zining “Besh tekinxo’r” asarida davlat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tekinxo’rlarni besh toifaga bo’ladi:

1) Avvalgi hukmdorlarning insonparvarligi va burchga sodiqligini ro’kach qilib, balandparvoz gaplar bilan ma’ruzalar bilan mavjud tuzum, qonunlarni tanqid qiluvchi va shu yo’l bilan hukmdor qalbida shubha, ikkilanish tuyg’usini uyg’otuvchi olimlar.

2) Turli bo’lmag’ur gap-so’zlar orqali, tashqi kuchlarga tayanib, o’z manfaati yo’lida istalgan saltanatning timsoli bo’lgan er mehrobi va don-dun uchun foydali barcha yumushlardan bo’yin tovlovchi vaysaqilar.




1. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf. T. “Yangi asr avlodi”. 2007 y. 93 – bet.

3) Beliga qilich taquvchi, olomon bo’lib to’planib, nom chiqarish va oliy mansabdorlarning taqiqlarini buzish uchun o’z sifatlarini ko’z-ko’z qiluvchilar

4) Bor mol-mulkini mansabdorlarga pora uchun berib, yalinish yo’li bilan og’ir

mehnatdan va harbiy xizmatdan o’zini olib qoluvchi, majburiyatdan qo’rqib, uyga biqinib oluvchilar.

5) Qo’pol va beo’xshov, qalbaki narsalarga ruju qo’ygan, o’z uyida behisob zaxiralarni yig’ib olib, dehqonlarning foydasini o’ziniki qilib olishga payt poylagan, qish faslida yoki qahatchilikda mahsulotlarni olib-sotish bilan mashg’ul bo’lgan savdogarlar va hunarmandlar

Xan Fey o’zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida davlat boshlig’i bo’limsh hukmdor shaxsiga alohida e’tibor qaratadi. U mamlakat taraqqiyoti hukmdorning donishmandligi, aqlu zakovatiga bog’liq, degan g’oyani ilgari suradi. Shuningdek, Xan Fey hukmdorga qarata o’zining zarur maslahat, yo’l-yo’riqlarini ko’rsatadi. “Hukmdor hokimiyatni hech qachon, hech kim bilan bo’lishmasligi lozim. Agar u amaldorlarga zarracha hokimiyat bersa, ular o’sha zahoti bir zarra hokimiyat yuz zarra hokimiyatga aylantiradilar... Dono hukmdor o’zining donoligini pinhon tutishi kerak. U shunday yo’l tutishi kerakki, toki amaldorlarning o’zlari hokimiyatdan yuz o’giradilar”1.

Legizm maktabi vakillari Shan Yan va Xan Fey siyosiy-mafkuraviy qarashlarida bir qator o’xshashlik mavjud. Ularning har ikkalasi ham davlatni boshqarishda qonunga suyanuvchi kuchli hokimiyat tarafdori. Jamiyatdagi turli tartibsizlikning oldini olish vositasi sifatida keskin va shafqatsiz jazoni qo’yadi. Ularning fikricha, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar davlat aralashuvi orqali amalga oshadi. Qonun kimligidan qat’iy nazar barcha uchun birdek amal qilish kerak. Shuningdek, davlat hokimiyati avloddan-avlodga meros tariqasida o’tmasdan, hokimiyatni tegishli bilim, ijobiy fazilatga ega, aqlli va zukko hukmdor boshqarishi zurur. Davlat jamiyatni tartibga soluvchi ijtimoiy mexanizm sifatida barcha ijtimoiy munosabatlarga va fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashishga haqlidir.2

Legizm tarafdorlari Shan Yan va Xan Fey o’z g’oyalari orqalari Xitoy jamiyatida barqaror, ezgu g’oyalarga asoslangan, qattiq tartiblar asosida boshqaruv o’rnatishga intiladilar. Ularning fikr va qarashlari Xitoy tarixida o’z vaqtida muhim rolь o’ynagan. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy mafkurasining asosiy g’oyalarini tashkil etgan. Legizm mafkurasi keyingi avlodlar tamonidan o’rganildi va yangi g’oyalar, nazariyalarga asos qilib olindi,

yangi g’oyalar shakllanishi va kamol topishida ijobiy turtki bo’lib xizmat qiladi.


1. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf. T. “Yangi asr avlodi”. 2007 y. 139 – 140 – betlar.

2. Istorii filosofii. ( uchebnik dlya Rostov na Donu. izd. “ Feniks “ 2000 y. 32 – bet.

Mavzu yuzasidan tayanch iboralar:

Qadimgi Hindiston, braxmanizm, kastalar, braxmanlar, kshatriylar, vayshiylar, shudralar, chandallar, buddizm, qadimgi Xitoy, mafkuraviy jarayonlar, Konfutsiy taьlimoti, legizm, moizm.


Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Qadimgi Hindiston siyosiy – mafkuraviy qarashlari nimalardan iborat?

  2. Buddizm va braxmanizm taьlimotda ijtmoiy – siyosiy g’oyalar?

  3. Qadimgi Xitoy mafkurasi va unda siyosiy g’oyalar talqiniga nimalarni misol keltirishingiz mumkin?

  4. Legizm va Moizm taьlimoti, ularning o’zaro farqi nimalardan iborat?


Adabiyotlar ro’yxati:
1. Istorii Filosofii. Rostov na Donu. Izd. « Feniks «» 2000 y.

2. F. Muhiddinova. Siyosiy va xuquqiy taьlimotlar tarixi. T. 2003 y

3. U. A. Cherkasova. Xrestomatiya po istorii drevnogo mira. T. 1991 y

4. A.Chanьshev. Filosofii drevnogo mira. M. 2001 y.

5. Falsafa qomusiy lugat. T. Shark. 2004y

6. M. K. Boboeva. R.S. Kurbangalieva. Qadimgi dunyo tarixidan izoxli lug’at. T. 1992y.

7. F. P. Karovkin. “ Qadimgi dunyo tarixi “ T. “ O’qituvchi “ 1989 y.

8. A. Xo’jaev “ Buyuk ipak yo’li “ T. “ O’zbekiston milliy entsiklopediyasi “ 2007 y

9. ” Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf “. T. 2007 y

10 . U. T. Jo’raev. Y. S. Saidjanov. “ Dunyo dinlari tarixi “ T. 2002 y.


4 -- mavzu: Qadimgi Gretsiyada siyosiy mafkuralar.
Reja:


  1. Yunon-polis mafkuralarining asosiy yo’nalishlari. Quldorlik demokratiyasining mafkurachilari.

  2. Platon va Aristotel ijtimoiy-siyosiy qarashlari.

  3. Suqrot olg’a surgan g’oyalar.

  4. Yunon siyosiy ta’limotlarining qadimgi Rim mafkuralari rivojida tutgan o’rni.


1- masala. Yunon-polis mafkuralarining asosiy yo’nalishlari. Quldorlik demokratiyasining mafkurachilari.
Qadimgi Gretsiya deganda hozirgi Gretsiya, shuningdek Kichik Osiyo, O’rta Er dengizi va qora dengiz sohillaridagi qadimgi yunon shahar - davlatlari, Osiyo, Afrika va Rim imperiyasidagi ellin davlatlarini kiritish mumkin. Dastlabki davlatchilik hozirgi Gretsiya hududida mil.av. I ming yillikda shahar-davlat-polislar sifatida vujudga kelgan. Qadimgi Gretsiyada ilk polislar xakida oz bo’lsa-da ma’lumotlar saqlanib qolgan. Attika, Afina, Sparta, Fiva, Abder, Megara, Sirakuz haqida zarur ma’lumotlarga egamiz.

Ibtidoiy jamoa tuzimining emirilishi natijasida aholining ijtimoiy tabaqalanishi grek jamiyatida turli tabaqalar o’rtasida munosabatlarning keskinlashuviga olib keldi.

Bu kurashlar oqibatida vujudga kelgan grek polislarida o’ziga xos davlat boshqaruvi shakllandi. Polislarda ijtimoiy-siyosiy ta’limotlarning shakllanish jarayoni ro’y berdi. Bir qarashda grek dostonlari, mif, xalq og’zaki ijodida ilgari surilayotgan g’oyalar ilohiy mifologik ruhda ko’rinsada, unda grek jamiyati, turmush tarzi bilan bog’liq ijtimoiy-siyosiy qarashlar, mafkuralarni ham ilg’ash qiyin emas.

Qadimgi Yunoniston davlatchiligining barpo bo’lishi bilan bog’liq g’oyalar grek mutafakkirlari Gomer, Gesiod va “etti donishmand”lar ijodida o’z ifodasini topgan. Pifogar va uning izdoshlari, Graklid mafkuraviy qarashlarida grek davlatining dastlabki taraqqiyotiga doir ijtimoiy-siyosiy va falsafiy g’oyalar keng o’rin egallagan.

Qadimgi Gretsiyaning ilk tarixidan hikoya qiluvchi “Iliada” va “Odessiya” dostonlari rivoyatlarga qaraganda mil. av. VIII asrda ko’r shoir Gomer tamonidan yaratilgan. Dostonlarda Gretsiyaning Troyaga qilgan xarbiy yurishlari tasvirlanibgina qolmay, greklarning urf-odatlari, g’oyaviy-mafkuraviy qarashlari ham o’z ifodasini topgan. Dostonlarda xudo Zevs umumiy adolatning himoyachisi, zo’ravonlik va adolatsizliklarni amalga oshiruvchilarni shafqatsiz jazolovchi sifatida tasvirlanadi. U erda troyaliklarning greklar hujumiga qarash mardonavor kurashlarini tasvirlash orqali ozodlik, tinchlik, vatanparvarlik g’oyalari chiroyli obrazlarda ilgari suriladi.

Qadimgi Gretsiya ta’limotlari tarixiga oid yana bir badiiy asar Gesiodning “Teogoniya” va “Mehnatlar va kunlar” dostonlaridir. “Teogoniya” dostonida Zevs mukammallik timsoli, Femida mangu tabiiy tartib timsoli sifatida tasvirlanadi. Ularning farzandlari Dine (adolat) va Evnomiya (qonuniylik) tda odamlar o’rtasidagi tabiiy-ilohiy adolatni himoya qiluvchi sifatida tasvirlanadi.

Gomer va Gesiod ijodidagi ijtimoiy-axloqiy qarashlar “Etti donishmand”lar ijodida yanada yorqin tarzda o’z ifodasini topdi. Eramiz av. VII-VI asrlarda qadimgi Yunoniston ijtimoiy-siyosiy mafkurasida munosib o’rinni egallagan Fales, Pittak, Periandr, Biant, Salon, Kleobul va Xilon g’oyalari o’z davrida muhim ahamiyatga ega bo’lgan.

“Etti donishmand” ichida eng fa’ol ta’limotchi sifatida ko’proq Fales (mil. av. 625-547 yil) tilga olinadi. U haqda ko’p ma’lumotlar qolmagan. Saqlanib qolgan ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, Fales o’z davrining o’tkir bilimdon kishisi bo’lgan. U savdogar, siyosiy arbob, munajjim, riyozatchi, geograf, fiziolog, faylasuf va taniqli gidroinjiner bo’lgan.

Yirik faylasuf Fales hayotning boshi ham ibtidosi ham suv, degan g’oyani ilgari suradi. U quyoshning yillik harakati 365 kundan iborat ekanligini isbotlab bergan. Quyosh va Oy tutilishini oldindan bashorat qilgan. Ta’limotchi sifatida Fales garchi Milet shahrida davlat ishlari bilan shug’ullanmagan bo’lsa ham, siyosiy masalalarda fa’ollik ko’rsatib kelgan. Gerodot ta’kidlashicha, Fales Lidiyaga qarshi kurashish uchun Ioniyaning 12 shahri bilan birlashib, ittifoq tuzishlarini taklif etgan. Ioniya podshosi uning taklifiga quloq solmagan. Forslarning Ioniyaga qarshi hujum xavfi tug’ilganda, Fales miletliklarni Krez bilan ittifoq tuzmaslik to’g’risida ogohlantiradi va shahar forslar tamonidan bosib olish xavfidan qutilib qoladi.1

Fales uzoqni ko’raoladigan donishmand faylasuf sifatida grek xalki o’rtasida tanilgan edi.

“Etti donishmand” namoyondalari o’z qarashlarida adolatli qonunlar hayotda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tadilar. Qonun ustuvor mamlakatda jamiyat farovonlik sari yuz tutadi. “Qonunlarga bo’ysin”, degan chaqiriq Delьfadagi Appalon ibodatxonasiga o’yib yozilgan. “O’z o’zingni angla” degan mashhur hikmatli so’z muallifi bo’lmish spartalik Xilonning shiori edi. U qadimgi Yununiston tafakkuri tarixida o’chmas iz qoldirgan. Xilon fuqarolari notiqlardan ko’ra ko’proq qonunlarga ishongan (bo’ysungan) joyni eng yaxshi polis deb hisoblagan.2

Qadimgi Gretsiya tarixida mashhur notiq, jasur janggchi, shoir Salonnning nomi ham alohida tilga olinadi. U yashagan davrda demos va aristokroatlar o’rtasidagi munosabat keskinlashgan edi. Eramizdan avvalgi VI asr boshlarida ular o’rtasida qonli to’qnashuvlar bo’lib turdi. Yalpi qo’zg’alon boshlanish xavfi

kuchaydi. Bundan tashvishga tushib qolgan aristokratlar demosga yon berishga


1. S. A . Yuldashev. Antikfalsafa. T. 1999y. 16 – bet.

2.F. Muxiddinova. Siyosiy va xukukiy taьlimotlar tarixi. T. 2003 y. 44 – bet.

ular o’rtasida qonli to’qnashuvlar bo’lib turdi. Yalpi qo’zg’alon boshlanish xavfi

kuchaydi. Bundan tashvishga tushib qolgan aristokratlar demosga yon berishga

majbur buladi. Xokim Salon zimmasiga demos bilan aristokratlarni yarashtirish vazifasini yuklaydi.

Eramizdan av. 594 yilda Salon demosning ahvoli, manfaatini ifoda etgan, davlatni idora qilishga ko’maklashuvchi ruhdagi reforma loyihasini qabul qiladi va uni amalga oshiradi. Bu Gretsiya tarixida “Salon qonunlari” ham deb ataladi.

Salon qonunlariga ko’ra, dehqonlarning qarzlari bekor qilinadi. Qarzlari evaziga qullikka tushib qolgan afinaliklar erkinlikka chiqariladi. Bundan buyon afinaliklarni qarzlari badaliga qullikka tushirish ta’qiqlab qo’yiladi.

Salon aholining ijtimoiy ahvolini hisobga olib, Afina xalqini to’rt toifaga bo’ladi: pentakosiomedimnlar, suvoriylar, zevgitlar va fetlar. Salon qonunlariga ko’ra dastlabki uch toifa uchun barcha davlat mansablariga yo’l ochiq, fetlar esa faqat xalq yig’inlari va sudlarda ishtirok etishlari mumkin bo’lgan.1

Salon o’tkazgan islohat tufayli Attikada qarzlar va qarz evaziga qul qilish bekor etildi. Bu esa dehqon xo’jaliklarining rivojlanishiga olib keldi. Ammo yangi islohat Afinaga boshqa mamlakatlardan keltiriladigan qullarning ahvolini yaxshilamadi. Qullar soni esa tabora ortib bordi. Endi hatto zodagon bo’lmagan fuqarolar ham qullarga ega bo’lishga va ularning tekin mehnatidan foydalanishga intildi.

Qadimgi Gretsiyaning er.av. VI-V –asriga doir siyosiy mafkurachilari qatoriga Pifagor va uning izdoshlari Arxit, Lizis, Filolay hamda Geraklitni kiritish mumkin.

Bu davrning eng ko’zga ko’ringan namoyondasi Bu-Pifagordir. U mil.av. 576-496 yillarda yashab o’tgan bo’lib, uning “Tabiat haqida”, “Davlat haqida”, “Tarbiya haqida”, “Jon haqida”, “Olam haqida” va “Ilohiy kalom” nomli asarlari ma’lum. U hayoti davomida Misrda tahsil olib, zardushtiylik diniga juda qiziqqan. Bu ilm sirlarini qunt bilan o’rganishga harakat qilgan.

Pifogor o’z qarashlarida davlatni axloqli, aql-zakovatli, ezgu niyatli odamlar boshqaruv tarafdori bo’lgan. Pifagor jamiyatda tartib va qonun ustuvor bo’lishini yoqlab chiqdi. Pifagor va uning tarafdorlari qonunlar hukmronlik qilgan polisni ideal polis deb hisoblashgan, qonun amal qilgan mamlakat tez taraqqiy etadi, inson uchun qonunlarga bo’ysunish ajoyib fazilatli ish, degan g’oyani ilgari surgan. Ammo ular mavjud qonunlarga o’zgartirish kiritishni tanqid qilishadi.

Qadimgi Gretsiya ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar tarixida o’ziga xos iz qoldirgan ta’limotchilardan yana biri Gereklit. U haqda deyarli kam ma’lumot saqlanib qolgan bo’lib, uning ijtimoiy-siyosiy qarashlari bizgacha etib kelgan “Tabiat haqida” asarida o’z ifodasini topgan.

U aristokratlar oilasiga mansub bo’lganligidan uning fikrlari ham aristokratlar manfaatiga mos keladi. U mamlakatni bir guruh ozchilik –




1. F. Muxiddinova. Siyosiy va xukukiy taelimotlar tarixi. T. 2003 y. 44 – bet.

“yaxshilar” boshqarishi kerak, deb hisoblaydi. “Yaxshilar” uning nazarida axloqli va aqlli kishilar bo’lishi kerak. Xalq hokimiyat boshqaruvida ishtirok etishi shart emas. “Xalq-deydi Greklit, hayvonga o’xshab qornini o’ylaydi”.1 Uning fikricha qabul qilingan qonunni xalq yig’ini ma’qullashining hojati yo’q eng muhimi-qonun mantiqqa mos kelsa bas.

Ammo uning o’zi ijtimoiy-siyosiy fa’oliyatda ishtirok etmagan. Greklitning siyosiy qarashlari uning falsafiy qarashlari kabi o’ziga xos mohiyatga ega. Uning ta’limoti Gretsiyaning keyingi taraqqiyotiga ma’lum ma’noda xizmat qildi.

... uning falsafiy va ijtimoiy qarashlari Yunonistonning progressiv rivojlanishiga ma’lum darajada yordam berdi. U barcha yunon shahar-davlatlarini rivojlantirish, urug’chilik rasm-rusmlarga qarshi qaratilgan yangi yuridik yo’nalishlarni amalga oshirishni yoqlab chiqdi”.2

Gretsiyaning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo’lgan o’zgarishlar o’sha davrda yashab o’tgan ulug’ mutafakkirlar ijodida o’z ifodasini topgan. Ular Gretsiyaning taraqqiyotiga o’zlarining siyosiy fa’oliyati, ijtimoiy-siyosiy qarashlari orqali g’oyaviy-mafkuraviy ta’sir o’tkazishga intilganlar.

Bu mutafakkirlarning har biri o’z g’oyasiga ega bo’lib, mamlakat rivojiga xizmat qilishga intilganlar. Eramizdan avvalgi 460-370 yillarda hayot bo’lgan buyuk faylasuf Demokrit ham jamiyat, davlatchilik masalalariga o’z munosabatini bildirib o’tgan. U odamzodning uzoq evalyutsion jarayon mahsuli ekanligini bildirib, jamiyat, polis, qonunlar odamlar tamonidan yaratilgan, bular xudo tamonidan berilgan emas, deydi. U ellikka yaqin asar yozib qoldirgan. “Inson tabiati to’g’risida”, “G’oyalar haqida”, “Maqsad haqida” kabi asarlar uning qalamiga mansub.

Demokritning siyosiy qarashlarida Greklit kabi davlatni “yaxshilar” ya’ni aslzodalar va boylar emas, balki yuksak aqliy va axloqiy fazilatli kishilar boshqarmog’i lozim, degan g’oyani ilgari suradi. Davlatdagi mavjud qonunlar polislardagi odamlar hayotining farovonligiga xizmat qilmog’i lozim. Biroq bunday natijaga erishmoq uchun odamlar ham harakat qilishlari kerak, unga bo’ysunishlari, itoat etishlari kerak, deydi.2

Shuningdek, qadimgi Gretsiya siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixida V asrda antik demokraiyaning gullab-yashnagan davrida vujudga kelgan sofistlar fa’oliyatlari ham o’ziga xosdir.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling